
Zabihulloh Fathullayev | Marketing
Kecha va bugun 2 ta Qo'llanma tashadim
Real ishlaydigan qo'llanmalar
Share o'ta ko'p lekin fikrlar yo'q negadir ((
Savedga tashab qo'yib esdan chiqib qop ketmasin ishlatilare
Ochib o'qib chiqqanlar
🔥️
️️️️️ qo'yilar yoki kommentda fikr bildirilar
Bomasa chiqargim kemey qoladi navbatdagilarini ))
Voronkani 1 promptda Ads Manager'ga qurib oling
👇
PDF'da: Meta'ni Claude'ga ulash va Claude in Chrome'ni o'rnatish.
Prompt kommentda. Uni bo'sh chatga yuborasiz, Claude o'zi Hook rate, Hold rate va voronka ustunlarini quradi.
Saqlab qo'ying
🔖
@zabikhullo
B2B da qimmat chekli mijoz olishning eng yaxshi yo'li
Ko'pchilik B2B xizmatni ham oddiy mahsulotdek sotmoqchi bo'ladi: lid forma, qo'ng'iroq, "narxi qancha?". Natija: lid bor, sotuv yo'q.
Sabab oddiy. $3,000 lik xizmatni sotib olishdan oldin biznes egasi sizni bilishi, tushunishi va sizga ishonishi kerak.
Hozir bir loyihamizda shunday voronka qurayapmiz:
1. Tanishuv
Organik kontentni target orqali 10 xil auditoriya va qiziqishga ko'rishga yoqamiz. Maqsad: lid emas, qaysi auditoriya bizga qiziqishini aniqlash.
2. Tushuntirish
Videoning 50% dan ko'pini ko'rgan, layk yoki izoh qoldirganlarga retarget qilamiz. Ularga xizmatni batafsil tushuntiradigan uzunroq video ko'rsatamiz.
3. Kichik "ha" (tripwire)
Uzun videoning 25% dan ko'pini ko'rganlarga arzon, lekin foydali mahsulot sotamiz. Kichik summa to'lagan odam endi sovuq auditoriya emas.
4. Asosiy taklif
Tripwire sotib olib, thank-you sahifaga tushganlarga asosiy xizmat reklamasini yoqamiz. Parallel ravishda chatbot orqali progrev boradi va odam uzun sotuvchi saytga keladi.
5. Ushlab qolish
Saytga kirib lid qoldirmaganlar va lid qoldirib uchrashuvga kelmaganlar uchun 10 ta retarget video ishga tushiramiz:
• Mijozlarning asosiy e'tirozlariga javob
• Real natijali keyslar
• Bepul konsultatsiyada aniq nima olishi
Nega bu ishlaydi?
Har bir bosqichda faqat oldingi bosqichda qiziqish bildirgan odamga pul sarflanadi. Reklama byudjeti sovuq auditoriyaga emas, issiq odamlarga ketadi.
Qaysi sohalarga mos?
Qimmat chekli va uzoq qaror qilinadigan har qanday B2B xizmat: agentliklar, IT va avtomatlashtirish, konsalting, ishlab chiqarish, ulgurji savdo, ta'lim (korporativ).
B2B mijoz bir kunda qaror qilmaydi. Sizning vazifangiz uning qaror qilishiga yordam beradigan yo'lni qurish.
@zabikhullo
Toshkent shahridagi o'quv markzlari uchun faqatgina Toshkent shahrida lid olish uchun qo'llanma
Ulashing, ishlating, saqlab qo'ying.
@zabikhullo
SHu videolarni 1 prompt bilan Claude o'zi yasadi
Ovozni ham boshqa saytdan oldi
Referencelarni ham o'zi oldi
Videolarni ham Claude orqali o'zi yasadi
Va oxirida go endi mana bu strategiya bo'yicha target yoq degandim o'zi yoqvordi.
Shu workflowni telegram kanalimda batafsil ochib bersam qiziqmi?
@zabikhullo
Instagramda kontent qilmoqchiman 45 ta Ertaga start. 15 kun. Kuniga 3 tadan video. Nima bo’layotganini va qanday bo’layotganini kanalda aytib berib boraman. - qayerdan mavzu va g’oya topdim - nima uchdi va nega - before after - nima muammolar bo’ldi…
Claude orqali target yoqish uchun shu ketma-ketlikda ishlang
👇️
️️️ > MCP orqali Claudega Metani ulang > Chromeda Claude extension ochib uni ham sozlang > Claudeda 1 chat ochib unda kampaniya ma'lumotlarini gaplashing > Kreativlarni nom berib ularni G drivega…
Claude orqali target yoqish uchun shu ketma-ketlikda ishlang
👇️
️️️
> MCP orqali Claudega Metani ulang
> Chromeda Claude extension ochib uni ham sozlang
> Claudeda 1 chat ochib unda kampaniya ma'lumotlarini gaplashing
> Kreativlarni nom berib ularni G drivega yuklang
> Claudega endi qanday kampaniya, qanday adsetlar bilan va qaysi kreativlarni joylashni ayting (o'zi tanlashni aytsez ham bo'ladi)
Muhim: Opus 5.5 modelida yaxshiroq ishlayapti shuni maslahat beraman target yoqish uchun.
Shu holatda Claude hozir yaxshi yoqyapti.
Forma ham yaratoladi, textlar ham yozoladi. O'zidan so'rang shunchaki
@zabikhullo
Instagramda kontent qilmoqchiman 45 ta Ertaga start. 15 kun. Kuniga 3 tadan video. Nima bo’layotganini va qanday bo’layotganini kanalda aytib berib boraman. - qayerdan mavzu va g’oya topdim - nima uchdi va nega - before after - nima muammolar bo’ldi…