
Appleinsider.uz
#Genisomai
kompaniyasi ekstremal sharoitlar uchun mo‘ljallangan o‘ta mustahkam to‘rt oyoqli "Tongchui M1" robotini rasman taqdim etdi.
U 35 kg og‘irlikdagi karkasda 35 kg (taxminan 77 funt) yuk ko‘tarish qobiliyati va og‘irligining 1:1 ulkan nisbati bilan bozorga chiqadi.
Ushbu robot yuqori mustahkamligi bilan ajralib turadi, IP67 himoya sinfiga va keng ish harorati oralig‘iga ega (-20°C dan 55°C gacha). U hatto ikkita batareyani tezda almashtirish tizimiga ega va maksimal manevrchanlik uchun g‘ildiraklar va oyoqlar o‘rtasida almashishni qo‘llab-quvvatlaydi.
360° aylana ko‘rish tizimi va 80 sm to‘siqlardan o‘tish balandligi tufayli M1 sanoat darajasidagi vazifalarni bajarish uchun kuchli vosita sifatida joylashtiriladi.
🔗
Submagic
- Qisqa video kontent tayyorlash uchun AI vositasi.
Xitoyning SwitchBot kompaniyasi CES26 ko‘rgazmasida kundalik ishlar uchun «ikkinchi miya» vazifasini bajaruvchi AI MindClip nomli taqiladigan qurilmani namoyish etdi.
Ushbu ixcham qurilma barcha suhbatlar va ovoz chiqarib aytilgan fikrlarni yozib oladi, so‘ngra ularni rivojlangan qidiruv tizimiga ega shaxsiy ma’lumotlar bazasida tizimlashtiradi.
Uning og‘irligi atigi 18 gramm bo‘lib, 100 dan ortiq tilni tushunadi. Qurilmaning o‘zi va uning sun’iy intellekt funksiyalari uchun obuna narxi keyinroq e’lon qilinadi.
📲
Telegram endi postlarni qisqacha mazmunini chiqarib beroladi
Ilovaning 2026-yildagi birinchi yangilanishi chiqdi. Asosiy yangilik — neyrotarmoq yordamida postlarni qisqartirish: endi uzun matnlar va maqolalarni to‘liq o‘qish shart emas, Cocoon neyron tarmog‘i o‘zi qisqacha mazmunini tayyorlab beradi. Funksiya hozircha Premium foydalanuvchilar uchun mavjud.
iOS'da ilova dizayni takomillashtirildi:
«suyuq shisha» endi shaffof elementlarga va yorug‘likning yumshoq sinish effektiga ega.
Apple Watch endi kvarts soatlardek “tikkillashi” mumkin
iOS 26.1 va watchOS’ning so‘nggi yangilanishi kichik, ammo qiziqarli o‘zgarishni olib keldi: Apple Watch endi klassik kvarts soatlar kabi “tikka-tikka” qilib ishlashi mumkin. Endi energiya tejash rejimida soat ikonkasidagi va analog tsiferblatlardagi sekund strelkasi avvalgidek silliq emas, balki har soniyada bir marta aniq sakrab harakatlanadi.
Agar sizga bunday retro-effekt juda yoqsa, uni doimiy qilish imkoniyati ham bor: buning uchun qo‘lni ko‘targanda uyg‘onish funksiyasini o‘chirib qo‘yish kifoya. Shunda soat ko‘proq Always On rejimida ishlaydi va strelka aynan shu rejimda qadam-baqadam harakatlanadi.
Ammo bunda ayrim nozik jihatlar bor — displey biroz xira bo‘ladi va odatiy boshqaruv imo-ishoralari ba’zilarining ishlashi to‘xtaydi.
@Appleinsider_uz
Insayd
: kelasi yili Apple MacBook Pro M6 modellariда k_o_zyrka (notch) dan butunlay voz kechadi. Uning o‘rniga iPhone’dagi Dynamic Island texnologiyasi joriy qilinadi.
@Appleinsider_uz
iPad Pro — kelasi Studio Display uchun asosiy yangilikni ochdi
M5 chipli yangi iPad Pro — tashqi monitorga 120 Gts chastota va Adaptive Sync texnologiyasi bilan tasvir yuborishni qo‘llaydigan birinchi iPad bo‘ldi. Bu imkoniyatlar yaqinda tarqalgan, 2026 yil boshida chiqishi kutilayotgan yangi Studio Display haqidagi ma’lumotlar bilan mos keladi.
Insayderlar aytishicha, yangilangan 27 dyuymli Studio Display mini-LED panel oladi va yana eng muhim jihati — 120 Gts yuqori yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi. Demak, iPad Pro’dagi yangi funksiyalar Apple o‘z monitorini jiddiy darajada yangilayotganiga bilvosita isbot bo‘lib turibdi.