
ZAMON.UZ | LIVE
🌐
ZAMON.UZ
DAYJESTI:
27- OKTYABR
TAFSILOTLARI
🔺
OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun yangi imtiyoz
belgilanmoqda
.
🔺
Tibbiyotda yangi bosqich: O‘zbekistonda 58 mingta shifo o‘rni
yaratildi
.
🔺
Xorijda tajriba orttirgan shifokorlarga 50 mln so‘mgacha ustama
to‘lanadi
.
🔺
O‘zbekiston va Ozarbayjon olimlari uchun yangi imkoniyat: Bokuda ilmiy memorandum
imzolandi
.
🔺
Universitetga o‘qishga kiritish va’dasi: 18 mln so‘m olayotgan shaxs
qo‘lga tushdi
.
🔺
Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar
tugatiladi
.
🔺
12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon
yaqinlashmoqda
.
🔺
Dunyo va O‘zbekistonda sodir bo‘layotgan boshqa yangiliklarni
Zamon.uz
’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida birinchilardan bo‘lib kuzatib boring!
Telegram
|
Live
|
YouTube
|
Instagram
O‘zbekiston demografiyasi raqamlarda: aholi soni, nikohlar va migratsiya ko‘rsatkichlari
2026-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi 39 million 535,2 ming kishini tashkil etdi. Shundan 20 million 14 ming nafari erkaklar, 19 million 521,2 ming nafari ayollardir.
Aholining 21,5 million nafardan ortig‘i shaharlarda, 18 million nafari esa qishloqlarda yashaydi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga
ko‘ra
, 2026-yilning yanvar–sentyabr oylarida mamlakatda 172 mingta nikoh qayd etilgan, 36,8 mingta nikohdan ajralish holati ro‘yxatga olingan.
Tashqi migratsiya bo‘yicha esa to‘qqiz oyda 2 114 kishi xorijdan O‘zbekistonga ko‘chib kelgan, 6 398 kishi esa mamlakatdan chet elga ko‘chib ketgan.
Ma’lumotlar 2026-yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijalari asosida hisoblangan.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Toshkentda havo sifati yomonlashishi mumkin: kechasi noqulay daraja kutilmoqda
27-oktyabrdan 28-oktyabrga o‘tar kechasi poytaxtda havo sifati yomonlashishi kutilmoqda.
Prognozlarga ko‘ra, kechki va tungi soatlarda havo sifati xalqaro AQI indeksi bo‘yicha “noqulay”, milliy havo sifati indeksi bo‘yicha esa asosan “sariq” darajada bo‘lishi
mumkin
.
Atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilib borilmoqda.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
OTMga imtihonsiz qabul: Prezident Olimpiadasi g'oliblari uchun yangi imtiyoz belgilanmoqda
Kelasi yildan Prezident Olimpiadasi sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Shuningdek, musobaqa dasturi kengaytirilib, g‘oliblar uchun stipendiya va xorijdagi mashg‘ulot yig‘inlarida qatnashish imkoniyati yaratiladi.
Olimpiadada g'olib boʻlib, O'zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo'nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi
🇺🇸
dollar 11 918,98 so‘m (+57,02)
🇪🇺
yevro 13 283,70 so‘m (+5,42)
🇷🇺
rubl 148,04 so‘m (+0,91)
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Yuk mashinasidagi yashirin yuk: O‘zbekistonga 20 kg dan ortiq olib kirilgan opiy fosh etildi
Ma’lum qilinishicha, Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan birining 1971-yilda tug‘ilgan fuqarosi shaxsi hozirda aniqlashtirilayotgan qo‘shni davlat fuqarosi bilan til biriktirib, o‘zi boshqaruvidagi “Renault” rusumli yuk avtomashinasida giyohvandlik vositasini xorijdan O‘zbekistonga olib kirgan.
Samarqand viloyat bojxona va ichki ishlar boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida xorijlik fuqaro vaqtincha yashab turgan Ishtixon tumanidagi uy ko‘zdan kechirilgan. Natijada sof og‘irligi 20 kg 239 gramm bo‘lgan ekstraksiyalangan opiy aniqlanib, protsessual tartibda
olib qo‘yilgan
.
Qayd etilishicha, narkotik modda yuk avtomashinasining maxfiy joyiga hamda ikkita akkumulyator ichiga yashirilgan holda olib kelingan.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi
Qirg‘izistonda ma’muriy-hududiy islohotlarning ikkinchi bosqichi doirasida mavjud viloyat va tumanlarni tugatib, ular o‘rniga 20 dan ortiq yirik ma’muriy hudud tashkil etish
rejalashtirilmoqda
.
Yangi tizimda tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kichikroq hududlar — okruglar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Natijada hozirgi 40 dan ortiq tuman o‘rniga 20 dan ortiq okrug faoliyat yuritishi mumkin.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Rashk ortidagi fojia: ona va besh yoshli qiz hayotdan ko‘z yumdi
Rashk va oilaviy kelishmovchiliklar mudhish fojiaga sabab bo‘ldi. 29 yoshli ayol sharʼiy nikohdagi turmush o‘rtog‘ining qonuniy rafiqasi va uning ikki nafar voyaga yetmagan qiziga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda ona va uning besh yoshli qizi vafot etdi. Uch yoshli qizaloq esa og‘ir jarohat oldi.
Jinoyat ishi sudda ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qildi. Ammo bu fojia ortida bir oilaning singan taqdiri va farzandlar kelajagiga tushgan og‘ir soya qoldi.
👉
BATAFSIL VIDEODA KO‘RISH
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari tufayli Apple Pay va Google Pay tizimlari O‘zbekiston to‘lov tizimlariga integratsiya qilindi
Mazkur xizmatlarning joriy etilishi fuqarolar va xorijiy mehmonlarga smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu kundalik hisob-kitoblarni soddalashtirish, naqd pulga ehtiyojni kamaytirish va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratishga
xizmat qiladi
.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram
Tibbiyot xodimlariga uy-joy va qo‘shimcha ustamalar bo‘yicha imtiyozlar beriladi
Shavkat Mirziyoyev shifokor mehnatining qadri haqida so‘z yuritib, Abdurauf Fitratning “Insonga xizmat qilgan har bir soha muqaddas, ammo inson sog‘lig‘iga xizmat qilgan soha – ulug‘roqdir” degan so‘zlarini esladi.
Tizimda kamida 15 yil ishlagan xodimlarning ipoteka kreditining bir qismini qoplash uchun 50 milliard so‘m ajratildi. Kelasi yili ushbu imkoniyat orqali 1 ming nafar tibbiyot xodimi yangi uyga ko‘chib o‘tadi. Shuningdek, har yili 500 nafar yosh tibbiyot xodimining ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi yildan olis hududlarda ishlaydigan shifokorlarning oylik ustamasi 2 million so‘mdan 4,5 million so‘mga oshiriladi. Bunday hududlarga ishga kirgan shifokorlarga 50 million so‘m bir martalik rag‘bat puli ham beriladi.
Telegram
|
Live
|
Youtube
|
Instagram