
"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ
QARSHI–GUMBAZ TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i
M.X. Mirzayev
ning 2026-yil 3-sentabrdagi
411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i
ijrosini ta’minlash maqsadida
Qarshi–Gumbaz temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik
o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i
M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya
tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖
temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖
strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖
sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖
temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖
signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖
yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖
kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari
o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni
belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi
. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢
Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌
WebSite
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
✉️
Rahbarga_murojaat
“Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari temir yo‘l mutaxassislari uchun malaka oshirish seminari o‘tkazilmoqda
Xitoyning
Janubi-g‘arbiy Jiaotong universiteti
Uzluksiz ta’lim instituti tomonidan “Bir makon — bir yo‘l” mamlakatlari davlat temir yo‘llarini ekspluatatsiya qilish va moddiy resurslarni boshqarish bo‘yicha malaka oshirish seminari tashkil etildi.
📍
8-sentabr kuni
Janubi-g‘arbiy Jiaotong universitetining Jiuli kampusida seminarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda
Ozarbayjon, Janubiy Afrika, O‘zbekiston, Tanzaniya, Uganda va Iordaniya
kabi 6 ta davlatdan temir yo‘l sohasi vakillari — jami
34 nafar mansabdor xodim va boshqaruv mutaxassisi
ishtirok etmoqda.
🎯
Seminar doirasida
Ishtirokchilar:
🔹
Xitoy temir yo‘l tizimining rivojlanish tajribasi bilan tanishadi;
🔹
temir yo‘l ekspluatatsiyasining zamonaviy yondashuvlarini o‘rganadi;
🔹
moddiy-texnik resurslarni samarali boshqarish tajribasini o‘zlashtiradi;
🔹
transportni rejalashtirish va texnik standartlar bilan tanishadi;
🔹
temir yo‘l sohasi uchun kadrlar tayyorlash tajribasini o‘rganadi;
🔹
xorijiy temir yo‘l mutaxassislari bilan professional aloqalarni rivojlantiradi.
Shuningdek, seminar turli mamlakatlar temir yo‘l tashkilotlari o‘rtasidagi
uzoq muddatli xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim platforma
bo‘lib xizmat qiladi.
📅
Seminar 2026-yil 21-sentabrga qadar davom etadi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️🔥
Telegram
❤️🔥
Facebook
❤️🔥
Instagram
“Toshkent – Andijon – Toshkent” yo‘nalishida ilk tezyurar elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi!
Bugun, 10-sentabr kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan xarid qilingan zamonaviy
“CRRC-Dalian”
tezyurar elektropoyezdi ilk bor “
Toshkent – Andijon – Toshkent
” yo‘nalishida o‘z qatnovini boshladi.
Mazkur zamonaviy poyezd vodiyimiz sari yo‘l olar ekan, Qo‘qon temir yo‘l vokzalida uni tantanali ravishda kutib olindi.
Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qulay va tezkor xizmatdan foydalanishga taklif qilamiz
!
“O‘ZBEKISTON” LOKOMOTIV DEPOSIDA RAQAMLASHTIRISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
2026-yil 9-sentyabr kuni
“
O‘zbekiston” lokomotiv deposi
da Smart depo loyihasini o‘rganish va takomillashtirish, shuningdek, mashinistning elektron marshrut tizimini ko‘zdan kechirish maqsadida Boshqaruv raisining Raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi
A.B. Maxmudov
, Raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish departamenti boshlig‘i
B.E. Usmanov
, Axborot hisoblash markazi boshlig‘i
T.K. Ubaydullayev
, Lokomotivlardan foydalanish boshqarmasi boshlig‘ining Raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari
Z.A. Anvarov
hamda
“DAS UTY” MChJ bosh direktori B.M. Begaliyev
tashrif buyurdi.
Delegatsiya a’zolariga korxonada amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan depo boshlig‘i
O.M. Maxsumov
tanishtirib o‘tdi.
Yakunda dasturlar va raqamlashtirish ishlari bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan yangilik va qo‘shimchalar o‘zaro muhokama qilindi.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ matbuot xizmati.
👍
🌎
railwayinfra.uz
❤️🔥
Telegram
❤️🔥
Facebook
❤️🔥
Instagram
TEMIR YO‘L OSTIDAN TONNELLAR QURISH DAVOM ETMOQDA.
Aholining temir yo‘llarni xavfsiz kesib o‘tishini, shuningdek, poyezdlar harakatlanadigan uchastkalarda xavfsizlikni yanada oshirish maqsadida temir yo‘l ostidan temir-beton
⭐️
⭐️
tonnellar qurish ishlari davom etmoqda.
Joriy yil 8-sentyabr kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli
🌍
To‘qimachi–Sergeli temir yo‘l stansiyalari oralig'i 5-km 9-PKda temir yo‘l ostidan temir-beton tonneli qurish ishlari amalga oshirildi.
Qurilish ishlarini xavfsiz tashkil etish uchun “okno” berildi. Ushbu jarayonda mehnat muhofazasiga rioya etilishi, qurilish ishlarining sifati hamda ish yakunida temir yo‘l infratuzilmasini poyezdlar harakati uchun tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar Filial rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.
Mazkur loyiha, temir yo‘lni kesib o‘tishda xavfsiz sharoit yaratish va poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
QARSHI–KITOB TEMIR YO‘L UCHASTKASIDA KUZGI KO‘RIK O‘TKAZILDI
“Temiryo‘linfratuzilma” AJ “Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” filiali boshlig‘i
M.X. Mirzayev
ning 2026-yil 3-sentabrdagi
411-sonli ""Temiryo'linfratuzilma" AJ "Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli" filiali korxona va stansiyalarida kuzgi ko'rik o'tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘i
ijrosini ta’minlash maqsadida
Qarshi–Kitob temir yo‘l uchastkasida kuzgi ko‘rik
o‘tkazildi.
Filial boshlig‘i
M.X. Mirzayev raisligidagi komissiya
tomonidan temir yo‘l uchastkasi bo‘ylab kompleks ko‘rik tashkil etilib, unda:
➖
temir yo‘l izlari va uning texnik holati;
➖
strelkali o‘tkazgichlar va yo‘l qurilmalarining sozligi;
➖
sun’iy inshootlar va ko‘priklarning holati;
➖
temir yo‘l kesishmalari hamda yo‘l belgilarining mavjudligi va talab darajasida saqlanishi;
➖
signalizatsiya, aloqa va elektr ta’minoti qurilmalarining holati;
➖
yo‘l bo‘yidagi hududning obodonligi, begona o‘tlar va yong‘in xavfsizligi holati;
➖
kuz-qish mavsumida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashga tayyorgarlik ishlari
o‘rganildi.
Komissiya a’zolari tomonidan aniqlangan kamchiliklar qayd etilib, ularni
belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga aniq topshiriqlar berildi
. Shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasining texnik holatini doimiy nazoratda ushlab turish, mavsumiy xavflarning oldini olish hamda harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🏢
Qarshi MTU matbuot xizmati.
📌
WebSite
📱
Telegram
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
YouTube
✉️
Rahbarga_murojaat
HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNI
Qo‘qon mintaqaviy temir yo‘l uzeli
filiali boshlig‘i
B.P.Milladjanov
navbatdagi "Harakat xavfsizligi kuni" munosabati bilan
Oltiariq vagonlarni bug‘lab yuvish korxonasida
bo‘lib, u yerdagi ish jarayonlarini yaqindan ko‘zdan kechirdi.
Tekshiruv davomida quyidagi asosiy masalalarga alohida e'tibor qaratildi:
- Vagonlarni tozalash, tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya etilishi nazorat qilindi.
- Korxonaning bug‘lash va yuvish sexlari faoliyati, uskunalar va texnologik jarayonlarning sozligi o‘rganildi.
- Ishchilar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ularning xavfsizlik texnikasi bo‘yicha yo‘riqnomalarga amal qilishi ko‘zdan kechirildi.
Filial boshlig‘i harakat xavfsizligi har qanday temir yo‘l korxonasining ustuvor vazifasi ekanligini ta'kidlab, har bir xodim o‘z ishiga mas'uliyat bilan yondashishi lozimligini eslatdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlarda aholi bandligi va daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
kengaytirilgan yigʻilish
oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиеев провел
расширенное совещание
по вопросам проводимой в регионах работы по обеспечению занятости и повышению доходов населения.
#Mirziyoyev
#yigilish
#kambagallik
#bandlik
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
POYEZDLARNING TEZ, XAVFSIZ VA RAVON YURISHINI TAʼMINLANMOQDA
Joriy yil 8-sentabr kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli
🌍
To‘qimachi temir yo‘l stansiyasidagi 13a-sonli strelkali o‘tkazgichni temir beton bruslari bilan ko‘chirib o‘rnatish, almashtirish, og‘ir turdagi texnikalardan foydalangan holda temir yo‘lda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bu jarayon, 203-tajriba yo‘l mashina stansiyasi,Toshkent temir yo‘l masofasi, elektr taʼminoti, signallashtirish va aloqa korxonalarining tajribali mutaxassislari tomonidan bajarildi. Bu taʼmirlash ishlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad, poyezdlarning tezligini oshirish, xavfsiz va ravon yurishini taʼminlashdan iboratdir.
Poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash, rahbarlar va xodimlar tomonidan mehnat muhofazasi talablariga rioya qilinishi hamda “okno” uchun zarur bo‘lgan texnik vositalarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, “Toshkent MTU” filiali rahbariyati tomonidan nazorat qilib borildi.
👍
👍
👍
👍
👍
👍
Rasmiy sahifalarimiz
👇
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
XAVFSIZ HUDUD PROFILAKTIK TARGʻIBOT TADBIRI
Joriy yilning 9-sentyabr kuni temir yo‘l izlariga yaqin joylashgan mahallalarda Xavfsiz hudud profilaktik tadbirini tashkil etish maqsadida Termiz temir yo‘l masofasi filiali temir yoʻl kesishmalari ustasi Sh.Y.Ishkabilov va filialning Ijtimoiy xodimi O.P.Xaitmurotovlar tomonidan
Termiz tuman “NURLI DIYOR” MFY da
yashovchi fuqarolarga hamda
Termiz tuman 5-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi
oʻquvchilariga
“DIQQAT TEMIR YO‘L”
mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mahallada yashovchi fuqarolarga hamda maktab oʻquvchilariga temir yo‘lda baxtsiz hodisalar to‘g‘risida keng tushunchalar berilib, temir yo‘llarni belgilanmagan joylaridan kesib o‘tmaslik, temir yo‘llarda turgan poyezd vagonlari ustiga chiqmaslik va temir yo‘l izlariga begona jismlarni qo‘ymaslik to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi hamda bunday salbiy harakatlar ayanchli oqibatlarga olib kelishi tushuntirib o‘tildi.
"Termiz MTU" filiali matbuot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
🚉
📱
Telegramm
|
📱
Facebook
|
📱
Web
|