
Boyovut ovozi | RASMIY ️️
🌾
Аграр соҳада амалий мулоқот
Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов аграр соҳа вакиллари билан учрашди. Суҳбат давомида асосий эътибор мавсумий ишларга қаратилди.
Шинжон усулида пахта етиштириш, пилла боқиш ишларининг бориши, картошка экилиши ва яқинлашиб келаётган ғалла ўримига тайёргарлик масалалари бирма-бир кўриб чиқилди. Комбайнларни ўз вақтида тайёр ҳолатга келтириш, техника ва ташкилий ишлар бўйича масъулларга аниқ вазифалар берилди.
Фермерларни қийнаб келаётган масалалар ҳам очиқ муҳокама қилинди. Ҳар бир мурожаат бўйича ечим топиш, жойида ёрдам кўрсатиш ва қўллаб-қувватлаш чоралари белгилаб олинди.
Учрашув якунида соҳадаги ишларни тизимли ташкил этиш ва мавсумни бетўхтов ўтказиш бўйича келишиб олинди.
🖇
Tashabbusli budjet (01.04.2026)
Boyovut tumanida "Tashabbusli budjet" jarayonining 2026-yil I-chorak mablag‘lari yo‘naltirilishi va sarflanishi bo‘yicha hisobot
Boyovut tumani hokimligi Axborot xizmati
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Yagona Vatan g‘oyasi — yoshlar qalbida: Boyovutda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Boyovut tumani 46-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Ta’lim muassasasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Boyovut tumani bo‘linmasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur tadbir “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” degan ezgu va ulug‘ g‘oya asosida yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbir davomida yosh avlodning iqtidor va salohiyatini yuzaga chiqarishga qaratilgan turli yo‘nalishlardagi loyihalar namoyish etildi. Xususan, sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Yosh oshpazlar” bellashuvi hamda san’at va madaniyatga oid chiqishlar o‘quvchilarning bilim va mahoratini keng namoyon etdi.
Mazkur tadbir nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, balki ularda jamoaviylik, sog‘lom raqobat, o‘z ustida ishlash va yuksak marralar sari intilish kabi fazilatlarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
https://uza.uz/uz/posts/sirdaryo-va-hitoy-ortasida-strategik-hamkorlik-kengaymoqda_850963
📄
Prezident Administratsiyasi rahbari
Saida Mirziyoyeva:
Mendan ko‘pincha: “Prezidentimiz shuncha kuch va g‘ayratni qayerdan oladilar?” – deb so‘rashadi.
Men doim: “Xalqimizdan”, – deb javob beraman.
🤩
Boyovutning tungi manzarasi
Boyovut tumani markazida zamonaviy tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilib, o‘zgacha fayz bag‘ishlamoqda. Endilikda tuman markazi kechki paytda ham yanada yorug‘, xavfsiz va ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lib, aholi uchun qulay muhit yaratilmoqda.
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
🎞
Sirdaryoda bog‘chalar masalasi: beparvolikka chek qo‘yiladi
————————
🎞
Проблемы детских садов в Сырдарье: халатности будет положен конец
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
2025-yil dekabrida imzolangan prezident
farmoniga
asosan, 2026-yilda haftasiga 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun
11 may – dushanba kuni ko‘chirilgan dam olish kuni
sifatida belgilangan. Boisi bu yil 9 may – Xotira va qadrlash kuni bayrami haftaning
shanba kuniga
to‘g‘ri kelmoqda.
Natijada haftada
5-kun ishlaydigan xodimlar ketma-ket 3 kun
, 6 kunlik ish haftasida mehnat qiladiganlar esa
2 kun dam oladi.
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Yo‘l xo‘jaligida byudjet mablag‘laridan foydalanish masalalari muhokama qilindi
Boyovut tumani Yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan “Byudjet va mablag‘lar” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Unda yo‘l xo‘jaligi sohasida ajratilayotgan mablag‘larning shakllanishi, taqsimlanishi hamda ularning maqsadli sarflanishi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, mavjud avtomobil yo‘llarini saqlash va ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan byudjet mablag‘lari belgilangan reja asosida yo‘naltirilmoqda. Xususan, mablag‘lar ichki yo‘llarni joriy ta’mirlash, shag‘allashtirish, yo‘l qoplamalarini tiklash hamda texnik xizmat ko‘rsatish ishlariga sarflanmoqda.
Shuningdek, yo‘l xo‘jaligida zamonaviy texnika va mexanizmlardan foydalanish, yo‘llarning sifatini oshirish hamda aholiga qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilangan. Shu maqsadda mavjud yo‘llarda profilaktik ta’mirlash ishlari olib borilayotgani, aniqlangan kamchiliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilayotgani qayd etildi.
Matbuot anjumanida moliyaviy mablag‘lardan foydalanishda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash, har bir loyiha va xarajatni asosli rejalashtirish hamda nazorat qilish tizimi yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
Boyovutda o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi
|
Telegram
|
Web-site
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|