Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi

uzchamber_sd
Savdo-sanoat palatasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi rasmiy Telegram kanali https://www.facebook.com/uzchamber.sd/ https://instagram.com/uzchamber_sd/
Subscribers
838
24 hours
24
30 days
-322
Post views
101
ER
0,12%
Posts (30d)
37
Characters in post
857
December 09, 12:10
Media unavailable
9
Show in Telegram

Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi
Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
Jumaqulova To‘xtagul
tomonidan Jarqo‘rg‘on tumanidagi
“Maqsuda Gold Star Nur”
va
“Surxon Textile”
korxonalari, shuningdek Qumqo‘rg‘on tumanidagi
“Nurmuhammad” MCHJ
faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida korxonalarning ishlab chiqarish holati, bandlikka qo‘shayotgan hissasi hamda hudud iqtisodiyotidagi ahamiyati ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlar bilan uchrashuvda mavjud masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

December 09, 05:25
Media unavailable
1
Show in Telegram

“BEAUTYISTANBUL” VII-xalqaro gigiyena vositalari ko‘rgazmasi – tadbirkorlar uchun katta imkoniyat!
2026-yilning
7-9-may
kunlari Turkiyaning go‘zal
Istanbul
shahrida “
BEAUTYISTANBUL

VII-xalqaro gigiyena vositalari ko‘rgazmasi
bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli tadbir gigiyena, parfyumeriya, kosmetika, go‘zallik va shaxsiy parvarish sohalari bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalari va mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi.
Nima uchun qatnashishingiz muhim?
Xalqaro hamkorlar
bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara olib borish imkoniyati

Bozorning
trend va innovatsiyalarini
yaqindan o‘rganish

Mahsulotingizni
minglab potensial xaridorlar va distributorlar
ga tanishtirish

Eksportni kengaytirish va
yangi bozorlarni zabt etish

Turkiya, Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq bozorlariga chiqish uchun muhim
📲
Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat qiling:
94-165-27-21
Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati
t
.me/uzchamber_sd/
facebook.com/uzchamber.sd/
sd.chamber.uz

December 09, 05:16
Media unavailable
1
Show in Telegram

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining rasmiy sahifa va kanallarini birgalikda kuzataylik!
Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
va siyosiy jarayonlar, islohotlar hamda yangiliklar haqida aholi va jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati tomonidan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa va kanallar orqali axborot tarqatish ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmatining rasmiy sahifa va kanallari:
📌
Telegram:
https://t.me/axborot_xizmati
📌
Facebook:
https://www.facebook.com/surxondaryomatbuot.uz
📌
Instagram:
https://www.instagram.com/surxondaryo.hokimligi/
📌
YouTube:
https://www.youtube.com/@surxondaryo_pressa
📌
Veb-sayt:
https://gov.uz/uz/surxondaryo
📌
Kontent markazi viloyat vakili:
https://t.me/MilliyKontentRasmiy
Rasmiy sahifalarga ulaning va yangiliklardan xabardor bo'ling!
t
.me/uzchamber_sd/
facebook.com/uzchamber.sd/
sd.chamber.uz

December 04, 07:53
Media unavailable
7
Show in Telegram

📢
TerDUda yoshlar bilan tadbirkorlik bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi
Surxondaryo viloyati Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi,
“Yoshlar kelajagimiz” jamg‘armasi viloyat filiali
hamda "E-auksion" elektron savdo platformasi viloyat boʻlimi hamkorligida
Termiz davlat universiteti bitiruvchi yoshlari
bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, ularning biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlar bo‘yicha amaliy tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
🔹
Tadbir davomida yoshlarga:
🎯
biznesni boshlash bosqichlari
mavjud grant va kredit dasturlari,
davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyozlar,
🎯
startap loyihalarni yaratish va rivojlantirish bo‘yicha
amaliy tavsiyalar
berildi.
💡
Uchrashuv yoshlarga motivatsiya manbai bo‘lib, o‘z g‘oyalarini hayotga tatbiq etish ishtiyoqini yanada oshirdi.
Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Axborot xizmati
t
.me/uzchamber_sd/
facebook.com/uzchamber.sd/
sd.chamber.uz

December 04, 04:34
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚖️
Surxondaryo viloyatidan DAVLAT AKTIVLARINI
e-auksion.uz
portalidan sotib oling!
📍
Termiz shahri

8 ta
📍
Oltinsoy tumani

1 ta
📍
Boysun tumani

3 ta
📍
Muzrabot tumani

2 ta
📍
Denov tumani

5 ta
📍
Jarqo'rg'on tumani

3 ta
📍
Qumqo'rg'on tumani

2 ta
📍
Qiziriq tumani

1 ta
📍
Sariosiyo tumani

4 ta
📍
Termiz tumani

7 ta
📍
Uzun tumani

2 ta
📍
Sherobod tumani

3 ta
📍
Sho'rchi tumani

4 ta

Barchasini ko'rish
📞
+99899 207 26 05, +99899 207 36 05.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

December 02, 05:47
Media unavailable
3
Show in Telegram

🖥
🖥
Тадбиркорлар учун янги шароитлар яратилади
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

December 01, 14:47
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Савдо-саноат палатаси ҳузурида “Бизнес ҳамроҳ” марказлари ташкил этилади
Президент Шавкат Мирзиёев 1 декабрь куни экспорт салоҳиятини ошириш ва тадбиркорларнинг давлат хизматларидан фойдаланишини соддалаштириш юзасидан тақдимот билан танишди.
Бугунги кунда
81 та
давлат идораси томонидан тадбиркорларга
739 турдаги хизматлар кўрсатилмоқда.
Лекин
576 турдаги хизматлар тарқоқ ҳолда
кўрсатилгани учун тадбиркорлар ҳужжат йиғиб, идорама-идора сарсон бўлаётгани кўрсатиб ўтилди. Масалан, гўшт маҳсулотларини ишлаб чиқариш учун 17 та босқичдан ўтиш, 10 та идорага бориш керак.
Шу билан бирга, бухгалтерия, солиқ, экспорт ва сертификатлаш бўйича консалтинг хизмати кўрсатадиган ягона хусусий сервис майдони мавжуд эмас. Бундай хизматларни банклар, суғурта компаниялари, биржа, брокерлар ва логистика операторлари, бизнес таълими ва тренинг дастурлари билан интеграция қилиш мумкин.
Тақдимотда тадбиркорлар учун барча давлат ва хусусий хизматларни бир жойга жамлайдиган
“Бизнес ҳамроҳ” марказларини очиш таклиф қилинди.
Режага кўра,
Савдо-саноат палатаси ҳузурида
ташкил этиладиган марказларда барча давлат ва хусусий хизматларни “ягона дарча” тамойили асосида бир жойда, ягона электрон платформа орқали кўрсатиш йўлга қўйилади. Тадбиркорларнинг мурожаатларига
тун-у кун жавоб берадиган “колл-марказ”
ҳам ташкил этилади.
Президентимиз таклифни маъқуллаб, марказ тадбиркорлик субъектини ташкил этишдан тортиб, фаолиятини йўлга қўйиш, тайёр маҳсулотларни сотиш ва экспорт қилишгача бўлган барча соҳаларни қамраб олиши зарурлигини таъкидлади.
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

December 01, 10:32
Media unavailable
6
Show in Telegram

Soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tartiblar tadbirkorlarga tushuntirildi
Bugun Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasida tadbirkorlar uchun navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Prezidentimizning
2025-yil 11-iyuldagi “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori
ning mazmun-mohiyati batafsil yoritildi.
Uchrashuv davomida:
🔹
soliq nizolarini sudgacha hal etishning yangilangan tartiblari;
🔹
tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi mexanizmlar;
🔹
soliq organlari bilan o‘zaro muloqotni yengillashtiruvchi amaliy imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirda qaror bilan belgilangan yangiliklarning biznes uchun qulaylik yaratishi, nizolarni tez va samarali hal qilishga xizmat qilishi qayd etildi.
Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning faoliyati uchun qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarga doim tayyor.

December 01, 06:45
Media unavailable
2
Show in Telegram

ҲУРМАТЛИ ЮРТДОШЛАР!
🍯
Жорий йилнинг
2–11 декабрь кунлари
пойтахтимиздаги “Анҳор” боғида ўзига хос ва ширин байрам —
“Асал байрами” халқаро асаларичилик ва озиқ-овқат маҳсулотлари кўргазма-ярмаркаси
бўлиб ўтади.
Ушбу байрамда мамлакатимизнинг барча ҳудудларидан олиб келинган
юқори сифатли, табиий ва тоза асаллар
, шунингдек
турли хил озиқ-овқат маҳсулотлари
намойиш этилади.
💸
Ташриф буюрувчилар уларни
қулай ва арзон нархларда
харид қилиш имкониятига эга бўладилар.
Бундай имкониятдан фойдаланиб қолинг
😉
🕊
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📺
Youtube

November 28, 12:32
Media unavailable
7
Show in Telegram

TDMAU va Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi
o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
hamda
Savdo-sanoat palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
o‘rtasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan
hamkorlik memorandumi
imzolandi.
Tadbirda universitet prorektori
Behzod Primqulov
, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi o‘rinbosari
To‘xtagul Jumaqulova
,
Milliy bank viloyat filiali vakillari
hamda
talabalar
ishtirok etdilar.
Hamkorlik doirasida universitetda tahsil olayotgan xotin-qiz talabalar uchun 4
0 soatlik “Tadbirkorlik kompetensiyalarini shakllantirish” o‘quv kurslari
tashkil etilishi belgilandi.
Shuningdek, tadbir davomida Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi va Milliy bank viloyat filiali vakillari yoshlarga
tadbirkorlikni boshlash jarayoni, moliyaviy savodxonlik hamda kreditlash imkoniyatlari
bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
Mazkur hamkorlik
xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash
, ularning
iqtisodiy faolligini oshirish
va zamonaviy biznes ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.
🌐
tdmau.uz

Telegram
🌐
Instagram
😎
Facebook
📹
YouTube