
ANDIJON KASBIY KOʻNIKMALAR MARKAZI
Konstitutsiya kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga
bayram tabrigi
—
Праздничное поздравление
народу Узбекистана по случаю Дня Конституции
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🔌
ELEKTROMONTYOR YO‘NALISHIDA AMALIY VA NAZARIY DARSLAR
🌟
Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazida
“Elektromontyor”
yo‘nalishida tinglovchilar uchun dars mashg‘ulotlari muntazam olib borilmoqda.
📎
Mashg‘ulotlarda tinglovchilar:
• elektr tarmoqlarini ulash va ta’mirlash,
• xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish,
• zamonaviy asbob-uskunalar bilan ishlash,
• amaliy ko‘nikmalarni egallash bo‘yicha saboq olishmoqda.
🎓
Nazariy bilim va amaliy tajriba uyg‘unligi — kelajakdagi malakali mutaxassislar tayyorlashning asosiy garovidir.
👉
Markazimizda o‘qish orqali siz ham yuqori malakali elektromontyor bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!
📌
Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
MASSAJCHI YO‘NALISHI TINGLOVCHILARIDAN SAXOVATLI TASHABBUS
🌟
Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazining
“Massajchi”
yo‘nalishi tinglovchilari navbatdagi amaliy mashg‘ulotlarini ezgu tashabbus bilan uyg‘unlashtirdi. Amaliyot yakunida ular shahrimizdagi
“Sahovat uyi”
da istiqomat qiluvchi onalar holidan xabar olib, ularga boshlang‘ich massaj muolajalarini ko‘rsatdi.
😇
Sahovat uyidagi onalar mehr, e’tibor va samimiy muolajalarni mamnuniyat bilan qabul qilib, tinglovchilarga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etdilar. Ular bunday tashriflarning yana davom etishini, farzanddek e’tibor ila qilinayotgan xizmatlarni intiqlik bilan kutayotganlarini bildirdilar.
🤝
Markaz tinglovchilarining bunday xayriya ruhidagi amaliyotlari ularning nafaqat kasbiy, balki insoniy fazilatlarini ham mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📌
Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Янги ҳафта олдидан вилоятдаги долзарб масалалар юзасидан Шуҳратбек Абдураҳмонов раислигида навбатдаги “Ҳокимлик соати” йиғилиши бўлиб ўтди.
Andijan.u
z|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X
Андижон вилоятидаги долзарб масалалар юзасидан вилоят ҳокими Шуҳратбек Абдураҳмонов раислигида навбатдаги “Ҳокимлик соати” йиғилиши ўтказилди.
Кун тартибида:
• камбағалликдан чиқариш, аҳоли бандлигини таъминлаш, даромадларини ошириш;
• соғлиқни сақлаш, аҳолининг тиббий маданиятини юксалтириш. Эндокрин касалликларга қарши курашиш самарадорлигини ошириш, соҳани рақамлаштириш;
• таълим сифатини ошириш, касбий таълимни ривожлантириш, назарияни амалиёт билан боғлаш, замонавий касблар, хорижий тилларни ўқитиш тизимини такомиллаштириш;
• шаҳар ва туманларда мевали ва манзарали дарахт, ноодатий бута кўчатларини экиш;
• куз-қиш мавсумини кўнгилдагидек ўтказиш, ижтимоий соҳа объектларини мавсумга шай ҳолатга келтириш;
• хорижий инвесторларни жалб қилиш, саноатни ривожлантириш, ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш, импорт ўрнини босувчи маҳсулотлар ишлаб чиқариш ҳажмини ошириш, экспортёр корхоналарни қўллаб қувватлаш;
• шаҳар ва туманларда замонавий инфратузилма яратиш, хусусан ички йўлларни таъмирлаш, ижтимоий оғир маҳаллалар билан ишлаш каби бир қатор долзарб масалалар кўриб чиқилди.
Шунингдек, йиғилишда вилоятда барча соҳаларда қилинган ва бажарилиши керак бўлган ишлар бирма-бир муҳокама этилиб, мутасаддиларга кўрсатма ва топшириқлар берилди.
Andijan.u
z|
Facebook|
Instagram|
Youtube|
X
📣
📣
📣
📣
📣
ANDIJON SHAHAR KASBIY KO‘NIKMALAR MARKAZI VAUCHER ASOSIDAGI O‘QUV KURSLARIGA QABUL E’LON QILADI
🌟
Andijon shahar Kasbiy ko‘nikmalar markazi aholiga qisqa muddatda talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarni o‘rganish imkoniyatini taqdim etadi. Vaucher asosidagi ushbu o‘quv kurslari orqali siz mutaxassislikni egallab, mehnat bozorida o‘zingizga mustahkam o‘rin yaratishingiz mumkin.
✅
Mavjud yo‘nalishlar:
• Zamonaviy pardalar tikish
• Elektromontyor
• Erkaklar sartaroshi
• Vizajist (Stilist-kosmetolog)
• Payvandlovchi
• Surdotarjimon
• Kran mashinisti
• Massajchi
• Kompyuter grafikasi mutaxassisi
• Buxgalter (o‘rta malakali)
• Kompyuter texnikasi montajchisi
• Ayollar sartaroshi
• Zargar (modelyer)
✍️
Kasb o‘rganish va daromadli yo‘nalishda o‘z faoliyatingizni boshlash uchun ayni qulay imkoniyat.
📌
Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram
|
Instagram
|
Youtube
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar sarhisobi va kelgusi yil uchun ustuvor vazifalar
yuzasidan videoselektor yig‘ilishi
boshlanadi.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
| X
🇺🇿
18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
🕊
Bugun — xalqimizning mustaqillik, birlik va ozodlikka bo‘lgan intilishlarini mujassam etgan muqaddas
Davlat bayrog‘imiz
qabul qilingan sana. Undagi har bir rang — buyuk tariximiz, ulug‘ maqsadlarimiz va porloq kelajakka bo‘lgan qat’iy ishonchimiz timsolidir.
🌟
Andijon shahar Kasbiy koʻnikmalar markazi ushbu qutlug‘ sana bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi. Bayrog‘imiz doimo yurtimiz osmonida yuksak hilpirab, xalqimizga faxr va g‘urur bag‘ishlab tursin!
✨
Yurtimiz ravnaqi, Vatanimiz sha’ni hamisha ulug‘ bo‘lsin!
⚡️
Электриклар учун
🇧🇬
Болгарияда иш
⚡️
💰
Ойлик:
🌌
🌌
🌌
🌌
евро
+
(бажарилган иш ҳажмига қараб)
❗️
Номзодлар учун талаблар:
👉
25-50 ёш оралиғида бўлиш;
👉
Соҳа бўйича иш тажриба;
👉
Рус тилида мулоқот қила олиш;
👉
Судланмаганлик;
👷🏻♂️
Иш ўринлари:
🌌
🌌
та
🎁
Иш берувчи томонидан:
🛫
Авиабилет
🏠
Tурар жой
✉️
Ҳозироқ жойингизни банд қилинг:
@workmall_andijon
✍️
Номзодлар биометрик ва хорижга чиқиш паспорти билан
2025 йил, 17 ноябр куни соат 9:00 дан 17:00 га қадар
қуйидаги манзилга келишлари сўралади
Workmall xусусий бандлик агентлиги Андижон филиали:
📍
Maнзил:
Aндижон ш, Бобур шоҳ кўчаси, 4-уй. 3-кичик даха. Aндижон транспорт техникуми биноси, 1-қават
(Локация)
Мурожаат учун телефон:
📞
50-008-86-17
📞
50-002-86-18
📞
50-004-86-19
👍
👍
👍
👍
👍
- БИЗ БИЛАН ҚОНУНИЙ ВА ХАВФСИЗ
🔰
✅
Telegram
🌐
Instagram
-
кузатиб боринг !
👗
TIKUVCHILIK-2 YO‘NALISHIDA YAKUNIY MALAKA IMTIHONI BO‘LIB O‘TDI!
Andijon Kasbiy Ko‘nikmalar Markazida navbatdagi
“Tikuvchilik-2” yo‘nalishi tinglovchilari
o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.
🧵
Imtihon jarayonida tinglovchilar:
• kiyim andozalarini to‘g‘ri tayyorlash va ishlov berish,
• zamonaviy tikuv mashinalaridan foydalanish,
• matolarni uyg‘unlashtirish, dizayn va modellashtirish,
• sifatli va didli mahsulot tayyorlash,
• ijodkorlik va didni namoyish etish kabi topshiriqlarni bajardilar.
👩🎓
Har bir ishtirokchi nafaqat nazariy bilimlarini, balki
amaliy tajribasini ham ko‘rsatib berdi
.
✨
Tikuvchilik – bu san’at va kasb birlashgan soha.
Ayniqsa ayollar uchun ijodkorlik, nafislik va mehnat orqali o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish yo‘lida bebaho imkoniyatdir.
Kasb o‘rganib, ijod va mehnat orqali kelajak sari qadam tashlamoqchimisiz? Unda biz bilan bo‘ling!
📌
Manzil: Andijon shahar, Boburshox ko‘chasi 4-uy
Telegram
|
Instagram
|
Youtube