Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

English language Vocabulary

zafarbekielts
💡 Ingliz tilini qiziqarli usulda o'rganamiz! 🎥 Movies 📚 Books 🎧 Podcasts 📖 Vocabulary C1 📰 Articles Ushbu kanalga obuna bo'ling va bepul kurslarga ega bo'ling!
Subscribers
7 040
24 hours
10
30 days
-220
Post views
1 825
ER
0,26%
Posts (30d)
2
Characters in post
656
November 24, 10:15

#Adele
Skyfall
🗿
Musiqani eshiting va pastdagi javoblarni tanlab qo'shiq matnini to'ldiring
👇
📱
@musictestuz

November 23, 08:47

Huquq faniga qiziqadiganlar uchun maxsus kanal
👇
👇
📍
@Huquq_platformasi

October 30, 10:28

October 19, 11:26

Ushbu kanal sotiladi!
Kanal yuritishga, autidotiya yaratishga qiziqadiganlar bo'lsa yozishingiz mumkin.
Murojaat:
@Qhwvsvx

October 15, 15:43

"Chest-beating" deganda odatda g‘urur, jasorat yoki dardni haddan tashqari namoyish qilish tushuniladi. Bu ibora maqtanchoqlik yoki dramatik tarzda o‘zini ko‘rsatish ma’nosida ishlatiladi.
Misollar:
His speech was full of chest-beating about his achievements.
(Uning nutqi o‘z yutuqlari haqida maqtanchoqlik bilan to‘la edi.)
Instead of chest-beating, he should focus on real solutions.
(Maqtanchoqlik o‘rniga, u haqiqiy yechimlarga e’tibor qaratishi kerak.)
Ko‘pincha bu ibora tanqidiy ma’noda ishlatiladi, ya’ni kimdir o‘zini haddan tashqari reklama qilayotgani yoki o‘z his-tuyg‘ularini dramatik tarzda ko‘rsatayotgani haqida.

September 20, 11:24

🪙
FAQAT Haqiqiy imtihonda tushgan savollarga Speaking javoblar!
😎
Savollarga
C1 darajadagi
sample javoblar
@MultiLevelRecord
- imtihonchilarni eng ko'p o'ylaydigan va
eng katta Ingliz tili telegram kanali
🚀
Join
:
@MultiLevelRecord

July 12, 09:57
Media unavailable
1
Show in Telegram

Bugun 31 yoshga to‘ldim. Hayot nihoyatda tez va hayratlanarli o‘tmoqda. Stanfordda turib do‘stlar yo’llagan tabrik va tilaklarni o‘qiyapman-u bolalik orzularim yodga tushmoqda. Tabiiyki, eng unutilmas xotiralar onam bilan bog‘liq. Ehtimol, Siz tanigan bugungi Alisher shaxsining shakllanishiga o‘sha voqealar sabab bo‘lgandir.
…Taxminan 15 yil oldin. Ingliz tilini o‘rganishni endi boshlagandim. Uyimiz shaharga yaqin edi. Bir kuni shahardagi o‘quv markaziga bordim. Hayajondaman. Maqsad: O‘zbekistondagi nufuzli universitetlardan birida o‘qish, keyinchalik ota-onam duosi bilan yaxshi joyda ishlash va yurtga xizmat qilish.
Afsuski, markazda mening darajamga mos boshlang‘ich guruhlar yo‘q ekan. Shu sabab meni olti oydan beri ingliz tilini o‘rganayotgan, savol tuzib, javob bera oladigan darajaga yetgan guruhga qo’shishdi.
Birinchi darsda juda hayajonlandim. O‘qituvchimiz darsni “Nega ingliz tilini o‘rganyapsiz?” degan savol bilan boshladi. Inglizcha javob berilishi kerak bo‘lgan savolga tayyormasdim. Bosim, hayajon, chorasizlik…
Yonimdagi boladan o‘zbekcha jumlani ingliz tiliga tarjima qilib berishini iltimos qildim. Yaxshiyamki, partadoshim ingliz tilini ancha tushunib qolgan ekan, aytgan fikrimni ingliz tiliga o‘girib berdi.
Navbat menga keldi. O‘qituvchimiz savolni takrorladi. Men esa: “Because of my mom,” deb javob berdim. Sinfda kutilmaganda qattiq kulgi ko‘tarildi. Hamma kulardi. Bir zumda sinfdagi harorat o‘zgardi. Qizarib ketganim o‘zimga-da bilindi. “Shunchalar kulgili xato qildimmi? Hammasi ustimdan kulyaptimi?” degan fikr chaqmoqdek chaqib o‘tdi.
Yashirinishga joy, qochishga kuch yo‘q edi. Shu payt o‘qituvchi hammaga “to‘xtanglar” degan ishora qilib, savolni takrorladi. Men ham o‘sha javobni qayta aytdim. Bu safar o‘qituvchimiz sabab jiddiyligini sezganday, chuqurroq tahlil qilishga kirishdi. “Why because of your mom?” deb so‘radi. Men o‘zbek tilida javob berdim: “Onam ancha yildan beri bir dard bilan kurashmoqda. Davoni o‘zbek tilidagi adabiyotlardan hamda mahalliy tibbiyot xodimlaridan topolmadim. Shu sababli xorijiy ilmiy manbalardan izlashga qaror qildim.”
Biroz oldin gulduros kulgidan zirillagan xonaga allaqanday sukunat cho‘kdi. Hamma jim. Kulganlar qizarib, uyalganday bo‘lib qolishdi. Meni bu holat hayron qoldirmadi. Chunki bunday qarashlarga allaqachon ko‘nikkandim. Maktabda, mahallada, ko‘chada…
O‘quv markazidagi birinchi haftada o‘qituvchim ingliz tilini yaxshi tushunib muloqot qilishim uchun “Oxford 3000 Essential Words” ro‘yxatini yodlashimni tavsiya qildi. Eslasam, o‘sha davrlarda kuniga 17-18 soat dars qilgan ekanman. Hovlidagi barcha xo‘jalik ishlarini qo‘limda lug‘at, kitob bilan bajarardim. Surunkali tayyorgarlik sabab ilk haftada 1000 ta so‘z yodladim va sezilarli o‘sishni his qildim. Keyingi bosqich – grammatika edi. Taxminan 6 oy ichida bir necha bor yuqori guruhlarga o‘tib, IELTS darajasiga chiqib oldim.
Bu yangi daraja edi, lekin uni ham uddalasa bo‘lardi. Guruh kuchli, lekin menda onam uchun qilinayotgan harakat undan-da kuchli edi. Bu bosqichga kelib, xorijiy tadqiqotlarni o‘qib, tushuna boshlagandim…
Oradan yillar o‘tdi. Xudoga shukr, bugun onam ancha bardam. Dadam va opalarim menga bu yo‘lda juda katta yordam berishdi.
Tasodifni qarangki, bugun Stanfordda menga yana shunday mazmundagi savol berishdi: “Qanday qilib Stanfordga keldingiz? Sizni bu yerga nima yetaklab keldi?”
Men esa yana o‘sha qadrli, eng ahamiyatli javobni berdim: “Because of my mom.”
Onajon, Otajon! Meni bu dunyoga keltirganingiz uchun rahmat! Bu umrni Prezidentimiz rahbarligidagi jamoada yoshlarga katta imkoniyatlar, loyihalar, yaxshiliklar yaratish yo‘lida sarflash – mening eng katta, eng oliy maqsadim.
@alisher_sadullaev

July 03, 08:37
Media unavailable
2
Show in Telegram

🇺🇸
You're so precious to me.
🇺🇿
Siz men uchun juda qadrlisiz.

@Movie_Phrasebook

June 01, 12:29
Media unavailable
1
1
Show in Telegram

🎥
Filmlardan olingan muhim iboralar. ( Speaking uchun judayam foydali )
1.  Let somebody go
2. Bide somebody time
3.  Shake a leg
4. You have a good day
5.  Settle down
6. My bad
7. Chew out
8.  Good riddance
9. Moron
10.  Pull yourself together
11. Break a leg
12. I beg to differ
13.  Sounds great
14. Chin up
15. By the way

May 24, 06:09
Media unavailable
3
Show in Telegram