
AFG'ONISTON | ERON | TAHLILI
🇮🇷
ERONNING UCHINCHI OLIY RAHBARI — OYATULLOH SEYYID MUJTABO XOMANAIY HAQIDA QISQACHA...
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🇮🇷
Oyatulloh Sayyid Mujtabo Xomanaiy
Eronning marhum
sobiq Oliy rahbari Oyatulloh Seyyid Ali Xomanaiyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, 1969-yil 8-sentyabrda
Mashhadda tug‘ilgan.
🇮🇷
🚀
🇮🇶
O'rta maktabni tugatgandan so'ng, u
1986-1987-yilda
Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusiga
qo'shiladi.
1986-yili 17 yoshida Eron-Iroq urushida
ko‘ngilli sifatida
"Habib" batalyonida
frontning oldingi saflarida
xizmat qiladi.
Shundan so'ng
Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusi bilan
yaqin aloqalar o'rnatishni boshlagan
.
Eron-Iroq urushida (1980-1988 yy)
bir nechta yirik harbiy amaliyotlarda ishtirok etgan, jumladan:
➡️
“Bayt ul-Muqaddas (2,3,4)”
➡️
“Val-fajr (10)”
➡️
“Mirsod”
(1988-yildagi urushning so‘nggi yirik jangi).
🔸
Eron-Iroq urushi tugaganidan so‘ng,
ilohiyot ilmini
davom ettirish uchun
Qum shahrida
yashashni boshlagan. U yerda ilohiyotning oliy darajalarini Qumning eng oliy ustozlaridan o‘rgangan.
Fiqh
va
usul fanlarini
esa marhum
otasi Ali Xomanaiydan
saboq olgan.
17 yildan ortiq vaqt
mobaynida turli oliy ilohiyot kurslarida faol qatnashib kelgan.
💬
Izoh: Suratlarda Eron-Iroq urushi davridagi Mojtabo Xomanaiy
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
📣
🎉
📹
Oyatulloh
Seyyid
Mojtabo XOMANAIY
ni Eron Islom Respublikasining
OLIY RAHBARI
lavozimiga saylanganligini
rasmiy e'lon qilish jarayoni
va bunga eronliklarning reaksiyasi...
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🇮🇷
🎉
Qumdagi
Eron Ekspertlar Kengashi
marhum sobiq
Oliy rahbar Ali Xomanaiyning o‘g‘li
Oyatulloh
Seyyid
Mojtabo XOMANAIY
ni Eron Islom Respublikasining navbatdagi
(uchinchi)
OLIY RAHBARI
etib sayladi.
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🚨
🇺🇸
🇮🇱
➡️
🇮🇷
AQSH-ISROIL–ERON "URUSHI"NING UCHINCHI KUN YAKUNLARI BO'YICHA XULOSALAR
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🔥
Mojaroning uchinchi kunida
Eron tomonidan
harbiy-siyosiy eskalatsiya davom etmoqda.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yana
yetti nafar yuqori martabali harbiy amaldorning halok bo‘lgani tasdiqlangan
. Eron vaziyatni keskinlashtirmoqda,
AQSh armiyasining talafotlari ortib boryapti
.
⚡️
Kurdiston
viloyatida xavfsizlik, harbiy va razvedka infratuzilmasiga keng ko‘lamli hujumlar amalga oshirilmoqda. Mazkur zarbalar mintaqadagi boshqaruv va aloqa tizimlarini izdan chiqarishga qaratilgani kuzatiladi.
Ayrim tahlillarga ko‘ra,
bu harakatlar hududda
Vashington va Tel-Aviv tomonidan ichki beqarorlikni kuchaytirish strategiyasi
bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
🔄
Internet
to‘liq o‘chirilganiga qaramay, joylardan hamon juda yuqori sifatli tasvirlar kelib tushmoqda. Ko‘rinib turibdiki,
Starlink tizimi bu vazifani a’lo darajada uddalayapti.
➡️
🔄
⬅️
Eron zarbalar geografiyasini kengaytirib, mintaqaviy va transmilliy obyektlarga hujum qilmoqda. Jumladan,
Buyuk Britaniyaning Kiprdagi harbiy bazasiga
zarba berildi – bu Yevropa Ittifoqi hududiga qilingan ilk hujumdir. Shuningdek,
Saudiya Arabistonidagi neftni qayta ishlash zavodlari
va
Fors ko‘rfazidagi
tankerlar ham hujumga uchramoqda.
Bu holat mojaroni kengroq geosiyosiy maydonga olib chiqmoqda va qaror qabul qilish jarayonida keskin pozitsiya ustun kelayotganini ko‘rsatadi.
🔥
Eronning bosim o‘tkazish omili sifatida
Fors ko‘rfazi mamlakatlariga zarba berish strategiyasi
o‘zini qisman oqlamoqda
.
Bloomberg nashrining yozishicha,
Qatar va BAA Eronga qarshi urushni tezroq to‘xtatishni talab qilmoqda, chunki ularning
raketaga qarshi mudofaa tizimlari
zaxiralari qisqarib bormoqda.
🇺🇸
🔫
🎖
Ayni paytda
AQShning talafotlari ham ortib bormoqda.
Eronga qarshi urush kampaniyasi boshlanganidan beri
olti nafar amerikalik harbiy halok bo‘ldi
, yana
18 nafari og‘ir yaralangan
. AQSh uchta
F-15 samolyotini yo‘qotdi
(o‘zaro o‘t ochish oqibatida). Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, talafotlar AQSh ichki siyosiy muhitida norozilik omiliga aylanishi mumkin.
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🇮🇷
🇮🇷
🚀
Islom inqilobi muhofizlari korpusi Eronning so‘nggi raketa hujumi Isroil Bosh vaziri Netanyahuning ofisiga va Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonining qarorgohiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu zarbadan keyin Netanyahuning…
🇮🇷
🇮🇷
🚀
Islom inqilobi muhofizlari korpusi
Eronning so‘nggi raketa hujumi
Isroil Bosh vaziri Netanyahuning
ofisiga va
Isroil Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonining
qarorgohiga yo‘naltirilganini ma’lum qildi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, ushbu
zarbadan keyin Netanyahuning taqdiri “noma’lum”ligicha
qolmoqda.
Agar rostan ham bu tasdiqlansa urushdagi "hisob" tenglashadi: "1:1".
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🇺🇸
🇮🇱
🔥
🇮🇷
AQSH-ISROIL–ERON "URUSHI"NING IKKINCHI KUN YAKUNLARI BO'YICHA AYRIM XULOSALAR
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🤍
🇮🇷
Xabaringiz bor, hozirda
Eron bo'yicha tadqiqotchiman
, mana shu nuqtayi nazaridan ushbu
qarama-qarshilikning 2-kun yakunlari
yuzasidan
identiklik(o'zlik)
yondashuvidan kelib chiqib
bir necha xulosalarni sanab o'tmoqchiman:
1️⃣
REJIM HALI HAM ISHLAMOQDA
:
🎉
Eron Islom Respublikasi modeli
“shia identikligiga”
asosida shakllangan
"demokratik-teokratiya"
hisoblanib, bu siyosiy tizimni faqat boshqaruv mexanizmi sifatida emas, balki
normativ-ideologik loyiha sifatida legitimlashtiradi
.
Davlatni boshqarish yuzasidan vaqtinchalik yangi tayinlovlar
va mitinglarga olib chiqilayotgan sodiq tarafdorlar olomoni rejimning
IDENTIFIKATSION YADROSI
(mas.: Basij, diniy elita, IIQK)
hali parchalanmaganidan dalolat beradi.
Ya’ni, hozircha biror o‘zgarish kuzatilmayapti:
ayrim elita boshqalarining o‘rnini egallab
, hammasini
“yo‘riqnoma bo‘yicha”
bajaryapti. Islom Respublikasi, albatta, ancha zaiflashgan. Biroq rejimning
ramziy-siyosiy identikligi
qayta shakllantirilmoqda
, albatta
rejimning qulashi ham hozircha ko‘zga tashlanmayapti
(yana vaqt ko'rsatadi)
.
2️⃣
ERON ZARAR YETKAZA OLADI (GARCHI CHEKLANGAN BO‘LSA-DA, QARSHILIK IDENTIKLIGI MAVJUD)
🇮🇷
Kutilganidek,
Tehronning siyosiy identikligi ancha zaiflashgan
. Ammo ayni paytda u baribir
o‘z dushmanlariga ma’lum darajada zarar yetkazishga qodir
.
Isroilda
8 kishi halok bo‘ldi. 3 nafar amerikalik harbiy xizmatchi vafot etdi, yana 5 nafari yaralandi. Himoyasi ancha kuchsiz bo‘lgan arab mamlakatlaridagi qurbonlar va talafotlar haqida esa gapirmasa ham bo‘ladi. Bu esa kutilmagan “
muvaffaqiyatli
” zarbalar ham bo‘lishi mumkinligini anglatadi va
Eron buni ramziy g‘alaba sifatida taqdim etishi ehtimoli bor.
3️⃣
KUTILMAGAN HUDUDLARDAGI KURASH (TRANSMILLIY IDENTIKLIK)
🇮🇷
🇵🇰
Kutilmaganda "urush"ning ikkinchi kunida
Pokiston aholisi Eronning asosiy ittifoqdoshi bo‘lib chiqdi.
Ular
AQShning Karachidagi konsulligiga hujum qilishdi.
Bu esa
identiklikning transmilliy xarakterini
yaqqol ko'rsatdi.
(
Tushuntirish beraman:
siyosiy identiklik faqat milliy chegaralar bilan cheklanmaydi, "imperializmga qarshi kurash" narrativi musulmon jamiyatlarida umumiy emotsional rezonansni yuzaga chiqaradi va odatda urushlar "
jamoaviy (kollektiv) identiklik
"ni safarbar qiluvchi katalizator vazifasini bajaradi)
Pokistonda
Amerikaliklarga qarshi noroziliklar
to'lqini ko'proq,
teologik (diniy) identiklik
mahsuli sifatida namoyon bo'ldi.
4️⃣
BU SAFAR HAM ICHKI NOROZILIK NAMOYISHLARI BOSHLANDI
(ICHKI IDENTIKLIK INQIROZI)
⭕️
"Urush" fonida, kecha
Eron aholisining hukumatga qarshi norozilik chiqishlari
qayd etildi va mamlakat miqyosida bu namoyishlarni kichik ham deb bo'lmaydi.
Namoyishlar geografiyasi ham salmoqli:
Karaj, Sheroz shahri bilan Fors viloyati, Qazvin, Isfahon,Tehron, Rasht
, va boshqalar.
O'z navbatida bu namoyishlar davlat
siyosiy identikligining zaiflashganini ko'rsatadi
. Agar davlat tomonidan taklif qilinayotgan
"siyosiy-diniy identiklikka"
asoslangan
diniy demokratiya
jamiyatning ma'lum qatlamlari tomonidan
rad etila boshla
sa,
identiklik inqirozi
yuzaga chiqayotganini bildiradi.
(Eron ham bundan mustasno emas ham bundan mustasno emas)
5️⃣
KESKINLIK PASAYISHI MUMKIN
(ELITA IDENTIKLIGINING TRANSFORMATSIYASI)
(lekin bu aniq emas...)
🇺🇸
Trampning bayonotiga ko'ra,
Eron rahbariyati muzokaralar o‘tkazishni so‘ragan
. Bundan avvalroq esa Eron hukumati
Hormuz bo‘g‘ozi bo'yicha pozitsiyani yumshatishini
e’lon qilgan. Bundan kelib chiqadiki, bu
elita identikligidagi ehtimoliy pragmatik siljishni
anglatishi mumkin.
Xomanaiy, Shamxoniy va yana bir qancha “elita” vakillari halok bo‘lgach, boshqaruvdagi odamlar inqilob g‘oyalariga biroz o‘zgacha qarayotgan va oxirigacha kurashishni istamayotgan bo‘lishi mumkin.
(Ammo bu shunchaki taxmin va aytganimday hammasi butunlay boshqacha bo‘lib chiqishi ham ehtimoldan xoli emas)
Post tugadi
.
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🇮🇷
Ayni paytda Eronda hokimiyatni favqulodda boshqarish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Oliy rahbar Ali Xomanaiyning vafoti tasdiqlangach, mamlakatni vaqtincha prezident
Mas’ud Pezeshkiyon
,
sud hokimiyati rahbari G‘ulomhusayn Mohseni-Ejeiy
va
Konstitutsiya qo‘riqchilari kengashi vakili Ahmad Jannatiy
boshqarib turadi.
🔥
🔥
🔥
Shu bilan birga,
AQSH-Isroil hujumi
natijasida yuqori martabali harbiylar –
admiral Ali Shamxoniy
va
Islom inqilobi muhofizlari ko'rpusi qo‘mondoni general Muhammad Pokpurning
halok bo‘lganini
tasdiqladi.
🇮🇷
Eslatib o'taman. “Fars” nashri manbalariga ko‘ra,
zarba Ali Xomanaiyning oilasiga ham berilgan –
uning qizi, kuyovi va nabirasi
halok bo'lgan.
🇮🇷
📡
Ayni soatlarda Eron keng ko‘lamli urushga tayyorlanmoqda:
IIKQ oyatulloh Xomanaiyning o‘limiga javoban
“o‘z tarixidagi eng qudratli hujum”
ga tayyorgarlik ko‘rayotganini e’lon qildi.
Vashington va Tel-Avivga ultimatum 1-mart kuni ertalab davlat ommaviy axborot vositalari efirida e’lon qilindi.
Ayni paytda qo'shni davlatlar shia guruhlari hamda Eron proksilari
AQSH-ISROIL ikkiligiga qarshi namoyishlar o'tkazishmoqda...
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🇮🇷
ISLOM INQILOBI POSBONLARI KORPUSI:
🇮🇷
📡
Yaqin daqiqalarda Eron Islom Respublikasi qurolli kuchlari tarixidagi eng shiddatli hujum amaliyotini boshlaydi va bosib olingan hududlar hamda amerikalik terrorchilarning bazalariga qarshi eng jangovar hujumlar boshlanadi.
..
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis
🚨
RASMAN TASDIQLANDI
❌
🇮🇷
Eron Islom Respublikasi Oliy diniy rahbari Oyatulloh Sayyid Ali Xomanaiy
AQSH-ISROIL hujumlari natijasida O'LDIRILGAN.
🗣
Ayni paytda Eronda 40 kunlik motam e'lon qilindi.
🇮🇷
Kanalga obuna bo'ling:
➡️
@Afghanistan_analysis