Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

"O`ZBEKGIDROENERGO" АJ

uzgidrouz
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar: https://linktr.ee/uzgidro "O`ZBEKGIDROENERGO" AJ Toshkent sh, A. Navoiy ko`chasi, 22-uy Ishonch Telefon: +99878 150-50-15 E-mail-uzgidro@exat.uz Call center: 1386
Subscribers
9 523
24 hours
-76
30 days
-89
Post views
1 148
ER
12,06%
Posts (30d)
125
Characters in post
1 453
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Male
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Energy & Environment
Summary
October 26, 17:36
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

#Sayyor_qabul_topshiriqlari_ijrosi
#Xodimlar_manfaatlari_ustuvor
🔵
Sayyor qabullarda ko‘tarilgan masalalar ijrosi – doimiy eʼtiborda
🔗
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov rahbarligida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yilda GES va kaskadlar filiallarida o‘tkazilgan sayyor qabullar davomida xodimlar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va tashabbuslarning amaliy ijrosini ta‘minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
➡️
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan Jamiyat Devonxonasi mudiri Abduvahob Abdumalikov tomonidan tegishli hisobot taqdim etildi. Xususan, “Andijon GES” hamda “Samarqand GESlar kaskadi” filiallarida sayyor qabullar chog‘ida ko‘tarilgan masalalarning ijro holati tahlil qilinib, xodimlar tomonidan bildirilgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, asosli takliflarni amaliyotga tatbiq etish va har bir tashabbus yuzasidan mas‘uliyatni kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🆗
Muhokamalarda ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning mehnat faoliyati va ijtimoiy farovonligini yaxshilash ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Xususan, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, sohaviy oliy ta‘lim muassasalarida tahsil olishi uchun imkoniyat va imtiyozlar yaratish, istiqbolli mutaxassislarni xorijiy stajirovkalarga yuborish, shuningdek, sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar yuzasidan fikr almashildi.
🔵
Shu bilan birga, xodimlar salomatligini muhofaza qilish, ularning ehtiyojlariga o‘z vaqtida e‘tibor qaratish va mehnat jamoalarida sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida urg‘u berildi. Bunday yondashuv, eng avvalo, inson manfaatlarini ustuvor qo‘yish, xodimlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda Jamiyat tizimida samarali va barqaror mehnat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
✍️
Yig‘ilish yakunida bildirilgan murojaat va takliflarning ijrosini izchil nazorat qilish, mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etish hamda istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha mas‘ul rahbar va mutaxassislarga tegishli vazifalar belgilandi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 16:07
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

💻
Sun’iy intellekt loyihalari – gidroenergetikaning raqamli kelajagi
🧠
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov rahbarligida Vaziyatlar markazida mas’ul rahbar-xodimlar ishtirokida sohada raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy
axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yechimlarini izchil joriy etishga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
🤣
Yig‘ilish doirasida
AI Uzgidro
dasturi hamda raqamlashtirish va sun’iy intellekt yo‘nalishida amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Xususan, suv omborlariga kutilayotgan suv oqimi hajmini sun’iy intellekt asosida prognozlash, To‘polang GESlar kaskadi misolida gidroelektr stansiyalar faoliyatini tahlil qilish va boshqaruv jarayonlarini prognozlash tizimlarini ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💻
Shuningdek, Jamiyatning markazlashgan ombor tizimining dastlabki versiyasi, xodimlarni texnika xavfsizligi qoidalari bo‘yicha onlayn sinovdan o‘tkazish, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini sun’iy intellekt asosidagi video-tahlil orqali monitoring qilish hamda xodimlar mehnat faoliyati va ish samaradorligini baholashga qaratilgan raqamli yechimlar borasida tashabbuslar bayon qilindi.
🤖
Muhokamalar davomida suv resurslarining kutilayotgan hajmini oldindan baholash va prognozlash imkonini beruvchi axborot tizimlarini rivojlantirish gidroenergetika obyektlari faoliyatini samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Mazkur texnologiyalar suv resurslaridan oqilona foydalanish, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmlarini maqbul rejalashtirish va operativ boshqaruv qarorlarining aniqligini oshirishga xizmat qiladi.
🧠
Shu bilan birga, xodimlarga rus va ingliz tillarini sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida o‘rgatish tizimini joriy etish orqali kadrlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
⚫️
Boshqaruv raisi tomonidan raqamli transformatsiya jarayonlarini tizimli tashkil etish, sun’iy intellekt dasturlari va ilg‘or texnologiyalarni Jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlariga izchil tatbiq qilish, ishlab chiqilayotgan loyihalarning amaliy samaradorligini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi. Shu munosabat bilan mas’ul boshqarma va bo‘limlarga belgilangan loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilish, texnologik yechimlarning funksional imkoniyatlarini takomillashtirish hamda ularning natijadorligini baholab borish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi.
🌐
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalar bilan samarali ishlay oladigan malakali kadrlarni tayyorlash, xodimlarning raqamli savodxonligi va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini muntazam oshirib borish, xorijiy tajribani o‘rganishga ustuvor ahamiyat qaratish belgilandi.
🧠
Bu borada, joriy yilda Jamiyat mutaxassislari tomonidan Xitoy Xalq Respublikasida gidroenergetika sohasini raqamlashtirish, sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi texnologiyalarini joriy etish hamda intellektual GESlarni rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajriba o‘rganildi. Mazkur tajribani o‘zlashtirish “O‘zbekgidroenergo” AJda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarish va boshqaruv tizimlariga keng tatbiq etish, shuningdek, gidroenergetika obyektlari faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 13:55
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📊
Fitch Ratings “O‘zbekgidroenergo” AJning mustaqil kredit salohiyatini qo‘llab-quvvatlovchi ijobiy omillarni qayd etdi
📊
Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi “O‘zbekgidroenergo” AJning uzoq muddatli kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqladi, prognoz – “Barqaror”. Jamiyatning mustaqil kredit profili “b+” darajasida
baholandi
.
🔹
Joriy baholashda mustaqil kredit profilini belgilovchi qator yo‘nalishlar bo‘yicha baholar yaxshilandi. Jumladan, aktivlar sifati, moliyalashtirish manbalaridan foydalanish imkoniyati, qisqa muddatli majburiyatlarni bajarish qobiliyati va moliyaviy moslashuvchanlik bo‘yicha ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi.
✅
Agentlik ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi, yuqori operatsion rentabellik hamda qarz yukini boshqarishdagi puxta yondashuvni Jamiyatning asosiy kuchli jihatlari sifatida ko‘rsatdi. Davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish tajribasining ortishi moliyalashtirish imkoniyatlari va moliyaviy moslashuvchanlikni yaxshilovchi omil sifatida baholandi.
📈
Fitch Ratings tahliliga ko‘ra, mamlakatdagi operatsion muhit ta’sirini hisobga olishdan oldin Jamiyatning mustaqil kredit profili “bb-”, ya’ni amaldagi bahodan bir pog‘ona yuqori darajaga mos keladi. Yakuniy “b+” bahosi esa mamlakatdagi umumiy faoliyat yuritish sharoitlari ta’sirini ham hisobga oladi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 11:26
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

⚠️
“O‘zbekgidroenergo” AJda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazildi
⚡️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-158-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoniga muvofiq, har yili may va oktabr oylarida respublikaning barcha hududlarida aholi ishtirokida zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi”ni o‘tkazish belgilangan.
⚡️
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 19-26-oktabr kunlari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “O‘zbekgidroenergo” AJ hamda uning tizim korxonalarida “Haftalik” doirasidagi tadbirlar yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbirlar davomida zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish hamda ehtimoliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, Jamiyat ijro apparati ma’muriy binosi hududida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqlari va o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
⚡️
Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi ishchi-xodimlarning zilzila vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga tayyorgarligini oshirish, shuningdek, seysmik xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini muntazam yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 06:42
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

➡️
“Chirchiq GESlar kaskadi” filialida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot seminari o‘tkazildi
👍
“O‘zbekgidroenergo” AJ tizimidagi “Chirchiq GESlar сkaskadi” filialida Adliya bo‘limi xodimlari hamkorligida korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot seminari tashkil etildi. Unda qonun ustuvorligini ta’minlash, mehnat faoliyatida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
✅
Seminar davomida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni samarali qo‘llash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, xodimlarning huquq va majburiyatlari, xizmat vazifalarini bajarishda qonunchilik talablariga rioya etish hamda korrupsiyaviy holatlarga duch kelganda belgilangan tartibda harakat qilish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 26, 05:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🔄
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish: qonuniy talablar va ulanish tartibi
💡
Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarish – energiya mustaqilligini ta’minlash va ekologik barqarorlikni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Bunda shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishga ruxsat beruvchi hujjatlarni olish talab etilmaydi. Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi va undan foydalanish maqsadlariga qarab, yagona elektr energetikasi tizimiga ulanish esa belgilangan tartib va talablar asosida amalga oshiriladi.
🌱
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari orqali elektr energiyasi ishlab chiqaruvchilar blok-stansiya shartlari asosida, ishlab chiqariladigan elektr energiyasining maksimal qiymati ko‘rsatilgan holda, tanlov asosida yagona elektr energetikasi tizimiga ulanishi mumkin. Blok-stansiya – iste’molchilarning yagona elektr energetikasi tizimiga bevosita yoki ularning elektr tarmoqlari orqali ulangan hamda operativ-dispetcherlik boshqaruvi tizimiga kiruvchi elektr stansiyasidir. Bunday ulanish elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish jarayonlarining tizimli hamda muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilishiga xizmat qiladi.
👍
Batafsil
|
Подробно
:
👉
uzgidro.uz
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 25, 12:02
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📈
Tamshush GES: yiliga 47 mln kVt.soat ekologik toza energiya ishlab chiqariladi (Infografika)
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 25, 09:17
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

✈️
“UzHydroPower” korxonasida mamlakatimiz bo‘ylab ichki turizmni rivojlantirish, milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish, shuningdek, ishchi-xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitish hamda ularning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda korxonaning xotin-qizlar jamoasi uchun Jizzax viloyatidagi go‘zal tabiati, musaffo havosi va betakror manzaralari bilan mashhur “Zomin” turistik-rekreatsion zonasiga sayohat tashkil etildi.
✅
Sayohat davomida ishtirokchilar Zominning diqqatga sazovor maskanlari, so‘lim tabiat qo‘ynidagi go‘zal manzaralar hamda hududdagi ziyoratgohlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida yurtimizning boy tarixiy-madaniy merosi, milliy an’analari va qadriyatlari haqida taassurotlar yanada boyidi. Tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan mazmunli dam olish ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, kundalik mehnat faoliyatidan xush kayfiyat bilan hordiq chiqarish imkonini berdi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar korxona jamoasida sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash, xodimlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, ayniqsa, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 25, 06:47
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga
tabrik
—
Поздравление
сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 24, 17:16
Media unavailable
7
Show in Telegram

“O‘zbekgidroenergo” AJ: 2027-yilga mo‘ljallangan transformatsiya rejalari ko‘rib chiqildi
“O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruv raisi Islom Abduraxmonov rahbarligida Jamiyatning 2027-yilga mo‘ljallangan Transformatsiya konsepsiyasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda strategik ustuvor yo‘nalishlar va ularni amalga oshirish rejasi muhokama qilindi, faoliyatni diversifikatsiya qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Xususan, GESlar hududlaridagi yer maydonlarida quyosh elektr stansiyalarini qurish, qayta tiklanadigan energiya manbalari yordamida (uglerod chiqarmaydigan) toza vodorod ishlab chiqarish hamda energiya saqlash tizimlarini joriy etish yuzasidan istiqbolli takliflar bildirildi.
Boshqaruv raisi tomonidan ushbu yo‘nalishdagi xorijiy tajribani izchil o‘rganib, uning mamlakatimiz sharoitiga moslashtirilgan eng samarali modellarini amaliyotga tatbiq etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, yig‘ilishda Jamiyat tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va boshqaruv funksiyalarini maqbullashtirish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, IPOga tayyorgarlik ko‘rish va korporativ boshqaruvni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS) joriy etish, ichki nazorat, ESG va investorlar bilan ishlash tizimini mustahkamlash bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi.
"O‘zbekgidroenergo" AJ
rasmiy sahifalari
👇
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube