
UzIMEI
📞
Хотите получить запоминающийся короткий номер для своего бизнеса? Каков порядок?
Короткие номера - лучшее решение для того, чтобы клиенты могли легко связаться с вашей компанией. Итак, как и где его можно получить?
Кратко ответим на самые часто задаваемые вопросы:
🔹
Откуда покупается номер?
Все короткие номера продаются на открытом онлайн-аукционе через платформу
mobilraqam.uzex.uz
(за исключением случаев, выделенных решением правительства).
🔹
Сколько времени займет процесс?
После выигрыша на аукционе у вас будет до 15 рабочих дней для оплаты и подписания договора. После подготовки документов номер будет активирован в течение 10-15 дней.
🔹
Можно ли перейти в другую компанию?
Нет. Согласно законодательству, переоформление короткого номера на имя другого юридического лица запрещено.
🔹
Бесплатный ли звонок для клиентов?
Все звонки на короткие коммерческие номера, за исключением государственных экстренных служб, таких как 101, 102, 103, оплачиваются в соответствии с тарифным планом абонента.
📍
Где подписывается договор? Г. Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Тепамашжид, 4 (здание АлокаБанк, ЦРТРУз).
Для получения дополнительной информации перейдите по ссылке или свяжитесь с нами: +998 (55) 505-00-18 +998 (55) 505-00-19 (1008)
#короткийномер
#бизнес
#rtmc
#uztelecom
#uzex
#телекоммуникация
📞
Biznesingiz uchun esda qolarli qisqa raqam olmoqchimisiz? Buning tartibi qanday?
Mijozlar sizning kompaniyangiz bilan osongina bog'lanishi uchun qisqa raqamlar eng yaxshi yechimdir. Xo'sh, uni qanday va qayerdan olish mumkin?
Eng ko'p beriladigan savollarga qisqacha javob beramiz:
🔹
Qayerdan olinadi?
Barcha qisqa raqamlar
mobilraqam.uzex.uz
platformasi orqali, ochiq onlayn auksionda sotiladi (hukumat qarori bilan ajratiladigan holatlar bundan mustasno).
🔹
Jarayon qancha vaqt oladi?
Auksionda yutib olgach, to'lovni amalga oshirish va shartnomani imzolash uchun 15 ish kunigacha vaqt beriladi. Hujjatlar tayyor bo'lgach, raqam 10-15 kun ichida faollashtiriladi.
🔹
Boshqa kompaniyaga o'tkazish mumkinmi?
Yo'q. Qonunchilikka ko'ra, qisqa raqamni boshqa yuridik shaxs nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
🔹
Mijozlar uchun qo'ng'iroq bepulmi?
101, 102, 103 kabi davlatning shoshilinch xizmatlaridan tashqari, barcha tijorat qisqa raqamlariga qilingan qo'ng'iroqlar abonentning tarif rejasiga muvofiq to'lanadi.
📍
Shartnoma qayerda imzolanadi?
Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamashjid ko‘chasi, 4-uy (AloqaBank binosi, O'zTTBRM).
Yanada ko‘proq ma'lumot olish uchun
havola
orqali o‘ting yoki bizga murojaat qiling: +998 (55) 505-00-18 +998 (55) 505-00-19 (1008)
#qisqaraqam
#biznes
#rtmc
#uztelecom
#uzex
#telekommunikatsiya
🚨
1-sentabrdan O‘zbekistonda nimalar o‘zgarmoqda?
Stipendiya va oylik maoshlar — +7%
📈
BHM miqdori o‘zgardi.
Turoperatorlar uchun ayrim xarajatlarni qisman qoplash ko‘zda tutilgan.
Jamoat transportidan foydalanish qoidalari yangilandi.
Va bu hali hammasi emas
👀
Biz sentabr oyidan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlarni bitta videoga jamladik.
🎥
Oxirigacha ko‘ring — ehtimol, ular orasida aynan sizga taalluqli bo'lganlari ham bordir.
➖
➖
➖
➖
🚨
Что изменилось в Узбекистане с 1 сентября?
Стипендии и зарплаты — +7%
📈
Изменился размер БРВ.
Для туроператоров предусмотрено частичное покрытие отдельных расходов.
Обновились правила передвижения на общественном транспорте.
И это далеко не всё
👀
Мы собрали в одном видео главные изменения, которые вступили в силу с сентября.
🎥
Смотрите до конца — возможно, среди них есть то, что касается именно вас.
🔋
5G rostdan ham smartfon quvvatini tezroq tugatadimi?
Bu afsona hanuzgacha ko'pchilikni, hatto 5G tarmog'i mavjud bo'lgan hududlarda ham uni o'chirib qo'yishga majbur qilmoqda.
Aslida, quvvat sarfi faqatgina tarmoq turiga bog'liq emas. Signal sifati, tarmoqlar o'rtasida o'tish jarayoni, smartfon modeli va qurilmada aynan nima bilan shug'ullanayotganingiz muhim ahamiyatga ega.
5G ning esa real ustunliklari bor: ma'lumotlarni uzatishning yuqori tezligi, signal kechikishining kamligi va bir vaqtning o'zida ko'p miqdordagi qurilmalarning uzluksiz ishlash imkoniyati.
📱
Shuning uchun, 5G ni quvvatni tez sarflashda ayblashdan oldin, smartfoningiz quvvatini aslida nima sarflayotganini aniqlab oling.
Siz 5G dan foydalanasizmi yoki hozircha 4G ni afzal ko'rasizmi?
👇
🔥
📱
Почему телефон нагревается, даже когда вы им почти не пользуетесь?
Иногда смартфон лежит в кармане или на столе, экран выключен — а корпус всё равно становится тёплым.
Причин может быть несколько:
📡
Телефон активно ищет сеть.
Если сигнал слабый или нестабильный, устройство может работать интенсивнее, пытаясь поддерживать соединение.
📱
Фоновые приложения.
Синхронизация, обновления, геолокация и другие процессы продолжаются даже при выключенном экране.
🌐
Передача данных не прекращается полностью.
Мессенджеры, почта и другие приложения могут обмениваться данными в фоновом режиме.
☀️
Окружающая температура тоже имеет значение.
Например, оставленный на солнце смартфон нагреется гораздо быстрее.
Поэтому «телефон ничего не делает» — не всегда означает, что внутри него ничего не происходит.
💡
Что можно сделать?
1. Проверьте приложения в фоне.
Закройте или ограничьте работу тех, которыми редко пользуетесь.
2. Если связь очень слабая — попробуйте сменить место.
В помещении иногда достаточно подойти ближе к окну или выйти на открытое пространство.
3. Не используйте смартфон активно во время зарядки.
Игры, видео и другие ресурсоёмкие задачи одновременно с зарядкой могут заметно повысить температуру.
4. Не оставляйте телефон под прямым солнцем.
Особенно в автомобиле — температура внутри может быстро стать критической для устройства.
5. Снимите плотный чехол, если смартфон сильно нагрелся.
Это поможет ему быстрее отдавать тепло.
И главное: не кладите горячий смартфон в холодильник или морозилку — резкое охлаждение может навредить устройству.
А ваш смартфон чаще нагревается во время зарядки, использования интернета или просто так?
🔥
📱
Nega telefondan deyarli foydalanmasangiz ham, ayrim paytlarda u qizib ketadi?
Ba'zida smartfon cho'ntakda yoki stolda yotadi, ekrani o'chiq bo'ladi — ammo korpusi baribir qizib ketadi. Buning bir nechta sababi bo'lishi mumkin:
📡
Telefon faol ravishda tarmoq qidiradi.
Agar signal zaif yoki beqaror bo'lsa, qurilma ulanishni tiklashga urinib, kuchliroq ishlashi mumkin.
📱
Fon rejimida ishlovchi ilovalar.
Sinxronizatsiya, yangilanishlar, geolokatsiya va boshqa jarayonlar hatto ekran o'chirilgan bo'lsa ham davom etaveradi.
🌐
Ma'lumotlar uzatish to'liq to'xtamaydi.
Messenjerlar, elektron pochta va boshqa ilovalar fon rejimida ma'lumot almashishda davom etishi mumkin.
☀️
Atrof-muhit harorati ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, quyosh ostida qoldirilgan smartfon ancha tezroq qiziydi.
Shuning uchun, "telefon hech narsa qilmayapti" degani — uning ichida hech qanday jarayon bo'lmayapti, degani emas.
💡
Nima qilish mumkin?
1. Fon rejimida ishlayotgan ilovalarni tekshiring
. Kam foydalanadigan ilovalaringizni yoping yoki ishlashini cheklang.
2. Aloqa juda zaif bo'lsa — joyingizni o'zgartirib ko'ring
. Xona ichida ba'zan derazaga yaqinroq borish yoki ochiq joyga chiqish kifoya qiladi.
3. Quvvatlanish vaqtida smartfondan faol foydalanmang
.
Quvvatlanish bilan bir vaqtda o'yinlar, video va boshqa ko'p resurs talab qiladigan vazifalar haroratni sezilarli darajada oshirishi mumkin.
4. Telefonni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nuri ostida qoldirmang
. Ayniqsa avtomobil ichida — u yerdagi harorat qurilma uchun tezda xavfli (kritik) darajaga yetishi mumkin.
5. Agar smartfon juda qizib ketgan bo'lsa, qalin chexolni yechib qo‘ying
. Bu unga issiqlikni tezroq chiqarib tashlashga yordam beradi.
Va eng asosiysi: qizib ketgan smartfonni muzlatgich yoki muzxonaga qo'ymang — keskin sovutish qurilmaga zarar yetkazishi mumkin.
Sizning smartfoningiz ko'proq quvvatlanish vaqtida, internetdan foydalanganda qiziydimi yoki shunchaki o'z-o'zidanmi?
📱
Mobil operatoringizdan ko‘nglingiz to‘lmayapti, lekin raqamingizni o‘zgartirishni xohlamaysizmi?
Qamrov darajasining pastligi, internet tezligi, tarif, aloqa sifati yoki shunchaki manfaatliroq shart-sharoitlar — operatorni almashtirish uchun sabablar ko‘p bo‘lishi mumkin.
Ammo oldinlari operatorni almashtirish ko‘pincha raqamni o‘zgartirishni ham anglatar edi.
Bugungi kunda esa buning uchun
MNP — Mobile Number Portability
, ya'ni mobil raqamni boshqa tarmoqqa o‘tkazish xizmati bor.
🔄
Siz boshqa operatorni tanlaysiz, raqamingiz esa o'zingizda qoladi.
Bu shuni anglatadiki, yaqinlaringiz, hamkasblaringiz va tanishlaringizga yangi raqam haqida xabar berishingiz yoki u ulangan barcha xizmatlarda raqamni almashtirishingizga hojat qolmaydi.
O‘zbekistonda raqamni boshqa tarmoqqa o‘tkazish bo'yicha arizani MyGov portali orqali ham rasmiylashtirish mumkin (shundan so‘nggina raqamni ulash uchun operator ofisiga boriladi).
Xizmatni ulash bo‘yicha savollaringiz bormi? Izohlarda yozib qoldiring.
➖
➖
➖
➖
📱
Не устраивает мобильный оператор, но не хочется менять номер?
Плохое покрытие, скорость интернета, тариф, качество связи или просто более выгодные условия — причин сменить оператора может быть много.
Но раньше смена оператора часто означала и смену номера.
Сегодня для этого существует
MNP
— Mobile Number Portability, или перенос мобильного номера.
🔄
Вы выбираете другого оператора, а свой привычный номер сохраняете.
Это значит, что вам не придётся заново сообщать номер близким, коллегам и знакомым или менять его во всех сервисах, где он используется.
В Узбекистане оформить заявку на перенос номера можно осуществить также через портал MyGov (а уже после явится в офис оператора для подключения номера).
Есть вопросы по подключению? Пишите в комментариях.
👇
Центр управления телекоммуникационными сетями обсудил с IDDA перспективы сотрудничества в сфере цифровых технологий
9 сентября 2026 года в рамках форума GITEX AI 2026 состоялась встреча представителей Центра управления телекоммуникационными сетями с делегацией Агентства инноваций и цифрового развития Азербайджанской Республики (IDDA).
В ходе встречи стороны обсудили перспективные направления взаимодействия в сфере цифровой трансформации телекоммуникационной отрасли, применения искусственного интеллекта и анализа данных, развития цифровых платформ, а также подготовки и повышения квалификации специалистов.
Отдельное внимание было уделено возможностям использования решений на основе AI и Data Analytics для мониторинга телекоммуникационных сетей, выявления аномалий, анализа данных и прогнозирования. Также участники обменялись опытом в области цифровых государственных платформ и обсудили перспективы реализации совместных технологических проектов.
Встреча прошла с участием директора Департамента развития бизнеса и коммерции IDDA Джавидана Фейзиева и директора Департамента инновационной экосистемы Талеха Каримлы.
По итогам встречи стороны подтвердили заинтересованность в дальнейшем обмене опытом и развитии сотрудничества в области искусственного интеллекта, цифровых технологий и телекоммуникационной инфраструктуры.
В рамках GITEX AI 2026 специалисты Центра также приняли участие в деловой программе форума. Начальник отдела предотвращения мошенничества в банках и платежных организациях Азиз Каюмов выступил с презентацией, посвящённой практическим подходам и технологическим решениям в сфере предотвращения мошенничества.
Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi IDDA bilan raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
2026-yilning 9-10-sentabr kunlari "GITEX AI 2026" forumi doirasida Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish markazi vakillari hamda Ozarbayjon Respublikasi Innovatsiyalar va raqamli rivojlanish agentligi (IDDA) delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar telekommunikatsiya sohasini raqamli transformatsiya qilish, sun'iy intellekt va ma'lumotlar tahlilini qo'llash, raqamli platformalarni rivojlantirish, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish kabi istiqbolli hamkorlik yo'nalishlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, ishtirokchilar raqamli davlat platformalari yo'nalishida tajriba almashdilar va qo'shma texnologik loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.
"GITEX AI 2026" doirasida Markaz mutaxassislari forumning amaliy dasturida ham ishtirok etdilar. Bank va to'lov tashkilotlarida firibgarliklarning oldini olish bo'limi boshlig'i Aziz Qayumov raqamli firibgarliklarning oldini olish sohasidagi amaliy yondashuvlar va texnologik yechimlarga bag'ishlangan taqdimot bilan ishtirok etdi. U O'zbekistonda joriy etilgan hamda bank va to'lov tashkilotlariga raqamli firibgarlarga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli yordam berayotgan "Antifraud" loyihasini taqdim etdi.
GITEX AI
— bu sun'iy intellekt, raqamli transformatsiya va startaplar ekotizimiga bag'ishlangan yirik xalqaro texnologik forumlar va ko'rgazmalar turkumidir. Forum texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot va venchur bozorining global hamda mintaqaviy B2B va G2B ekotizimi asosiy ishtirokchilarini birlashtiradi.