Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Bored Panda

BoredPandablog
⛵️ Digital Odyssey. Jasurbek Muad'Dibning kino, jamiyat va siyosat haqidagi fikrlari. +maishiy gaplar. nstgrm: instagram.com/jasurbek.bazarbaeff tktk: tiktok.com/@jasurbek.bazarbaeff hamkorlik: @boredpandauzbot
Подписчики
1 950
24 часа
-10
30 дней
10
Просмотры
451
ER
16,41%
Посты (30д)
138
Символов в посте
653
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Развлечения и медиа
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
April 28, 20:33

PSJ Bavariya ko'ryapsilami?)

April 28, 20:22

PSJ Bavariya ko'ryapsilami?)

April 28, 18:39

#kinonews "Ajoyib Marti" A24 tarixidagi eng ko‘p daromad keltirgan filmga aylandi Timoti Shalame ishtirokidagi film hozirgi vaqtga kelib $147 million dollar yig‘di. bu A24ning avvalgi kassa rekordchisi — "Hamma narsa hamma joyda bir vaqtning o‘zida" filmining…

April 28, 17:24
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#kinonews Donni Yen “Jon Uik”ning yangi spin-offi bo‘lgan “Kain” filmini suratga olishni boshladi Yen ko‘zi ojiz qotil roliga qaytgan va filmga o‘zi rejissyorlik qilmoqda. @boredpandablog

April 28, 12:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#news
Maktablarning bir smenada to‘laqonli ishlashi, to‘garak va boshqalarni amalga oshirish uchun kamida 850 mingta qo‘shimcha quvvat yetmaydi. — Vazir o‘rinbosari
Temur Komilov
@boredpandablog

April 28, 12:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Zendaya ham juda ommabop bo'p ketdi... @boredpandablog

April 28, 10:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

☄️
“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari”. Uchinchi mavsum bo‘yicha ma’lum bo‘lgan jamiyki tafsilotlarni siz uchun bitta postda to‘pladim.
💍
Aytish joizki,
Amazon
anonslar bilan shoshilmayapti. Ammo ingliz matbuoti —
The Hollywood Reporter
,
Variety
,
Deadline
rasmiy e’lonlardan oldin anchagina materialni yig‘ishga ulgurgan. Uchinchi mavsum 2026-yil oxirida chiqadi. Suratga olishlar London yaqinidagi Shepperton studiyalarida davom etmoqda. Syujet elflar va Sauron o‘rtasidagi urushning eng avj nuqtasida rivojlanadi. Qorong‘ilik Hukmdori nihoyat Yagona Uzukni yasashga kirishadi. Bilasiz, bu uzuk bilan Tolkinning butun eposi harakatga keladi. Ikkinchi mavsumga nisbatan katta vaqt sakrashi ham rejalashtirilgan.
Rejissorlar safida tanish nomlar: Sharlotta Brändström, Sana Xamri, Stefan Shvarts. Aktyorlar tarkibida: Charli Vikers (Sauron), Morfydd Klark (Galadriel), Robert Aramayo (Elrond). Yangi kasting esa diqqatga sazovor:

Juda g‘alati ishlar

serialidagi Vekna obrazidan tanish Jeymi Kempbell Bauer asosiy rolga taklif etilgan. Deadline ma’lumotiga ko‘ra, uning qahramoni

yuksak nasabli ritsar

sifatida tasvirlangan. Ehtimol, u Galadriel atrofidagi syujetning yangi markaziga aylanadi. Bundan tashqari, Eddie Marsan, Endryu Richardson, Zubin Varla va Adam Yang kast safiga qo‘shildi.
Aniq sana hali yo‘q. Lekin
Prime Video
mavsumni 2027-yilga surilmasligini rasman tasdiqladi. Uchinchi mavsum butun serialning markaziy nuqtasi bo‘lishi kerak: Yagona Uzuk, Sauronning yakuniy qiyofaga kirishi, elflar taqdirining hal bo‘lishi. Agar ijodkorlar uddalasa, bu loyihaning asosiy mavsumi bo‘ladi.
😏
@insusambil

April 28, 09:50

Toshkentdagi piyodalar o'tish joylarini deyarli hech qachon xotirjam bosib o'ta olmayman, svetofor shunchalik tez yonadi-ki, yo'lning o'rtasida qolib ketish odatiy holga aylangan. Kecha Nukus ko'chasida kolyaska bilan aynan shunday vaziyatga tushib qoldim. O'ta xavfli joy.

April 28, 09:49

Tasavvur qiling: 10 kilometrlik yo'lda tezligingizni 20 km/soatdan 30 km/soatga oshirsangiz - 10 daqiqa tejaysiz. Bu sezilarli, to'g'rimi?
Endi xuddi shu yo'lni 70 km/soat bilan bosib o'tayotgan bo'lsangiz-u, keyin 80 ga oshirsangiz - atigi 1 daqiqa tejaysiz! Hisoblab ko'ring, agar ishonmasangiz,
Aynan shu oddiy matematik haqiqatni shaharsozlar tushunmas ekan degan xulosaga kelyapman. Kichik tezliklarda ozgina o'sish ham katta vaqt tejashiga olib keladi. Katta tezliklarda, katta tezlanish ham, vaqt saqlashda deyarli bilinmaydi.
Demak, maqsad o'rtacha tezlikni past raqamlardan yuqoriroq raqamlarga oshirish bo'lishi kerak. Shunda odamlar manzillariga haqiqatan tezroq yetib boradi. Ko'chalarni trassaga aylantirish esa aksincha ishlaydi: birinchidan, tirbandlik oshadi; ikkinchidan, trassaga chiqish va undan tushish uchun aylanib o'tish - yo'lni uzaytiradi, vaqt oladi. Lekin eng asosiysi, vaqt ko'proq sarf bo'ladi. Shuning uchun Toshkentda qancha ko'p yo'l va ko'prik qurilmasin, A nuqtadan B nuqtaga yetib borish vaqti qisqarmayapti, ko'pincha uzayib bormoqda.
Asl masala boshqa: 20 km/soat yuradigan avtobus yoki mashinani 30 km/soat yurishini ta'minlash. Shunda hammani vaqti ancha tejalar edi.
Bu yerda piyodalar muhim. Piyodaning A nuqtadan B nuqtaga yetib borishi tezlashsa — shahar avtomatik ravishda tezlashadi, tabiiyki tirbandlik kamayadi. Shuning uchun to'g'ri shahar siyosati aynan shu uchta narsaga sarmoya kiritishi kerak: piyoda yurish qulayligi (mayli qulayligi - so'zini hayotini yaxshilash ma'nosida emas, tezroq yura olish ma'nosida o'qing, kengroq piyodalar o'tish uchun trotuar, tezlashtiradi yurishni), velosiped harakati qulayligi/tezligi, jamoat transporti tezligi. Agar o'rtacha piyoda sal tezroq yura olsa, o'rtacha velosipedchi sal tezroq o'tsa, o'rtacha avtobus yoki tramvay yoki trolleybus (esilardami shular bor edi?) sal tezroq yura olsa, sal qatnovi yaxshilansa - shaharda yashash ancha oson bo'ladi.
Shaharda 80 km/soatli ko'chalar qurish: tez yetib borish maqsadiga matematik jihatdan zid, xohlasangiz hisoblab ko'ring.
Buni ko'p aytaman, yana qaytaray: men nisbatan tez yuguradigan odamman. Lekin Toshkentdagi piyodalar o'tish joylarini deyarli hech qachon xotirjam bosib o'ta olmayman, svetofor shunchalik tez yonadi-ki, yo'lning o'rtasida qolib ketish odatiy holga aylangan. Kecha Nukus ko'chasida kolyaska bilan aynan shunday vaziyatga tushib qoldim. O'ta xavfli joy.
Bu ham xuddi o'sha matematikaning davomi. Qisqa yonadigan svetofor, bu piyodalar uchun ham, avtomobillar uchun ham zarar. Uzoqroq yashil va uzoqroq qizil yonishi — tirbandlikni kamaytiradi, oqimni tartibga soladi va A dan B ga yetib borish vaqtini qisqartiradi. Chunki qisqa sikllar kesishmalarda to'xtab-ketishni ko'paytiradi, uzoq sikllar esa mashinalarni erkin o'tkazadi.
Piyodalar uchun esa gap yanada oddiy: mayli piyodalar xavfsizligi masalasi hech kimga qiziq emas, lekin hatto tirbandlikni kamaytirish ma'nosida ham, piyodalar uchun sal uzoqroq yonadigan svetofor qilish maqsadga muvofiq.
O'ylaymanki, Toshkentdagi har bir svetoforda piyodalar o'tish vaqtini kamida ikki barobarga oshirish kerak.Yangi qurilgan Shota Rustaveli ko'chasida ham. Ayniqsa u yerda.

April 28, 09:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#kinonews
Sony baribir "Django/Zorro" — Kventin Tarantino va Mett Vagner komiksi asosidagi filmni suratga oladigan bo‘ldi
Ushbu loyihani ekranlashtirish haqidagi xabarlar ilk bor 2019-yilda paydo bo‘lgan edi, biroq studiya bu g‘oyani keyinga qoldirgandi. "Django/Zorro" uchun ssenariyni "Afsona" (Legend) va "Qahr" (Man on Fire) filmlari orqali tanilgan Brayan Helgelend yozadi.
Shu nomdagi komiks-krossover Djangoning sarguzashtlarini davom ettiradi. Unda bosh mukofot ilinjida yurgan Django xavfli jinoyatchilar iziga tushadi va jarayon davomida Zorro bilan yaqinlashib qoladi.
Tarantino ushbu loyihada bevosita ishtirok etmaydi. Loyiha hozirda ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida.
@boredpandablog