Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Oʻzbekiston XDP

uzxdpmk_mv
Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining rasmiy kanali www.xdp.uz facebook.com/xdp.uz twitter.com/xdp_uz youtube.com/c/UzXDP instagram.com/uzxdp_mk
Subscribers
4 210
24 hours
30 days
-40
Post views
1 361
ER
0,32%
Posts (30d)
Characters in post
1 751
January 09, 12:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Munosabat
Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining doimiy pozitsiyasiga hamohang
Shu kunlarda
2025-yilgi davlat dasturi
loyihasi
xalq bilan keng muhokama
qilinmoqda
. Bu esa mamlakatda demokratiya prinsiplari amalda bo‘lganidan dalolatdir. Mazkur jarayonda, tabiiyki, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ham o‘z dasturiy maqsadlaridan kelib chiqib, davlat dasturiga munosabat bildirishni muhim, deb hisoblaydi.
Dasturning loyihasida aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, bandlik darajasini oshirish, ta’lim va tibbiyot sohalarini rivojlantirish borasida belgilangan maqsadlar partiyamizning asosiy g‘oyalari bilan muvofiq keladi. Jumladan, davlat dasturida ehtiyojmand qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash, ishsizlik darajasini pasaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar partiya dasturining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalishda davlat dasturida kam ta’minlangan oilalar uchun ijtimoiy uy-joylar qurish va ularni subsidiyalash masalalari ko‘tarilgani partiya elektorati tomonidan ijobiy baholanadi.
Ta’lim sifati va tibbiy xizmatlarga e’tibor davlat dasturining muhim yo‘nalishlari hisoblanadi. O‘zbekiston XDPning pozitsiyasiga ko‘ra, aholining barcha qatlamlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, xususan, qishloq hududlarida ta’lim va tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish ustuvor vazifa bo‘lishi kerak.
2025-yilgi davlat dasturi loyihasi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim asosidir. 2025-yilgi davlat dasturi xalq bilan muloqotda, ularning haqiqiy ehtiyojlarini inobatga olgan holda amalga oshirilsa, mamlakat taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tariladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi bu jarayonda o‘zining ijtimoiy adolat va xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi pozitsiyasini izchil
amalga oshiradi
...
Shoxrux O‘KTAMOV,
O‘zbekiston XDP Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b.
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 11:43
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#munosabat
❗️
Yashash sifatini yaxshilash – bosh maqsad
Yangi yilga nom berilishi va shunga mos ravishda Davlat dasturi ishlab chiqilishi xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada jipslashtirishga xizmat qilmoqda. Keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot”
yili Davlat dasturi bo‘yicha Prezident Farmoni hamda dastur loyihasidagi barcha vazifa-tashabbuslar yurtdoshlarimizning ko‘nglidagi fikrlarni
ifodalamoqda
.
Davlat va jamiyatni yanada rivojlantirish bo‘yicha bosh hujjat, eng avvalo,
inson uchun, uning huquq va manfaatlari himoyasi uchun yo‘naltirilgandir.
Mulohaza qilinsa, atrof-muhitni asrash, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish birinchi navbatda insonni asrash va unga qulay sharoit yaratishni anglatadi.
Alohida ta’kidlash kerakki, Davlat dasturi loyihasidagi aksariyat vazifalar turmush tarzini yanada yaxshilash,
ijtimoiy masalalarni samarali hal etish bilan chambarchas bog‘liq.
Shu nuqtai nazardan Farmon va Davlat dasturi loyihasi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlari bilan har tomonlama hamohangdir.
Resurs tejamkor iqtisodiy rivojlanish modeliga o‘tish
orqali 2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishini kamida 6 foiz va uning hajmini 200 milliard dollarga yetkazish, inflatsiyani 5 foiz darajasida saqlash,
kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish eng muhim maqsad
, deb belgilandi.
Fuqarolar o‘rtasida
“Tejamkorlik va barqarorlik”
tamoyili asosida yangicha ijtimoiy munosabatlar rivojlantirilishi, mahallalarning ekologik qiyofasi yaxshilanishi, yashillik darajasi oshirilishi, ekologik jihatdan qulay va farovon yashash muhiti shakllantirilishi, aholi salomatligi yaxshilanishi, inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit yaratilishi
mamlakatimizdagi ijtimoiy muhitni yangi darajaga ko‘taradi.
Dastur loyihasida partiyamiz elektorati manfaatlari himoyasiga xizmat qiladigan vazifalar belgilanmoqda. Xususan, respublikamizning har bir tumanida (shahrida) bosqichma-bosqich
inklyuziv ta’lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta’lim maktab faoliyati tashkil etilishi
qayd etilyapti. Bu jamiyatimizni bosqichma-bosqich inklyuzivlashtirishda strategik ahamiyatga ega masala hisoblanadi.
Bolalar qanday oila va sharoitda voyaga yetayotganidan qat’i nazar, ta’limda teng imkoniyatlarga ega bo‘lishi muhim, deb hisoblaymiz. Hujjat loyihasida joriy yilning o‘zida 3,
5 ming kambag‘al oilalar
farzandlarini tayyorlab, oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda
grant asosida
qabul qilinishi vazifasi qo‘yilgani qanchadan-qancha yoshlar va oilalarning kelajakka ishonchini oshiradi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda transyog‘lardan foydalanishning cheklangan miqdorlarini belgilash
bo‘yicha sanitariya qoidalari va me’yorlari Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiqlashtirilishi nazarda tutilgani ham dasturiy vazifalarimiz bilan mos keladi.
Keyingi yillarda kam daromadli oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini qo‘llab-quvvatlash islohotlarning juda muhim strategik yo‘nalishiga aylandi.
Joriy yilda ham bu borada dolzarb vazifalar belgilanayotganini alohida qayd etish joiz. Jumladan, 100 ming gektar yer maydonlarini ijaraga berish orqali
200 ming nafar aholi bandligini ta’minlash ko‘zlanmoqda
.
Yuqorida keltirilgan va boshqa ko‘plab vazifa-tashabbuslarga asoslangan holda,
Davlat dasturi loyihasi yurtimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat izchil davom etishining o‘ziga xos kafolati bo‘lmoqda.
Shunga muvofiq,
Xalq demokratik partiyasi Farmon va Dastur loyihasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi,
albatta, tashkilotlari, barcha darajadagi deputatlik korpusi orqali qo‘shimcha takliflarini ham beradi.
Faollarimiz, elektorat vakillarimiz hamda xayrixohlarimiz
dastur loyihasi muhokamasi va uning hayotga tatbiq etilishida faol
ishtirok etadi
.
Ulug‘bek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi
O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari.
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 10:37
Media unavailable
3
Show in Telegram

❗️
Fraksiyamiz tashabbusi
BARCHA YANGI TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN DEPOZITLARNI OCHISH
Jo‘qorg‘i Kengesdagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishida ushbu loyiha
muhokama qilindi
.
👆
🌐
Sayt
|
📺
YouTube
|
📺
Facebook
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 09:32
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

Elektoratimiz manfaati uchun
Mahalliy Kengashlarning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijro etuvchi hokimiyat idoralari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish va odamlarni o‘ylantirayotgan muammolarni hal qilish borasidagi sa’y-harakatlari samaradorligini oshirish dolzarb
ahamiyatga ega
. O‘zXDP Markaziy Kengashi tomonidan joylarda mahalliy Kengashlar deputatlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilgani shu nuqtai nazardan alohida diqqatga molikdir.
Ma’lumki, deputatlar turli sohalarda faoliyat yurituvchi, tajribali, fidoyi, jamiyatda hurmat qozongan va obro‘-e’tiborga ega shaxslar orasidan saylanadi. Lekin ular deputatlik faoliyatini qanday olib borishlari bo‘yicha alohida o‘qitilmaydi, bu borada xalq noiblari hayot maktabida olgan ko‘nikmalariga tayanishadi.
2024-yilning 2-dekabridan 25-dekabriga qadar hududlarda o‘tkazilgan o‘quv-seminarlar mahalliy Kengashlarga yangi saylangan 1 ming 200 nafar deputat uchun nafaqat o‘zaro bilim va tajriba almashish, balki elektorat manfaati yo‘lidagi faoliyatining eng ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olishiga imkon berdi.
Endilikda respublikamizdagi har bir hududning mavjud muammolari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, deputatlik guruhlari o‘rganishlarini manzilli amalga oshirishni rejalashtiryapmiz. Nazorat-tahlil va jamoatchilik nazorati tadbirlarini quyi palatadagi fraksiyamiz deputatlari va mahalliy Kengashlar hamkorligida tashkil etishni mo‘ljallamoqdamiz. Bu esa siyosiy partiyaning fraksiya a’zolari va quyi tizimdagi mahalliy Kengashlar deputatlarining bahamjihatlikdagi samarali faoliyatini
ta’minlaydi
...
Mavjuda HASANOVA,
O‘zXDP Markaziy Kengashi boshqarma boshlig‘i.
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 08:17
Media unavailable
4
Show in Telegram

❗️
2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini
“Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng
jamoatchilik muhokamasi uchun e'lon qilindi.
🟣
Davlat dasturi loyihasida
5 ta ustuvor yoʻnalish
bo'yicha
2025-yil
uchun
amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar
roʻyxati va
maqsadli koʻrsatkichlar
nazarda tutilmoqda.
💬
Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.
❗️
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi jamoasi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflarini Markazning maxsus
uzbekistan2030.uz
onlayn portali orqali bildirishlarini soʻraydi.
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 07:10
Media unavailable
3
2
Show in Telegram

❗️
O‘zbekiston XDP fraksiyasidan tashabbus:
BARCHA YANGI TUG‘ILGAN BOLALAR UCHUN DEPOZITLARNI OCHISH
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi yig‘ilishi
ning kun tartibiga
“Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun depozitlarni ochish bo‘yicha loyiha taqdimoti to‘g‘risida”
gi hamda partiya fraksiyasining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasi va kelgusidagi vazifalarga bag‘ishlangan
masalalar kiritildi
.
👆
Ijtimoiy davlat maqomini mustahkamlash uchun, yangi tug‘ilgan bolani tarbiyalashda ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish va ularni bolalarga uzoq muddatli sarmoya kiritishga yanada faol jalb qilishni rag‘batlantiruvchi
chora-tadbirlarni izlab topish zarurati tug‘iladi.

Bunday qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlaridan biri sifatida
47-sonli “Sanoat” saylov okrugidan deputat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari Rustam Saparbayev
tomonidan ishlab chiqilgan
“Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun bolalar depozitini ochish bo‘yicha loyihasi”
taqdimot qilindi.
❗️
Ushbu loyiha bola voyaga yetganida shaxs sifatida shakllanish, iqtidorini rivojlantirish uchun
erkin moliyaviy resurslarga ega bo‘lishini ta’minlashga
xizmat qiladi. Barcha yangi tug‘ilgan bolalar uchun
“bolalar depozitini”
ochish, mazkur depozitni ota-onalar, vasiylar yoki boshqa homiylar tomonidan qonun asosida bosqichma-bosqich to‘ldirish imkoniyati bilan ta’minlash va
18 yoshga to‘lganda foizlari bilan to‘lovni olish
huquqini beradi.

Loyihaga ko‘ra, “bolalar depozitining” egasiga kelgusida voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalarning ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilish uchun konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyati yaratiladi. Natijada mamlakatning
“ijtimoiy davlat”
sifatidagi imidji o‘sadi. Bundan tashqari, uzoq muddatda davlatning qo‘shimcha budjet xarajatlari ko‘rinishidagi davlatning ijtimoiy yuki kamayadi. Tabiiyki,
“bolalar depoziti”ning egasi 18 yoshga to‘lgandan so‘ng ta’lim olishni davom ettirish, uy-joy-maishiy masalalarni hal qilish, to‘plangan mablag‘larni keyinchalik investitsiya qilish yoki ulardan boshqa shaxsiy qonuniy maqsadlar uchun foydalanish kabi asosiy ehtiyojlarni qondirish uchun bo‘sh moliyaviy resurslarga
ega bo‘ladi
...
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 06:22
Media unavailable
4
2
Show in Telegram

Gulistonda yangi BPT tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Sirdaryo viloyat kengashi tomonidan joylarda partiyaning eng kichik va muhim bo‘g‘ini sonini ko‘paytirish, a’zolar safini kengaytirish borasida samarali ishlar amalga tashkil etilmoqda. Buning uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, partiyaning maqsadlari, tashabbuslari odamlarga
tushuntirilmoqda
.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish har bir inson uchun naqadar muhim ekani, partiya esa ayni ushbu yo‘nalishlardagi g‘oyalari bilan harakat qilishi va partiya dasturidan o‘rin olgan ta’lim, tibbiyot, pensiya va nafaqalar, kommunal xizmat kabi sohalarga aloqador tashabbuslar haqida ma’lumotlar berilmoqda.
Guliston shahar kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan ana shunday targ‘ibot tadbirlari natijasida Guliston shahrida joylashgan Alisher Navoiy nomidagi Axbarot-kutubxona markazida boshlang‘ich partiya tashkiloti tuzildi. Uning atrofida partiya g‘oyalariga xayrixoh insonlar
jamlandi
...
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 09, 04:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Munosabat
Yangi O‘zbekiston g‘oyasi real voqelikka aylanmoqda
Doniyorbek JUMABOYEV,
“UZAUTO MOTORS” AJ transport bo‘limi ta’minotchisi,
O‘zbekiston XDP boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi:
— Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga Yangi yil tabrigida aytgan fikrlari albatta 2025-yilgi ishlarimizda dasturulamal bo‘ladi. Tabrikda “Yangi O‘zbekiston g‘oyasi real voqelikka aylanmoqda”, degan so‘zlarning isbotini o‘z yashayotgan manzilimiz, o‘qish va ish joylarimiz, odamlarning hayotidagi o‘zgarishlarda
ko‘rib turibmiz
. Haqiqatan ham hududlarda yangi uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, madaniyat va sport maskanlari qad ko‘tarmoqda. Yurtimiz tobora obod qiyofa kasb etib bormoqda. Minglab yurtdoshlarimiz Yangi yilni yangi uylarda kutib olmoqda. Bunday bunyodkorlik ishlari xalqimizning fidoyi mehnati, davlatimizning oqilona siyosati natijasidir.
“UZAUTO MOTORS” qo‘shma korxonasida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining boshlang‘ich tashkiloti tuzilgan. Mana 3 yildiriki, ushbu kichik bo‘g‘inni boshqarib kelyapman. 1991-yilda yangi tashkil topganida 272 nafar a’zo bo‘lgan, hozirga kelib a’zolar soni 1500 ga yaqinlashdi. Yaqinda jamoamizdagi 130 nafar yoshlar partiyamiz safiga qabul qilindi. Partiyamiz tarafdorlari, a’zolarimiz soni ortib borayotgani ijtimoiy sohadagi tashabbuslarimizni amalga oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi
...
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter

January 08, 13:28
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Ijtimoiy_karta
Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024-yildagi
897-son
qarori bilan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda "ijtimoiy karta" tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Prezidentning 18.07.2024-yildagi PQ-267-son qaroriga muvofiq "Ijtimoiy karta" axborot tizimini joriy etish orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatishni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari bosqichma-bosqich avtomatlashtirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy kartasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagi tartiblarni belgilaydi:
😲
ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish, foydalanish uchun taqdim  etish;
😲
ijtimoiy kartalarni almashtirish, to‘xtatib turish va tugatish;
😲
"Ijtimoiy karta" axborot tizimi ma’lumotlar bazasini yuritish.
🖋
"Ijtimoiy karta" AT ma’lumotlar bazasi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan fuqarolar va davlat organlari taqdim etgan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar asosida shakllantiriladi va yuritiladi.
💵
Ijtimoiy kartani moliyaviy agent sifatida ishtirok etuvchi respublikaning rezident tijorat banklari taqdim etadi.
Ijtimoiy kartani berish va undan foydalanish uchun arizalar quyidagilar orqali murojaat qilish yo‘li bilan topshiriladi:
😲
YaIDXP;
😲
"Ijtimoiy karta" mobil ilovasi;
😲
"Inson" ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari;
😲
moliyaviy agentlar.
🤝
Jismoniy shaxslarga ijtimoiy karta berish bo‘yicha bank xizmatlari uchun to‘lov BHMning 10 foizidan oshmasligi kerak. Hujjatda ijtimoiy karta uch ish kuni ichida bepul beriladigan shaxslar ro‘yxati keltirilgan.
⚠️
2025-yil 1-fevraldan
ijtimoiy kartalarni muomalaga chiqarish va foydalanishga taqdim etish masalalari bo‘yicha
"1070"

"Ishonch telefoni"
sinov tartibida ishga tushiriladi.
📝
telegram
💻
instagram
📝
facebook
🐧
xcom
🎞
youtube
🎖
ihma.uz

January 08, 12:22
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Munosabat
Davlatimiz rahbarining da’vati bilan
Maxsud SA’DULLAYEV,
O‘zbekiston XDP Amudaryo tuman Kengashi raisi, tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari:
— Prezidentimizning Yangi yil tabrigida
“Oliy Majlis va mahalliy Kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar demokratik islohotlarning yangi davriga qadam qo‘yganimizni yana bir marta tasdiqladi”
, deya
ta’kidlandi
. Haqiqatan ham o‘tgan saylovlarda siyosiy partiyalarning dasturi ham, g‘oyalari ham bir-biridan farq qildi. Turli siyosiy mafkuralar kurashi ko‘zga tashlandi.
Saylovlar natijasiga ko‘ra, xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashidagi 25 ta o‘ringa partiyamizdan 6 nafar deputat saylandi. Qisqa vaqt ichida yangidan saylangan deputatlar bilan partiyaning Harakat dasturida belgilangan masalalarni deputatlik guruhida o‘rgandik. Doimiy komissiyalar va sessiya kun tartibiga olib chiqib, partiya elektorati manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilinishiga erishdik. Deputatlarning o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlari ko‘lami va samaradorligi ortdi.
Bularning barchasiga davlatimiz rahbarining “deputat va senatorlarni o‘zlari saylangan hududdagi muammolar tegishli vazirlik va hokimliklar tomonidan qay darajada hal etilayotganini doimiy o‘rganib, nazorat qilib borishga chaqiraman”, degan da’vati kuchli turtki bo‘ldi.
Siyosiy partiyalar va deputatlar oldida turgan muhim vazifalar ma’lum. Ya’ni, elektoratimizni o‘ylantirayotgan masalalarni o‘rganish, aholini turmushini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflar berish, turli dasturlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatishdan iborat. Umuman, xalqning yonida bo‘lish, ularning nomidan gapirish va faoliyatimizni ham xalq manfaatlari yo‘lida tashkil etish oliy burchimizga aylanmog‘i zarur. O‘z navbatida, Prezidentimiz tomonidan o‘rtaga tashlangan eng dolzarb va xalqchil tashabbuslar, muhim takliflar, belgilab berilgan hayotiy vazifalarning mazmun-mohiyatini saylovchilar, elektoratimiz vakillariga yetkazishda doim faol bo‘lishimiz talab
etiladi
...
___
🌐
XDP.uz
👉
Telegram
|
Facebook
|
Youtube
|
Instagram
|
Twitter