
Yoshlar_karvoni🐫🐫
“Har payshanba – Yoshlar kuni”
Davlatimiz rahbari
tomonidan har haftaning
payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda
“Yoshlar kuni”
etib belgilanishi ta’kidlangan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida bugun Shahrisabz
tumani hokimi Samad Xasanov boshchiligidagi rahbarlar yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunar o‘rganishi hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularni ish bilan ta’minlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tuman hokimi tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi. Uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
📱
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
📱
Gov.uz
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
X
Yoshlar muammolari o‘rganildi
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanganligi ta’kidlangan edi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Shahrisabz tuman prokurori B.Bekbo‘tayev hamda tuman prokurori o‘rinbosari A.Shodmonovlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan "Og‘ir toifa"dagi yoshlarning yashash xonadonlariga borilgan holda ularning muammolari o‘rganildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning bandligi, ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi hamda hozirgi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida suhbatlashildi.
Shuningdek yoshlar bo'sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun ularga kitoblar sovg‘a qilindi.
🏗
«SHAHRISABZ BUNYODKORI» MCHJ 100 nafar nomzodni
quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ishga taklif qiladi!
👷
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ishchilar qabul qilinadi:
🔹
Qurilish materiallari ishlab chiqarish zavodiga — 20 nafar;
🔹
Ko‘p qavatli turar-joy binolari qurilishiga — 80 nafar.
💰
Ish haqi: 3 000 000 so‘mdan 18 000 000 so‘mgacha.
📍
Manzillar:
▪️
Shahrisabz tumani, Pastqo‘rg‘on qishlog‘i;
▪️
Qarshi shahri, Gungon MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 4-uy.
📞
Murojaat uchun telefon: +998942965556.
⚽️
MUHLISLAR UCHUN BEPUL AVTOBUS!
Aziz futbol ishqibozlari!
4-sentabr kuni Qarshi shahridagi
“Markaziy” stadionda “Nasaf” va “Neftchi”
jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan muhim uchrashuvni stadiondan turib tomosha qilish istagidagi muxlislar uchun
Shahrisabz tuman hokimligi tashabbusi bilan bepul avtobuslar tashkil etiladi.
📆
Sana:
4-sentabr, 2026-yil
⚽️
Jo‘nab ketish vaqti:
14:00
🚌
Yo‘nalish:
Shahrisabz → Qarshi → Shahrisabz
💳
Yo‘l haqi:
BEPUL
📞
Aloqa uchun:
94 682 98 08
Barchangizni sevimli jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chorlaymiz!
Birga boramiz! Birga muxlislik qilamiz! Birga g‘alaba sari!
@Yoshlar_karvoni
#Ijtimoiy_rolik
🗣
Ilm avvalo, halollik, vijdon va mas’uliyat!
Birovning ilmiy g‘oyasi, tadqiqoti yoki natijasini o‘z nomingizdan taqdim etish — oddiy xato emas. Bu ilmiy mehnatga, muallif huquqiga va ilm-fanning o‘ziga
nisbatan hurmatsizlikdir.
Haqiqiy olim o‘zgalar mehnatiga da’vo qilmaydi. U o‘z izlanishi, o‘z g‘oyasi va o‘z mehnati bilan ilmga hissa qo‘shadi. Chunki ilmda eng katta yutuq natija emas, unga halol mehnat bilan erishishdir.
⏺
O‘zganning ilmiy mehnatiga da’vogarlik qilmang! Ilmda halol bo‘ling!
💊
Qashqadaryo viloyati "Kelajak Markazi" Axborot xizmati.
✅
Telegram
✅
Facebook
🌐
Instagram
📹
You Tube
Viloyat va tuman hokimlari
shtablar faoliyatini samarali tashkil etib, yangi imkoniyatlardan to‘liq foydalanishi shartligi
ta’kidlandi.
Ular sentabr-dekabr oylarida
350 ming odamni doimiy ishga joylashtirish
va
yana 1 million aholining daromadini ko‘paytirish
majburiyatini oladi.
Shuningdek, yil yakuniga qadar
230 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish
vazifasi belgilandi.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha
aniq mexanizm va harakatlar algoritmini ishlab chiqish, mahalla darajasida mas’ullarni belgilash
zarurligi qayd etildi.
Xitoy tajribasi asosida
tuman va mahallada aholi bilan bevosita ishlaydigan xodimlar uchun aniq ko‘rsatmalar ishlab chiqish
topshirildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddilar va hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
LIVE
Shahrisabz tuman hokimi boshchiligidagi delegatsiya Shinjon provensiyasiga yetib keldi.
MINNATDORCHILIK
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan kutubxonamiz fondini boyitish, kitobxonlarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Shahrisabz tuman hokimi tashabbusi bilan Sanoat Qurilish Banki tomonidan 1500 ga yaqin kitoblar beg‘araz sovg‘a qilindi.
Ushbu ezgu tashabbus va yuksak e’tibor uchun Sanoat Qurilish Banki rahbariyati va jamoasiga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Kitob — inson ma’naviyatini yuksaltiruvchi, qalbga nur va tafakkurga qanot beruvchi bebaho boylikdir. Sizlarning bu ezgu tashabbusingiz yoshlar va kitobxonlarimizning bilim olishiga, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadi.
Sanoat Qurilish Banki jamoasiga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi-yangi zafarlar tilaymiz!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va ma’naviy taraqqiyot yo‘lidagi ezgu hamkorligimiz bardavom bo‘lsin!
E’tiboringiz va qimmatli sovg‘angiz uchun tashakkur!