
Abituriyent | Axborot portali
"Nolish" so'zini lug'atdan o'chiring!
🎭
Odamlar sizni
kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs
deb bilishsin.
❗️
Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar o'zidan boshqalarni nari ketishiga sabab bo'ladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar.
Ruhan kuchli bo'lsangiz, yo'lingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling va buni ro'yobga oshishiga qattiq ishoning va u albatta amalga oshadi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Saqlab qoʻying kerak boʻladi – Yil nomlari!
Majburiy blok savollarida tushadi
⚡️
Yil nomlari 1991-yildan 2026-yilgacha!
1991-yil
— Alisher Navoiy yili.
1992-yil
— Hamshiralar yili.
1993-yil
— Ahmad Yassaviy yili.
1994-yil
— Mirzo Ulug‘bek yili.
1995-yil
— Abu Ali ibn Sino yili.
1996-yil
— Amir Temur yili.
1997-yil
— Inson manfaatlari yili.
1998-yil
— Oila yili.
1999-yil
— Ayollar yili.
2000-yil
— Sog‘lom avlod yili
2001-yil
— Ona va bola yili.
2002-yil
— Qariyalarni qadrlash yili.
2003-yil
— Obod mahalla yili.
2004-yil
— Mehr-muruvvat yili.
2005-yil
— Sihat-salomatlik yili.
2006-yil
—Homiylar va shifokorlar yili.
2007-yil
—Ijtimoiy himoya yili.
2008-yil
— Yoshlar yili.
2009-yil
— Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili.
2010-yil
— Barkamol avlod yili.
2011-yil
— Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili.
2012-yil
— Mustahkam oila yili.
2013-yil
— Obod turmush yili.
2014-yil
— Sog‘lom bola yili.
2015-yil
— Keksalarni eʼzozlash yili.
2016-yil
— Sog‘lom ona va bola yili.
2017-yil
— Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili.
2018-yil
— Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili.
2019-yil
— Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili.
2020-yil
— Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili.
2021-yil
—
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash
va aholi salomatligini mustahkamlash yili.
2022-yil
— Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili.
2023-yil
— Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili.
2024-yil
— Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili
2025-yil
— Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot yili
2026-yil – Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili
.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡
Esse yozish formulasi: struktura + tayyor iboralar
🌌
KIRISH QISMI:
• Bugungi kunda … masalasi jamiyatimizda dolzarb hisoblanadi.
• Hech kimga sir emaski, … muammosi barcha insonlarga ta’sir qiladi.
• Mazkur mavzu bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud.
• Avvalo, … masalasiga e’tibor qaratish lozim.
🌌
Birinchi fikrni bayon qilish:
• Ayrimlar fikricha, …
• Bir guruh mutaxassislarning ta’kidlashicha, …
• Ba’zi odamlar bu borada shunday o‘ylashadi: …
🌌
Qarama-qarshi fikrlar:
• Boshqa bir qarashga ko‘ra, …
• Shu bilan birga, qarama-qarshi fikrlar ham mavjud.
• Aksincha, ayrimlar … deya ta’kidlaydilar.
🌌
Shaxsiy fikrni ifodalash:
• Shaxsan men ushbu masalaga quyidagicha yondashaman: …
• Mening nazarimda, …
• Barchasini inobatga olgan holda, men … deb hisoblayman.
🌌
Dalil va misollar:
• Masalan, …
• Statistik ma’lumotlarga qaraganda, …
• Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, …
• Hayotiy tajribadan ham ko‘rinadiki, …
🌌
XULOSA QISMI:
• Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, …
• Umuman olganda, …
• Xulosa qilib aytganda, …
• … kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi.
💡
Muhim eslatma:
Iboralar essega tartib va ravonlik beradi, lekin ularni haddan tashqari ko‘p ishlatish matnni sun’iy qilib qo‘yadi. Eng to‘g‘ri yondashuv — iboralarni me’yorida qo‘llab, fikrni aniq va ta’sirchan ifodalash.
❗️
♻️
Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2026
#Abituriyent2026
#abituriyent
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
❗️
2026/2027-o‘quv yilida kirish test sinovlari uchun
javoblar varaqasi namunasi
tasdiqlandi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️
OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.
1️⃣
-bosqich:
O'tgan yili
5-iyundan 25-iyunga qadar
(shu kuni ham)
amalga
oshirilgan
. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.
Avval hamma OTMga kirish uchun
imtihon topshiradigan fanlarini
tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.
2️⃣
-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng
15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar
.
🖥
Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar
kollej va (yoki) texnikum
ni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng
10 kun muddatda tanlaydi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
#Abituriyent2026
#BaholashMezoni
☄️
2026/2027-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga
mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari
tasdiqlandi
(mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi)
.
💬
Unga ko‘ra:
◀️
Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:
🔸
Ona tili
(o‘zbek, rus, qoraqalpoq)
x 10 ta;
🔹
Matematika x 10 ta;
♦️
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
✔️
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.
◀️
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
➡️
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➡️
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✔️
60 ta savoldan jami 156,0 ball.
🟩
2026/2027-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga
umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test
topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan
maksimal ball –
189 ballni
tashkil etadi.
‼️
Eslatma o‘rnida
👉
Fanlar majmuasi
bu yerda
👉
Javoblar varaqasi
bu yerda
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
Chet tili sertifikati boʻlmasa 29 ta yoʻnalishga hatto hujjat topshirib bo'lmaydi
❌
Mana shu yilgi qabuldan boshlab, 1-fani chet tili bo'lgan yo'nalishlarga hujjat topshirish uchun
xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat
bo'lishi kerak. Busiz hatto hujjat topshirib
bo'lmaydi
.
Bu qanday aniqlanadi?
Bu talab amal qilishi uchun abituriyent tanlagan yo'nalishda 1-fan chet tili bo'lishi kerak.
1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan
ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili”
ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan
xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini
taqdim etish talab etiladi.
♻️
Barcha abituriyentlarga tarqating!
#Qabul2026
#Abituriyent2026
#abituriyent
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
👩🎓
Xotin-qizlar ta’limi uchun yangi imtiyozlar:
➖
Yangi o‘quv yilidan boshlab ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun
davlat granti
kvotasi
2 karra
oshirilib,
4 mingga
yetkaziladi;
➖
Top 300 talikdagi
oliygohlar
bilan qo‘shma ta’lim asosida
magistratura
bosqichida ta’lim olayotgan talaba-qizlarning kontrakt pullari ham
davlat tomonidan
to‘lab beriladi;
➖
Endilikda har yili xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun kamida
10 ta yo‘nalish
bo‘yicha
startap tanlovlari
o‘tkaziladi. Bunda har bir yo‘nalish g‘olibiga Innovatsiya jamg‘armasidan
500 million so‘mgacha grant
beriladi;
➖
Maktabning 11-sinfini bitirib,
davlat texnikumlariga
kirgan qizlarni kasbga o‘qitish
to‘liq davlat granti
asosida bo‘ladi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️
Abituriyentlarga maksimal ball
beruvchi chet tili sertifikatlari ro‘yxati
— Abituriyentlar uchun bakalavriat bosqichiga kirishda tan olinadigan
xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati
bilan tanishing.
✅
Ushbu qarorga muvofiq, abituriyentning
B2 darajadagi chet tili sertifikati bo‘lsa, unda u chet tili fanidan maksimal ball oladi
va shu fandan imtihon topshirib o‘tirmaydi.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
⚡️
Apellatsiya berish uchun yana 3 kun vaqt qoldi
✅
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish
test sinovlari
natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya arizalarini
my.uzbmb.uz
saytida
(shaxsiy kabineti orqali)
onlayn tarzda
15-avgustdan
24-avgust
ga qadar
(10 kun davomida)
berishlari mumkin.
📌
Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun
test sinovida ishtirok etgan
va test sinovidan
chetlatilmagan
bo‘lishi lozim.
🔖
Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish
sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma
beriladi.
🏢
Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
va
xabarnoma
bilan Bilimni baholash agentligiga (yoki xabarnomada belgilangan joyga) kelishi kerak.
Safimizga qoʻshiling
👇
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy