
N B K | BLOG
Suqrot va uch elak.
Bir kuni Suqrotning oldiga bir tanishi kelib, uning shogirdi haqida mish-mish eshitganini aytmoqchi bo‘ladi. Suqrot unga to‘xtab:
— Keling, aytmoqchi bo‘lgan gapingni “uch elak”dan o‘tkazaylik, — deydi.
— Birinchi elak — haqiqat. Aytmoqchi bo‘lgan gaping to‘liq haqiqatmi?
Tanishi ikkilanib javob beradi:
— Yo‘q, eshitganman xolos.
— Ikkinchi elak — yaxshilik. Bu gap haqida biror yaxshi narsa deyapsanmi?
— Yo‘q, aksincha... — deydi tanishi.
— Uchinchi elak — keraklilik. Aytmoqchi bo‘lgan gaping menga yoki boshqalarga kerakmi?
— Kerak emas.
Shunda Suqrot tabassum qiladi:
— Agar aytmoqchi bo‘lgan gapingda na haqiqat, na yaxshilik va na keraklilik bo‘lsa, uni aytishdan nima foyda? Uni unutganing ma’qul.
Siz ham gapirishdan oldin, so‘zlaringizni ushbu “uch elak”dan albatta o‘tkazib oling.
@Bahodirkhan_Nomonov
Bizni eng katta kamchiligimizdan biri, bu bizni juda tez taslim bo'lishimiz. Muvaffaqiyatga eltuvchi eng to'gri yo'l shuki, har doim yana bir marta urinib ko'rish kerak.
©
Tomas Edison.
@Bahodirkhan_Nomonov
Qat'iylik-muvaffaqiyatga erishishda muhim omildir.
©
filmdan
@Bahodirkhan_Nomonov
— Kishi oʻzini ardoqlaganlarga ozor berarkan-u, ozor berganlarni ardoqlarkan.
✍️
"Bahor qaytmaydi" asaridan
@Bahodirkhan_Nomonov
Qaysi ustozni sochi kam boʻlsa, bilingki uning shogirdi koʻp.
(Hazil)
@Bahodirkhan_Nomonov
Istasangiz, aybga buyuring, ammo shuni eslatmoqchiman: ayrim narsalarni vaqtidan keyin qadrlashning foydasi yo'q. Buni keyin tuzatib bo'lmaydi.
@Bahodirkhan_Nomonov
Ota-onangiz sizdan ozgina boʻlsa ham muvaffaqiyat qozonishingizni, ularga rahmat oberishingizni kutadilar. Faqat sizga aytmaydilar...
@Bahodirkhan_Nomonov
Hatto o'zingizga ishonchingiz qolmagan vaqtda ham kimdir sizga chin yurakdan ishonishi eng muhim narsadir..!
@Bahodirkhan_Nomonov
Bir-birini tushunish bu bir xil tilda soʻzlashish emas, bir-birini tushunish bu bir xil tuygʻuni his qilishdir.
✍
Jaloliddin Rumiy
@Bahodirkhan_Nomonov
Ichimda ikki kishi bordek. Biri dunyoni koʻrishni xohlaydi. Boshqasi xonasidan chiqqisi kelmaydi.
©️
F. Dostoyevskiy
@Bahodirkhan_Nomonov