Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Аndijon viloyat АKM | Rasmiy kanal

AndijonAKM
Z.M.Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markazining telegram kanali Bizni ijtimoiy tarmoqdagi boshqa sahifalarimizni ham kuzatib boring 👇 https://andijon.taplink.ws Maxsus bot: @andakmbot Manzil bot: @andtakmbot
Подписчики
1 680
24 часа
30
30 дней
-280
Просмотры
126
ER
6,49%
Посты (30д)
155
Символов в посте
587
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Книги
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 24, 03:24

#Kun_tarixi
📅
Bugun: 24.04.2026. Haftaning Juma kuni.
🌎
Oziq-ovqat chiqindilarini to'xtatish kuni.
🌎
Butunjahon laboratoriya hayvonlari kuni.
🇺🇳
Xalqaro ko'p tomonlama va tinchlik uchun diplomatiya kuni.

Tarixiy voqealar
:
🙋‍♂️
2001-yi
l O'zbekistonda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tashkil topdi.
🖌
1926-yil
SSSR va Germaniya oʻrtasida betaraflik haqidagi kelishuv tuzildi.
📚
1800-yil
Kongress kutubxonasi ochildi.
🎊
Tavallud ayyomlar:
1954-yil
Abdugʻani Karimov
— naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi.
1926-yil
Tavakkal Qodirov
— O‘zbekiston xalq artisti.
1995-yil
Luiza Rasulova
— oʻzbekistonlik aktrisa.
https://t.me/AndijonAKM

April 23, 11:04
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

📕
Mening otim qirmizi
📕
“Mening otim qirmizi” — Nobel mukofoti sovrindori, turk yozuvchisi O‘rxon Pomuqning eng mashhur romanlaridan biri bo‘lib, unda XVI asr Usmonli imperiyasi davrida kechgan murakkab va sirli voqealar tasvirlanadi.
☑️
Asar Usmonli sultoni Murod III hukmronligi davrida saroy miniatyura ustalari hayoti, ularning san’atga, e’tiqodga va shaxsiy tanlovlariga bo‘lgan munosabatlari orqali yoritiladi.
📝
Roman o‘ziga xos badiiy uslubi bilan ajralib turadi: unda voqealar bir nechta qahramonlar tilidan hikoya qilinadi. Eng qiziq jihati shundaki, nafaqat insonlar, balki o‘liklar, ranglar va hatto jonsiz buyumlar ham “so‘zga kirib”, o‘z nuqtayi nazaridan hikoya qiladi. Bu esa asarga falsafiy chuqurlik va betakror badiiy ohang bag‘ishlaydi.
✍🏻
BATAFSIL
Facebook
|
Instagram
|
Website
|
Telegram
|
Twitter
|

April 23, 09:22
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
Yoshlar o‘rtasida ilmiy qiziqish ortmoqda
📚
Bobur nomidagi viloyat axborot-kutubxona markaziga bir guruh talabalar tashrif buyurib, o‘zbek tili va adabiyotiga oid jurnallarning avvalgi yillardagi sonlariga qiziqish bildirdilar. Ular kutubxona fondida saqlanayotgan qimmatli nashrlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan materiallar yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Talabalar tomonidan bildirilgan bunday ilmiy qiziqish va izlanishlar yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
📗
Kutubxona jamoasi barcha kitobxonlarni markazimizga tashrif buyurib, boy adabiy merosimizdan samarali foydalanishga chorlab qoladi.
Facebook
|
Instagram
|
Website
|
Telegram
|
Twitter
|

April 23, 09:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 23, 04:13

https://telegra.ph/Inson-huquqlari-04-23

April 23, 03:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Iqtibos
📝
Agar fikr yaxshi tarbiya topsa, Xanjar, olmosday bo'lur oʻtkir.
✍🏻
Abdulla Avloniy
https://t.me/AndijonAKM

April 23, 03:26

#Kun_tarixi
📅
Bugun: 23.04.2026. Haftaning Payshanba
kuni
🌎
Butunjahon grafik dizayn kuni.
🇱🇷
AQSh — Ko‘chat ekish kuni.
🇮🇷
Eron - Xavfsiz transport kuni.
🇫🇮
Finlyandiya — Faxriylar kuni.
🇲🇩
Moldova — Davlat bayrog'i kuni.

Tarixiy voqealar:
2014-yil
Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.
2009-yil
Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
1996-yil
YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning  gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy  muzey осhildi.
🎊
Tavallud sanalar:
Semyuel Morze
(1791-yil) — amerikalik rassom,  Morze alifbosi kashfiyotchisi.
Gerbert Spenser
(1820-yil) — ingliz faylasufi va sotsiologi.
Yevgeniy Morguno
v (1927-yil) — taniqli rus komik aktyori, kinorejissyor.
Sadriddin Ayniy
(1878-yil ) — tojik adibi va shoiri.
https://t.me/AndijonAKM

April 22, 10:11
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

📌
AKMda “Ma’naviyat soati” o‘tkazildi
📚
Axborot-kutubxona markazi xodimlari uchun tashkil etilgan navbatdagi “Ma’naviyat soati”da Ilmiy-metodika xizmati bosh mutaxassisi O. Burxonova tomonidan iste’dodli yozuvchi Isoqjon Nishonovning “Afg‘on shamoli” asarining 15-jildi haqida batafsil ma’lumot berildi.
📙
“Afg‘on shamoli” real voqealarga asoslangan ko‘p jildli roman bo‘lib, unda afg‘on urushida ishtirok etgan yurtdoshlarimiz taqdiri, ularning oila va vatandan ayro kechgan hayoti, shuningdek, Suriyaga olib ketilgan o‘zbek yoshlari qismati yoritilgan.
📗
Asarda terroristik guruhlar faoliyati, ularning qabih kirdikorlari, shuningdek, o‘z Vatani ravnaqi va tinchligi yo‘lida, afg‘on xalqini terror balosidan xalos etish uchun og‘ir sinovlarni yengib o‘tgan insonlarning fidoyiligi va qahramonligi ta’sirchan tarzda tasvirlangan.
📖
Mazkur asarni har bir kitobxon mutolaa qilishi tavsiya etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
Website
|
Telegram
|
Twitter
|

April 22, 09:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

“Millionlab bepul kitoblar mavjud bo‘lgan Top-3 raqamli kutubxonalar”
Onlayn kutubxonalar — klassik adabiyotlardan tortib, badiiy asarlar, darsliklar va ilmiy materiallargacha bo‘lgan kitoblarga bepul kirish imkonini beradi.

📚
Kutubxonalar ro‘yxati:

planetebook.com

oceanofpdf.com

freecomputerbooks.com

April 22, 09:26

#Bilasizmi

🔰
Mushuklar och qolganda, egasidan ovqat talab qilib, yig‘iga o‘xshash miyovlashadi.
🔰
Odamni o‘ldirish uchun uni 1 000 000 chivin chaqishi kerak.
🔰
Eriyotgan muz vishillaydi. Chunki muzdagi havo pufagi erish tufayli yoriladi.
🔰
Arslon, yo‘lbars, gepard va yaguar irillay oladi. Boshqa mushuksimonlar bunday qila olmaydi.
🔰
Shaxmatda Koinotdagi atomlardan ko‘ra ko‘proq kombinasiyalar mavjud.
🔰
Monarx kapalaklar – kanniballardir.
🔰
“Mappet-shou”da barcha qo‘g‘irchoqlar chap qo‘lga taqilgan. O‘ng qo‘lda esa personajlarning og‘zi qimirlatilgan.
🔰
Leopardsimon qurbaqalar yemakni tomog‘iga ko‘zi bilan itaradi.
🔰
“Forbs” jurnali e’lon qilishicha, dunyodagi eng boy o‘ylab topilgan personaj – bu Skruj Makdakdir. 2013 yili uning davlati 65,4 milliard dollar sifatida baholangan.
🔰
Tuyalarning eng katta populyasiyasi – Avstraliyada.
https://t.me/AndijonAKM