Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal

BDU_yoshlar_ittifoqi
BuxDU Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Matbuot kotibi: @mohichehra_0424 Murojaat boti: @YoshlarIttifoqigaMurojaat_bot Facebook: @BDU_Yoshlar_ittifoqi You tube: @buxduyoshlarittifoqi Instagram: buxdu_yoshlari
Подписчики
5 540
24 часа
30 дней
1 870
Просмотры
273
ER
5,32%
Посты (30д)
131
Символов в посте
746
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 29, 15:45
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

☄️

🇺🇿
Buxoro davlat  universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar uchun "KINO TIME" loyihasi davom etmoqda.
📣
Ushbu loyiha orqali talabalarimiz uchun eng sara kinofilmlar namoyish etib borilmoqda.
🔥
Loyihaning asosiy maqsadi – turli janrlardagi filmlar va seriallar haqida sifatli kontent yetkazish orqali tomoshabinlarga to‘g‘ri tanlov qilishda yordam berish.
😎
Telegram
😎
Facebook
😎
Instagram
😎
You tube

April 29, 06:06
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

💥
💥
💥
💥
🏐
🏐
🏐
🏐
📘
BUXORODA “AMIR TEMUR VORISLARI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASINING HUDUDIY BOSQICHI START OLDI

Bugun Buxoro davlat universitetining “Universal” sport majmuasida Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichiga tantanali ravishda start berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 19-yanvardagi 13-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu nufuzli bellashuv yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, ularni harbiy-amaliy sport turlariga keng jalb etish hamda jismoniy va ma’naviy barkamolligini ta’minlashga xizmat qiladi.
🟡
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Musobaqani Buxoro davlat universiteti rektori, professor Obidjon Xamidov ochib berar ekan, Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning harbiy mahorati va davlatchilik an’analari bugungi yosh avlod uchun yuksak ibrat maktabi ekanligini ta’kidladi.
⚙️
Hududiy saralash bosqichida viloyatdagi uchta nufuzli oliy ta’lim muassasasi: Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Buxoro davlat pedagogika instituti jamoalari o‘zaro kuch sinashmoqdalar. Nizomga muvofiq, har bir jamoa 4 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz boladan (bir nafar qiz bola, bir nafar o'g'il bola zaxirada) iborat bo‘lib, ular harbiy-sport yo‘nalishidagi murakkab shartlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini ko‘rsatishadi.
Musobaqa jarayonlarini tajribali mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati kuzatib bormoqda. Hay’at tarkibidan quyidagilar o‘rin olgan:
🔹
Akmal Nazarov — Buxoro davlat universitetining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori (Hakamlar hay’ati raisi);
🔹
Shaxruz Halimov — tegishli sport federatsiyasi mas’ul kotibi;
🔹
Zafar Saidov — 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi murabbiyi.
🔵
Musobaqaning yuqori saviyada o‘tishi uchun barcha tashkiliy choralar ko‘rilgan bo‘lib, tibbiyot xodimlari va mas’ullar nazorati to‘liq ta’minlangan. Mazkur bellashuv g‘oliblari musobaqaning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritadilar. Ishtirokchi jamoalarga omad va zafarlar tilaymiz!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube

April 29, 04:15
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

✍️
✍️
✍️
✍️
✍️
☄️
📘
🇺🇿
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan talabalar oʻrtasida “Munozara” intellektual oʻyinining viloyat bosqichiga saralash jarayonlari start oldi.
🔹
Saralash bosqichining ilk uchrashuvi qizgʻin va murosasiz bahslar ruhida oʻtdi. Unda ishtirok etgan jamoalar dolzarb mavzular yuzasidan oʻz nuqtayi nazarlarini erkin va asosli tarzda himoya qilib, mantiqiy fikrlash, tezkor javob qaytarish hamda jamoaviy ishlash borasidagi koʻnikmalarini namoyon etdilar. Bahslar davomida har bir fikr aniq dalillar va puxta tahlillar bilan boyitilib, oʻyin yanada qiziqarli va mazmunli tus oldi.
🔹
“Munozara” intellektual oʻyini yoshlar uchun nafaqat bilim sinovi, balki oʻz fikrini erkin ifoda etish, auditoriya oldida chiqish qilish va liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish uchun muhim maydon vazifasini oʻtamoqda.
🔹
Oldinda esa yanada keskin va murosasiz bahslar kutilmoqda. Eng munosib jamoalar saralab olinib, viloyat bosqichida universitet sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻladilar.
😎
Telegram
😎
Facebook
😎
Instagram
😎
You tube

April 28, 16:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

⚡️
Buxoro Davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan "
Rektor kubogi
" "Zakovat" intellektual o'yinining bahorgi mavsum
8-turi
bo'lib o'tadi.
🗓
Sana:
29.04.2026
(Chorshanba)
📍
Manzil:Buxoro Davlat Universiteti bosh binosi Talabalar turar joyi fayesi

Soat:
16:00
da
➡️
Turnirda ishtirok etish niyatida boʻlgan ishtirokchilar Universitet talabalaridan 6 kishilik jamoa tuzing va ro'yxatdan o'ting

Ro'yxatdan o'tish uchun:
@amonboyev_sahob
ga murojaat qilishingiz mumkin.
‼️
Turnir nizomi, o'yin vaqti, savollar tartibi va boshqa qoidalari
https://t.me/Buxdu_zakovat_klub
kanalida yoritib boriladi.
😎
Telegram
😎
Facebook
😎
Instagram
😎
You tube

April 28, 16:25

BuxDU_Yoshlari ||Rasmiy kanal
pinned a file

April 28, 15:39

#jadidlar
📝
23 ming
nusxada bosilib, tekin tarqatilgan
“Jadidlar”
to‘plamining elektron nusxasini endi siz ham mutolaa qilishingiz mumkin!
💡
“Jadidlar”
kitobi to‘plamini aholi, jumladan, yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida har bir yoshning xabardorligini oshirish asosiy maqsadimizdir.

April 28, 14:44
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
⚡️
😀
"Jadidlar izidan" tanloviga start berildi!
⚡️
📘
🇺🇿
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy bilimlarni oshirish, jadid bobolarimizning boy merosini keng targʻib qilish hamda iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida
"Jadidlar izidan"
tanloviga start berildi.
🌐
Mazkur tanlov ishtirokchilarning bilim, tafakkur va ijodiy yondashuvlarini sinovdan oʻtkazuvchi
3 bosqichda
tashkil etiladi. Har bir bosqichda ishtirokchilar jadidchilik harakati, uning namoyandalari, ularning hayoti va ijodi, shuningdek, milliy uygʻonish davri bilan bogʻliq muhim bilimlarini namoyon etish imkoniga ega boʻladilar.
🏆
Tanlov gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
😀
1-oʻrin
— bazaviy stipendiya miqdorining 3
barobari
hamda diplom
😀
2-oʻrin
— bazaviy stipendiya miqdorining 2
barobari
hamda diplom
😀
3-oʻrin
— bazaviy stipendiya miqdorining 1
barobari
hamda diplom
✏️
Murojaat uchun:
@mohichehra_0424

Ushbu tanlov — nafaqat bilimlar bellashuvi, balki tariximizni chuqurroq anglash, jadid ajdodlarimizning ibratli yoʻlidan ilhom olish va oʻz ustida ishlash uchun katta imkoniyatdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐
BuxDU.uz
|

Telegram |
🌐
Instagram |

Facebook
|
📹
Youtube

April 28, 10:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

💖
💖
💖
⚡️
Buxoro davlat universiteti
Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Sport va san’at fakulteti talabalari tomonidan “KELMAGANINGDA”
asari mahorat bilan ijro etildi.
🎵
Mazkur ijro davomida talabalar asarning nozik ohanglarini chuqur his etib, uni tinglovchilarga yuksak did va mahorat bilan yetkazib berishdi.
😎
Telegram
😎
Facebook
😎
Instagram
😎
You tube

April 28, 06:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🕊
MEHR ULASHAMIZ – YAXSHILIKKA BIR QADAM!
⚡️
Buxoro davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan
“Mehr ulashamiz”
loyihasining navbatdagi soni yo‘lga qo‘yilmoqda
Bu safar manzilimiz – mehr va e’tiborga muhtoj bo‘lgan bolajonlar yashayotgan
mas’uliyati cheklangan bolalar uyi
Ularning yuzidagi tabassumga sababchi bo‘lishni istaysizmi? Unda sizni ham safimizga chorlaymiz!
✉️
Ishtirok etmoqchi bo‘lganlar:
@akr0m_bro
ga murojaat qiling
📍
Agar bog‘lana olmasangiz: ertaga soat
14:00
da
Bandlik markazida
yig‘ilamiz

Birgalikda mehr ulashaylik, yaxshilikni ko‘paytiraylik!
#MehrUlashamiz
#YaxshilikQil
#TalabalarKuchi
#Birgalikda
#BuxDU
#YoshlarIttifoqi
😎
Telegram
😎
Facebook
😎
Instagram
😎
You tube

April 27, 15:49
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mana yangi qalloblik usuli
Sizlarni ogohlantirib qo’yay dedim hozirgina shu sms keldi, profilni nomini Telegram deb yozib olgan
@buxdu_registratorofisi