
Ya_ustaza’s blog
Albatta man ham o’qiyotganimda o’z turmush o’rtog’imga moslab o’qidim ko’p o’rinda to’g’ri yo’l tutarkanlar lekin moshinani ochib bermasakanlar
😂
😂
😂
Chunki Payg’ambarimiz alayhissalom ulovga mindirish uchun onalarimizga tizzalarini yerga tekazib chiqarib qo’ygan ekanlar hozirgi zamonda yashaganlarida moshinani ochib tushirib qo’yar edilar
Kitob masmuni: Agar Payg‘ambarimiz alayhissalom bugungi kunda oramizda bo‘lsalar, biz qanday yashagan bo‘lardik
Kitobda: Payg’ambarimiz alayhissalom ayollariga qanday munosabatda bo’lganliklari
Kelishmovchilik vaqtida qanday yo’l tutganliklari
Xullas hozirgi bo’layotgan oiladagi muommolarga yechimni ko’rdim
Kitobni falaq nashrdan oldim
Shu kitobni boshladim xulosalarimni to’liq tugatib yana bo’lishaman
Mani fikrimcha uylanish arafasida turgan yigitlar umuma erkaklar o’qishi shart deb tushundim
Kofe va fastfood yeb qo’ydim
Qizimga o’rgatolmadim tishi og’riganiga ko’p narsa yoqmayapti
❌
Kitob
Uyqu
Blog
Namoz
O’z o’rnida
✅
Bugundan boshladim savol beramiz mani maqsadim nima va maqsadimga erishishim uchun nima qilishim kerak va shuni har kunlik odat qilib kiritamiz
Mani maqsadim va odatlarim
1.Kitob o’qish biznes va diniy masalada
2.Qizimga arab tilini o’rgatish
3.Biznes profilimda aktiv ko’rsatish
4.Ya ustazada foydali ma’lumot ulashish
5.Kofe kam ichish sog’lom ovqatga rioya qilish
6.Har kunlik tahajjud namozi
7.Kechqurun va ertalab kunim
haqida shukronalik yozish
8.22:00 dan keyin uxlash
Asosiy qoida
❗️
-Har kuni 1% dan yaxshilanib borish
-Har bir qo’shilgan yangi odatga 2 daqiqadan vaqt ajratish
-Yaxshi odatni osonlashtirish (suv ichishim uchun ko’zga ko’rinadigan joyda suvni joylash)
-Yomon odatni qiyinlashtirish (telefon kam ko’rish uchun boshqa xonaga tashlab chiqish)
-Natija ko’rinmasa ham davom etish
Nega blogni aktiv yuritolmasligim
Kun tartib belgilab amal qilmasligim
Maqsadlarim yarim yo’lda qolishi
Hammasiga distiplina intizomim yo’qligi sabab bo’lyapti
Yechim qilib atom odatlarni yo’lga qo’ymoqchiman birgalikda o’rganib bajarib boramiz