
O'zDK huzuridagi Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san'ati instituti rasmiy kanali
🔹
🔹
🔹
🔹
🏢
OTMlarda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.
🗣
Ichki ishlar organlari xodimlari bilan hamkorlikda oliy ta’lim muassasalarida profilaktik tadbirlar, davra suhbatlari va targ‘ibot ishlari tashkil etilib, talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar va talabalar o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilib, turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
•
Navoiy davlat universiteti
•
Termiz davlat pedagogika instituti
•
Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali
•
Milliy estrada san’ati instituti
•
Andijon davlat tibbiyot instituti
•
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali
•
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
•
Namangan davlat chet tillari instituti
•
O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
•
Andijon davlat texnika instituti
•
Buxoro innovatsiyalar universiteti
•
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
•
Xalqaro innovatsion universiteti
•
Namangan davlat pedagogika instituti
•
Namangan davlat texnika universiteti
•
Andijon davlat tibbiyot instituti
•
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
•
O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali
•
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
✅
Oliy ta’lim muassasalarida huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan bunday tizimli yondashuvlar talaba-yoshlar o‘rtasida qonunlarga hurmatni oshirish, mas’uliyat hissini kuchaytirish va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram
#Rahbar_va_yoshlar
#Yoshlar_kuni
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi institut rektori, professor Avaz Mansurov tomonidan olib borildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Shuningdek, ta’lim sifati, ijodiy faoliyat, yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan suhbat olib borildi.
Talabalarning institut hayotidagi faolligini oshirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash, tashabbuskorlik va innovatsion fikrlashni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
#Kelajak_soati
#Marifat_darsi
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati institutida navbatdagi “Kelajak soati” rukni ostida ma’rifat darsi tashkil etildi.
Mazkur dars institut rektori, professor Avaz Mansurov tomonidan “Innovatsion fikrlash” mavzusida olib borildi.
Uchrashuv davomida talabalarda zamonaviy va kreativ tafakkurni shakllantirish, yangicha yondashuv asosida fikrlash, to‘g‘ri va ravon mushohada yuritish hamda yangi g‘oyalarni ilgari surishning ahamiyati haqida soʻz yuritildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
#TTJ_nazorat
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti “Estrada cholgʻularida ijrochilik va dirijyorlik” kafedrasi dotsenti S. Muxammadiyev Uchtepa tumanida joylashgan talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar holidan xabar oldi.
Uchrashuv davomida talabalar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning amaliy mashgʻulotlari va berilgan vazifalarni bajarish jarayoni bilan qiziqildi. Shuningdek, talabalarga oʻqish va amaliyot yuzasidan tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Akbarjon Abdurahimovich Mirzayev ishtirokida onlayn qabul o‘tkazildi.
Onlayn muloqot davomida talabalar tomonidan o‘quv jarayonlari, qabul tizimi, HEMIS axborot tizimi, ijtimoiy faollik indeksi hamda boshqa masalalar yuzasidan yo‘llangan 10 dan ortiq savollarga batafsil javob berildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan ushbu uchrashuv talabalarning murojaatlarini tinglash, ularni qiziqtirgan masalalarga aniqlik kiritish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
#Botir_Zokirov_90yilligi
#Hisobot_konsert
Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutida “Estrada cholg‘ularida ijrochilik va dirijyorlik” kafedrasi torli cholg‘ular sinfi talabalari tomonidan hisobot konserti boʻlib oʻtdi.
Mazkur konsert o‘zbek san’atining yorqin namoyandasi, Oʻzbekiston Xalq artisti Botir Zokirov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlandi.
Konsert dasturida kafedra o‘qituvchilari I.K.Tursunboyev, D.P.Ovchinnikov, V.Z.Salahitdinova, S.Akmalov hamda A.Tadjidinov rahbarligida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar o‘z chiqishlari bilan ishtirok etdilar.
Konsert davomida jahon va zamonaviy kompozitorlarning rang-barang hamda betakror asarlari ijro etilib, tomoshabinlarga yuqori kayfiyat ulashildi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga bag‘ishlangan muloqotida qator muhim vazifalar belgilab berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida,
bugun 30-aprel kuni Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti rektori A. Mansurov tomonidan istiqbolli reja-grafik asosida Surxondaryo viloyatidan boʻlgan bitiruvchilar F.Ismoilova, Q. Farmonov va 3-bosqich talabalari Sh.Istamova, D. Nizomxodjayevalar bilan uchrashuv o‘tkazilib, galdagi aniq vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida yoshlarning kelajak rejalari, ishga joylashish masalalari hamda muhim tavsiyalar muhokama qilindi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tgan suhbatda "Kelajakka qadam" dasturi doirasida taklif va murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Yakunida bitiruvchilarga kelgusi faoliyatilariga muvaffaqiyat tilandi.
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
Любимый артист, легендарный исполнитель
https://xs.uz/ru/news/-4ee2ae77
#OAV_biz_haqimizda
#Farrux_Zokirov_80yilligi
#Yalla_ansambli_55yilligi
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонасида Ўзбекистон халқ артисти Ботир Зокиров таваллудининг 90 йиллигига бағишланган хотира кечаси ҳамда Ўзбекистон халқ артисти Фаррух Зокиров таваллудининг 80 йиллик юбилейига бағишланган “Қўшиққа айланган умрлар” номли адабий-бадиий кеча ўтказилди.
https://uza.uz/uz/posts/qoshiqqa-aylangan-umrlar_851808
#OAV_biz_haqimizda
#Botir_Zokirov_90yilligi
#Yalla_ansambli_55yilligi
https://t.me/BZokirovnomidagiMESI
Live stream finished (39 minutes)