
O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ
Sharq filologiyasi fakultetida profilaktik suhbat tashkil etildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida 1-bosqich talabalari ishtirokida profilaktik suhbat tashkil etildi.
Tadbirda Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh. Shamutalova, IPMBIB boshlig‘i F. Xabiyeva, bo‘lim psixologi Sh. Bo‘stonova, profilaktika inspektori M. Nurmuhammedov hamda IPMBIB mutaxassisi M. Yuldosheva ishtirok etdi.
Suhbat davomida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish, internet tarmog‘ida uchrashi mumkin bo‘lgan kiberxavflardan himoyalanish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, universitetning “Odob-axloq” qoidalariga rioya etish talabalik madaniyatining muhim qismi ekani ta’kidlandi. Mazkur qoidalar ta’lim muhitida o‘zaro hurmat va intizomni mustahkamlashga xizmat qilishi tushuntirildi.
Tadbirda “Psixologik xizmat”ning maqsad va vazifalari, talaba-yoshlarda psixologik barqarorlikni mustahkamlash hamda psixologik savodxonlikni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt
🧠
✨
“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
Xalqaro Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida “
Zakovat”
intellektual o‘yini tashkil etildi. Tadbir talabalarning o‘zaro tanishuvi, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bilim va tafakkurini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqada jami
9 ta jamoa
ishtirok etib, qizg‘in va murosasiz bahslar olib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇
1-o‘rin — “Zukkolar” jamoasi
🥈
2-o‘rin — “Elchilar” jamoasi
🥉
3-o‘rin — “Samuray” jamoasi
G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar.
🌟
Bunday intellektual tadbirlar talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish hamda fakultet jamoasi bilan yanada yaqinlashishiga xizmat qiladi.
🇺🇿
“Milliy libos — ma’naviyat ko‘zgusi”
2026-yil 10-sentabr kuni O‘zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va an’analarini targ‘ib etish, yoshlar qalbida milliy g‘urur hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida
“Milliy libos — ma’naviyat ko‘zgusi”
mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir universitet Xotin-qizlar kengashi raisi
Sh. Shamutalova
, Ingliz tili ikkinchi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul
F. Ashurova
, fakultetning IPMBIB mutaxassisi
O. Artikova
hamda fakultet tyutorlari tashabbusi bilan 1-bosqich talabalari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbir davomida milliy liboslarimizning tarixi, ularning o‘ziga xos jihatlari va bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi. Talabalar tomonidan milliy liboslar namoyishi tashkil etilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan urf-odatlari, an’analari va milliy qadriyatlari keng targ‘ib qilindi.
Milliy libos — bu nafaqat kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniyati, estetik didi va ma’naviy olamini o‘zida mujassam etgan bebaho merosdir. Uni asrab-avaylash, qadrlash va kelajak avlodlarga yetkazish barchamizning muhim vazifamiz hisoblanadi.
🌿
Tadbir ko‘tarinki ruhda, mazmunli va qiziqarli tarzda o‘tib, talabalarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmati va qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
🇺🇿
✨
😊
Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱
Telegram
🧐
Instagram
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQSh elchixonasi vakillari va amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan tayyorlangan videorolik
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
AQSh elchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda amerikalik ingliz tili o‘qituvchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda AQSh elchixonasining Ingliz tili dasturi yetakchi mutaxassisi Stockton Duvall, Hududiy ingliz tili ofisi rahbari Kim Chilmonik hamda AQSh Davlat departamenti granti asosida yuborilgan ingliz tili o‘qituvchisi — English Language Fellow Monica Zhang ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ingliz tili o‘qituvchisi Monica Zhangni universitet jamoasiga tanishtirish, O‘zDJTU yosh o‘qituvchilari uchun
“University English Teaching Essentials”
loyihasini amalga oshirish, shuningdek, qo‘shimcha ingliz tili mutaxassisini qisqa muddatga universitetga biriktirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt
🟦
🟦
🟦
Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi muhokama qilindi
Bugun Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini tegishli xarajatlarga yo‘naltirish masalasi muhokama qilindi. Jarayonda mablag‘lardan qonuniy, shaffof va maqsadli foydalanish, ularni aholining manfaatlariga xizmat qiladigan yo‘nalishlarga yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, masala yuzasidan doimiy komissiya tomonidan olib borilgan o‘rganishlar va tegishli xulosalar deputatlar e’tiboriga havola etildi.
Sessiya ishida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi 19-Farhod saylov okrugi deputati
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich
ham ishtirok etdi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt
🟦
🟦
🟦
Rektor yangi talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlarini o‘rgandi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari hamrohligida hududda yangidan barpo etilayotgan talabalar turar joyidagi qurilish jarayonlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida yangi TTJ binosida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, obyektning joriy holati va bajarilayotgan ishlarning borishi atroflicha o‘rganildi.
Mas’ullar bilan qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ishlarni yanada jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Rektor qurilish ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan me’yorlarga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, yangi talabalar turar joyini o‘z vaqtida foydalanishga topshirish, unda talabalar uchun zamonaviy va qulay sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Universitet rahbariyati tomonidan yangi TTJ qurilishining borishi muntazam nazorat qilib borilishi ta’kidlandi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt
Fakultet dekani 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi
Bugun, 10-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida
"Payshanba — yoshlar kuni"
doirasida 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda fakultet dekani
Ilhom Xaydarov
hamda dekan o‘rinbosarlari so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Muloqot davomida:
•Universitetning ichki tartib-qoidalari va odob-axloq me’yorlari;
•O‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda kredit-modul tizimi tartib-taomillari;
•Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ilmiy to‘garaklardagi faolligi masalalari tushuntirildi.
Tadbir so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga fakultet rahbariyatidan batafsil javob oldilar.
Bizni kuzatishda davom eting.
https://t.me/thirdEnglishfaculty
🔹
“Har bir talaba — eʼtiborda”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A.Xalillayev tomonidan talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida ijara xonadonlariga tashrif buyurildi. Mazkur tashrif davomida talabalar istiqomat qilayotgan uy-joylarning holati, yaratilgan sharoitlar hamda kundalik ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
Tashrif jarayonida talabalarning yashash muhiti, tozalik darajasi, xavfsizlik va qulaylik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalar bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday tashriflar talabalarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda o‘qish jarayoniga to‘liq e’tibor qaratishlari uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Fakultet rahbariyati tomonidan bu kabi o‘rganish ishlari muntazam davom ettirilishi ta’kidlandi.
“Yangi imkoniyatlar sari” — “Birinchi kurs maktabi” doirasida psixoprofilaktik tadbir
10-sentabr kuni “Yangi imkoniyatlar sari” shiori ostida tashkil etilgan “Birinchi kurs maktabi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z. Xayrullayeva, Rus filologiyasi fakulteti IPMBIB bo‘limi mutaxassisi I. Sadiyeva hamda fakultet tyutori D. Izzatullayeva hamkorligida birinchi bosqich talabalari uchun psixoprofilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirning asosiy maqsadi talabalarning oliy ta’lim muhitiga ijtimoiy-psixologik va akademik moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, emotsional zo‘riqish va xavotir holatlarining oldini olish hamda psixologik barqarorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida talabalarga universitet psixologik xizmatining faoliyat yo‘nalishlari, psixologik maslahat, psixodiagnostika, psixoprofilaktika va psixokorreksiya xizmatlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, psixologik platformadan foydalanish, murojaat qilish tartibi va maxfiylik tamoyillari tushuntirildi.
Tadbir doirasida savol-javob, guruhiy muhokama, psixologik mashqlar va interfaol topshiriqlardan iborat trening tashkil etilib, talabalar o‘rtasida ijobiy psixologik muhit va o‘zaro ishonchni shakllantirishga e’tibor qaratildi.
🌐
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Sayt