Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

TOSHKENT VILOYATI YOSHLARI

yiatvboshqarma
✅ Toshkent viloyati yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy telegram sahifasi. ❗️ Muammo bormi, shu yerga yozing 👉 @Yoshlar_murojaat_Tosh_vil_bot 👈
Subscribers
13 033
24 hours
-10
30 days
-301
Post views
466
ER
3,58%
Posts (30d)
159
Characters in post
553
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Politics
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Government & Public Sector
Summary
September 11, 09:50
Media unavailable
1
Show in Telegram

⚡️
III Butunjahon parashaxmat olimpiadasiga start berildi!
Samarqand viloyatida nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi III Butunjahon shaxmat olimpiadasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yilgi musobaqa mutlaq rekord bilan boshlanmoqda: unda jami 41 ta jamoa va 205 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bu musobaqa tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Bunday nufuzli global tadbirning mamlakatimizda o‘tkazilayotgani yurtimizda inklyuziv sportni qo‘llab-quvvatlash va teng imkoniyatlar yaratishga berilayotgan e'tiborning yorqin isbotidir.
Barcha ishtirokchilarga chin dildan omad va yorqin g‘alabalar tilayman!
#Parashaxmat
#ChessOlympiad2026
#Uzbekistan
#Samarqand
@alisher_sadullaev

September 11, 05:57
Media unavailable
3
Show in Telegram

😈
DXX Akademiyasi
uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
➡️
Sportdan qanday talablar bor? [
JAVOB
]
➡️
Qaysi fanlardan imtihon bo'ladi? [
JAVOB
]
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 11, 05:11
Media unavailable
2
Show in Telegram

🚸
“Xavfsiz maktab” — xavfsizlik har birimizdan boshlanadi!
O‘quvchilarning maktabga borib-kelish jarayonida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi — ularning xavfsizligi uchun muhim omillardan biridir.
🇺🇿
Shu munosabat bilan
O‘zbekiston Bolalar tashkiloti Toshkent viloyati sardorlari
tomonidan o‘quvchilarning yo‘ldan xavfsiz o‘tishi, svetofor va piyodalar o‘tish joylaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha maxsus videorolik tayyorlandi.
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 16:40
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 10, 16:25
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#Muloqot
YOSHLAR BILAN MULOQOTDAN “ZAKOVAT” BELLASHUVIGACHA
Olmaliq shahrida
“Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
tashkil etildi. Shahar hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan uchrashuvda bilimdon yoshlar hamda korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan taklif va tashabbuslarini ilgari surdilar. Shuningdek, yoshlarning bilim va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida
“Zakovat” intellektual o‘yini
o‘tkazildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda jamoalar mantiqiy savollarga javob berib, o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar.
Natijalarga ko‘ra,
1-o‘rin
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari jamoasiga,
2-o‘rin
Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasiga,
3-o‘rin
Olmaliq davlat texnika instituti jamoasiga nasib etdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol ishtirokchilarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 10:37
Media unavailable
6
Show in Telegram

#Jarayon
Sayyor qabul 3 soatdirki, davom etmoqda.
Qabul davomida
aholi, xususan, yoshlar ham o‘zlarini qiynayotgan muammolar,
taklif va tashabbuslar bilan murojaat qilmoqda.
Har bir murojaat tinglanib, masalalarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 10:00
Media unavailable
10
Show in Telegram

#Jarayon
📍
Gulobodda aholi bilan ochiq muloqot
Ayni damda Yoshlar ishlari Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i
Nodir Xojiyev
Yuqori Chirchiq tumanida o‘ziga biriktirilgan hudud aholisi bilan
sayyor qabul
o‘tkazmoqda.
Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish va amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 06:46
Media unavailable
3
Show in Telegram

OQQO‘RG‘ONLIK SPORTCHI — JAHON CHEMPIONI TANTANALI KUTIB OLINDI
4–7-sentyabr kunlari AQShning Xantsvill shahrida para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Quvonarlisi, mazkur nufuzli musobaqaning T1 klassida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilgan, Oqqo‘rg‘on tumani farzandi Marjona Pardaboeva barcha raqiblaridan ustun kelib, jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Bugun, 10-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Marjona Pardaboeva hamda musobaqada yuqori natijalarni qayd etgan sportchilarimizni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda sportchi va murabbiylar, yaqinlari, sport jamoatchiligi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, jahon chempionlarini samimiy tabrikladilar.
Marjonaning ushbu tarixiy g‘alabasi Oqqo‘rg‘on tumani va Toshkent viloyati sporti uchun katta faxr va yutuqdir!
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 06:07
Media unavailable
1
Show in Telegram

#Bizning_qahramon
Piskent tumanida yashovchi yigit
“Ko’mak” loyihasidan foydalanib, bugungi kunda markazini xususiy maktabga aylantirdi.
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube

September 10, 04:54
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

📖
Bitta kitob — iPhone 17 Pro Max!
Kitob o‘qish nafaqat
bilim
, balki katta
imkoniyat
ham olib kelishi mumkin.
15–25-sentyabr kunlari “Mutolaa” platformasida o‘tkaziladigan
“Mutolaa marrasi”
kitobxonlik marafonida ishtirok eting va
“Chol va dengiz”
asarini 10 kun davomida har kuni 20 daqiqadan o‘qing.
Marafon yakunida eng faol kitobxonlarni quyidagi sovg‘alar kutmoqda:
1-o‘rin —
iPhone 17 Pro Max
va 1 yillik Mutolaa Premium;
2-o‘rin —
planshet
va 1 yillik Mutolaa Premium;
3-o‘rin —
quloqchin
va 1 yillik Mutolaa Premium;
4–50-o‘rinlar —
1 yillik Mutolaa Premium
.
Demak, sizga atigi 10 kun, kuniga 20 daqiqa va bitta yaxshi kitob kerak.
“Mutolaa marrasi”ga qo‘shiling:
https://mutolaa.com/davra/post/474753
Telegram
/
Facebook
/
Instagram
/
YouTube