Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

OʻzMU Jurnalistika va oʻzbek filologiyasi fakulteti 2020-2025

uzmu_uff
2020-2026 Fakultetdagi oʻquv, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy va turli tanlovlarga oid yangiliklar, eʼlon va maʼlumotlar berib boriladigan fakultetning KANALI - 👉 https://t.me/UzMU_UFF Dekanat: +998 71 246 01 47
Subscribers
1 268
24 hours
-2
30 days
32
Post views
483
ER
38,09%
Posts (30d)
23
Characters in post
905
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 10, 13:28

Filologiya fanlari doktori, professor
Asadov Maqsud Husenovichni
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori etib tayinlangani bilan tabriklaymiz ustozga kelgusidagi ishlariga rivoj tilaymiz!

September 10, 13:26
Media unavailable
5
5
Show in Telegram

💖
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutiga yangi rahbar tayinlandi.
💖
Filologiya fanlari doktori, professor
Asadov Maqsud Husenovich
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori etib tayinlandi.
Maqsud Asadov tayinlovga qadar institut direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
🅰
Yangi rahbar zimmasiga institutning ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ustuvor ilmiy yo‘nalish va loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy natijalarning amaliy ahamiyatini kuchaytirish, shuningdek, respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish kabi muhim vazifalar yuklatilgan.
🇺🇿
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti jamoasi
Maqsud Asadovni
yangi mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
✏️
Shuningdek, institutga uzoq yillardan buyon rahbarlik qilib kelgan, filologiya fanlari doktori, professor, taniqli tilshunos
Nizomiddin Mahmudovga
institut ravnaqi, o‘zbek tilshunosligi va filologiya ilmi taraqqiyoti yo‘lida olib borgan samarali ishlari hamda munosib xizmatlari uchun cheksiz minnatdorchilik bildirildi.
💖
O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Matbuot xizmati.
😎
Bizni kuzatib boring
🎯

September 07, 17:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#E’LON
To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
🅰
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin.
📰
Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim!

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;

Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

September 07, 17:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

Китоб ўқимай қўйган жамият қандай ўзгаради? — Илм, тарбия ва зиёлилик ҳақида суҳбат
Китоб ўқишдан воз кечган жамиятнинг келажаги қандай бўлади? Инсонга яхши яшаш учун фақат касбий билимнинг ўзи етарлими? Гуманитар фанлар, бадиий адабиёт ва фалсафа жамият ҳаётида қандай ўрин тутади?
Илк суҳбатда иқтисодчи Жамшид Муслимов ва шифокор Одилхон Алимхонов ношир ва файласуф Хуршид Йўлдошев билан китобхонлик маданияти, илмга муносабат ва бола тарбияси ҳақида суҳбатлашди.
Суҳбат давомида болалар ва катталарнинг китоб ўқишга қизиқиши нега пасайгани, ота-онанинг фарзанд таълимидаги ўрни, касбий билим билан умумий билим ўртасидаги фарқ, аниқ ва гуманитар фанларнинг аҳамияти, жамиятдаги этик стандартлар ҳамда «яхши ҳаёт кечириш учун яхши ўқишнинг ўзи етарлими?» деган саволлар
муҳокама қилинди
.
📹
ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ ТОМОША ҚИЛИНГ

September 04, 10:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚖️
Xodim mehnat vazifasini bajarmasa, ish beruvchi uni haqorat qilishi mumkinmi?
❤️
Savol:
Xodim o‘ziga yuklatilgan mehnat vazifalarini lozim darajada bajarmayapti. Bunday holatda ish beruvchi unga nisbatan haqoratli, kamsituvchi so‘zlarni ishlatishi mumkinmi?
❗️
Yo‘q, mumkin emas.

Xodimning mehnat vazifalarini bajarmasligi yoki lozim darajada bajarmasligi ish beruvchiga uning
sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish, haqorat qilish yoki unga ruhiy bosim o‘tkazish huquqini bermaydi
.
👍
Xodim mehnat intizomini buzgan bo‘lsa, ish beruvchi qonuniy tartibda:
➡️
holatni rasmiylashtirishi;
➡️
xodimdan yozma tushuntirish talab qilishi;
➡️
qilmishning og‘irligi va holatlarini baholashi;
➡️
qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lsa,
intizomiy jazo choralarini qo‘llashi
mumkin.
🚫
Haqorat — intizomiy ta’sir chorasi emas.
Xodimning xatosi yoki intizomiy qilmishi unga nisbatan qo‘pol, tahqirlovchi va kamsituvchi munosabatda bo‘lishni oqlamaydi.
👍
Agar bunday munosabat muntazam ravishda takrorlansa, baqirish, tahdid, kamsitish yoki ruhiy bosim bilan namoyon bo‘lsa, holat
ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik alomatlari
nuqtai nazaridan ham baholanishi mumkin.
❤️
Muhim!
Bunday vaziyatda ikki holatga alohida huquqiy baho beriladi:
➡️
xodimning mehnat majburiyatlarini bajarmaganligi;
➡️
ish beruvchining xodimga nisbatan haqoratli yoki kamsituvchi munosabati.
Xodimning intizomni buzishi ish beruvchining qonunga zid xatti-harakatini oqlamaydi.
📣
Mehnat intizomi
— qonuniy choralar bilan, xodimning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilgan holda ta’minlanishi kerak.
🔹
Davlat mehnat inspeksiyasi
➡️
Foydali botimiz havolasi
@doktorantlarofficial
@doktorantlarofficial_group

September 03, 12:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qabul2026
#Vakant_joy
#Tanlov
Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
📝
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun
vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
👨‍💻
Abituriyentlar natijalarini
my.uzbmb.uz
saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
📝
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.

Agentlikning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

September 02, 13:27
Media unavailable
1
Show in Telegram

Ana yangilikning biri! Natija kutayotganlar mandat eʼlon qilindi.

August 30, 09:35
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Muhim
Talabalar qaysi sanadan boshlab o‘qishga chiqadi?
🇺🇿
O‘zbekiston Milliy universitetida bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim shakllari uchun 2026/2027-o‘quv yili quyidagi sanalardan boshlanadi:

Bakalavriat (kunduzgi):

1-kurslar uchun — 7-sentyabr;

2-kurslar uchun — 10-sentyabr;

3- va 4-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.

Bakalavriat (kechki):

1-kurslar uchun — 7-sentyabr;

2-kurslar uchun — 10-sentyabr;

3-, 4- va 5-kurslar uchun — 12-sentyabr kunidan boshlanadi.

Bakalavriat (masofaviy):

1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;

Barcha kurslar uchun — 14 sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.

Bakalavriat (sirtqi):

5-kurslar uchun — 3-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;

4-kurslar uchun — 2-oktyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;

3-kurslar uchun — 2-noyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi.
____

Magistratura (kunduzgi):

1-kurslar uchun — 7-sentyabr;

2-kurslar uchun — 10-sentyabr;

Magistratura (kechki):

1-kurslar uchun — 7-sentyabr;

2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan dars mashg‘ulotlari boshlanadi;

Magistratura (masofaviy):

1-kurslar — 7-12-sentyabr kunlari LMS platformasida ro‘yxatdan o‘tish va dastlabki tanishtiruv haftasi uchun tashrif buyuradi;

1, 2-kurslar uchun — 14-sentyabrdan onlayn mashg‘ulotlar boshlanadi.
📰
Ma’lumot uchun:
birinchi kursga qabul qilingan bakalavriat
kunduzgi ta’lim shakli talabalari 3-sentyabrdan boshlab talabalar turar joyiga joylashish bilan bog‘liq masalalarini hal qilish uchun universitetga tashrif buyurishlari mumkin.
🕓
14-sentyabrdan boshlanadigan o‘quv jarayonlarida har bir fakultet va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha shakllantiriladigan dars jadvallari bo‘yicha
mashg‘ulotlarning boshlanish vaqtlarini
talabalar Hemis axborot tizimidagi shaxsiy kabinetlaridan One ID orqali bilib olishlari mumkin bo‘ladi.
Biz shu yerdamiz:
🌐
Veb-sayt
🕊
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📺
YouTube
🌐
Linkedin

August 28, 11:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

Magistraturaga ariza topshirib natijasini kutayotganlar qalban birgamiz
😉

August 27, 19:24
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
📚
Kitob o‘qib, qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ling!
🏛
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi
“Kitobxon yoshlar ligasi” onlayn tanlovinining
2026-yilgi 3-mavsumini
e’lon qiladi.
📚
Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar
@kitobtanlovbot
orqali ro‘yxatdan o‘tib,
12-sentabrga qadar
(rasmdagi) 3 ta kitobni o‘qishi va ular asosida tuzilgan testlarni yechishi kerak bo‘ladi.

Tanlov g‘oliblari quyidacha taqdirlanadi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Noutbuk (core i5);
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Smart televizor 43;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Samsung planshet;
🔵
4-o‘rin (4 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
5-o‘rin (5 nafar) – Smart televizor 32;

“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi:
🔵
1-o‘rin (1 nafar) – Samsung planshet;
🔵
2-o‘rin (2 nafar) – Lenovo planshet;
🔵
3-o‘rin (3 nafar) – Smart televizor 32;
🔖
Tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar rasmiy, QR kodli elektron sertifikat bilan taqdirlanadi.
➡️
Tanlov nizomini o‘qish
Kitob o‘qing, testlarni ishlang. Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan o‘rin egallang.