Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝙲𝚑𝚍𝚙𝚞_𝚈𝙸

CHDPU_YOSHLAR_ITTIFOQI
Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Yoshlar Ittifoqi Boshlang'ich tashkilotining rasmiy kanali. Instagram: https://www.instagram.com/chdpu_yi?igsh=MTRyNXI1eHpsdDFlbA 📌 Murojaat boti: @chdpu_yoshlaribot
Подписчики
1 200
24 часа
-10
30 дней
-30
Просмотры
180
ER
16,83%
Посты (30д)
41
Символов в посте
963
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 29, 07:04
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Rektor taklif etadi!
❤️
#anons
O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi ishtirokida
«San'at va ilm chorrahasida»
nomli
O‘zbekiston Xalq artisti
Tesha Mo‘minov
ijod yo‘liga bag‘ishlangan kechaga taklif etadi
🗓️
Qachon:
30-aprel kuni, soat 11:00
da
📍
Manzil:
Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Rektorat binosi

Taklifnoma uchun
Gumanitar fanlar fakulteti
ga murojaat qilishingiz so‘raladi...

April 29, 04:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎓
Talabalar o‘rtasida Intellektual haftalik o‘tkaziladi!
🔜
Talabalarimiz uzoq kutgan musobaqa - Intellektual haftalikka oz fursat qoldi.
🏆
Unda talabalar
“Zakovat”
,
“Breyn-ring”
,
“Shaxsiy o‘yin”
va
“Zakovat Quiz”
bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.
📄
Intellektual haftalikda qatnashish uchun yo‘nalishidan qat’i nazar, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan
barcha oliy ta’lim tashkilotlari
ariza topshirishi mumkin.
7️⃣
Intellektual haftalikda har bir OTMdan
7 nafar talaba va bir nafar murabbiy
ishtirok etadi.
📝
Intellektual haftalikda ishtirok etish uchun ariza “Zakovat intellektual klubi” NNT nomiga, olimpiada@zakovat.tv elektron pochta manziliga OTM rektori tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda (PDF formatida) yuborilishi lozim. Arizalar
30-aprel kuni soat 23:59 gacha
qabul qilinadi.
🕸
Shuningdek, musobaqada ishtirok etish uchun
zakovatklubi.uz
saytidan
jamoaviy
ro‘yxatdan o‘tish ham talab qilinadi.
ℹ️
Intellektual haftalikning hududiy saralash bosqichi sanasi keyinroq e’lon qilinadi.
Telegram
I
Facebook
I
Instagram
I
YouTube
I
TikTok

April 29, 03:54
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

👍
Tabiiy fanlar fakultetining talabalari (
2-bosqichni bitirib 3-bosqichga o‘tadiganlar uchun)
!
Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat!
🎯
Joriy yilning 29-aprel kuni soat 12:00
📌
Manzil: Pedagogika fakulteti faollar zali
🔔
Bizni kuzatib boring:
👉
@CHDPU_akademiya
👉
@CHDPU_iqtidorli_talabalari

April 28, 04:28
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📋
So'rovnoma
📢
Toshkent viloyatining faol yoshlar yetakchilari diqqatiga!
Viloyatimizdagi eng tashabbuskor va fidoyi yoshlar yetakchilarini aniqlash hamda munosib rag‘batlantirish maqsadida maxsus ko‘rik-tanlov e’lon qilinadi!
🏆
G‘oliblar qanday taqdirlanadi?
🥇
1-o‘rin:
14 000 000 so‘m pul mukofoti hamda bosh homiyning maxsus qimmatbaho sovg‘alari;
🥈
2-o‘rin:
10 000 000 so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar;
🥉
3-o‘rin:
6 000 000 so‘m pul mukofoti va qimmatbaho sovg‘alar.
⚠️
Shaffoflik qoidasi:
Tanlovda adolatni ta'minlash muhim ustuvor vazifa. Shu sababli, sun’iy ovoz yig‘ish (nakrutka) yoki boshqa qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan ishtirokchilar va jamoalar darhol tanlovdan chetlashtiriladi.
❗️
Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomaning yakuni 12-may 15:00 gacha davom etadi.
🤝
Tanlov homiysi:
Ipak yoʻli innovatsiyalar universiteti
Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram
|
Instagram
Facebook
|
YouTube
Ovoz berish uchun quyidagi variantni tanlang:

April 28, 02:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌿
ECO PLOGGING CHEMPIONATI: SALOMATLIK VA TOZALIK BIRLASHSA!
🏃‍♂️
🧹
🌍
Plogging nima?
Bu shunchaki yugurish emas, balki yugurish davomida yo'l-yo'lakay chiqindilarni yig'ishdir. Ham kaloriya yo'qotasiz, ham ona zaminini asraysiz!
🏆
Sizni nimalar kutmoqda?
Musobaqa: qiziqarli shartlar
Sovg'alar: G'oliblarni maxsus ekologik sovg'alar va sertifikatlar kutmoqda!
Yangi tanishlar: Maslakdoshlar bilan ajoyib vaqt o'tkazish imkoniyati.
📍
Tadbir tafsilotlari:
📅
Sana: 30.04.2026

Vaqt: 14:30
📍
Manzil: Turizm binosining paligoni
📝
Qanday ishtirok etish mumkin?
Ro'yxatdan o'ting:
@sevinch_iqbolxojayevna
@G1Dilim
ga murojaat qiling
Ishtirokchilar soni : 4 ta
Kiyiming: Sport kiyimi va qulay poyabzalda keling.
Anjomlar: chiqindi qoplari tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladi.
Atrof-muhit tozaligi uchun o'z hissangizni qo'shing va chempion bo'ling!
Eslatma:
Ishtirok etish mutlaqo bepul! O'zingiz bilan yaxshi kayfiyat va g'alabaga bo'lgan ishtiyoqni olishni unutmang!
😊
Telegram
🎓
l
Instagram
🚀

April 27, 03:01





Bugun 27-aprel, haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.
#bayramlar
🌏
Butunjahon veterinariya kuni.
🌏
Butunjahon grafik dizayn kuni.
🇨🇴
Kolumbiya – Bolalar kuni.
🇮🇷
Eron – Milliy transport xavfsizligi kuni.
#muhim_voqealar
🔹
1667 – Ingliz shoiri Jon Milton o‘zining eng mashhur “Yo‘qotilgan jannat” poemasi mualliflik huquqini 10 funtga sotib yubordi.
🔹
1828 – Londonda hayvonot bog‘i ishga tushdi.
🔹
2009 – Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil etildi.
🔹
2014 – Yerda chuchuk suvning yangi zaxiralari topildi.
🔹
2014 – Amerikalik olimlar kakao keksalik davridagi zaiflikka qarshi eng kuchli vosita ekanligini aniqlashdi.
#tavalludlar
🔹
1820 – Gerbert Spenser – ingliz faylasufi va sotsiologi.
🔹
1878 – Sadriddin Ayniy – tojik adibi va shoiri, tojik adabiyotining asoschisi.
🔹
1926 – Abduqodir Xayitmetov – adabiyotshunos olim.
🔹
1927 – Yevgeniy Morgunov – taniqli rus komik aktyori, kinorejissyor.
🔹
1975 – Dilfuza Rahimova - xonanda, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.
Bizni kuzating:
🚀
Instagram
|
Telegram
🎓

April 26, 16:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🏆
"Amir Temur vorislari" intellektual tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
Barcha ishtirokchilarga faollik uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shiddatli kechgan bilimlar bellashuvida eng yuqori natija ko‘rsatgan g‘oliblarimiz bilan tanishing:
🥇
1-o‘rin
: Diyora Sultanboyeva
🥈
2-o‘rin
: Mahliyo Karimova
🥉
3-o‘rin
: Aliye Kibbarova
Rag‘batlantiruvchi o‘rinlar (4-11):
4. Zilola Abdusattarova
5. Nasiba Shodiyeva
6. Sevinch Axmadova
7. Rustam Salimov
8. Marjona Bobonazarova
9. Nodira Abdunabiyeva
10. Orzugul Murodullayeva
11. Azizbek Xaydarov
🎁
TAQDIRLASH MAROSIMI
Barcha g‘oliblarni munosib e’tirof etish, sertifikat va pul mukofotlarini topshirish marosimiga taklif etamiz!
📅
Sana
: 27-aprel (Ertaga)
🕒
Vaqt
: 14:00
📍
Manzil
: Rektorat binosi, 105-xona
Eslatma
: G‘oliblardan o‘z vaqtida yetib kelishlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjat (yoki talabalik guvohnomasi) bilan qatnashishlari so‘raladi.
Zafaringiz muborak bo‘lsin, Amir Temur vorislari!
🌟
Bizni kuzatishda davom eting!
@CHDPU_iqtidorli_talabalari

April 24, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔴
🔴
🔴
💛
💛
💛
👍
Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektorining 2024-yil 4-sentabrdagi "Universitet iqtidorli talabalari uchun ta’sis etilgan stipendiyalar tanlovini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida"gi
01-179-sonli
buyrug‘iga binoan
o‘tkazilgan
"Iqtidor"
tanlovi g‘oliblarini e’lon qilamiz.

Universitetning
8 nafar
iqtidorli talabalari tanlovda g‘olib bo‘lishdi:
👉
"Iftixor"
nominatsiyasi bo‘yicha:
👨‍🎓
Ismatova Iroda Qurbonmurod qizi
- Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👨‍🎓
Ro‘ziyeva Sabina Bobir qizi
- Turizm fakulteti Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo‘yicha) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👉
"Tamaddun"
nominatsiyasi bo‘yicha:
👨‍🎓
Shonazarova Ruhshona
Xurshid
qizi
- Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👨‍🎓
Toxirov Amonbek Alisher o‘g‘li
- Gumanitar fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👉
"E'tirof"
nominatsiyasi bo‘yicha:
👨‍🎓
Murodov
Nurbek
Nodir o‘g‘li
- Jismoniy madaniyat fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👨‍🎓
Egamberganov Ruslanbek Sobirjon o‘g‘li
- Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👉
"Innovator"
nominatsiyasi bo‘yicha:
👨‍🎓
Aliyorov Diyorbek Nabijon o‘g‘li
- Pedagogika fakulteti Pedagogika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
👨‍🎓
Shokirova Saidabonu Narimon qizi
- Aniq fanlar fakulteti Matematika va informatika yo‘nalishi 3-bosqich talabasi;
💸
Barcha sovrindor talabalarimizni tabriklaymiz. Kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
😎
@CHDPU_iqtidorli_talabalari
😎
@CHDPU_akademiya

April 24, 11:28
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

#Payshanba_yoshlar_kuni
Bugun Yoshlar kuni doirasida rahbarlar va yoshlar o‘rtasida ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda universitet Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.B. Qorayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi sudyasi Musoyev Mansur Rizoyevich hamda Chirchiq shahar prokurori o‘rinbosari Bobomurodov Jaxonbek ishtirok etib, yoshlarni qiynayotgan dolzarb masalalar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha muhim fikrlar bildirdilar.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlar o‘rtasida bezorilik, tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarining noqonuniy aylanishi kabi huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📰
CHDPU
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi axborot xizmati
tomonidan yoritildi.
Telegram
✈️
Instagram
📷

April 23, 11:51
Файлы недоступны
10
1
Открыть в Telegram

🗣
“Talabalar teatr studiyalari”
ko‘rik-festivalining 3-mintaqaviy yarim final bosqichi yakunlandi
🎭
Mazkur bosqichda jami
23 ta oliy ta’lim tashkilotlarining
talabalar teatr jamoalari o‘zaro
6 guruhga
bo‘lingan holda bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko‘ra, finalda ishtirok etadigan jamoalar aniqlandi.
➡️
Mintaqaviy yarim final bosqichi 4-guruhi bahslari Samarqandda bo‘lib o‘tdi. Unda
Central Asian Medical University
jamoasi g‘olib bo‘ldi.
➡️
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrida o‘tkazilgan 5-guruh mintaqaviy yarim finalida
Samarqand davlat universiteti
jamoasi g‘olib topilib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
➡️
6-guruhdagi jamoalar Andijon viloyati musiqali drama teatrida o‘zaro bellashdilar. Natijalarga ko‘ra,
Chirchiq davlat universiteti
jamoasi g‘olib topildi.
✔️
Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘rik-festivalning mintaqaviy yarim final bosqichi 6 guruhi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan jamoalar finalda ishtirok etadilar. Final g‘oliblari quyidagi tartibda
pul mukofotlari
bilan taqdirlanadi:
🥇
1-o‘rin – BHMning 190 barobari;
🥈
2-o‘rin – BHMning 140 barobari;
🥉
3-o‘rin – BHMning 85 barobari;
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram