Select your region
and interface language
We’ll show relevant
Telegram channels and features
Region
avatar

Zakiya xonimlar klubi🌸🌸🌸

zakiyalar_klubi
— Ayollarning shaxsiy rivojlanishi klubi — Millatni ilmli onalar yuksaltiradi! Postlarimizni olganingizda manba bilan olmasangiz, rozi emasmiz Reklama: @zakiyalarda_reklama
Subscribers
1 316
24 hours
1
30 days
-39
Post views
305
ER
23,18%
Posts (30d)
4
Characters in post
890
Insights from AI analysis of channel posts
Channel category
Psychology
Audience gender
Female
Audience age
25-34
Audience financial status
Middle
Audience professions
Psychology & Counseling
Summary
October 15, 12:20
Media unavailable
1
Show in Telegram

October 11, 04:21

BIZ O‘ZIMIZNING QABRIMIZGA HAR KUNI BIR G‘ISHT QO‘YAMIZ
Insonning eng katta fojeasi o‘lim emas. Uning fojeasi — tirikligida o‘zidan asta-sekin ayrilib borishidir.
Bir kuni uyg‘onasiz-u, oynaga qarab uzoq turib qolasiz. Yuzingiz tanish. Ko‘zlaringiz ham o‘sha-o‘sha. Peshonangizdagi chiziqlar, labingiz chetidagi mayda ajinlar — bularning bari sizniki. Ammo negadir oynadagi odam sizga begona tuyuladi.
U qachon paydo bo‘ldi?
Qachon sizning o‘rningizni egalladi?
Eng muhimi, sizning o‘zingiz qachon yo‘qoldingiz?
Ehtimol, bu kecha sodir bo‘lmagandir. Balki siz o‘zingizni yillar davomida, hech kim sezmaydigan darajada sekinlik bilan yo‘qotgandirsiz.
Bir paytlar sizda orzular bo‘lgan. Hech kimga aytmagan, hatto aytishga jur’at etmagan orzular. Siz nimanidir chin dildan xohlagansiz. Kimnidir butun borlig‘ingiz bilan sevgan, qaysidir kitobning bir jumlasida o‘zingizni topgan, tun yarmida hech qanday sababsiz baxtli bo‘lgan paytlaringiz ham bor edi.
Keyin hayot boshlandi.
«Odamlar nima deydi?» degan savol paydo bo‘ldi.
«Hozir vaqti emas», dedingiz.
«Keyinroq», dedingiz.
«Menga yarashmaydi», dedingiz.
«Boshqalar mendan ko‘proq narsaga loyiq», deb o‘yladingiz.
Har safar o‘zingizdan voz kechganingizda, ichingizdagi biror narsani ko‘mib qo‘ydingiz. Hech qanday marosimsiz. Hech qanday motamsiz. Hatto o‘zingiz ham sezmay.
Biz o‘zimizning qab­rimizga har kuni bir g‘isht qo‘yamiz.
Birinchi g‘isht — birovlarning ko‘ngli uchun o‘z ko‘nglimizni sindirganimizda.
Ikkinchisi — ichimizda qaynab turgan haqiqatni sukut bilan bo‘g‘ganimizda.
Uchinchisi — sevishni istab turib, rad etilishdan qo‘rqib ortga chekinganimizda.
To‘rtinchisi — qalbimiz allaqachon tark etgan joyda faqat odat tufayli yashashda davom etganimizda.
Va bir kuni bu devor shunchalik balandlashadiki, o‘z ovozimizni ham eshitmay qolamiz.
***
Qizig‘i shundaki, odam o‘zining ichki o‘limini ko‘pincha muvaffaqiyat deb ataydi.
U yaxshi ishga ega bo‘ladi, hammaning hurmatini qozonadi, o‘z vazifalarini bajaradi, tabassum qiladi, bayramlarda suratga tushadi. Tashqaridan qaraganda, uning hayotida hammasi joyida.
Faqat kechalari, hech kim ko‘rmaydigan paytda, u o‘ziga bitta savol berishdan qo‘rqadi:
«Men shu hayotni o‘zim tanlaganmidim?»
Chunki bu savolning javobi ba’zan yillar davomida qurilgan butun bir hayotni shubha ostiga qo‘yishi mumkin.
Balki u tanlagan kasbini emas, ota-onasining orzusini yashayotgandir. Balki u sevgan insoni bilan emas, yolg‘iz qolishdan qo‘rqqani uchun yonida turgan odam bilan yashayotgandir. Balki uning barcha yutuqlari birovlarning olqishiga sazovor bo‘lish uchun qilingan urinishlardir.
Va eng achinarlisi — u bularning barchasiga ko‘nikib qolgan.
Odam har qanday zindonga o‘rganishi mumkin. Hatto uning devorlarini o‘z qo‘llari bilan bo‘yab, derazasiga gul qo‘yib, uni uyim deb atashi ham mumkin.
Ammo derazaga gul qo‘yilgani bilan zindon ozodlikka aylanmaydi.
***
Adabiyot bizga shu haqiqatni qayta-qayta eslatadi.
Kafka qahramonlarining begonalashuvida, Dostoyevskiy personajlarining ruhiy iztiroblarida, Kamyu yaratgan absurd olamida inson bir savol bilan yuzma-yuz qoladi: men kimman va nima uchun yashayapman?
Bu savolning dahshati uning javobsizligida emas. Dahshati shundaki, ba’zan biz javobni bilamiz, ammo o‘sha javobga muvofiq yashashga jur’at topolmaymiz.
Chunki haqiqatning ham narxi bor.
O‘zingizni tanlash ba’zan kimnidir ranjitish demakdir. Erkinlik ba’zan yolg‘izlikni qabul qilishdir. O‘z yo‘lingizdan yurish esa sizni tushunmaydigan odamlar orasida bir muddat begona bo‘lib qolishdir.
Shu sababli ko‘pchiligimiz o‘zligimizni emas, o‘zligimizning xavfsizroq nusxasini yashaymiz.
Hamma yoqtiradigan darajada muloyim, hech kimni bezovta qilmaydigan darajada jim, hech kimning umidlarini puchga chiqarmaydigan darajada qulay bo‘lishga urinib yashaymiz.
Bir kuni esa o‘zimizni ham bezovta qilmay qo‘yamiz.
Ana shu payt eng xavfli paytdir.
***
Ammo men bu maqolani umidsizlik bilan tugatmoqchi emasman.
Chunki devor g‘ishtdan qurilgan bo‘lsa, uni g‘ishtma-g‘isht buzish ham mumkin.
Buning uchun hayotingizni bir kunda o‘zgartirishingiz shart emas. Hammani tark etishingiz, hamma narsadan voz kechishingiz ham shart emas.
Ba’zan o‘zingizni qayta topish juda kichik bir harakatdan boshlanadi.
Uzoq vaqtdan beri o‘qishni istagan kitobingizni ochishdan.
Hech kimga ko‘rsatish uchun emas, o‘zingiz uchun nimadir yozishdan.
«Yo‘q» deyishga haqqingiz borligini anglashdan.
Sizni charchatayotgan narsani tan olishdan.
Yoki uzoq vaqtdan beri o‘zingizga bermagan savolni nihoyat berishdan:
«Agar hech kim meni baholamaganida, men qanday inson bo‘lishni istardim?»
Bu savolga darhol javob topmasligingiz mumkin. Balki bir muddat sukut saqlarsiz. Balki javob sizni yig‘latar. Balki siz o‘zingiz haqingizda bilgan deb o‘ylagan narsalaringizning ko‘pini qaytadan ko‘rib chiqarsiz.
Mayli.
Ba’zan insonning ichida nimadir buzilishi kerak — shunda u yerga yorug‘lik kirishi mumkin.
O‘zingizga qaytish uchun hali kech emas, deb kim kafolat bera oladi? Hech kim. Ammo o‘zingizdan yana bir kun voz kechish uchun ham hech qanday kafolat yo‘q.
Bizga berilgan umrning eng achchiq siri shundaki, u tugashini bilamiz-u, lekin uni qachon boshlashimiz kerakligini ko‘pincha unutamiz.
Shuning uchun bugun oynaga qarang.
U yerdagi odamga diqqat bilan qarang.
Undan nimaga erishganini emas, nimadan voz kechganini so‘rang.
Balki u uzoq vaqtdan beri sizdan birgina narsani kutayotgandir: uni nihoyat eshitishingizni.
Chunki ba’zan insonni hayotdan ajratib turadigan narsa o‘lim emas. Balki o‘z hayotida o‘zi bo‘lishga jur’at topolmasligidir.
Va eng katta jasorat — dunyoni zabt etish emas, o‘zingizga tegishli bo‘lmagan hayotdan sekin-asta chiqib, o‘z hayotingizga qaytishdir.*
©
Baxt
@ijodiyot_kitobiston

October 03, 02:57

Ayol qilib yaratildik...
Yelka nozik, gar dillar botir,
Koʻzimizda yonar mehrimiz.
Alloh bersa, nelarga qodir –
Ayol qilib yaratildik biz.
Uyimizda topdik halovat,
Nega yurak bundan etmas jiz?
Jonimizni qilsin salomat –
Ayol qilib yaratildik biz.
Mahramlarga sezdik ehtiyoj,
Chunki zaif, erurmiz ojiz.
M(u)omalada boʻling ehtiyot –
Ayol qilib yaratildik biz.
Mas'uliyat ketmoqda oshib,
Oilasini boqar qaysi qiz?!
Aytgim kelar gohida shoshib:
Ayol qilib yaratildik biz.
Hamdlar boʻlsin beadad, shukr,
Duoyimiz ketmaydi bejiz.
Eh ayollar, qilaylik fikr...
Ayol qilib yaratildik biz.
Yelkalarga tashvishlar ortmang,
Sakinatning manbasi sizsiz!
Ne boʻlsa ham siz aslo hormang,
Ayol qilib yaratildik biz.
Oʻzingizni asrang, ey ayol!
Alloh sizni qilganda aziz.
Miyangizda aylansin xayol:
Ayol qilib yaratildik biz!
3.10.2026
Aziza Ismoil qizi.

September 30, 05:17
Media unavailable
1
Show in Telegram

Zakiya xonimlar klubi
Assalom-u alaykum
Baxt shu yerda
🤩

September 03, 12:03
Media unavailable
1
Show in Telegram

September 01, 16:26

​​
👉
@YuklaydiBot

September 01, 08:23
Media unavailable
1
Show in Telegram

O'qituvchi bo'lish - dam olish kuniyam, baryam kuniyam, kalendarda yo'q kuniyam maktabda bo'lish, degani birodarlar

August 31, 02:59
Media unavailable
1
Show in Telegram

Shahloni taniganlar bor bo'lsa, tabriklaymiz, demak, siz dinzavrlar davridan buyon shu yerda ekansiz. Tanimaganlar esa bu qizning hikoyasi Manaman degan jabrdiyda ayolni ham o'rnidan sapchib turg'izib harakatni boshlattorvoradi.
Xullas, shu qiz hozir kuchayib ketgan. Vebinariga kirib ko'rsangiz nima demoqchi ekanligimni tushunib olasiz.
🗓
🎙

August 31, 02:56

https://t.me/+a0Gl_Nn5amw2YTky
Rahmat baraka toping

August 30, 04:52

​​
👉
@YuklaydiBot