Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Xorazm | BBA

BBAXorazm
Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi rasmiy telegram kanali Bog’lanish: @BBAXorazmbot e-mail: vakil6@dtm.uz
Подписчики
2 450
24 часа
20
30 дней
-130
Просмотры
773
ER
35,27%
Посты (30д)
67
Символов в посте
883
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 29, 09:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
😎
2026-yil 24-aprel kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o'quv amaliy markazi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti hamda Keymyung Kollej Universiteti vakillari ishtirokida kasbiy ta’lim tizimini xalqaro darajada rivojlantirishga qaratilgan muhim xalqaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🤝
Uchrashuv davomida “LUPIC – Leading Universities Program for International Cooperation (2024–2029)” xalqaro dasturi doirasida “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti, Keymyung Kollej Universiteti va Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.
🇺🇿
🇰🇷
Mazkur memorandum kasbiy ta’lim sifatini oshirish, raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, shuningdek, xalqaro ta’lim va baholash tizimlarini integratsiya qilish orqali O‘zbekiston–Koreya hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 29, 07:22
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

💧
✒️
🔢
🔢
🔢
🔢
😘
Xorazm viloyatida 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan iTEP imtihon joyi;
😎
Nomi:
Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosi.
😎
Manzil:
Хоrаzm viloyati, Urgаnсh tumani, Yuqоri dо‘rmаn, Yuqoriovul MFY, O‘zbekiston shox ko‘chasi, 2/2-uy
📕
Mo‘ljal:
Urganch tumani 48-maktab yon tomoni
🗺
Geolokatsiya

Test sinovi
🔢
🔢
da boshlanadi.
🤖
Murojaat uchun
@BBAXorazmbot
✍️
@BBAXorazm

April 28, 07:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🇹🇷
Turk tilidan yozish va gapirish
ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi
✍️
“Turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash”
bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓
Malaka oshirish kursi
36 soatga
mo‘ljallangan bo‘lib,
29-apreldan
onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.
🔹
Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli (portfolio shakllantirgan) tamomlagan;
🔹
Turk tilini bilishi haqida C1 darajadagi sertifikatga bo'lgan (Milliy yoki TYS);
🔹
Turk filologiyasi yoki unga mos ta'lim yo'nalishlari bo'yicha diplomga ega bo'lgan talabgorlar shartnoma asosida Bilimni va malakalarni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin.
➡️
Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar
29-aprel
soat
12:00 ga
qadar
https://registration.ilmiymarkaz.uz/
havolasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirgan holda malaka oshirish kursida ishtirok etishlari mumkin.
☎️
Murojaat uchun:
🔹
(95) 515-68-68
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 26, 13:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Korrupsiya
💪
BILIM VA ADOLAT UCHUN BIRLASHAMIZ!
🤝
Jamiyat rivojini orqaga tortuvchi eng katta illat — bu korrupsiyadir. Ayniqsa, yoshlarning bilimini baholash jarayonlarida adolatning ta'minlanishi har qachongidan ham muhim.
👧
Qobiliyatli, o‘z ustida tinimsiz ishlaydigan va halol raqobatga tayyor yoshlarimiz kelajak drayverlari hisoblanadi. Shaffoflikni ta'minlash, inson omilini kamaytirish va adolatli baholash muhitini yaratish yo‘lida barchamiz mas'ulmiz.
👮
Korrupsiyaga qarshi kurashish faqat qonun bilan emas, balki har birimizning vijdonimiz va halolligimiz bilan amalga oshadi. Kelajakka qarshi jinoyatga yo‘l qo‘ymaylik!
✍️
@BBAXorazm

April 24, 15:39
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Sertifikat_natija
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
〰️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 652-son “Musiqa madaniyati fani va jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining bilim darajasi hamda kasbiy mahoratini aniqlash va ularga milliy sertifikat berish bo‘yicha 2026-yil 25–27-fevral hamda 3–4-mart kunlari o‘tkazilgan test sinovlari natijalari e’lon qilingan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining mazkur imtihonning ikkinchi bosqichi — amaliy (ijodiy) sinov natijalarini qayta hisoblash yuzasidan yuborgan rasmiy murojaatiga asosan imtihon natijalari qayta hisoblandi.
🆔
Talabgorlar o‘z natijalarini
my.gov.uz
saytining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali bilishlari hamda sertifikatni elektron shaklda yuklab olishlari mumkin.
📊
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan ballari asosida quyidagi darajalar bo‘yicha sertifikatlar taqdim etiladi:
🔹
70 balldan yuqori — A+ daraja;
🔹
65–69,9 ball — A daraja;
🔹
60–64,9 ball — B+ daraja;
🔹
55–59,9 ball — B daraja;
🔹
50–54,9 ball — C+ daraja;
🔹
46–49,9 ball — C daraja.
✔️
Ilmiy-o‘quv amaliy markazning rasmiy sahifalari
:
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 23, 15:12
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
📕
Davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash
🗓
2026-yil 23-aprel kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
📌
Rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
📚
Unda
445 nafar
talabgor ishtirok etib, o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalar bo‘yicha imtihondan o‘tdilar.
🔗
Test sinovi natijalari 1 ish kuni ichida
http://dt.uzbmb.uz
saytida e’lon qilinadi.
✍️
@BBAXorazm

April 23, 09:57
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Korrupsiya
👉
KORRUPSIYA — KELAJAKKA QARSHI JINOYAT
🔰
Korrupsiya
- bu nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyat taraqqiyotini sekinlashtiradigan, adolat va ishonchni yemiradigan illatdir.
📑
U bilimni qadrsizlantiradi, mehnatni so‘ndiradi va halol yo‘l bilan erishiladigan muvaffaqiyatga soya soladi.
👦
Bugun jim qolish — ertangi muammolarga rozilik berish demakdir.
🟢
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashaylik!
✍️
@BBAXorazm

April 22, 09:55
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislari uchun imtihon
bo‘lib o‘tdi
🇺🇿
Ushbu toifadagi imtihonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohalari mutaxassislarini sertifikatlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”
2023-yil 11-sentabrdagi 460-son
qarori asosida o‘tkazib kelinmoqda.
🗓
Navbatdagi test sinovlari
2026-yil 22-aprel
kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri
da tashkil etildi.
🖥
Test sinovlari Bilimni baholash agentligining
“Onlayn test” axborot tizimi orqali o'tkazildi
va talabgorlar
shu vaqtning o‘zida imtihon natijalarini
bilib oldilar
.
🛗
Tadbirda jami
496 nafar
talabgor ishtirok etdi va
2 nafar
talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
📊
Imtihon natijalari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgach, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi
Kompetensiyani rivojlantirish institutiga
taqdim etiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

April 22, 04:51
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🏢
🇹🇷
Turk tilidan yozish va gapirish
ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha
malaka oshirish kursi
✍️
“Turk tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash”
bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.
🗓
Malaka oshirish kursi
36 soatga
mo‘ljallangan bo‘lib,
29-apreldan
onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.
✍️
@BBAXorazm

April 21, 11:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
⭐️
Milliy sertifikat imtihonlari uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi
📆
Ona
(o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan
milliy sertifikat
imtihonlari
2026-yil 25-, 26-, 27-aprel
hamda
2-, 3-, 4-, 11-, 12,-13- va 25-may
kunlari o‘tkaziladi. Ushbu sanalarda belgilangan imtihonlar uchun ruxsatnomalar e'lon qilindi.
📍
Imtihonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.
🆔
Imtihonlarda ishtirok etuvchi talabgorlar ruxsatnomalarini
my.gov.uz
saytining
“Mening arizalarim”
bo‘limi orqali yuklab olishlari mumkin.
✉️
Ruxsatnomada test sinovi o‘tkaziladigan
sana, vaqt
va
manzil
ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan
belgilangan sana va vaqtda
yetib kelishlari so‘raladi.

Test sinovi o‘tkaziladigan binolarga kirish:
1-smena:
07:00– 08:15
2-smena:
13:00 – 14:15
🪪
Talabgorlar
test sinovi o‘tkaziladigan binolarga
shaxsini tasdiqlovchi hujjat
(pasport yoki ID-karta)
asosida kiritiladi.

Belgilangan vaqtdan kechikkan talabgorlar: 1-smena uchun soat 08:15 dan, 2-smena uchun soat 14:15 dan keyin test sinoviga kiritilmaydi va ular uchun qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi.
Izoh:
Imtihon natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng
21 ish kunida
(23-iyun kuni)
e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube