
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi | Rasmiy
BUYUK UYĞONİŞ
Bobolarim hamişa davlat qurgan, boğ qilgan,
Pok iymon ne’matiga şukrin beadoq qilgan.
Şavkatli ajdodlardek şavkatli farzanding bor,
Elning könglini olib, dimoğini çoğ qilgan.
Elning asl öğlonin poyqadami – gul, bahor,
Xalqimning halol rizqi – bu buğdoyzor, paxtazor.
Yangi Özbekistonning mangu yaşil boğlari,
Sohibqiron boğlari yangliğ yaşnagan Ğuzor.
Çöllar çamanzor endi, kuylar yuragim baxşi,
Ming şukur, kundan-kunga davru makonlar yaxşi.
Oqsaroydan közini uzmay boqqan, ey jahon,
Munavvar kelajakning boşida — Yangi Qarşi!
Olam hamişa taşna bir pokiza xitobga,
Kõzlarni qamaştirgan Qamaşida oftobga.
Şohona zarbof çopon – yurt egasi bergan uy –
Bu uluğ mehr şaksiz bir adibga, kitobga.
Bugun Buyuk Uyğoniş — millatning istiqboli,
Istiqboliga çiqgay, yayrab-yaşnab iqboli.
Qaşqadaryo, abadiy tölib oqar daryosan,
Dilbandlari yurtimning – umrimiz asal-boli.
Omon bölsin xalqimning orzulagan mujdasi,
Qutluğ bölsin yaxşining bu qadam ranjidasi.
Butun olamni xuşböy iforga töldirgaydir
Yangi Özbekistonning hayotbaxş şabadasi!
Ğayrat Majid
“Yangi Õzbekiston” gazetasining 2026-yil 24-oktabr kungi 221 (1820)-sonida Ğayrat Majidning "Buyuk Uygʻoniş" nomli şe’ri, Nurboy Jabborovning "El şod bölsa, mamlakat obod bölar", Rustam Musurmonning "Taraqqiyotning jamoli – vohaning kamoli", Jovlon Jovliyevning "Bu eʼtibor – kitob, mutolaa eʼtirofi" nomli maqolalari e’lon qilindi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati
Ibrohim Rahim tavvalludining 110 yilligi
* * *
Ruhingiz yod etdik,
Özni şod etdik,
Yorişdi xotirim xilavatgohlari.
Bizga qoldi sizdan mehr lavhalari,
Yaxşiliklar qoldi. Qoldi qalbbitik.
Yuz xil qalam yöndim. Bir söz qadriga
Yetdimmi-yetmadim. Bilmadim. Bu rost.
Şukr, döstlar berdi...
Ular qalbiga
Bitdimmi-bitmadim, çehramni. Xullas...
Yuz yil alam silqqan yozğuvçiman men,
Bitta söz qalbiga yozdimi bir söz?
Erta bir kun ötib ketsam... Ortimdan
Otimni atari, ikki-uçta döst?!
Sizni-ku, bilmadik,
Nima topdingiz,
Bizlarni papalab, qiymalab jonni?
Biz topib boryapmiz hamon izma-iz
Ibrohim Rahimdan qolgan vijdonni.
Ruhingiz yod etdik, özni şod etdik...
Abdunabi Boyqöziyev
21-oktyabr - Özbek tili bayrami kuni
🗓
20.10.2026
⏰
18:00
📍
Toshkent shahri
Gulobdon Törayeva
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi mutaxassisi
https://t.me/adiblarxiyobonistudiyasi
“Oydin gurunglar” xalqaro forumi doirasida Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Farida Afröz iştirokida mahorat darsi bölib ötmoqda.
https://t.me/adiblarxiyobonistudiyasi
Sankt-Peterburgdagi kutubxonada “Özbek adabiyoti burçagi” ochildi
Batafsil
Батафсил