Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

O'zDJTU Yoshlari | Ma'naviy hayoti

uzswlu_mmb
O'zDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limi kanali
Subscribers
4 427
24 hours
56
30 days
627
Post views
254
ER
5,74%
Posts (30d)
127
Characters in post
1 231
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
EDEducation Student Life
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
September 11, 10:25
Media unavailable
6
Show in Telegram

O‘zDJTUda “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida “Dekan va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv yoshlarning fikr va tashabbuslarini tinglash, ularning ta’lim jarayonidagi faolligi, qiziqishlari hamda kelajakdagi maqsad va rejalari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi. Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, universitet hayoti, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, zamonaviy kasblar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan fikr almashdilar.
Fakultet dekani A.Xalillayev yoshlarning bilim olishga bo‘lgan intilishi, zamonaviy dunyoqarashi va tashabbuskorligini alohida e’tirof etib, bugungi kunda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlarni doimiy izlanish, xorijiy tillarni puxta egallash, innovatsion fikrlash va kelajakda yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.
Uchrashuv davomida faol va iqtidorli talabalarning takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan fikrlar bildirildi.
Mazkur uchrashuv talaba-yoshlar uchun nafaqat rahbariyat bilan ochiq muloqot qilish, balki o‘z salohiyatini namoyon etish, tashabbuslarini ilgari surish va kelajakka ishonch bilan qadam tashlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

September 11, 09:59
Media unavailable
7
Show in Telegram

🎓
“Muvaffaqiyat sari yo‘l”: 1-kurs talabalari bilan muhim uchrashuv o‘tkazildi
🏛
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Rus filologiyasi fakultetida
1-bosqich talabalari uchun ularning ta’lim jarayonidagi imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy va jamoat faoliyatiga faol jalb etish hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanishi uchun zarur yo‘nalishlarni belgilashga qaratilgan
axborot-motivatsion uchrashuv
tashkil etildi.
🤝
Uchrashuvni Rus filologiyasi fakulteti dekani
Azizxon Bositxonovich Raxmonov
hamda Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i
Sirojiddin Topshulatovich To‘xtayev
o‘z jamoasi bilan birgalikda olib bordilar.
🎯
Uchrashuv davomida talabalar uchun muhim bo‘lgan bir qator masalalarga e’tibor qaratildi:
🔹
1-kursdanoq ilmiy izlanishlar, loyihalar, tanlovlar, olimpiadalar va jamoat ishlarida faol bo‘lishning ahamiyati haqida tushunchalar berildi.
🔹
Talabalar uchun mavjud stipendiya turlari, nomdor stipendiyalarga qo‘yiladigan talablar, tanlov mezonlari hamda hujjatlarni tayyorlash tartibi haqida batafsil ma’lumot berildi.
🔹
Ilmiy maqolalar chop ettirish, fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, turli tanlov va grantlarda qatnashish kabi yutuqlarning talabaning shaxsiy rivojlanishi va nufuzli stipendiyalarni qo‘lga kiritishdagi o‘rni tushuntirildi.
💡
Shuningdek, talabalarga
“1-kursdan boshlab o‘z kelajagingiz uchun poydevor yarating”
tamoyili asosida o‘z ustida muntazam ishlash, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish va erishilgan har bir natijani kelajakdagi katta maqsadlar sari yo‘naltirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
💬
Uchrashuv
ochiq muloqot
shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qildilar. Savollarga batafsil javoblar berilib, yoshlarning iqtidor va salohiyatini namoyon etishi uchun mavjud imkoniyatlar yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi.
🌟
Muvaffaqiyat tasodifan kelmaydi. U bilim, izlanish, faol ishtirok va harakat orqali yaratiladi.

September 11, 08:39
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

🇺🇿
MUSTAQILLIK — BEBAHO NE’MAT, YUKSAK QADRIYAT!
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti 2625-guruh talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-yoshlar bilan mamlakatimizning mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlari, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti, shuningdek, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan buyuk insonlar hamda O‘zbekiston Qahramonlarining ibratli hayot yo‘llari haqida suhbat o‘tkazildi.
Shuningdek, yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom va yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida “Xotira va qadrlash” maydoniga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida talabalar Vatanimiz ozodligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilgan fidoyi insonlarning hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning mardlik, jasorat va vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan hayot yo‘llaridan o‘zlari uchun muhim xulosalar oldilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
😊
Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱
Telegram
🧐
Instagram

September 11, 08:16
Media unavailable
7
2
Show in Telegram

Professor-o‘qituvchi bilan ma’naviy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi
2026-yil 11-sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetida professor-o‘qituvchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Mazkur tadbir fakultet dekani
Bazarov Zokir Mehrikulovich
, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi
F. Ashurova
hamda Universitet Ota-onalar kengashi raisi
Z. Ibragimova
ishtirokida o‘tkazildi.
Suhbat davomida kiyinish madaniyati, odob-axloq, muomala madaniyati, pedagogik etika va kasbiy mas’uliyat masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ta’kidlanganidek, pedagog o‘zining bilim va tajribasi bilan bir qatorda, yuksak ma’naviy fazilatlari, tashqi ko‘rinishi va madaniyati orqali ham talabalarga namuna bo‘lishi muhimdir.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, savol-javoblar va o‘zaro fikr almashuvlar olib bordilar. Suhbat samimiy va ochiq muloqot ruhida kechdi.

Bunday uchrashuvlar ta’lim muassasasida sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, pedagoglarning kasbiy va ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
😊
Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱
Telegram
🧐
Instagram

September 11, 07:17
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
📚
1-bosqich talabalari uchun tanishtiruv seminar darslari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakultetining 1-bosqich talabalari uchun ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash yo‘nalishlari bo‘yicha tanishtiruv seminar darslari tashkil etildi.
🎓
Seminar mashg‘ulotlarini fakultetning Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini
Begmatova Sohiba Mustafoyevna
olib bordi.
Seminar davomida talabalarga:
🔹
ilmiy-tadqiqot faoliyatining mazmun-mohiyati va ahamiyati;
🔹
ilmiy maqola va tezislar tayyorlash hamda ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish;
🔹
innovatsion g‘oyalar va loyihalarni ilgari surish imkoniyatlari;
🔹
iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar;
🔹
tanlovlar, olimpiadalar, grantlar va ilmiy loyihalarda ishtirok etish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
💡
Shuningdek, talabalarning ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish, o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etishlari hamda innovatsion g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etishlariga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🌱
Ilm sari ilk qadam — katta yutuqlar sari yo‘l!
Ingliz tili 2-fakultetida talabalarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, innovatsion fikrlashini qo‘llab-quvvatlash va iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
😊
Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱
Telegram
🧐
Instagram

September 11, 07:13
Media unavailable
2
Show in Telegram

September 11, 06:20
Media unavailable
2
5
Show in Telegram

Yagona vatan yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz.

Oʻzbekiston respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ingliz tili ikkinchi fakultetida tyutor
Sh. Xamidova
tashabbusi bilan
"Yagona vatan yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yaratamiz"
shiori ostida maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida birinchi bosqich talabalari tomonidan vedio roliklar, mustaqillik mavzusida tanlovlar tashkil etildi.
📌
Ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad yoshlar qalbida mustaqillik, istiqlol kabi ulugʻ neʼmatlarga shukronalik hissini shakllantirish va vatanga muhabbat kelajakka ishonch tuygʻularini yuksaltirishdan iborat.
😊
Ingliz tili 2 fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo’ling!
📱
Telegram
🧐
Instagram

September 11, 06:20
Media unavailable
2
Show in Telegram

September 11, 06:05
Media unavailable
1
Show in Telegram

🔥
🔥
🔥
🇺🇿
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
🇺🇿
Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti
🇺🇿
Roman-german filologiyasi fakulteti jamoasi tomonidan tayyorlangan
siz uchun kun davomida unutilmas va qiziqarli dastur boshlandi!

September 11, 06:05
Media unavailable
2
Show in Telegram