
Zamonaviy ilmlar
Yaponiyada kallayi saxarlab mana shunday navbatlar bo‘lar ekan. Ular oshga yoki metanga navbat turishgani yo‘q. Ular kitobga navbat turishibdi.
Bunaqa holatlar biz uchun erish tuyulishi tabiiy. Chunki biz ilm uchun vaqtimizni sarflashga erinamiz. Biroq, kallayi saxarlab osh desa uyqumizdan voz kechib bo‘lsa ham boraveramiz.
Fojeamiz ham aslida shunda...
Besh narsa ilm tolibining himmatini buzadi:
1. Ayollarning suratini tomosha qilish,
2. Ulamolarning aybini qidirish,
3. Ilmda takrorni tark etish,
4. Ilm olishni ortga surish,
5. So‘zlashni ko‘paytirish.
Ahmad ibn Musfir Utaybiy.
Ilmni yod olishni xohlaysizmi?
Unda
🔟
xislatni mahkam tuting
1⃣
Tunda ikki rak’at bo‘lsa ham namoz o‘qishni kanda qilmang.
2⃣
Doimiy tahoratda yuring.
3⃣
Botinda ham, zohirda ham taqvo qilishga odatlaning.
4⃣
Shahvat uchun emas, taqvo uchun taom yeng.
5⃣
Misvok ishlating.
6⃣
Tinmay kitob mutolaa qiling.
7⃣
Ustozning odob-axloqiga rioya qiling.
8⃣
Ko‘proq Qur’oni karim tilovat qiling.
9⃣
Ota-onaning xizmatida bo‘ling.
🔟
Go‘zal xulqli bo‘ling.
Mulla Nur Ahmad Husomiy
Abdulatif Alloqulov tarjimasi
©
Bintu Sodiq
Eng zarur tibbiy o‘gitlar:
1. Iliq suv asal bilan ichilganda miyaga ko‘p foyda beradi.
2. Tishlaringizni toza tuting.
3. Yotishdan oldin sabzi iste’mol qilish sog‘liqqa foyda.
4. Suvni uzoq qaynatish yoki qaynatilgan suvni yana qaynatib choy damlash juda zararli.
5. Jigar xastaligini behi suvi davolaydi. Behi sharbatini kuniga 1-2 kosa ichish tavsiya etiladi.
6. Har qanday kasallikni davolashni oshqozonni qatiq zardobi bilan yuvishdan boshlanadi.
7. Oyog‘ingiz doim toza, quruq, issiq bo‘lsin.
8. Ko‘k choy buyrakni yuvadi, undagi yallig‘lanishni davolaydi.
9. Odatda, soat 22 dan ertalab 6 gacha uxlash kerak.
10. Yotishdan oldin yengil badantarbiya qiling.
11. Uyqudan oldin quyidagilarni iste’mol qilish mumkin: olma, bir qoshiq asal, bir stakan kefir yoki asal qo‘shilgan bir stakan iliqroq sut.
12. Uyqusi qochgan odam asal yalasin.
13. Tez-tez qatiq zardobini ichib turish qonning ifloslanishi (uremiya) kasalligidan asraydi.
14. Chumchuq va bedana sho‘rva odamni har taraflama baquvvat qiladi.
15. Inson jigari to‘rt narsani: xom karam, tvorog, qattiq non, asalni yaxshi ko‘radi.
16. Yozda tez-tez sovuq suvda yuvinib tursangiz, yuragingiz, jigaringiz ish faoliyati yaxshilanadi.
17. Shirguruch inson umrini uzaytiradi, erkaklik urug‘ini ko‘paytiradi.
18. Hammomdan keyin tishni yuvsangiz, tez oqaradi.
19. Namatakni qaynatib choy o‘rnida ichish nihoyatda foydali.
20. Muntazam o‘tirib ishlaydigan odam har soatda o‘rnidan turib yursin.
21. Olma inson organizmiga barcha zarur narsalarni yetkazib beradi. Har kuni ikki dona olma yeyish kifoya qiladi.
22. Oshqozon og‘riganda nahorda hamda yotish oldidan bir qoshiq dog‘langan zaytun moyi ichish tavsiya etiladi.
23. Kezi kelganda me’yorida yig‘lab turish sog‘liqqa foydali.
24. Kimda-kim har 10-15 kunda bir marta shomda 1 litr qatiq zardobini ichib, ichini yuvsa, qon bosimi, qand, bavosir, oshqozon og‘rig‘i kabi xastaliklardan xalos bo‘ladi.
25. Sabzavot, ko‘katlardan unumli foydalanish umrni uzaytiradi.
26. Doim ko‘k choy ichib, sariq sabzi yeb yurgan odam o‘sma (rak) kasaliga chalinmaydi.
27. Sport turlari ichida eng foydalisi yugurishdir.
O‘qib bo‘lgan bo‘lsangiz, albatta do‘stlaringizga ham ulashing!
#iqtibos
Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi - uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
©
Viktor Gyugo
#iqtibos
Kitob kesuvchidir, u qullik zanjirlarini kesadi.
©
Hamid Sodiq
Ertaga bugungidan yaxshiroq bo‘lishning 16 ta qoidasi.
- Televizor ko‘rmang, kitob o‘qing.
- Hech nimaga qaramay oldinga intiling, fikrdamas amalda ham!
- Yaxshi g‘oya hayolga kelsa, darhol yozib qo‘ying.
- Kechikyapsizmi, bu haqda ogohlantirib qo‘yish yo‘lini toping.
- Birovlarning orzularini ustidan kulmang.
- Sizga pand bergan insonlardan ogoh bo‘ling, ular o‘zgarishi qiyin.
- Ota-onangiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing, kun kelib ular mavjud bo‘lmasligi, siz esa hech nimaga ulgurmaslingiz mumkin.
- Xush muomila zabt etish xususiyatiga ega. Xushmuomala bo‘lishni o‘rganing.
- Xatolaringizni tan olishni o‘rganing, aks holda o‘ziga bino qo‘ygan haykalga aylanib qolasiz.
- Hayotdan nolishdan to‘xtang! Stop, sizning nolishlaringiz hammasini faqat chigallashtiradi.
- Gʻiybat qilmang.
- Juda tushunarsiz va yoqimsiz vaziyatlarda uxlang, yodda tuting, hammasi o‘tkinchi.
- Juda jiddiy vaziyatlarda ham insonlarning shaxsiyatiga tegmang, vaziyat unutiladi, so‘z esa esda qoladi.
- Rost gapiring, shunda hech narsani eslab qolishga to‘g‘ri kelmaydi.
- Kun boshida siz uchun eng yoqimli ishlarni bajaring, kun ohirida charchoq ham sizni sevgan ishlardan chalg‘ita olmaydi.
- Hech kim hech qachon hech kimning oldida qarzdor emas.
Ilm olishga imkoniyatingiz bólmasa...
#BintuSodiq
#iqtibos
«Taraqqiyotning umumiy ko‘lamida har bir xalqning o‘rni o‘sha xalq o‘qiyotgan kitoblarning soni bilan belgilanadi».
©
Eduar Labule
Bu post mavzusi - “siz”
Ajoyib XXI asrda yashayapmiz.
Telefonlar simsiz
Avtomobillar kalitsiz
Pullar qog’ozsiz
Ovqatlar yog’siz
Kiyimlar yengsiz
Yoshlar maqsadsiz
Erkaklar ishsiz
Ayollar hayosiz
Xotinlar itoatsiz
Farzandlar odobsiz
Otalar mas’uliyatsiz
Onalar e’tiborsiz
Chaqaloqlar otasiz
Do’stlar oqibatsiz
Ustozlar ilmsiz
Shogirdlar quloqsiz
Aloqalar ma’nosiz
Tuyg’urlar yuraksiz
Munosbatlar mehrsiz
Va’dalar vafosiz
Gaplar amalsiz
Tillar suyaksiz
Filmlar uyatsiz
Odamzot vijdonsiz
Bir xalq esa suvsiz, elektrsiz, ovqatsiz, yordamsiz…
Ammo orzularimiz esa haligacha cheksiz…
Siz bizga keraksiz.
Biz sizga keraksiz.
Yoki bu ishlar islohi sizsiz,
yoki bu ishlar sababi sizsiz
yoki davom etamiz sizsiz