
FARG‘ONA YOSHLARI
🏐
“Mahalla Raisi kubogi” Volleybol ligasiga start berildi!
🇺🇿
Farg‘ona shahar Beshbola mahallasida Yoshlar festivali doirasida qizlar o‘rtasida tashkil etilgan “Mahalla Raisi kubogi” Volleybol ligasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur loyiha ko‘plab yo‘nalishlarni qamrab olgan holda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, volleybol ligasi ushbu tashabbusning dastlabki bosqichi sifatida amalga oshirildi.
🔜
Tadbir O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati Kengashi hamkorligida tashkil etilib, mahallalarda sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda jipslik va birdamlik muhitini mustahkamlashga qaratildi.
📌
Musobaqada mahalladan shakllangan 16 ta jamoa va 200 dan ortiq qizlar faol ishtirok etmoqda. Qura tashlash jarayoni o‘tkazilib, liga bahslariga rasman start berildi.
🔺
Ushbu liga — nafaqat sport musobaqasi, balki yoshlarning o‘zaro yaqinlashuvi, jamoaviylik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi muhim platformadir.
Bizning sahifalarimiz
:
1️⃣
Telegram
2️⃣
Instagram
3️⃣
Facebook
📺
You tube
🔺
Tafsilot
25.04.2026
"Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan "Yosh kitobxon" tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
📝
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|
📱
YouTube|
🎙
Radio FM 90.8
|Facebook
Vatanga qasamyod – Vatanga sadoqat ifodasi!
⏳
Milliy gvardiyaning Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida tashkil etilgan Vatanga qasamyod marosimi Fargʻona viloyatida katta ruhiy koʻtarinkilik bilan oʻtkazildi.
🔉
Marosimda Oliy Majlis Senat a’zosi Nuroniylar uyushmasi raisi senator
Z.Raxmonov,
O’zbekiston Qahramoni
B.D.Temirov,
Farg’ona harbiy prokurori katta yordamchisi adliya kapitani
H.Ergashev,
viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i
M.Z.Meliqo’ziyev,
Milliy gvardiya Farg’ona viloyati bo’yicha boshqarmasi
faxriylari iste’fodagi polkovnik
M.I.Uzaqov,
iste’fodagi podpolkovnik
X.T.Sattorov, Jasorat maktabi o’quvchilari,
keng jamoatchilik vakillari, Jasorat maktabi o’quvchilari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etishdi.
🔺
Vatanga qasamyod — harbiy xizmatni tanlagan yigitlarimizning Vatanga, xalqqa, Prezidentga sadoqat bilan xizmat qilishga bo‘lgan qatʼiy niyatini ifodalaydi.
🌏
Bizni kuzatishda davom eting
👇
👇
👇
@yia_Fergana
“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest
tanlovining Buvayda tuman bosqichi yakunlandi
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida o‘tkazilgan
“Yoshlar ovozi”
tanlovida mahallalarda tashrif buyurgan yoshlar o‘z ijodlarini sahnada muvaffaqiyatli namoyish etdi. Tumanda g‘olib bo‘lgan yoshlar
viloyat bosqichiga
yo‘llanma qo‘lga kiritib, o‘z iste’dodlarini yanada kengroq miqyosda ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
#live
Ayni vaqtda
“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest
tanlovining Buvayda tuman bosqichi bo‘lib o‘tmoqda
“Besh tashabbus olimpiadasi”
doirasida o‘tkazilayotgan
“Yoshlar ovozi”
tanlovida mahallalarda tashrif buyurgan yoshlar o‘z ijodlarini sahnada muvaffaqiyatli namoyish etishmoqda. Yakunda tumanda g‘olib bo‘lgan yoshlar
viloyat bosqichiga
yo‘llanma qo‘lga kiritib, o‘z iste’dodlarini yanada kengroq miqyosda ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
“Bo‘zatov Fest” — Qo‘shtepada yangi iste’dodlar porladi!
"Besh tashabbus olimpiadasi"
doirasida o‘tkazilayotgan
“Bo‘zatov Fest”
yoshlar ovozi tanlovining Qo‘shtepa tumani bosqichi yuqori kayfiyat va katta qiziqish bilan bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlov yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda musiqa sohasida ijod qilayotgan iste’dodli yoshlarni kashf etish va qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. Shu kuni Qo‘shtepa sahnasi haqiqiy iste’dodlar maydoniga aylandi.
Ishtirokchilar baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishlarida uchta yosh toifasida o‘z mahoratini namoyish etib, tomoshabinlar va hakamlar hay’atida katta taassurot qoldirdi.
Eng sara chiqishlar mualliflari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Qo‘shtepada iste’dodlar kashf etilmoqda — bu hali boshlanishi!
⚡️
“Ko‘mak” loyihasi haqida “Yangi O‘zbekiston yoshlari - 2030” strategiyasi taqdimotidan
Strategiyada
“Ko‘mak”
loyihasi doirasida
130 million
so‘m olib, o‘quv markazi tashkil etgan va yaxshi natija erishgan yoshlarga
yangi infratuzilmalar
ochish va ularni kengaytirish uchun yana
300 million so‘mgacha
(730 BHM)
foizsiz ssuda
berilishi
belgilab qo‘yilgan
.
“Ko‘mak” loyihasi
telegram kanalini kuzatib boring
👉
https://t.me/komak_loyihasi
@alisher_sadullaev
🏆
Yoshlar maydonda — aql va strategiya sinovda!
♟️
O‘zbekiston tumanida yoshlar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasining sektor bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🔥
Bellashuvlar qizg‘in, raqobat esa juda kuchli bo‘ldi. Har bir ishtirokchi o‘zining strategik fikrlashi va mahoratini namoyon etdi.
👏
Eng kuchlilar saralandi, oldinda esa yanada katta bosqichlar kutmoqda!
“Bo‘zatov Fest” yoshlar ovozi tanlovi yangi ovozlarni kashf etmoqda
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi “Bo‘zatov Fest” yoshlar ovozi tanlovining O‘zbekiston tumani bosqichi o‘tkazildi.
Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, shu bilan birga ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, mehr-oqibat g‘oyalari ruhida tarbiyalash, musiqa yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yosh iste’dodlarni kashf etish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkillangan ko‘rik-tanlov tumandagi iste’dodli yosh ijodkorlarni yana o‘z atrofiga jamladi.
Tanlovda yosh ijodkorlar baxshichilik, an’anaviy ijro, opera va estrada yo‘nalishida uchta yosh toifasida o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyon etdi.
Yosh toifasi va yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldilar.
Kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
❗️
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun
“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”
kasbiy mahorat milliy tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni davom etmoqda.
Ushbu tanlov yoshlarning
kasbiy salohiyatini
rivojlantirish,
zamonaviy kasblarni
ommalashtirish hamda
xalqaro maydonda
yurt nufuzini oshirishga qaratilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:
https://Uzskills.uz
📌
Tanlovda ishtirok et, safimizga qo‘shil va Yangi O‘zbekistonni biz bilan birga bunyod et
.
Bizni kuzating
#Mahallalaruyushmasi
#faoliyat
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook