Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Xuddi Shunday

xuddi_shunday
Haqiqat yagona emas! Asosiy ish youtube'da 👇 https://youtube.com/@xuddi.shunday Hamkorlik uchun: @profsoyuz_influence +998971562211
Subscribers
4 756
24 hours
1
30 days
-88
Post views
774
ER
16,27%
Posts (30d)
19
Characters in post
420
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Art & Culture
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Research & Academia
Summary
October 26, 16:08
Media unavailable
1
Show in Telegram

Suratda o‘zini «Jodugarlar qiroli» deb e’lon qilgan ingliz okkultisti Aleks Sanders yosh shogird qizni o‘z jamoasiga qabul qilish marosimini o‘tkazayotgani aks etgan. U asos solgan oqim qoidalariga ko‘ra, bag‘ishlov marosimi chog‘ida kiyimlar yechilib, sehrli doira ichida maxsus afsunlar o‘qilgan va Sanders shogirdining ustiga yotgan holda «kuchni uzatish» marosimini bajargan.
1960-yillarda Buyuk Britaniyada janjalli marosimlari bilan mashhur bo‘lgan Sanders 1988-yil 30-aprelda o‘pka saratonidan vafot etgan.
Xuddi shunday
☑️

October 26, 06:08
Media unavailable
3
Show in Telegram

Xitoyning qorli tog‘lari aks etgan ushbu kadr o‘zining ertaknamo va sokin manzarasi bilan hayratga soladi.
Qalin qor qoplami bilan burkangan ulkan qoyalar, qirov bosgan ignabargli daraxtlar va pastda suzib yurgan qalin tuman qatlami tabiatning betakror uyg‘unligini hosil qilgan.
Xuddi shunday
☑️

October 25, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

❗️
9 YIL DAVOM ETGAN JINOYAT!
https://youtu.be/ZqQiwIShpL8
Bugun rejadan taşqari yangi video çiqazdik. Bizning faoliyatimizda bunday video — "Birinçisi"... Jamoaning juda katta mehnati sindi. Albatta köring va tarqating!
Uşbu hujjatli hikoyada 1990–2000-yillar boşidagi şov-şuvli jinoyat işi, tergov hujjatlari, guvohlarning körsatmalari va 2002-yil 26-dekabrdagi sud hukmi haqida söz boradi
Aniqroği, bugungi videoda Siz:
• Oleg Ryabininning ötmishi va “tabib” sifatida tanilişi;
• Toşkent va Olmaliqdagi turli yillarda sodir bölgan jinoyatlar;
• Tergovçilarni eski işlarni qayta körib çiqişga olib kelgan dalillar;
• Jinoyat işida guvohlar va sud-tibbiy ekspertizalarining örni va “Bir kişilik sekta” tuşunçasi haqida bilib olasiz
Xuddi shunday
☑️

October 24, 14:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Y A N G I S I
⤵️
https://youtu.be/CjMq5WvvSgw?si=J7Jl5uZr_ll0tW8e
Ushbu videoda Xitoy mafiyasining qorong‘i tarixiga sayohat qilamiz. Shaolin ibodatxonasi haqidagi afsonalardan boshlab, Gonkong ko‘chalarini nazorat qilgan triadalargacha, siyosatchilar bilan tuzilgan ittifoqlardan tortib, bugungi milliardlab dollarlik internet firibgarliklarigacha bo‘lgan voqealarni ko‘rib chiqamiz
Bugungi videoda siz: Triadalar aslida qayerdan paydo bo‘lgani, nega ularni «triadalar» deb atashlari, Sun Yatsen va Xitoy inqilobi bilan bog‘liq kutilmagan tarix va transmilliy jinoyatlar hamda onlayn firibgarlik imperiyalari haqida bilib olasiz
Xuddi shunday
☑️

October 23, 16:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

1924-yilda olingan ushbu suratda sirk aravasiga qo‘shilgan begemot (hippopotam) aks etgan.
O‘sha davr sirklari tomoshabinlarni hayratda qoldirish uchun eng xavfli va bo‘ysunmas yovvoyi hayvonlarni qo‘lga o‘rgatishga uringan.
Xuddi shunday
☑️

October 23, 06:05
Media unavailable
3
Show in Telegram

Uy mushugi hayotida birinchi marta haqiqiy ayiqni ko‘rgandagi holat aks etgan kadr.
Xuddi shunday
☑️

October 22, 16:06
Media unavailable
1
Show in Telegram

1900-yillarda Britaniya Hindistonida olingan suratda yo‘lbars ovi yakunlanganidan keyingi holat aks etgan.
O‘sha davrda yo‘lbars ovi mustamlaka ma’muriyati amaldorlari, ingliz harbiylari va mahalliy maxarajalarning asosiy ko‘ngilochar mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan.
Xuddi shunday
☑️

October 22, 06:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

🇨🇭
Shveysariyadagi Interlaken shahridan Briensga eltuvchi suv yo‘li Brients ko‘li bo‘ylab o‘tadigan eng go‘zal manzarali marshrutlardan biridir.
Bu yo‘nalishda sayohat qilganlar Shveysariya Alp tog‘lari, firuza rangli toza ko‘l suvlari va sohil bo‘yidagi ulkan Gissbax sharsharalarining betakror manzarasidan bahramand bo‘lishadi.
Yo‘nalish bo‘ylab qatnaydigan tarixiy paroxodlar va zamonaviy kemalar Alp tabiatini yaqindan his qilish imkonini beradi.
Xuddi shunday
☑️

October 21, 16:02
Media unavailable
1
Show in Telegram

1920-yillarda AQSHda «quruq qonun» amal qilgan davrda federal agentlar va politsiya noqonuniy spirtli ichimliklarni musodara qilib, ommaviy ravishda yo‘q qilgan.
Suratda reydlar chog‘ida qo‘lga kiritilgan yuzlab bochka va shisha viski, pivo hamda boshqa ichimliklarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri shahar kanalizatsiyasiga yoki ko‘chalarga oqizilishi aks etgan. Ushbu taqiqqa qaramay, mamlakatda noqonuniy savdo va yerosti barlari soni keskin oshib ketgan.
Xuddi shunday
☑️

October 21, 06:03
Media unavailable
3
Show in Telegram

AQSHning Arizona shtati janubi-g‘arbida joylashgan Sedona shahri o‘zining hayratlanarli tabiiy manzaralari bilan mashhur. Shahar yorqin qizil qumtosh qoyalari bilan o‘ralgan bo‘lib, quyosh nurlari ostida bu toshlar olovrang tus oladi.
O‘ziga xos geologik tuzilishi, sokin tabiati va toza havosi tufayli Sedona sayyohlar hamda tabiat ixlosmandlari eng ko‘p tashrif buyuradigan go‘zal maskanlardan biri hisoblanadi.
Xuddi shunday
☑️