Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

XORAZM VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

xorazmadliya
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi yangiliklari - Facebook: https://www.facebook.com/xorazmadliya.xorazmadliya - Youtube: https://www.youtube.com/@xorazmadliya
Subscribers
3 525
24 hours
-4
30 days
667
Post views
190
ER
5,39%
Posts (30d)
163
Characters in post
785
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Law
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Law & Legal Services
Summary
September 11, 07:53
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️
Elektron tijorat sohasi takomillashtiriladi
Qonun
(O‘RQ–1173-son, 10.09.2026-y.)
bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
🔰
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra,
realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston deb e’tirof etiladigan
elektron shakldagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yoki elektron savdo platformalari orqali tovarlarni realizatsiya qiluvchi chet el yuridik shaxslariga hujjatlar:
🔹
qog‘ozda yoki telekommunikatsiya kanallari orqali elektron shaklda jo‘natilganidan so‘ng
30 kundan keyin
olingan deb hisoblanadi.
🏛
Elektron tijorat ishtirokchilari hamda operatorlari turli davlatlar hududida joylashgan va ulardan biri O‘zbekiston hududida joylashgan holda amalga oshiriladigan elektron tijorat turi transchegaraviy elektron tijorat hisoblanadi.
📚
Quyidagilar bo‘yicha
sotuvchi asosiy javobgar
hisoblanadi:

elektron tijorat operatorining axborot tizimlari orqali tuzilgan shartnoma yuzasidan o‘zining faoliyati bo‘yicha
majburiyatlarining ijro etilishi;

xaridorga
sifatsiz tovar
(ish, xizmat)
yetkazib berilishi yoki nomaqbul sifatli nooziq-ovqat tovari almashtirilishi natijasida kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha.
📜
Sotuvchi tomonidan xaridorning qonuniy talablarini qanoatlantirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, basharti shartnoma shartlarida yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat operatori
xaridor oldida subsidiar javobgar
bo‘ladi.
📌
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 11, 06:39
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi
Karantinli va inson uchun xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud boʻlganda aholini profilaktik emlashdan oʻtkazish to‘g‘risidagi
idoraviy hujjatni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi
(ro‘yxat raqami 3936, 2026-yil 9-sentabr).
Xususan, mazkur hujjatga ko‘ra:
1) profilaktik emlash
Bosh davlat sanitariya vrachining
qarori asosida joriy etiladi;
2) profilaktik emlashni joriy etishga yuqumli kasallikning hududda aniqlanishi, kasallikning keng tarqalishi yoki ayrim guruhlarga yuqishi asos bo‘ladi;
3)
emlash birinchi navbatda
kasallikni yuqtirish yoki boshqalarga yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar, kasallik o‘chog‘ida bemor bilan muloqotda bo‘lganlar hamda epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanishi lozim bo‘lgan shaxslardan boshlanadi;
4) profilaktik emlash davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va tibbiyotda qo‘llanilishiga ruxsat etilgan
vaksinalar bilan amalga oshiriladi
;
5) profilaktik emlashda shaxs tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, vaksinaga sezuvchanlik, ilgarigi og‘ir
allergik reaksiya va boshqa qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi
aniqlanadi;
6) shaxsga vaksina va uning ehtimoliy taʼsiri, emlashdan keyingi kuzatuv hamda emlashni rad etishning huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot beriladi;
7) profilaktik emlangan har bir shaxs to‘g‘risidagi maʼlumotlar emlash o‘tkazilgan zahoti Yagona tibbiyot axborot tizimiga kiritiladi;
8) profilaktik emlangan shaxs dastlabki
30 daqiqa tibbiyot xodimi
, keyingi
3 kun davomida esa shifokor va patronaj hamshira
kuzatuvida bo‘ladi.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 11, 05:05
Media unavailable
4
Show in Telegram

#mening_huquqim
❗️
Endi ishlaydigan onalarga ham bola bir yoshga to'lguncha bolani parvarishlash nafaqasi to'lanadimi?
Batafsil
👉
videoda
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 12:46
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎓
Ijarada yashovchi talabalar diqqatiga: Pulingizni onlayn qaytarib oling!
👩‍💻
Ijarada yashaydigan talaba bo‘lsangiz, ijara to‘lovining bir qismini onlayn tarzda qaytarib olishingiz mumkin!
👉
Buning uchun universitet va bank o‘rtasida yugurish shart emas, hammasi
my.gov.uz
orqali onlayn amalga oshiriladi:
💬
Portalga kiring.
💬

Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish
” xizmatini tanlang.
💬
Hech qanday hujjat talab etilmaydi, tizim avtomatik ravishda tekshiradi.
💰
Ariza ijobiy ko‘rilgan taqdirda:
⏺️
Toshkent shahridagi talabalar — 1 BHM
(440 ming so‘m)
,
⏺️
Viloyatlardagi talabalar — 0.5 BHM (22
0 ming so‘m)
, miqdorida to‘lovni qaytarib oladi.
📅
Arizalar har oyning 1–7 kunlari qabul qilinadi.
📱
my.gov.uz
orqali davlat xizmatlaridan foydalaning va vaqtingizni tejang!
▶️
https://youtube.com/shorts/YWfldpiGQ5o
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 11:00
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
Poraxo‘rlik
- pora olish, pora berish yoki bu jinoyatlarda vositachilik qilish hisoblanib, buning uchun javobgarlik
belgilangan.
Batafsil
👉
infografikada
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 09:16
Media unavailable
4
Show in Telegram

#mening_huquqim
❗️
Xotin-qizlarga o'qish uchun moliyaviy yordam beriladi
Batafsil
👉
videoda
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 07:27
Media unavailable
8
2
Show in Telegram

#Yoshlar_kuni
⚔️
“Yoshlar kuni”
doirasida viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida
Xiva  tumanidagi 20-sonli maktabning “Huquq sinfi”da
yuqori sinf o'quvchi yoshlari ishtirokida
“Sun’iy intellekt bilan kelajak sari”
mavzusida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
🔰
Uchrashuv davomida, sun’iy intellekt bo‘yicha ekspertlar jalb qilinib, AI texnologiyalarining asoslari, qo‘llanilish sohalari va imkoniyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🌐
Ochiq muloqot davomida, bugungi kunda keng foydalanilib kelinayotgan
Lex.AI
, ChatGPT, Google Gemini, Claude (Anthropic) va boshqa SI
dasturlari va ularning imkoniyatlari bo'yicha ma’lumotlar berildi.
💬
Ishtirokchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va yoshlar tomonidan o'zlari bevosita Sun’iy intellekt dasturidan foydalanish ko'nikmalari va o'zlari yaratgan materiallarini namoyish etishdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarning sun’iy intellekt sohasidagi huquqiy bilimlarini mustahkamlash va  yoshlarni IT va Sun’iy intellekt dasturlariga qiziqishini oshirishga va huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 05:41
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Oyning_eng_yaxshi_xodimi
Adliya organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Gurlan tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi aloqa operatori
Xaytbayev Dilmurod Xamzayevich
2026-yil avgust oyi natijalari bo‘yicha
“Oyning eng yaxshi texnik xodimi”
deb topildi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi
D.Xaytbayev
ni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 05:40
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Oyning_eng_yaxshi_xodimi
Adliya organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni rag‘batlantirish mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omillaridan hisoblanadi.
Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Hazorasp tuman adliya bo'limi FHDY bo'limi inspektori
Davlatova Nilufar Davlatovna
2026-yil avgust oyi natijalari bo‘yicha
“Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi”
deb topildi.
Viloyat adliya boshqarmasi jamoasi
N.Davlatova
ni ushbu e’tirof bilan tabriklaydi, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube

September 10, 05:34
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Bilasizmi
⚖️
Huquqiy nigilizm — qonun ustuvorligiga tahdid
Huquqiy nigilizm

shaxs yoki jamiyatning huquq, qonun va huquqiy tartibotga nisbatan bepisand, ishonchsiz yoki salbiy munosabatda bo'lishidir.
➡️
Bunday munosabat
qonun talablariga rioya etmaslik, huquq va majburiyatlarni mensimaslik, muammolarni qonuniy yo'l bilan hal etishga befarq qarash
kabi holatlarda namoyon bo'ladi.
➡️
Huquqiy nigilizmning kuchayishi
jamiyatda qonun ustuvorligining zaiflashishi, huquqbuzarliklarning ko'payishi, fuqarolarning huquq va manfaatlari buzilishi, korrupsiya xavfining ortishi hamda davlat va jamiyat institutlariga bo'lgan ishonchning pasayishi
kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Shu bois huquqiy nigilizmga qarshi kurashish

faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas,
har bir fuqaroning huquqiy madaniyati va mas'uliyatini yuksaltirish bilan bog'liq muhim vazifa
dir.
🌐
Telegram
🌐
Websayt
📱
Instagram
📱
Facebook
📱
Youtube