Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Investor Azam Azizov 👨‍🏫 Uznetix investitsiya

uznetix
🏆 Investitsiya orqali pul ishlashni o'rganing 👨‍🔬 Men haqimda: https://t.me/uznetix/3271 🔑 Bepul darslarim: https://youtube.com/@Uznetix/ 🗣 Menejer: @uznetix2 💎 Natijalar: @uznetixotzov ⭐️ Reklama: @uznetix4 ✅ Risk haqida: https://clck.ru/3SxTsz
Subscribers
13 553
24 hours
-28
30 days
-171
Post views
1 406
ER
10,37%
Posts (30d)
52
Characters in post
649
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Business & Economy Blog
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Business & Management
Summary
September 11, 09:51
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 10, 03:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 09, 09:31
Media unavailable
1
Show in Telegram

Investitsiyalar moliyaviy piramida emas

September 08, 10:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

🎁
Dollar kursini toping va mening kitobimni BEPUL yutib oling!
📚
Kitobning bosma nusxasini O‘zbekistonning istalgan hududiga bepul yetkazib beramiz.
Agar Siz boshqa davlatda bo‘lsangiz - kitobning elektron variantini sovg‘a qilamiz.
Nima qilish kerak?
💵
Izohlarda 2026-yil 11-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy kursi bo‘yicha 1 AQSH dollari necha so‘m bo‘lishini yozing.

Prognozlar faqat 8, 9 va 10-sentyabr kuni tushlikkacha qabul qilinadi.
Muhim qoidalar:
1️⃣
Har bir ishtirokchi faqat 1 ta prognoz yozishi mumkin.
2️⃣
Kommentariyani tahrirlash mumkin emas. Agar yuborilgan izoh keyinchalik o‘zgartirilsa - u konkursda qatnashmaydi.
3️⃣
Agar hech kim kursni aniq topa olmasa - haqiqiy kursga eng yaqin prognoz yozgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
4️⃣
Agar bir nechta ishtirokchi kursni to‘g‘ri topsa - kommentariyani birinchi bo‘lib yozgan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
🏆
Kursni eng aniq topgan ishtirokchi mening kitobimni sovg‘a sifatida oladi.

September 08, 02:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 07, 15:47

🇺🇿
Nega men O‘zbekistonda investitsiyalar va fond bozori rivojlanishiga ishonaman?
1. O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘smoqda. Iqtisodiyot qanchalik yiriklashsa, biznesga investitsiyalar va yangi kapital manbalari shunchalik ko‘proq kerak bo‘ladi.
2. Davlat yirik kompaniyalarni bosqichma-bosqich xususiylashtirmoqda. Xususiylashtirish usullaridan biri - aksiyalarni fond bozori orqali sotish.
3. Yirik davlat korxonalarining IPO va SPOlari tayyorlanmoqda. Bu birjada qiziqarli kompaniyalar sonini sezilarli darajada oshirishi mumkin.
4. Xalqaro investorlar katta qiziqish bildirmoqda. UzNIF aktivlarini joylashtirishda talab taklifdan deyarli 4 baravar yuqori bo‘ldi - arizalar hajmi qariyb $3 mlrdni tashkil etdi.
🌍
💰
5. Bozorga deyarli butun mamlakat taniydigan kompaniyalar chiqishi mumkin: Uzbekistan Airways, O‘zbektelekom, yirik energetika, tog‘-kon va infratuzilma korxonalari.
6. Xalqaro va mahalliy fond bozorlari asta-sekin bir-biri bilan bog‘lanmoqda. O‘zbekiston kompaniyalari uchun xorijiy birjalarga chiqish endi mamlakat ichidagi listing bilan ham bog‘liq.
7. IPO kompaniyalarni yanada shaffof bo‘lishga majbur qiladi. Investorlarni jalb qilish uchun to‘g‘ri hisobot, tushunarli boshqaruv va korporativ boshqaruvning yuqori standartlari kerak.
📊
8. O‘zbekistonda hozircha xususiy investorlar nisbatan kam. Men buni zaiflik emas, balki o‘sish uchun ulkan zaxira deb hisoblayman.
📈
9. Millionlab odamlar pullarini depozitlarda, dollarda, oltinda yoki ko‘chmas mulkda saqlashga o‘rganib qolgan. Vaqt o‘tishi bilan bu pullarning bir qismi fond bozoriga ham o‘tishi mumkin.
💵
🏦
10. Aksiyalarni sotib olish texnik jihatdan tobora osonlashmoqda. Ilgari ko‘p bilim va ofislarga borishni talab qilgan jarayonlar asta-sekin smartfonga ko‘chmoqda.
📱
11. O‘zbekistonda aholi soni ko‘p va aholining katta qismini yoshlar tashkil qiladi. Yangi avlod ilovalar, onlayn-banking, investitsiyalar va boshqa moliyaviy vositalarni ancha tez o‘zlashtirmoqda.
👨‍💻
📈
12. Moliyaviy savodxonlik asta-sekin oshmoqda. Tobora ko‘proq odamlar hech bo‘lmaganda depozit, obligatsiya, aksiya, dividend va investitsiya o‘rtasidagi farqni tushuna boshlamoqda.
🧠
💰
🇺🇿
O‘ZBEKISTON - OLG‘A!
😎
O‘ZBEKLAR - OLG‘A!

September 07, 06:28
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 06, 17:26

Live stream finished (1 hour)

September 06, 16:01

Live stream started

September 06, 04:15
Media unavailable
1
Show in Telegram