Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Yoshlar kundaligi... Farg'ona

yoshlar_2025
Farg'ona shahrida hamda yurtimiz yoshlari hayotidagi yangiliklar aks etgan kanal! https://www.facebook.com/YoshlarishlariagentligiFargonashaharbolimi
Subscribers
1 189
24 hours
-2
30 days
-70
Post views
143
ER
12,03%
Posts (30d)
17
Characters in post
989
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
News
Audience gender
Male
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Education
Summary
October 26, 16:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 26, 16:48
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 25, 21:39
Media unavailable
1
Show in Telegram

Tarixiy g‘alabalar bilan yurtimizga qaytgan paralimpiyachilarimizni tantanali kutib oldik
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida o‘tkazilgan V Paraosiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimiz para sporti tarixidagi eng yuqori natijani qayd etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib oldik.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining para atletlarimizga yo‘llagan samimiy tabrigi o‘qib eshittirildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sportchilar, murabbiylar va ota-onalar mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorliklarini bildirishdi.
Vatanimiz sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishgan barcha paralimpiyachilarimizni ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!
@alisher_sadullaev

October 24, 19:18
Media unavailable
7
Show in Telegram

145 ta medal! Osiyoda kuchli uchlikdamiz!
Yaponiyadagi Para Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz yana bir tarix yozdi.
45 ta
oltin,
49 ta
kumush,
51 ta
bronza! Jami
145 ta medal
bilan O‘zbekiston 45 ta davlat va hudud delegatsiyasi qatnashgan musobaqada
3-o‘rinni
egalladi.
Para Osiyo o‘yinlari
tarixida ilk bor kuchli uchlikka
kirdik. Bungacha eng yuqori natijamiz 2014-yilda qayd etilgan
5-o‘rin
edi. Bu safar sportchilarimiz medallar soni va sifati bo‘yicha ham
yangi rekord
o‘rnatdi.
Barcha sportchilarimizni, murabbiylar va delegatsiya a’zolarini tarixiy natija bilan chin dildan tabriklaymiz. Sizlar barchamizga katta quvonch ulashdingiz.
Barakalla, chempionlar!
@alisher_sadullaev

October 21, 12:21
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🇺🇿
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami
!
Dunyoda har ikki haftada bir til yo‘qolib bormoqda. Til yo‘qolsa, xalqning asrlik xotirasi va tajribasi ham yo‘qoladi. O‘zbek tili esa millionlab insonlar uchun muloqot vositasi, tariximiz va o‘zligimiz ifodasidir.
2019-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi, 2020-yilda esa tegishli qonun qabul qilindi. Shundan buyon tilimiz nufuzini oshirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
• “
Yoshlar uchun ming kitob
” loyihasida 100 dan ortiq asar tanlandi, 47 tasi nashr etilib, 140 ming nusxada kutubxona va OTMlarga yetkazildi. Loyiha 30 mingdan ortiq yoshni qamrab oldi.
• “
WikiMarafon
” orqali o‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar 2022-yildagi 140 mingdan 367 mingga yetdi, o‘zbek tili jahon reytingida 60-o‘rindan 39-o‘ringa ko‘tarildi. Maqolalar yiliga 300 million marta ko‘rilmoqda.
•
“
Ibrat farzandlari
”
loyihasidagi o‘zbek tili darslari 2,3 million marta ko‘rildi,
LearnUzbek.ai
platformasidan 105 mingdan ortiq kishi foydalanmoqda. Ibrat Academy ilovasida esa 22 ta xorijiy til o‘zbek tili orqali o‘rgatilyapti.
•
“
Bek va Lola
” multfilmining 52 ta qismi 621 milliondan ortiq marta ko‘rildi, kunlik ko‘rishlar 4 milliondan oshdi.
• “
Gen AI Office
” o‘zbek tilida 500 dan ortiq media mahsulot yaratdi, ular so‘nggi 30 kunda 200 milliondan ortiq marta ko‘rildi.
• “
Kitobxonlik jamg‘armasi
”
tanlovlarida 418 nafar ijodkor ishtirok etdi, iste’dodli mualliflarga 3,4 milliard so‘m mukofot berildi.
•
“
Oltin ovozlar
”
loyihasi doirasida O‘zbekistondagi ilk professional dublyaj maktabi tashkil etilmoqda.
O‘zbek tilidagi texnologik startaplar ham “Yoshlar Ventures” jamg‘armasi tomonidan moliyalashtirilmoqda:
•
“
NavAI startapi
”
jamg‘armadan 80 ming dollar investitsiya jalb qildi. O‘zbek nutqini eng aniq taniydigan tizim sifatida 100 mingdan ortiq qo‘ng‘iroqni qayta ishladi, GSMA M360 Eurasia tanlovida 1-o‘rinni egalladi va President Tech Award’da 50 ming dollar grant yutdi.
•
“
Tilmoch AI startapi
“ 2025-yilda jamg‘armadan 50 ming dollar sarmoya oldi va AQSh, MDH hamda Markaziy Osiyo bozoriga chiqdi. Bugun uning oylik daromadi 20 ming dollardan oshadi.
Bugun o‘zbek tilida
60 milliondan ortiq
inson so‘zlashadi, u
50 dan ortiq
xorijiy ta’lim muassasasida o‘qitiladi. 2025-yilda Oksford universitetida o‘zbek tili bo‘yicha bepul kurs ochildi.
Bu miqyos tilimizning iqtisodiy imkoniyatlarini ham ko‘rsatadi. O‘zbek tilida sifatli video, onlayn kurs, kitob, mobil ilova va startaplar yaratish orqali keng auditoriyaga chiqish mumkin. Har bir yangi tarjima, maqola va raqamli mahsulot tilimiz imkoniyatlarini kengaytiradi.
Yoshlarni ona tilimiz ravnaqiga hissa qo‘shishga, o‘zbek tilida yangi bilim yaratishga va ijod qilishga chaqiraman. Ajdodlarimiz qoldirgan merosni asrash va yangi yutuqlar bilan boyitish bizning zimmamizda.
Barchangizni O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman!
#OnaTilimFaxrim
#21Oktabr
@alisher_sadullaev

October 17, 13:09
Media unavailable
1
Show in Telegram

Olis hudud yoshlari uchun yangi imkoniyatlar
Qashqadaryo viloyatiga xizmat safarimiz davomida
Prezidentimiz tashabbuslari
asosida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishdik.
Bu yil viloyatdagi ta’lim muassasalarini
85 mingga yaqin yosh
tamomlamoqda. Ularning
30 mingga yaqini
mehnat bozoriga kirib kelmoqda.
Ularning bandligini ta’minlash uchun
25 mingga yaqin yosh tadbirkorni
qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish, IT, ta’lim va qishloq xo‘jaligi sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratishga e’tibor qaratmoqdamiz.
“Ko‘mak” dasturi orqali olis hududlarda
58 ta o‘quv markazi
tashkil etilib, yuzlab ish o‘rinlari yaratildi. Bunday dasturlarni kengaytirish orqali maqsadlarimizga erishamiz.
@alisher_sadullaev

October 10, 16:28
Media unavailable
2
Show in Telegram

October 09, 20:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔴
Farg'ona 24
09.10.2026
Farg‘ona shahrining Qirguli mavzesidagi Huvaydo nomli mahallada yoshlar uchun yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
📝
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|
📱
YouTube|
🎙
Radio FM 90.8
|
Facebook

October 09, 20:42
Media unavailable
2
Show in Telegram

🔴
Yangiliklar
09.10.2026
Viloyat axborot-kutubxona markazida Farg‘ona shahrida faollik ko‘rsatayotgan davlat xizmatchilari va bir guruh yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔔
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻
𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|
📝
𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|
📱
YouTube|
🎙
Radio FM 90.8
|
Facebook

October 09, 16:58
Media unavailable
1
Show in Telegram

“Ko‘mak” olis hududlarda yangi imkoniyatlar yaratmoqda
Bugun olis tumanlardagi yoshlar ham o‘z hududida xorijiy tillarni o‘rganish imkoniga ega.
“Ko‘mak” loyihasi doirasida
600 ta
o‘quv markaziga ssuda ajratildi.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi
tomonidan
77 mlrd so‘m
mablag‘ yo‘naltirildi. Natijada
30 ming
dan ortiq yosh xorijiy tillarni o‘rganmoqda va
2 ming
dan ortiq ish o‘rni yaratildi.
Loyiha qamrovi qanday?
Bugungi kunda “Ko‘mak”
158 ta tuman
ni qamrab olgan. Bu mamlakatimiz tumanlarining qariyb
90 foizi
da yoshlar uchun yangi ta’lim imkoniyatlari yaratilayotganini anglatadi.
Qaysi hududlarda o‘quv markazlari ko‘proq ochilgan?
•
Surxondaryo viloyati — 99 ta;
•
Buxoro viloyati — 82 ta;
•
Qashqadaryo viloyati — 58 ta;
•
Samarqand viloyati — 52 ta;
•
Farg‘ona viloyati — 50 ta.
Hududlardagi bu tashabbuslar
ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish
bilan birga,
mahalliy tadbirkorlik
ni ham rivojlantirmoqda.
Biz uchun
muhim natija
— yoshlar qayerda yashashidan qat’i nazar, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniga ega bo‘lishi.
“Ko‘mak” orqali biz shu imkoniyatlarni yanada kengaytiryapmiz.
@alisher_sadullaev