
Bolalar ombudsmani rasmiy telegram-kanali
✅
Davlatimiz rahbari
ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qoʻllab-quvvatlash
, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, shuningdek, bu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan
tanishdi.
🎤
Yig’ilishda
nogironligi boʻlgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalar
hamda bola huquqlarini himoya qilish va
voyaga yetmaganlarga nisbatan zoʻravonlikning ayrim shakllariga
qarshi kurashish sohasida qonunchilikni kuchaytirish masalalari koʻrib chiqildi:
❗️
Xususan
:
✍️
2026-yil 1-iyunga qadar 0-3 yoshda rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan bolalar uchun ilk bor “
Erta aralashuv
” xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi.
✍️
anatomik nuqsonlar bilan tugʻilgan bolalarning qoʻshimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik xarajatlari
Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi hisobidan
qoplanadi.
✍️
“Muruvvat” internat uylari bosqichma-bosqich “
Gʻamxoʻrlik
” markazlariga aylantiriladi.
✍️
3-18 yoshgacha nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga har oyda toʻlanadigan 3 million soʻmgacha boʻlgan mablagʻni daromad soligʻidan, davlat-xususiy sheriklik asosida
nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini koʻrsatayotgan tadbirkorlarni
esa 2030-yilgacha soliqlardan ozod qilish koʻzda tutilmoqda.
✍️
voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish
maqsadida saqlaganlik uchun
alohida maʼmuriy javobgarlikni belgilash
, shu kabi huquqbuzarlik takroran sodir etilganda
jinoiy javobgarlikni qoʻllash;
✍️
internet va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali
16 yoshga toʻlmagan shaxslarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun
jazo kuchaytiriladi.
✍️
voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish maqsadida ularning
qonuniy vakili instituti joriy etilmoqda
va soʻroq qilishning aniq vaqt meʼyorlari belgilanmoqda.
✔️
Mazkur qat’iy choralardan ko’zlangan asosiy maqsad —
alohida e’tiborga muhtoj jamiyatimiz a’zolarini ijtimoiy hayotda toʻlaqonli ishtirokini taʼminlash,
hamda tazyiq va zo’ravonlikdan jabr ko’rganlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir.
🎤
Bolalar ombudsmanining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili tomonidan Qoraqalpoq Davlat universiteti talabalariga
ayollar va bolalar huquqlarini ishonchli ta’minlash
, ularni har qanday
tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
hamda jamiyatda bunday holatlarga nisbatan
murosasizlik muhitini shakllantirish,
shuningdek, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3 mart kungi 33-sonli
Farmonining mazmun mohiyati
tushuntirildi.
🚨
Mazkur Farmon bilan
erta turmush qurishning oldini olish
, tazyiq va zo‘ravonlik holatlariga qarshi kurashish borasida qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirishlar, davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imtiyozlar, shuningdek, har qanday sodir etilgan jinoyatga
jazo muqarrarligi
, ayniqsa,
voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan
har qanday tazyiq va zo'ravonlik harakatlari davlat tomonidan e’tiborsiz qolmasligi va albatta
huquqbuzarlarga hamda jinoyatchilarga nisbatan qonun ustuvorligi
ta’minlanishi belgilab berilganligi ta’kidlandi.
💬
Tadbir savol-javoblar, muloqot va fikr almashinuvlar shaklida o‘tkazilib,
90 nafardan ortiq talaba yoshlar
qatnashdi.
❗️
Tadbir yakunida ishtirokchilarga atrofimizda yuz berayotgan voqea-hodisalarga befarq bo‘lmasligimiz, yoshlar o‘rtasida
ma’naviy barkamollikni yuksaltirish
, axborot xurujlariga qarshi immunitetni shakllantirish va jamiyatda tinchlik hamda barqarorlikni ta’minlash
har birimizning muhim vazifamiz
ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
📍
Bugun Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan
navbatdagi shaxsiy qabul
ini o‘tkazdi.
🎤
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:
➡️
Yashash xonadonida qo‘shnisi bilan doimiy nizolar yuzaga kelayotganligi,
farzandiga nisbatan qo‘pol muomila
, shuningdek,
psixologik bosim va ta’qib
qilinishi bolaning ruhiyatiga salbiy tasir ko‘rsatayotganligini bildirib, ota-ona
voyaga yetmagan farzandiga himoya orderi
berilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati;
➡️
Voyaga yetmagan qiziga nisbatan
shahvoniy shilqimlik harakatlari sodir etilganligi,
ammo holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan qonuniy chora ko‘rilmayotganligidan shikoyat bilan kelgan ona qiziga sodir etilgan
zo‘ravonlikka nisbatan chora ko‘rishni
hamda bolaga
psixologik ko‘mak
ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati;
➡️
Ajrimdan so‘ng, ona bolaning otasi va bobo-buvisi bilan
uchrashishiga to‘sqinlik
qilayotganligi bildirilib, bolani otasi va yaqin qarindoshlari bilan ko‘rishish tartibini belgilanishida amaliy yordam hamda
sud jarayonlarida Bolalar ombudsmani vakili ishtirok etishi
ni so‘rab qilingan murojaat;
➡️
Sodir etilgan zo‘ravonlik tufayli kuchli
psixoemotsional travma olgan
kichik yoshdagi qizga hozirda psixolog tezkor ko‘magi zarurligi sababli
malakali mutaxassis jalb qilinishida
yordam so‘raganligiga oid;
🔴
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida tizimli o‘rganishni boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev shaxmatchimiz Javohir Sindorov bilan telefon orqali muloqot qilib, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turnirida qozongan tarixiy gʻalabasi bilan tabrikladi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор шахматистом Жавохиром Синдаровым и поздравил его с исторической победой на Турнире претендентов Международной шахматной федерации.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev birgalikda Bahouddin Naqshband maqbarasini
ziyorat qildilar.
—
Президентом Республики Узбекистан Шавкатом Мирзиёев и Президент Республики Казахстан Касым-Жомарт Токаев вместе
посетили
мавзолей Бахауддина Накшбанда.
#Mirziyoyev
#tashrif
#Qozogiston
#ziyorat
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
📌
Bugun Bolalar ombudsmani Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” yo‘nalishi talabalari bilan
amaliy muloqoti
bo‘lib o‘tdi.
🎤
Dastavval seminarda talabalarga
Bolalar ombudsmani instituti faoliyati, funksiyasi
hamda O‘zbekistonda
bola huquqlarini himoyalash
sohasi borasida atroflicha ma’lumot berildi.
🚨
Uchrashuv davomida bugungi kunda bola huquqlarini himoyalashda qanday
muammolar va bo‘shliqlar mavjudligi,
ularni bartaraf etish yuzasidan qanday choralar ko‘rilayotganligi muhokama qilindi.
❓
Xususan, dolzarb muammo - bu uzoq yillardan beri shakllangan, odamlar tafakkuriga chuqur singigan
yanglish ijtimoiy normalar,
qoliplar ta’sirida
bolani shaxs sifatida e’tirof etmaslik
, uning huquq va erkinliklarini hurmat qilmaslik,
ovozini eshitmaslik
kuzatilishi alohida ta’kidlandi.
❗️
Jamiyatda va oilada
bola uchun zo‘ravonlikdan xoli,
xavfsiz, jismonan va ruhan sog‘lom muhit yaratish -
bolaning eng ustun manfaatini
ta’minlashning asosiy sharti ekanligiga, muhimi esa, jamiyatimizda bolani zo‘ravonlikdan xoli usullarda
tarbiyalash tafakkurini shakllantirish
birlamchi ekanligiga urg‘u berildi.
⁉️
Muloqot mobaynida talabalar Bolalar ombudsmaniga ularni qiziqtirgan savollar berib, munozarali masalalarda
optimal takliflar
bildirdilar.
💬
Jumladan
:
➡️
bola huquqlari va
ota-ona nazorati o‘rtasidagi muvozanat
;
➡️
yuvenal odil sudlov
tatbiq etilishida mavjud xavflar;
➡️
qonun bilan ziddiyatdagi bolalarning
jamiyatga reintegratsiyasi;
➡️
bolalarning
raqamli xavfsizligi;
➡️
yoshlarda
huquqiy nigilizm
sabablari va boshqa dolzarb masalalar qizg‘in muhokama qilindi.
✔️
Shuningdek, muloqot doirasida Bolalar ombudsmani universitetda faoliyat yuritayotgan
yuridik klinika ishi
bilan yaqindan tanishdi.
🚨
Avval xabar berganimizdek,
Navoiy shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida voyaga yetmagan
bolalarga nisbatan tarbiyachi jismoniy kuch ishlatganligi
holati yuzasidan
🔴
O’rganish davomida aniqlanishicha, tarbiyachi joriy yilning mart oyidan aprel oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida qaramog'ida bo'lgan bolalarni o‘zini-o‘zi himoya qilish imkoniyati cheklanganligi va ojiz ahvolda ekanligidan foydalanib,
do‘pposlash va zo‘rlik ishlatib sodir etiladigan boshqa harakatlar bilan muttasil ravishda
qiynab kelgan.
✅
Mazkur holat yuzasidan tarbiyachi E.N ga nisbatan Navoiy shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
110-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
va fuqaro gumonlanuvchi tariqasida
protsessual tartibda ushlangan.
✍️
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
⚠️
Bolalar ombudsmani bolalarning huquqlari ta’minlanishi nuqtai nazaridan o’z kuzatuvini davom ettiradi.
🔴
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Navoiy shahridagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
bolaga nisbatan sodir etilgan jismoniy zo‘ravonlik
yuzasidan
✍️
Holat
Bolalar ombudsmanining nazoratiga olinib,
IIV va MMB tomonidan o‘rganilmoqda.
🚨
Aniqlanishicha, joriy yilning 8 aprel kuni Navoiy shahrida joylashgan xususiy bolalar bog‘chasida tarbiyachi E.N. (
2003 yilda tug‘ilgan ayol
) voyaga yetmagan bolalar D.S. M.Z. larga nisbatan
qo‘pol munosabatda bo‘lib, ularga jismoniy kuch
ishlatgan.
⌛
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan
tergovga qadar tekshiruv
harakatlari olib borilmoqda. Tarbiyachining nomaqbul harakatlariga
huquqiy baho
beriladi.
❌
Bolaga nisbatan qo‘pol xatti-harakatlari fakti Viloyat MTMTB tomonidan o‘rganilib, tarbiyachi E.N bilan tuzilgan
mehnat shartnoma bekor qilindi,
muassasa
faoliyati hozirda to‘xtatildi.
⚠️
Mutasaddi idoralar bu kabi zo‘ravonlik holatlarni oldini olish bo‘yicha
preventiv choralar va tizimli nazorat
kuchaytirilishiga jiddiy e’tibor qaratishi zarur.
🔴
Jumladan, pedagog va tarbiyachilar tegishli vazifa yoki lavozimga tayinlanishidan avval maxsus
psixologik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Nomunosib xulqli, bola sog‘lig‘i uchun xavfli shaxslar ta’lim-tarbiya muassasalarida faoliyat yuritishiga
yo‘l qo‘yish mumkin emas.
❗️
Chunki ta’lim muassasasi bola uchun
tazyiq va qo‘rquv manbai emas,
balki sog‘lom,
xavfsiz va do‘stona muhit makoni bo‘lishi shart.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi Amir Temur xiyoboniga tashrif buyurib, mashhur davlat arbobi, yengilmas sarkarda, ilm-fan, madaniyat va sanʼat homiysi Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga
gulchambar qoʻydi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев посетил сквер Амира Темура в Ташкенте и
возложил венок
к подножию памятника выдающемуся государственному деятелю, непобедимому полководцу, покровителю науки, культуры и искусства Сахибкирану Амиру Темуру.
#Mirziyoyev
#marosim
#AmirTemur
#xotira
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
📌
Bugun Bolalar ombudsmani bola masalalari yuzasidan
navbatdagi shaxsiy qabuli
ni o‘tkazdi.
🎤
Qabul davomida quyidagi masalalar yuzasidan fuqarolar murojaat qildilar:
1️⃣
Ayolning ajrimdan so‘ng uy-joyga oid
mulkiy nizo
tufayli voyaga yetmagan farzandlari yashash joyida ro‘yxatdan o‘tkazilmay kelinayotganligi bo‘yicha murojaati muayyan vaqt ko‘rib chiqilib, Bolalar ombudsmani kiritgan xujjatlar asosida
voyaga yetmagan bolalar ro‘yxatga olinishi ta’minlangan edi.
Hozirda esa uy-joy
mulkdori o‘zgarganligi sababli
bolalarning mazkur xonadonda yashashi masalasida nizo yuzaga kelayotganligini bildirib,
ayol o‘z farzandlari huquqi himoyalanishini
so‘rab qilgan murojaati;
2️⃣
Hozirda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan voyaga yetmagan qiziga nisbatan sobiq turmush o‘rtog‘i
muttasil ravishda zo‘ravonlik
sodir etganligini bildirib, ona zo‘ravonga nisbatan
qonuniy chora ko‘rilishi
hamda
farzandini O‘zbekistonga qaytarilishida
amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati;
✅
Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Bolalar ombudsmani o‘z vakolati doirasida tezkor va tizimli o‘rganishni boshladi.