
NAMANGAN YOSHLARI
NAMANGAN YOŞLARI JANUBIY KOREYADA TAʼLIM OLIŞ IMKONIYATLARIGA EGA BÖLADI
Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Janubiy Koreyaning “OGO” kompaniyasi operatsion direktori Şin Juyongni qabul qildi.
Uçraşuvda Namangan yoşlari uçun Janubiy Koreyada taʼlim oliş imkoniyatlarini kengaytiriş, ularni koreys tilini örganişga tayyorlaş hamda Koreya oliy taʼlim muassasalariga jalb etiş masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoşlarni xorijda taʼlim olişga tayyorlaş, universitetlarga kiriş talablari va hujjat topşiriş jarayonida kömaklaşiş, şuningdek, taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida Namangan viloyati hokimligi va “OGO” kompaniyasi örtasida taʼlim sohasida hamkorlik qilişga doir özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Mazkur kelişuv Namangan yoşlari uçun xalqaro taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş, koreys tilini örganiş va xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kiriş böyiça zarur maʼlumot hamda maslahatlar olişga kömaklaşişga qaratilgan.
Tomonlar hamkorlik doirasida yoşlarni tayyorlaş, taʼlim dasturlari haqida axborot almaşiş va tegişli taʼlim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantiriş böyiça birgalikda iş olib borişni közda tutmoqda.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
📚
KITOBXON YETAKCHI — BILIM VA TAFAKKUR BELLASHUVI!
🏆
Namangan viloyatida
“Eng yaxshi kitobxon yetakchi”
tanlovi o‘tkaziladi!
Haqiqiy yetakchi nafaqat yoshlarni ezgu maqsadlar sari boshlaydi, balki o‘zi ham izlanadi, mutolaa qiladi va boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Chunki kitobxonlik — bilim, tafakkur va yetakchilik salohiyatini yuksaltiradigan muhim omil.
Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev tashabbusi bilan respublika miqyosida barcha mahallalardagi yoshlar yetakchilariga
“Yaldo kechasi”
kitobi taqdim etilgan. Ushbu xayrli ishning davomi sifatida Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan
“Yaldo kechasi”
kitobi asosida
“Eng yaxshi kitobxon yetakchi”
tanlovi tashkil etiladi.
Endi mutolaa bilim, tahlil va mustaqil fikrlash maydoniga aylanadi!
📅
Tanlov muddati:
Mutolaa vaqti 2026-yil 1-noyabrdan 20 noyabrga qadar.
📝
Tanlov qanday o‘tkaziladi?
📖
TEST SINOVLARI
— asar mazmuni, qahramonlari va muhim voqealar yuzasidan bilimlar sinovi.
🎤
SUHBAT BOSQICHI
— asarni tahlil qilish, mustaqil fikrlash, xulosa chiqarish va o‘z qarashlarini asoslab berish imkoniyati.
🎯
Maqsadimiz
— mutolaani odatga aylantirgan, bilimga intiladigan va kitob orqali o‘z dunyoqarashini boyitayotgan yetakchilarni aniqlash hamda rag‘batlantirish.
Aziz mahalla yoshlar yetakchilari, kitobni qo‘lga oling, mutolaaga kirishing va bilimingizni namoyon etishga tayyorlaning!
Bu safar bellashuv hisobotlarda emas — bilimda, tafakkurda va mutolaada!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
NAMANGANDA“YOSHLAR TABIATGA BEFARQ EMAS!” EKOLOGIK AKSIYASI O‘TKAZILDI
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
📚
NAMANGANLIK KITOBXONLAR, BIZ SIZNI QIDIRYAPMIZ!
📚
Siz kitob mutolaasini sevasizmi? Ko‘plab kitoblarni o‘qib, o‘z bilim va dunyoqarashingizni boyitganmisiz? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
🫵
🇺🇿
Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan
“Namangan TOP-20 kitobxon”
loyihasi amalga oshirilmoqda.
📚
Kitobsevarmisiz? Ko'p kitob o'qiganmisiz? Siz e'tirofga loyiqsiz! Siz bilan ko'plab kitobxonlarni kashf etamiz!
🌟
Balki, biz izlayotgan TOP-20 kitobxon orasida aynan SIZ bordirsiz!
✉️
Biz bilan bog‘laning, o‘zingiz haqingizda ma’lumotlarni
Doniyorbek G‘ulomjonovga
yuboring va kitobxonlar safiga qo‘shiling!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
PARA SHAXMATCHI YOSHLARIMIZ O'ZBEKISTON CHEMPIONATIDA G'OLIBLAR SAFIDAN JOY OLDILAR!
2026-yilning 20–25-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Xalqaro shaxmat akademiyasida para shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Shveytsarcha tizim asosida 9 ta turda o'tkazilgan musobaqada
5 nafar namanganlik yosh shaxmatchilar
g'oliblik uchun dona surdilar va yakuniy natijalarga ko'ra,
Ayollar o‘rtasida:
🥇
1-o‘rinni - Ikromaliyeva Sabohat (Pop tumani)
🥈
2-o‘rinni - Olimjanova Zuhra (Kosonsoy tumani)
Erkaklar o‘rtasida:
🥉
3-o‘rinni - Ahmedov Muhammad Yusuf (Davlatobod tumani) qo'lga kiritdilar.
Shuningdek, 2026-yil 29-oktyabr – 8-noyabr kunlari
Qirg‘iziston Respublikasining Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Para shaxmat bo‘yicha Osiyo chempionatida
ishtirok etish uchun Namangan viloyati vakillaridan Sabohat Ikromaliyeva, Abbosxon Ahmadxonov hamda Zuhra Olimjanovalar yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Nufuzli xalqaro musobaqada ham sportchilarimizga omad, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
YOSHLAR YETAKCHILARI UCHUN O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
Namangan shahridagi Yoshlar markazida yangi faoliyat boshlagan yoshlar yetakchilarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida
o‘quv-seminar
tashkil etildi.
Seminar avvalida Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i
Oqiljon Xasanov
yangi tayinlangan yoshlar yetakchilari bilan samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida mahallalarda yoshlar bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlari, yetakchilar zimmasidagi mas’uliyat va vazifalar, yoshlarning muammo hamda takliflarini o‘rganish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini aniq maqsad va reja asosida tashkil etishi, har bir yosh bilan individual ishlashi, mahalladagi yoshlarning qiziqishlari, ehtiyojlari va salohiyatini chuqur o‘rganishi lozimligi qayd etildi. Bunda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash muhim vazifalardan ekani ta’kidlandi.
O‘quv-seminar davomida
ishtirokchilarga yoshlar yetakchilarining asosiy vazifalari, xizmat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish, ish rejalarini ishlab chiqish, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish tartibi, davomatni yuritish hamda xizmat intizomiga rioya qilish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari, xizmat madaniyati, muomala odobi, kasbiy etika va xizmat vazifalarini bajarishda mas’uliyatli bo‘lish masalalari ham muhokama qilindi. Yoshlar yetakchilarining tashqi ko‘rinishi, jamoatchilik bilan muloqot madaniyati, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar bilan ishlashda xushmuomalalik va xolislikka rioya etishi muhimligi tushuntirildi.
Seminar doirasida yoshlar yetakchilarining media savodxonligini oshirish, ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish hamda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni keng jamoatchilikka to‘g‘ri va sifatli yetkazish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalarni yuritish, mazmunli postlar tayyorlash, foto va videomateriallarni sifatli yoritish, axborotlarni tezkor va ishonchli taqdim etish, shuningdek, internet makonida xizmat odobi va axborot xavfsizligi talablariga rioya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yoshlar yetakchilari o‘z faoliyatini yoritishda shunchaki hisobot berish bilan cheklanib qolmasdan, amalga oshirilayotgan ishlarning mazmuni va yoshlar hayotidagi amaliy natijalarini ko‘rsatishi lozimligi qayd etildi.
Yoshlar ishlari boshqarmasi xodimlari tomonidan yangi tayinlangan yetakchilarga mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish, yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
Namangan viloyati bo'yicha
"E-auksion"
platformasidan mulklar, ijaraga bino va inshoatlri hamda er uchaskalr, avtomabillar va texnikalar sotib olib o'z biznesingizni yo'ga qo'ying
!
▪️
Davlat aktivlari (
koʼrish
)
▪️
Davlat mulkini ijaraga olish (
ko'rish
)
▪️
Dehqon xoʼjaligiga moʼljallangan yer uchastkalari (
koʼrish
)
▪️
Qishloq xo‘jaligiga moʼljallangan yer uchastkalari (
koʼrish
)
▪️
Koʻchmas mulklar (
koʼrish
)
▪️
Avtotransportlar (
ko'rish
)
▪️
Yer uchastkalar (
ko'rish
)
▪️
Koʻchma savdo joylari (
ko'rish
)
▪️
Boshqa mulklar (
ko'rish
)
Barcha shaxar va tumanlardan obyektlar savdoga chiqarildi, endilikda obyektlar soni ko'payishda davom etmoqdi.
☎️
: 71-202-21-11,
📞
: 99 207-26-12
⬇️
Bizning ijtimoiy sahifalarimiz:
👇
👇
👇
🔝
Telegram|
🔝
Facebook|
📧
Instagram
|
Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev
Namanganda “Yoshlar tabiatga befarq emas!” ekologik aksiyasi o‘tkazildi
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook
25-OKTYABR — O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI!
🎉
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini himoya qilish yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan samimiy tabriklaymiz!
⚔️
El-yurt tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat va sharafli xizmatingizda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Yurt tinchligi — xalq farovonligi!
Bizning sahifalarimiz:
✅
Telegram
|
✅
Instagram
|
✅
Facebook