Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar
https://t.me/TerDPI_rektoriga_murojaat_bot ⚡️ Bizni kuzatishda davom eting! https://instagram.com/azizbek_xasanov_baxtiyarovich https://www.facebook.com
Подписчики
3 710
24 часа
20
30 дней
-160
Просмотры
419
ER
10,97%
Посты (30д)
50
Символов в посте
1 079
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Прочая
Пол аудитории
Смешанная аудитория
Возраст аудитории
-
Финансовый статус аудитории
Смешанный
Профессии аудитории
Прочие
Краткое описание
-
March 02, 15:52
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

OliyTa’limKlassifikatori
Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori yangi tahrirda tasdiqlandi
Klassifikatorning yangi tahririga
13 ta yangi bakalavriat
taʼlim yoʻnalishi va
15 ta yangi magistratura
mutaxassisliklari kiritildi. Ular iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan sohalarini qamrab oladi, jumladan:

raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt;

kiberxavfsizlik va axborot tizimlarini himoya qilish;

muhandislik va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish;

zamonaviy iqtisodiyot va innovatsion boshqaruv;

sogʻliqni saqlash va tibbiy texnologiyalar;

kelajak iqtisodiyoti va barqaror rivojlanishni shakllantiradigan boshqa istiqbolli yoʻnalishlar.
👉
Klassifikatorni yuklab olish
👉
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/138354
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 02, 15:51
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

#Prezident_topshirig‘i
#Hayʼat _yigʻilishi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi
2026-yil 2-mart kunining ikkinchi yarmida
Qoʻqon shahrida
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining
navbatdagi Hayʼat yigʻilishi
boʻlib oʻtdi. Unda respublikaning davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, vazirlik markaziy apparati, tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Hayʼat yigʻilishiga vazir Qoʻngʻirotboy Sharipov raislik qildi.
Yigʻilishda
2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar, davlat dasturlari ijrosi, kasbiy va oliy taʼlim tizimidagi islohotlar
,
ilmiy-innovatsion faoliyat hamda bitiruvchilar bandligini taʼminlash m
asalalari muhokama qilindi.
Batafsil:
https://gov.uz/oz/edu/news/view/138138
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 02, 14:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#tanlov
#MirzoUlugʻbekVorislari
☄️
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining 1-bosqichiga start berilmoqda!
2026-yildagi “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovida ishtirok etish maqsadida
ro‘yxatdan o‘tib
,
IQ testdan muvaffaqiyatli o‘tgan yoshlar 2026-yilning 3-mart kunidan boshlab tuman (shahar)lar kesimida
o‘z loyihalarini taqdimot qiladilar.
Tanlovning
1-bosqich grafigi
bilan tanishing.
Eslatma: Tanlovning 1-bosqichida
har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan eng yaxshi loyiha
mualliflari g‘olib deb topiladi hamda
mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan BHMning 5 baravari
miqdorida
rag‘batlantiriladi
.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
Twitter
|
YouTube

March 02, 09:16
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

#Prezident_topshirig‘i
#seminar
Qoʻqon universitetida yoshlar siyosati, zamonaviy taʼlim va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirishga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi
Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirotboy Sharipov
kirish soʻzi bilan ochib beradi. Shuningdek, Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari
Ilhom Sirojev,
Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi
Qahramon Quronboyev,
Sport vaziri
Adham Ikromov,
Yoshlar ishlari agentligi direktori
Alisher Saʼdullayev
hamda Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari
Otabek Hasanov
ishtirok etdi.
Seminarda
24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha imkoniyatlarga bagʻishlangan yigʻilishda belgilangan vazifalar ijrosi
muhokama qilindi.
Batafsil:
https
://gov.uz/oz/edu/news/view/138145
👉
На русском
👉
In English
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

March 02, 08:26
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#Prezident_topshirig'i
#Hayʼat _yigʻilishi
#seminar
Bugun
Qoʻqon universitetida amalga oshirilayotgan ijtimoiy hamkorlik loyihalari, ehtiyojmand oilalar farzandlarini oʻqitish tajribasi va uni joriy etish mexanizmlariga bagʻishlangan seminar
hamda
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hayʼat yigʻilishi
boʻlib oʻtadi.
Qoʻqon shahrida tashkil etilgan mazkur tadbirda
respublikadagi davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari rahbarlari
ishtirok etadi.
Mehmonlar universitet infratuzilmasi, zamonaviy oʻquv binolari, laboratoriyalar hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif davomida
taʼlim jarayonini raqamlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash
va
davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan tashabbuslar
haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram

February 27, 16:54
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Rasmiy tashrif va topshiriq ijrosi
❗️
Kuni kecha Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti doirasida har haftaning payshanba kuni vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ta’lim muassasalarida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashuvlar
o‘tkazishi belgilangan edi.
🔔
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Siradjev
hamda
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Termiz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

February 27, 14:57
Файлы недоступны
7
1
Открыть в Telegram





#Surxondaryo

Kuni kecha Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida qad rostlagan “Yangi O‘zbekiston” massividagi 66-maktabda yaratilgan shart-sharoitlar, xususan, inklyuziv ta'limga jalb etilgan bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan
tanishgan edi.
Tashrif doirasida mazkur maktabning 10-sinf o‘quvchisi Feruza Jumaqulovaning robototexnikaga bo‘lgan qiziqishini inobatga olgan holda uning Termiz Davlat universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari (bakalavriat) yo‘nalishi bo‘yicha qabul qilinishi aytib o‘tildi.
🔰
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Siradjev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov mazkur maktabda bo‘lib, o‘quvchi yoshlar hamda ustozlar bilan uchrashdi.

Xususan, Feruza Jumaqulovaga mazkur oliygohga davlat granti asosida qabul qilinganligi munosabati bilan sertifikat topshirildi.

Shuningdek, vazir E’zoza Karimova ustozlar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi hamda kelgusi vazifalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

February 27, 13:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

YOSHLAR-JAMIYAT TARAQQIYOTINING IQTISODIY, IJTIMOIY VA SIYOSIY KUCHI.
Kuni kecha Ko‘ksaroy” qarorgohida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchi deya ta’riflangan yoshlar siyosati tarixida yangi davrni ochib berganligi bilan ahamiyatlidir.
Mazkur uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim, tadbirkorlik, innovatsiya, bandlik va ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan qator yangi tashabbuslar ilgari surildi. Ayniqsa, startap loyihalarni moliyalashtirish, zamonaviy kasblarga o‘qitish va yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish masalalari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” sifatida belgilanishi — yoshlarga qaratilgan davlat siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, ularning muammo va tashabbuslariga yanada yaqinroq yondashish imkonini yaratadi. “Yoshlar kuni”ning joriy etilishi, avvalo, yoshlar va davlat tashkilotlari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi. Endilikda yoshlar o‘z muammolari, g‘oyalari va loyihalari bilan bevosita mas’ul rahbarlarga murojaat qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bu esa byurokratik to‘siqlarni kamaytirib, masalalarning tezkor va samarali hal etilishiga yordam beradi.
Oltmish mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etgan ushbu muloqot yurtimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarini har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qartilgan davlat siyosatining amaliy ifodasidir.
👉
Batafsil...
Azizbek Xasanov,
Termiz davlat pedagogika instituti rektori
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

February 27, 11:45
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram


Rasmiy tashrif va topshiriq ijrosi
❗️
Kuni kecha Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan o‘tkazgan muloqoti doirasida har haftaning payshanba kuni vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ta’lim muassasalarida bo‘lib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazishi
belgilangan edi
.
🔔
Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Ilhom Siradjev
hamda
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Termiz davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida mehmonlar institut hududida yangitdan barpo etilayotgan
1500 o‘rinli
zamonaviy o‘quv binosida olib borilayotgan qurilish, ta’mirlash va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
🔹
Shuningdek, institutning erishgan yutuqlari va mavjud salohiyati, jumladan:
🔹
robototexnika xonasi,
🔹
kimyo laboratoriyasi,
🔹
zamonaviy o‘quv auditoriyalari,
🔹
axborot-resurs markazi (kutubxona),
🔹
o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan infratuzilmalar ko‘zdan kechirildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholanib, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi. Mehmonlar o‘zlarining samimiy fikr va tavsiyalarini bildirdilar.

Jarayon “
Vazir va tyutorlar uchrashuvi
” bilan davom etdi. Ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda tyutorlarni qiynab kelayotgan masalalar va ularning takliflari tinglandi. Xususan:
🔹
bitiruvchi talabalarni ish bilan ta’minlash,
🔹
yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish,
🔹
talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ta’lim sifati va ish samaradorligini oshirish maqsadida tyutorlarga so‘nggi rusumdagi planshetlar topshirildi.
📎
Uchrashuv yakunida bildirilgan barcha taklif va mulohazalarni atroflicha o‘rganish hamda zarur choralar ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
💰
Shu bilan bir qatorda maktabgacha va maktab muammolarining ilmiy yechimlariga qaratilgan mavzular bankini shakllantirish, tadqiqotchilarning ilmiy natijalarini startap loyihalarga yo‘naltirish hamda “
Kelajakka qadam
” dasturi bo‘yicha loyihani qo‘lga kiritgan talabalarning loyihalar bilan ishlash ko‘nikmasini oshirish va ushbu loyihalarga keyinchalik sarmoya jalb etish mexanizmlarini o‘rgatishga e’tibor qaratish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
⭐️
Mazkur tashrif yoshlar bilan muloqotni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va tizimdagi mavjud muammolarni joyida hal etish borasida muhim qadam bo‘ldi.
✍️
TerDPI matbuot xizmati

Facebook
🌐
Veb sayt
📹
Youtube
🌐
Instagram

Telegram

February 27, 11:40
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi
Prezident
Shavkat Mirziyoyev
Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan
yigʻilish
oʻtkazdi.
Davlatimiz rahbari
Surxondaryoni har tomonlama rivojlantirish
uchun yangi imkoniyatlarni belgilab berdi.
Bizni kuzating
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Telegram