Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yangiobod tumani hokimligi axborot xizmati

yangiobod_press
Jizzax viloyati Yangiobod tumani Rasmiy web sayt http://gov.uz/oz/yangiobod Insagram: https://www.instagram.com/yangiobod.press/ ☎️ : 72-542-12-00 https://t.me/yangiobod_press?direct Facebook: ( https://www.facebook.com/profile.php?id=61578819772101 )
Subscribers
3 320
24 hours
-51
30 days
-345
Post views
519
ER
15,63%
Posts (30d)
798
Characters in post
919
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Female
Audience age
35-44
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 20, 09:30
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

#Yangiobod_tumani
“Yil o‘qituvchisi–2026” ko‘rik-tanlovining mutlaq g‘oliblari qatorida Yangiobodlik o‘qituvchi!
Yangiobod tumani ta’lim tizimi uchun yana bir quvonchli va faxrli yangilik!
“Yil o‘qituvchisi–2026” kasbiy ko‘rik-tanlovida Yangiobod tumani sharafini munosib himoya qilgan
3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi Muxlisa Sayidqulova Qodirqulovna
tanlovning
mutlaq g‘oliblaridan biri
bo‘ldi.
Eng quvonarlisi, g‘oliblik uchun ustozga
616 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti
topshiriladi.
Ustozning ushbu yutug‘i — yillar davomida olib borilgan izlanish, yuksak pedagogik mahorat, fidoyilik va ta’limga yangicha yondashuvning munosib natijasidir.
Bu g‘alaba nafaqat bir ustozning, balki
Yangiobod tumanida o‘z kasbiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan barcha pedagoglarning yutug‘idir!
Muxlisa Sayidqulova Qodirqulovnani ushbu yuksak natija va munosib mukofot bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Kelgusidagi pedagogik faoliyatida yangi marralar, ulkan zafarlar va shogirdlari kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz!
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
👇
🌐
Web-sayt

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
Youtube

September 20, 08:22
Media unavailable
2
Show in Telegram

Is gazi hayot uchun xavfli
Yaqin kunlarda mamlakatimizning ayrim joylarida, xususan, tog‘li va tog‘oldi hududlarida yashovchi fuqarolar tomonidan isitish qozonlaridan bosqichma-bosqich foydalanish boshlanadi. Ushbu videoda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan muhim tavsiyalar berilgan. Mazkur videoni yaqinlaringizga yuboring.

Угарный газ опасен для жизни
Уже в ближайшие дни в отдельных локациях страны, в частности в горных и предгорных районах, люди начнут поэтапно пользоваться отопительными котлами. В этом ролике прозвучали важные рекомендации, к которым необходимо прислушаться. Отправьте это видео своим близким.
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
👇
🌐
Web-sayt

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
Youtube

September 20, 07:54
Media unavailable
1
Show in Telegram

Prezidentimizning Qoraqalpog‘istonga tashrifi: bir el, yagona xalq bo‘lib, Qoraqalpog‘istonning ulkan imkoniyatlari va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarib, hudud taraqqiyoti va odamlarning farovon hayoti yo‘lida yanada yuksak marralarga erishamiz.

Поездка Президента в Каракалпакстан: сплоченной страной, единым народом, в полной мере реализуя огромные возможности и потенциал Каракалпакстана, мы достигнем новых высот в развитии региона и повышении благосостояния людей.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 20, 05:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Endi paxta terimi ham butunlay raqamlashtiriladi
Endi dalada
nafaqat terim mashinalari, balki zamonaviy texnologiyalar ham “ishlaydi”.
GPS, kuzatuv kameralari va yagona raqamli tizim
orqali
qaysi texnika qayerda ishlayotgani, qancha konturda paxta terilgani va hosilning qayerga yo‘naltirilgani
real vaqt rejimida nazorat qilinadi.
Jizzaxda
viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyev tashabbusi bilan boshlangan bu loyiha –
paxtachilikni raqamlashtirish
yo‘lidagi amaliy qadamdir.
Xo‘sh,
paxta terimi qanday qilib raqamli boshqaruvga
o‘tmoqda?
Batafsil — videolavhada.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 14:43
Media unavailable
1
Show in Telegram

Axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi
2026-yil 17–18 sentabr kunlari Toshkent viloyatidagi "Sevarsoy” dam olish zonasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari uchun" Axborot xizmati faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish” mavzusida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda axborot xizmatlari faoliyatining 2026-yil birinchi yarim yillik yakunlari tahlil qilinib, sohadagi ustuvor vazifalar, zamonaviy kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish, sun’iy intellekt imkoniyatlarini axborot xizmati faoliyatiga joriy etish, intellektual monitoring platformalaridan foydalanish hamda rasmiy axborot resurslarini boshqarish va himoya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir doirasida davlat organlari va tashkilotlar axborot xizmatlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va samarali tajribalar taqdimotlari o‘tkazildi.
Seminarda Jizzax viloyati hokimligi Axborot xizmati rahbari Akmal Binokulov ishtirok etib, Jizzax viloyatida axborot xizmati faoliyatini tashkil etish, axborot va media makonida samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy tajribalar yuzasidan taqdimot qildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 14:01
Media unavailable
1
Show in Telegram

Davlatimiz rahbari Qoraqalpog‘istonni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.

Глава нашего государства обозначил новые возможности для дальнейшего развития Каракалпакстана.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

September 19, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

G‘allaorolda "To‘qsonbosti” usulida piyoz va sarimsoqpiyoz yetishtirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
G‘allaorol tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni amaliyotga keng joriy etish, shuningdek, "To‘qsonbosti” usulida piyoz va sarimsoqpiyoz yetishtirish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Z.Artikov, Jizzax viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.Boboqulov hamda G‘allaorol tumani hokimi J.Oqboyev ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga piyoz va sarimsoqpiyoz yetishtirishda yer maydonlarini ekishga sifatli tayyorlash, maqbul nav va sifatli urug‘lik tanlash, ekish muddatlari hamda meyorlariga rioya qilish, sug‘orish va oziqlantirish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, ekinlarni vegetatsiya davrida turli kasallik va zararkunandalardan himoya qilish, hosildorlikni oshirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan amaliy tushuntirishlar berildi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 13:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zominda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda
Zomin tumanining Bunyodkor mahallasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, aholini elektr energiyasi bilan barqaror va uzluksiz ta’minlash maqsadida zarur tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, mahalladagi eskirgan elektr ustunlari yangilariga almashtirilib, ular o‘rniga mustahkam temir-beton ustunlar o‘rnatilmoqda. Shuningdek, elektr tarmoqlarining texnik holati o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Mazkur ishlar elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, ehtimoliy uzilishlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|

September 19, 11:05
Media unavailable
10
2
Show in Telegram

#Yangiobod_tumani
YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB QILINMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF–207-son Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dastur ijrosi doirasida Yangiobod tumanidagi ta’lim muassasalarida yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri Sarmich MFY hududidagi
13-15-18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
tuman hokimi o‘rinbosari
A. Nishonov
va Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i A. Turdiqulovlar ishtirokida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat hayotiga salbiy ta’siri, uning ayanchli oqibatlari hamda yoshlarni bunday illatlardan asrashning muhim jihatlari haqida tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish va zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.
Sog‘lom va bilimli yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchidir!
🇺🇿
Rasmiy sahifalarimiz
👇
👇
👇
🌐
Web-sayt

Telegram

Facebook
🌐
Instagram
📹
Youtube

September 19, 11:04
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026” g‘oliblari taqdirlandi
Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda IT Park Jizzax filiali hamkorligida “Cyber Security Challenge – Jizzakh 2026” tanlovi o‘tkazildi.
Musobaqada yoshlar kibertahdidlarni aniqlash va ularga qarshi samarali yechimlar ishlab chiqish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan loyihalar hakamlar hay’ati tomonidan dolzarbligi, amaliy ahamiyati, innovatsion yondashuvi va texnik yechimlari asosida baholandi.
Yakunda IT va kiberxavfsizlik sohasidagi innovatsion g‘oyalar hamda startap loyihalari bilan faol ishtirok etgan 15 nafar yosh g‘oliblikni qo‘lga kiritib, munosib ravishda taqdirlandi.
📲
https://gov.uz/oz/jizzax
sayti va sahifalari:
👇
Telegram
|
jizzaxviloyatihokimi
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
|
ok.ru
|
@jizzaxuz_bot
|
X
|