
WikiTarjima
Savol matnida bir soʻz boshqa bir soʻzga almashgan.
Lolazor romani qahramoni Saidqul Mardonov bir qishloqqa borganda Xolmoʻmin ismli kishiga oʻxshashini eshitib u kishi tugʻishgan ukasi boʻlishi mumkinligini, oʻzining ismi esa Saidqul emas Normoʻminmikn deb oʻylaydi va uyiga qaytgach ham sir saqlab yuradi. Oradan vaqtlar oʻtgach, oila a’zolariga asl ismi Normoʻmin boʻlishi mumkinligini aytadi va oʻzini uzoq vaqt sir saqlab kiyikka aytgan shovvozga oʻxshatadi.
Diqqat savol, ushbu shovvoz saqlab yurgan sir nima?
wikiTarjima
– Original tarjimalar
O‘rgimchak odam: Yangi kun
Ilmiy maqola
Houston we have a problem
U terma jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini 37 yoshida Islandiyaga qarshi oʻtqazdi va oʻyinning 14- daqiqasida almashtirildi. Bir necha yil Winchester shaxrida istiqomat qilgan ushbu futbolchi kim? wikiTarjima – Original tarjimalar
U terma jamoa safidagi soʻnggi oʻyinini 37 yoshida Islandiyaga qarshi oʻtqazdi va oʻyinning 14- daqiqasida almashtirildi.
Bir necha yil Winchester shaxrida istiqomat qilgan ushbu futbolchi kim?
wikiTarjima
– Original tarjimalar
🕷️
🎸
Olimlar Janubiy Amerikada yangi o‘rgimchak turini kashf etdi —
Pikelinia floydmuraria
. U mashhur
Pink Floyd
sharafiga nomlangan.
Nomining ma’nosi ham qiziq:
“floyd”
— Pink Floyd guruhiga ishora qilsa,
“muraria”
lotinchada “devorga oid” degani. Bu nom guruhning mashhur
The Wall
albomiga ham nozik ishora hisoblanadi.
🧱
🎶
Bu o‘rgimchak devor yoriqlari va uy atroflarida yashaydi hamda o‘zidan 6 baravar katta chumolilarni ham ovlay oladi. Shuningdek, pashsha, chivin va qo‘ng‘izlar bilan oziqlanadi. Olimlarning aytishicha, u shaharlardagi zararkunandalarga qarshi tabiiy “yordamchi” bo‘lishi mumkin.
Qiziq tomoni — u to‘rini ko‘pincha sun’iy chiroqlar yoniga quradi. Chunki yorug‘likka uchib kelgan hasharotlar uning oson o‘ljasiga aylanadi.
🕸️
📖
Ilmiy maqola:
Zoosystematics and Evolution
jurnalida chop etildi.
Sizga ham Pink Floyd guruhini qoʻshiqlari yoqadimi?
wikiTarjima
– Original tarjimalar
“
Beijing bikini
” — Xitoydagi yozgi odat
Xitoyda yozning jazirama kunlarida erkaklarning futbolkasini qornigacha ko‘tarib yurishi odati bor. Bu holat xalq orasida “
Beijing bikini
” deb ataladi. Ayniqsa parklar, ko‘cha oshxonalari va mototsiklda yurgan erkaklar orasida ko‘p uchraydi.
An’anaviy xitoy tabobatiga ko‘ra, qorinni ochib yurish tanadagi “
qi
” energiyasi aylanishiga yordam beradi va issiqni yengillashtiradi. Shu sabab ko‘pchilik bunga oddiy holat sifatida qaraydi.
Biroq ayrimlar bu odatni madaniyatsizlik deb hisoblaydi. 2019-yildan boshlab Jinan, Tianjin va Beijing kabi shaharlarda jamoat joyida yalang‘och qorin bilan yurishga qarshi cheklovlar joriy etilgan.
Shunga qaramay, “
Beijing bikini
” hali ham Xitoy yozining eng mashhur ko‘cha manzaralaridan biri bo‘lib qolmoqda.
wikiTarjima
– Original tarjimalar
Tiffani effekti
— bu odamlar tarixiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lgan narsa yoki ismni faqat zamonaviy tuyulgani uchun noto‘g‘ri deb o‘ylash hodisasi.
“Tiffany”
ismi ko‘pchilikka hozirgi zamonga xosdek tuyuladi, lekin aslida u O‘rta asrlarda ham ishlatilgan. Shunga qaramay, tarixiy filmda bu ismni eshitsak, ko‘pchilik uni xato deb o‘ylaydi.
Yoki Vikinglar haqidagi filmlarda ko'rsatiladigan 2 shoxli dubulg'alar, aslida Vikinglar bunday bosh kiyimlarni kiymagan va ular hatto bo'lmagan ham.
Yanada osonroq tushunish uchun videoni ko'ring
Intelligenti Pauca
▪️
Qiziq tarixga ega olmos bilan tanishamiz
Hope Diamond(Umid olmosi)
— dunyodagi eng mashhur ko‘k olmos. Uning og‘irligi 45,52 karat. Rangining to‘q ko‘k bo‘lishiga sabab tarkibidagi bor elementi. Olmos Hindistonning
Golkonda
konlaridan
XVII
asrda qazib olingan.
1660-yillarda fransuz savdogari Jean-Baptiste Tavernier Hindistondan katta ko‘k olmosni Yevropaga olib kelgan. 1668-yilda Fransiya qiroli Louis XIV uni sotib olib, saroy zargarlari orqali qayta sayqallattirgan. Olmos
“French Blue”
nomi bilan qirollik xazinasiga kiritilgan.
1792-yilda Fransuz inqilobi vaqtida qirollik xazinasi talon-toroj qilinadi va olmos o‘g‘irlanadi. Bir necha o‘n yillardan keyin u kichikroq shaklda yana paydo bo‘ladi. XIX asr boshlarida u ingliz bankiri
Henry Philip Hope
oilasiga tegishli bo‘ladi. Shundan keyin u
“Hope Diamond”
deb ataladi.
Olmos atrofida “la’nat” haqidagi afsona ham shakllangan. Fransiya qiroli Louis XVI va uning rafiqasi Marie Antoinette 1793-yilda qatl etilgan. Keyingi ayrim egalari moliyaviy inqiroz yoki shaxsiy fojialarga duch kelgan. Tarixchilar bu voqealarni tasodif va afsonaviy bo‘rttirish deb baholaydilar.
1958-yilda amerikalik zargar Harry Winston olmosni Smithsonian Institutionga sovg‘a qilgan. Hozir u AQShning Vashington shahrida saqlanadi va doimiy ekspozitsiyada namoyish etiladi. Uning bozor qiymati taxminan 200–350 million AQSh dollari deb baholanadi.
Manba
👉
National Geographic
Intelligenti Pauca