
ZOMIN BOLALAR OROMGOHI 🏔
🏆
Zomin bolalar oromgohida Sport kuni!
⚽️
Jizzax shahrida joylashgan
Bestschool xususiy maktabi
o‘quvchilari uchun Zomin bolalar oromgohida unutilmas Sport kunini tashkil etish rejalashtirilmoqda!
🎉
💪
Qiziqarli sport musobaqalari, jamoaviy bellashuvlar va ko‘tarinki kayfiyatga boy ushbu kun o‘quvchilarga sog‘lom raqobat, do‘stlik va yorqin taassurotlar ulashadi.
🌿
Zomin bolalar oromgohi — faol dam olish, yangi imkoniyatlar va unutilmas xotiralar maskani!
https://youtube.com/watch?v=VUaVRL-Fjqo&feature=shared
https://youtube.com/watch?v=VUaVRL-Fjqo&feature=shared
Aziz ustozlar va murabbiylar!
Sizlarni
Ustoz va murabbiylar kuni
bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Bolalar qalbiga mehr, bilim va ezgulik urug‘larini ekib, ularning kelajagiga yo‘l ko‘rsatayotganingiz uchun sizlarga chuqur minnatdorlik bildiramiz.
Ayniqsa,
Zomin bolalar oromgohi
jamoasining har bir a’zosi — tarbiyachi, yetakchi, to‘garak rahbari va barcha xodimlarimizning bolalar bilan ishlashdagi fidoyiligi, sabri va mehrini yuksak qadrlaymiz.
Sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy xotirjamlik, kasbiy muvaffaqiyat va shogirdlaringiz yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish baxtini tilaymiz!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustoz va murabbiylar!
Hurmat bilan,
“Zomin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi jamoasi
📺
"Diyor yangiliklari"
🎞
“Zomin bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi” ko‘rik-tanlovi
✅
LAVHA (29.09.2026)
✅
Obuna bo'ling!
😎
Telegram
😎
Instagram
😎
Youtube
😎
Facebook
Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tomonidan
“Eng yaxshi oromgoh”, “Eng yaxshi bosh tarbiyachi”, “Eng yaxshi tarbiyachi”, “Eng yaxshi yetakchi” hamda “Eng yaxshi to‘garak rahbari”
nominatsiyalari bo‘yicha ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichi Sirdaryo viloyatidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.
Ko‘rik-tanlov davomida oromgoh xodimlari o‘zlarining
nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari, kasbiy mahorati va ijodiy yondashuvlarini
namoyish etdilar.
Tajribali mutaxassislardan tashkil topgan hay’at a’zolari ishtirokchilarning faoliyatini belgilangan mezonlar asosida baholab, mavsum davomida o‘z mehnati va fidoyiligi bilan ajralib turgan eng munosib ishtirokchilarni aniqladilar. G‘olib va faol ishtirokchilarga
qimmatbaho esdalik sovg‘alari
topshirildi.
Navbatdagi “Bo‘sh kelma” dasturida — chaqqon va quvnoq qizlar bellashuv maydonida!
Ular yugurish, uzunlikka sakrash, to‘p tepish kabi sport sinovlarida o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ammo… bellashuv qizigani sari kutilmagan voqealar ham yuz berdi!
Buni qarang-ki, Zulayho Odinadan xafa bo‘lib qoldi. Bunga nima sabab bo‘ldi? Qizlar o‘rtasidagi bellashuv qanday yakunlandi?
Barchasini 10-sentyabr, soat 15:30 da “Bolajon” telekanalida birgalikda aniqlaymiz!
Channel name was changed to «
ZOMIN BOLALAR OROMGOHI
🏔
»