
YURIDIK TAʼLIM / Rasmiy kanal
📌
ÖZ HISOBIDAN TA’TILGA ÇIQQAN XODIM DEKRET PULI OLADIMI?
Öz hisobidan ta’tilga çiqqan xodimga homiladorlik va tuğiş nafaqasi avtomatik ravişda rad etilmaydi.
⚖️
Qonunçilikda nima deyilgan?
Mehnat kodeksining 404-moddasiga köra, ayolga homiladorlik va tuğiş ta’tili beriladi:
🔹
Tuğruqqaça — 70 kalendar kun;
🔹
Tuğruqdan keyin — 56 kalendar kun;
🔹
Tuğiş qiyin keçgan yoki ikki va undan ortiq bola tuğilganida — 70 kalendar kun.
📌
Mehnat kodeksining 215 va 241-moddalariga muvofiq, iş haqi saqlanmaydigan ta’til davrida ham xodimning iş ö‘rni va lavozimi saqlanadi. Demak, öz hisobidan ta’til olişning ö‘zi mehnat munosabatlarini bekor qilmaydi.
Nafaqa oliş uçun qanday talablar bor?
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 796-son qaroriga 4-ilovada tasdiqlangan nizomning 7-bandiga köra:
🔹
Kamida 10 oy suğurta staji;
🔹
Dekret boşlangan oydan oldingi sönggi 6 oyda uzluksiz suğurta staji mavjud bölişi kerak.
❗️
Iş haqi tölanmagan ta’til davri alohida suğurta oyi sifatida hisoblanmasligi mumkin. Biroq mehnat şartnomasi saqlanib qolgan bölsa, bu holatning ö‘zi oldingi suğurta stajini bekor qilmaydi.
💰
Nafaqa miqdori:
suğurta staji 10 oydan 24 oygaça bölsa, nafaqa örtaça oylik iş haqining 75 foizi miqdorida hisoblanadi.
📌
Agar nafaqa rad etilsa, rad etiş sababini yozma ravişda talab qiliş, YaMMTdagi mehnat şartnomasi va ta’til buyruği ma’lumotlarini tekşiriş hamda tegişli idoralarga murojaat qiliş mumkin.
📤
Foydali ma’lumotni yaqinlaringizga ham yuboring!
👉
@Yuridik_talim
⚖️
JANGOVAR VAZIYATDA KOMANDIRGA TAHDID QILIŞ UÇUN QANDAY JAZO BOR?
Jangovar vaziyatda harbiy intizomga rioya qiliş nafaqat tartib, balki harbiy xizmatçilar xavfsizligi bilan ham boğliq.
📌
Jinoyat kodeksining 282-moddasida jangovar vaziyatda boşliqni öldiriş yoki unga nisbatan zörlik işlatiş bilan qörqitiş uçun javobgarlik belgilangan.
🔎
Vaziyatli misol: jangovar harakatlar davomida askar komandirining buyruğidan norozi bölib, öqlangan qurolini unga töğrilab, öldiriş bilan tahdid qildi. Bunday holatda tahdidning real ekanligi, ya’ni uni amalga oşiriş uçun yetarli asoslar mavjudligi muhim.
⚖️
Qonunda qanday jazo belgilangan?
Bunday qilmiş uçun 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.
📌
Jangovar vaziyatda birgina tahdid ham jiddiy huquqiy oqibatlarga sabab bölişi mumkin.
❓
Sizningça, jangovar şaroitda harbiy intizomning qat’iy bölişi nima uçun muhim?
👉
@Yuridik_talim
⚖️
ANONIM XAT SABAB JINOYAT IŞI QÖZĞATILIŞI MUMKINMI?
Amaliyotda ba’zan kimdir duşmanlik yoki hasad tufayli boşqa şaxs ustidan anonim xat yozib, tegişli idoralarga yuborişi mumkin.
❓
Xöş, bunday noma’lum xat asosida şaxsga nisbatan jinoyat işi qözğatiş mumkinmi?
❌
Yöq.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 323-moddasiga köra, jinoyat haqidagi imzosiz, qalbaki imzoli yoki töqib çiqarilgan şaxs nomidan yozilgan xat, ariza va boşqa anonim xabarlar jinoyat işini qözğatiş uçun sabab böla olmaydi.
📌
Misol uçun:
kimdir öç oliş maqsadida qöşnisini jinoyatda ayblab, uydirma ism bilan xat yubordi. Vakolatli organlar aynan şu anonim xatning öziga asoslanib jinoyat işini qözğata olmaydi.
🛡
Bu norma nimani anglatadi?
U fuqarolarni anonim ayblovlar asosida asossiz jinoiy ta’qibga uçraşdan himoya qilişga xizmat qiladi.
⚖️
Muhim:
anonim xatning özi jinoyat işini qözğatiş uçun sabab bölmaydi. Biroq boşqa qonuniy manbalardan jinoyat alomatlari aniqlansa, masala qonunda belgilangan tartibda körib çiqilişi mumkin.
📤
Siz bu qoida haqida bilarmidingiz? Fikringizni izohlarda yozing.
👉
@Yuridik_talim
#Tayinlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining farmoyishi bilan Alisher Ismatovich Kuchiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
@Yuridik_talim
❗️
Yangi özbek alifbosi!
2026-yil 21-oktyabrda Prezident Şavkat Mirziyoyev «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida»gi Qonunga özgartiriş kiritiş haqidagi Qonunni imzoladi (№ O‘RQ–1184).
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy ötgach kuçga kiradi.
@Yuridik_talim
#Tayinlov
Mirzayev Manuçexr Boborahimoviç Ta’lim va ilm-fan vazirligining Raqamli transformatsiya va axborot siyosati departamenti rahbari lavozimiga tayinlandi.
@Yuridik_talim
🇺🇿
21-OKTYABR — O‘ZBEK TILI BAYRAMI: ALIFBOMIZ TAKOMILLASHTIRILDI!
Bugun — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. 1989-yil 21-oktyabrda tarixiy qonun qabul qilingan edi. Oradan 37 yil o‘tib, tilimiz va yozuvimiz hayotida yana bir muhim voqea yuz berdi.
📢
LOTIN YOZUVIGA ASOSLANGAN O‘ZBEK ALIFBOSI O‘ZGARDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi ayrim harflar shaklini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi.
Yangi alifboda quyidagi o‘zgarishlar nazarda tutilgan:
🔹
O‘, o‘ → Ö, ö
🔹
G‘, g‘ → Ğ, ğ
🔹
Sh, sh → Ş, ş
🔹
Ch, ch → Ç, ç
❗️
Bu o‘zgarishlar darhol kuchga kirmaydi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab olti oy o‘tgach kuchga kiradi. Shu vaqt ichida yangi harflarni amaliyotga joriy etish, jumladan, kompyuter va telefon klaviaturalarini moslashtirish choralari ko‘riladi.
📌
ESKI HUJJATLAR VA PULLAR ALMASHTIRILADIMI?
Yo‘q, hammasini birdaniga almashtirish talab etilmaydi.
✅
Avvalgi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar amal qilishda davom etadi.
✅
Milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlardagi eski harflar ularning muomalada bo‘lishiga to‘sqinlik qilmaydi.
✅
Davlat tashkilotlarining ramziy belgilari, peshlavhalar va ko‘rsatkichlardan yaroqsiz holga kelguniga yoki belgilangan muddatgacha foydalanish mumkin.
Demak, yangi alifboga o‘tish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
📚
NEGA ALIFBO TAKOMILLASHTIRILDI?
Alifboni o‘zgartirish masalasi bir necha yildan beri muhokama qilib kelinayotgan edi. 2018, 2019, 2021, 2023 va 2026-yillarda turli takliflar ilgari surilgan.
Takliflar orasida faqat ayrim harflarni o‘zgartirish, tutuq belgisini olib tashlash, yangi harflar kiritish va boshqa variantlar ham bo‘lgan.
Yakuniy qaror esa alifbodagi to‘rtta harf birikmasining shaklini takomillashtirishga qaratildi.
🇺🇿
O‘ZBEK TILINING NUFUZI — BARCHAMIZNING MAS’ULIYATIMIZ!
Alifbo masalasida turli fikrlar bo‘lishi tabiiy. Eng muhimi, o‘zbek tilining nufuzini oshirish, uni zamonaviy texnologiyalarga moslashtirish va kelajak avlodga boy meros sifatida yetkazishdir.
💬
Siz yangi alifbo haqida qanday fikrdasiz? O‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlaysizmi?
@Yuridik_talim
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Pardayeva Mehriniso Doniyorovna – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat yuritgan.
@Yuridik_talim
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Mirzaliyev Sanjar Mahamatjan oʻgʻli – Taʼlim va ilm-fan vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Tayinlovga qadar u Belarus–Oʻzbekiston qoʻshma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutining ijrochi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
@Yuridik_talim
#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Taʼlim va ilm-fan vazirligida qator kadrlar tayinlovlari amalga oshirildi
Yo‘ldoshev Oybek Behzodovich – Taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u “PwC Uzbekistan” kompaniyasining Davlat sektori, infratuzilma va ESG boʻyicha konsalting amaliyoti direktori sifatida faoliyat yuritgan.
@Yuridik_talim