Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

CanadAli 🇨🇦🤝🇺🇿

CanadAli
Kanada davlatiga o'qish, ishlash va yashash istagida bormoqchi bo'lgan yurtdoshlarimiz uchun... Menga shaxsan bog'lanish uchun: @Mr_Ali_Canada Xizmatlar: www.canadali.net Instagram: https://instagram.com/kanadalik_uzbek
Подписчики
9 060
24 часа
40
30 дней
-120
Просмотры
3 626
ER
43,97%
Посты (30д)
11
Символов в посте
2 195
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Образование
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
April 28, 05:17
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Endi hammasi tugadimi? Fransuz tilini o'rganishni foydasi yo'qmi Kanadaga kelish uchun.
🤔
🇨🇦
Nega bu tilni o'rganib yurganlar vahima qilyapti? Kanada fransuz tili bo'yicha immigratsiyani yopadimi?
Hozirda
Exress Entry
dasturini yanada takomillashtirish bo'yicha fikrlar o'rganilmoqda. Bu dasturdagi 3 ta mustaqil programmani yagona umumlashgan optimal formatga keltirish taklifi ilgari surilyapti.
Muhokama
doirasida Kanadaga immigratsiya qilish imkonini beruvchi balli tizimda qaysi faktorlarga ko'proq ball berish, qaysilarini butunlay olib tashlash yoki kamaytirish kabi masalalar o'rin olgan.
Demak asosiy takliflar quyidagilar:
1) Ham ingliz, ham fransuz tilini biladiganlar uchun kattaroq ball berish;
2) Kanada hududida yuqori maoshga ishlayotganlar yoki shunday ish taklifi olganlarga ko'proq ball berish;
3) Ish taklifi uchun ball berish tizimi olib tashlangan edi o'tgan yili. Sababi tanish-bilishchilik qilib ish taklifi orqali o'z ballarini ko'tarib oluvchilar tufayli. Endi esa bu borada faqatgina yuqori maoshli ish takliflariga ball berish taklif etilmoqda;
4) Kanada ish tajribasiga ega nomzodlar, ta'lim darajasi yuqori bo'lganlar va yosh ekanligi sababli yuqoriroq ball berish tizimini qayta ko'rib chiqish va ushbu kategoriyalarga o'rtacha ball berish ko'rib chiqilmoqda.
5) Turmush o'rtog'ining til darajasi va ta'lim darajasi uchun beriladigan qo'shimcha ballar, Kanada hududida yaqin qarindoshi (opa-singil, aka-uka) yashagani uchun, Kanada diplomiga ega bo'lganligi uchun, shuningdek
fransuz tilini bilganligi uchun
beriladigan qo'shimcha ballarni ham olib tashlash yoki kamaytirish taklif qilinmoqda.
E'tibor bering,
fransuz tili uchun beriladigan qo'shimcha ball deyilganda umumiy tanlovlar haqida gap ketyapti. Alohida
frakonfonlar
sonini oshirish bo'yicha amalda ishlab turgan dasturni bekor qilish, ya'ni uni chiqarib tashlash masalasi ko'tarilmagan.
Bu degani frankofonlar uchun alohida kategoriyali tanlovlar saqlanib qolaveradi. Chunki bu borada
3 yillik
minimum reja ishlab chiqilgan va unga amal qilish davom etadi.
Kanada endilikda o'z iqtisodi uchun hissa qo'shadigan chet elliklarni, ya'ni mehnat bozori uchun zarur bo'lgan kasb va malaka egalariga asosiy e'tiborini qaratmoqchi. Avvalgiday faqatgina yoshi, til darajasi va ta'limiga qarab har qanday kasb egasini taklif qilaverishdan voz kechmoqda. Tanlovlar ham kategoriyali tarzda sohalar bo'yicha amalga oshadi.
Faqatgina fransuz tilini biluvchilar uchun mo'ljallangan tanlovlarda kasblar uchun talab qo'yilmagan, istalgan
malakali
(skilled) kasb egasi qatnasha oladi, boshqa talablariga ham javob bersa albatta.
Bundan tashqari, yuqoridagi ba'zi faktorlarga beriladigan ballar olib tashlansa, fransuz tili bo'yicha tanlovlarda ballar ham tushishi mumkin. Chunki, endi ba'zi nomzodlar Kanadada o'qigani uchun, bu davlatda ishlagani uchun yoki qaridoshi Kanadalik bo'lgani uchun qo'shimcha ballarga ega bo'lmasligi kutilmoqda. Bu esa ushbu nomzodlarni ham chet eldagi nomzodlar bilan teng raqobat qilishga majbur qiladi.
Ko'ngilni to'q qilib fransuzchani o'rganaverish kerak. Bu tilni biladiganlar baribir kerak Kanada davlatiga!
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 25, 05:07
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram


Kanada
🇨🇦
pasportidan ko'ra O'zbekiston
🇺🇿
pasporti kuchliroq?
Bilasizmi nega?
Kanada pasporti bilan dunyoning
180 dan ortiq
davlatiga viza olmay borsa bo'ladi-yu, lekin mana bu davlatlarga vizasiz bora olmaysizda?
👇
👇
👇
Eron, Rossiya, Turkmaniston, Ozarbayjon va xokazo...
O'zbekiston pasporti bilan esa bu davlatlarga vizasiz borsa bo'ladi. To'g'rimi?
Dunyoning rivojlangan davlatlari bo'lgan AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa Yevropa ittifoqining istalgan davlatiga Kanada pasporti bilan vizasiz borish mumkin bo'lsada, yuqoridagi unchalik rivojlanmagan davlatlarga bu pasport bilan viza olib borish shart ekan.
😆
Bular qatoriga Afg'oniston, Suriya, Jazoir, Kamerun, Kuba, Gana, Hindiston, Iroq, Shimoliy Koreya, Nigeriya, Pokiston, Venesuela ham kirar ekan.
O'zi bu davlatlarga Kanada pasporti bor odam borishga qiziqarmikan degan savol tug'iladi.
🥲
Demak hozirgi kunda Kanada pasporti bilan quyidagi davlatlarga vizasiz borish mumkin:
Shimoliy va Janubiy Amerika qit'asidagi deyarli barcha davlatlar, shu jumladan AQSH, Meksikadan tortib Braziliya-Argentinagacha va ko'plab Karib dengizi davlatlari.
Yevropa qit'asidagi barcha Shengen zonasi davlatlari, Fransiya, Germaniyadan tortib Italiya, Ispaniyagacha, shu jumladan Buyuk Britaniya ham.
Osiyo qit'asidan Yaponiya, Janubiy Koreyadan tortib, Singapur, Avstraliya va Yangi Zelandiyagacha.
Arab davlatlaridan: BAA, Saudiya Arabistonidan tortib, Qatar-Quvaytgacha.
O'zbekiston pasporti bilan esa quyidagi davlatlarga vizasiz borsa bo'ladi:
Xitoy, Qatar, BAA, Barbados, Dominika, Indoneziya, Yamayka, Maldiv orolari, Madagaskar, Kambodja, Moldova, Nepal, Ummon, Filippin, Shri-Lanka, Tailand va ko'plab MDH davlatlari.
Aytgancha, bir vaqtni o'zida har ikkala davlat
🇨🇦
+
🇺🇿
pasportiga ega bo'lish mumkinligidan xabaringiz bormi?
👉
Batafsil
.
Manba:
The Henley Passport Index
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 21, 03:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Chet elda, (misol uchun Kanada
🇨🇦
davlatida) pasportingizni yo'qotib qo'ydingiz. Keyin nima bo'ladi?
Yaqinda bir yurtdoshimiz, Kanada davlatida o'qiydigan studentlardan biri murojaat qilib qoldi. Pasportini yo'qotgan, vatanga borib kelish niyatida yurgan bo'lgan. Biroq, hujjat yo'q samolyotga chiqishga. Yechim qanday bunga?
Vatanga borib kelmoqchi edingiz. Lekin O'zbekistonga qaytish uchun samolyotga chiqishda pasportingiz, Kanadaga qaytib kelish uchun esa yo'qolgan pasportdagi viza kerak. Shunday vaziyatda nima qilsa bo'ladi? Ma'lumotni saqlab qo'ying, yoki o'qib eslab qolsangiz, kelajakda mabodo shunday vaziyatga duch kelib qolsangiz asqotadi.
Avvalo mahalliy politsiyaga murojaat qilinadi hujjat yo'qolgani faktini qayd ettirish uchun. Ular tomonidan ma'lumotnoma beriladi. Keyin o'sha davlatdagi O'zbekiston konsulligiga murojaat qilinadi. Masalan, Kanada hududida hozircha bunday konsullik yo'q, lekin shu yil ochiladi deyimoqda. Kanada davlatidagi yurtdoshlarimiz uchun AQSHning
Vashington
shahridagi O'zbekiston Elchixonasi xizmat ko'rsatadi.
Konsullikka
"vatanga qaytish sertifikati(guvohnomasi)"
olish uchun ariza beriladi. Anketa, foto, yo'qolgan pasport nusxasi, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnoma(metrika), konsullik to'lovi (35 dollar) pochta orqali yuboriladi konvertda.
Shundan so'ng konsullik arizani ko'rib chiqadi va sizga "vatanga qaytish sertifikati(guvohnomasi)" yuboradi. Bu hujjatdan
3 oy ichida
foydalanish zarur, ya'ni vatanga borib pasportni yangilab kelish talab etiladi. Yo'qolgan pasport ichidagi vizani ham O'zbekistondan turib, yangi pasport bilan ariza topshirib qayta olish mumkin.
Avvalo bu holat hech kimning boshiga tushmasin, lekin mabodo shunday holat yuz berib qolsa hamisha chiqish yo'li mavjud.
Mana bu havolada to'liq va batafsilroq ma'lumot berilgan.
👉
O'zbekiston Respublikasining AQSHdagi Elchixonasi.
👈
Yuqoridagi elchixonaga bog'lanish uchun:
Phone: (202) 887-5300
Email: info.washington@mfa.uz
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 15, 04:24
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🇨🇦
Kanada: Immigrant hayotining hech kim aytmaydigan achchiq haqiqatlari.
Bu davlatga kelganlarning ba'zilari asl Kanada qanday ekanini xattoki anglab yetmay ortiga qaytib ketishadi.
"Yashash qiyin ekan", "qimmat ekan", "sovuq ekan", "ish kam ekan"
degan nolishlar bilan.
Rostdan ham shundaymi o'zi? Naxotki orzu qilgan davlatingiz shunaqa shafqatsiz bo'lib chiqsa...
Aslida bu davlatda hammasi tizimlashtirilgan. Tizimga moslasha olmaganlar va boshidanoq ko'p narsani kutvorganlarga Kanada bir
"tarsaki"
tushiradi. Ijtimoiy tarmoqlardagi yoki kinolardagi ko'rgan videolari ta'sirida
"pushti ko'zoynak"
taqib kelganlar yengilgina
"shok"
holatiga ham tushadi ilk kelganida.
Ish haqlari va daromad katta ekani ko'zlarini ko'r qilishadi va soliqlar, yashash xarajatlarini unutib qo'yishadi. Boshqa davlatda olingan diplomingizni ham qadrlashadi deyishadi-yu, ishga kirishda mahalliy ish tajriba so'rashadi. Ish masalasida bu davlatda
"networking"
ya'ni o'zaro do'stona muhit ahamiyati katta, tanishlar orttirish kerak yaxshi ish topish uchun. Mutaxassislik va qo'lingizdan nima ish kelishi ko'proq qadrlanadi, diplom kuchidan ko'ra.
O'zi aslida rivojlangan har qanday davlatga immigratsiya qilishda aniq rejasiz borish insonni qiynab qo'yadi. Yetarlicha jamg'arma bilan kelmaslik, kerak bo'lsa karyerani o'zgartirishga tayyor bo'lmaslik, tanlagan sohasini chuqur tahlil qilmaslik, ilk kelgandagi
"tirikchilik"
usulini oldindan ko'ra olmaslik eng katta xatolardir.
Kanada davlatida "vaqtincha viza" bilan yashayotganlar, "doimiy yashash huquqi"ga ega bo'lmaganlar, o'ziga mos bo'lmagan ishda qolib ketganlar, yaqin 5-10 yil uchun aniq maqsad va rejalari bo'lmaganlar yetarlicha topiladi.
Ana o'shalar ko'proq hayotdan nolishadi. Chunki ularda bu davlatda qolish uchun aniq rejali maqsad mavjud emas. Kanada orzularni barbod qilmaydi, aksincha ushbu orzularning qanchalik mustahkam ekanini sinovdan o'tkazadi. Kuchlilar, kurashuvchanlar yaxshi yashaydi, ammo ruhan nozik insonlarni kapitalizm
"g'ajib tashlaydi".
Ortiga qaytadigan 5-10 foiz yangi kelganlar
"bu davlat biz uchun emas ekan"
deyishadi. Chunki bu kabi insonlar har qanday joydan ayb topaveradi. Mustahkam o'rnashib qolganlar esa farovonlikka chiqib olishadi oxir-oqibat. Ana o'shalardan ilhom olish kerak, ular yurgan yo'llardan yurib o'tish kerak.
Sizchi, Kanadaga kelishdan avval bunga ruhan tayyormisiz?
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 12, 04:25
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bizda yana bitta xushxabar!
😎
👏
🇨🇦
Oilaviy Kanadaga kelish bo’yicha navbatdagi marra zabt etildi!
Viza olish shansini oshirish uchun avval ayoliga magistratura uchun student vizaga alohida topshirildi. Bir urinishda viza olindi, lekin keyin eriga ishchi vizaga topshirilganida viza ofitser eriga “otkaz” berdi. Taslim bo’lmadik. Eriga yana qayta topshirdik. Oxir oqibat g’alaba!
🥳
Yozishmalarimizga e’tibor bersangiz o’tgan yili fevral oyida ish boshlagan ekanmiz. Ancha uzoq muddat bosib o’tdik.
Avvaliga ayoliga mos bo’lgan universitete tanladik, topshirdik, kutdik. Qabul xati oldik va vizaga harakat boshladik. Topshirdik, kutdik, ayoliga viza oldik. Eriga topshirdik, kutdik, “otkaz” keldi. Yana qayta topshirdik, kutdik va nixoyat tasdiqlandi. Jami 1 yildan oshiq vaqt ketibdi hammasiga. Hammasi xayrli tugaganidan xursandmiz! Boshqalarga ham nasib qilsin.
🙌
Eslatib o’tamiz: xizmatlar litsenziya raqami
R531671
bo’lgan immigratsion konsultant
Reynaldo Concepcion
boshchiligida ko’rsatiladi. Men shartnomaviy asosda (independent contractor agreement) ushbu mutaxassisga yordamchi-assistent (
case specialist
) bo’lib ishlayman.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 09, 04:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Qaysi kasb egalari 2026-yilda Kanadaga immigratsiya qilishda yuqori imkoniyatlarga ega?
🇨🇦
Kanadaga immigratsiya qilishda qaysi kasb egasi bo’lish muhim ahamiyatga ega. Chunki bu davlat oxirgi yillarda o’z mehnat bozori uchun kerakli bo’lgan mutaxassislarni ehtiyojga qarab tanlab olishga ko’proq ahamiyat bermoqda.
Masalan faqat ingliz tilini o’zi bilan harakat qilmoqchi bo’lganlar uchun asosiy yo’nalishlar quyidagilar:
1)
Tibbiyot xodimlari:
Shifokor, stomatology, farmatsevt, psixolog, akusher, dietolog/nutritsiolog, oliy toifali amaliy hamshira, diagnostika texnologi, laboratoriya texnologi, veterinary va xokazo. Bu haqda
mana bu
yerda alohida post yozgan edik. Hozirgi kunda tibbiyot xodimlari yetishmovchiligi kuzatilmoqda Kanada davlatida. Shuning uchun ham ularga ehtiyoj juda yuqori.
2)
Muhandislik, technologiya va fan sohasi vakillari:
arxitektor, injener, kiberxavfsizlik mutaxassisi, geolog va qiziq bir yo’nalish sug’urta agentlari ham. Bu soha egalari har doim har qaysi davlatda kerakli hisoblanadi.
3)
Ta’lim sohasi mutaxassislari:
O’qituvchi, bolalar bog’chasi tarbiyachisi, instruktorlar. Kanada ta’lim tizimida chet ellik dars beruvchilar yoki bolalarni o’qitadiganlar juda ko’p uchraydi.
4)
Hunar egasi, qo’l mehnati kasblari:
neftchi, qurilish mutaxassisi, mexanik, elektrik, konditsionerva isitish moslamalari o’rnatuvchi, duradgor, santexnik, svarshik, mashinist, prorab, otsenshik va qassoblar. Ayniqsa hozirgi kunda bu davlatda qurilish sohasi rivojlanib borayotgani tufayli ushbu kasb egalariga ehtiyoj har qachongidan ko’ra yuqoriroq. Sun’iy intellekt rivojlanib borishi natijasida, inson qiladigan ko’p ishlarni olib qo’ysa ham bu ishlarni robotlar ommalashmaguncha baribir inson qo’llari bajaradi.
5)
Transport va aviatsiya xodimlari:
pilot, parvoz muhandisi, parvoz instruktori, avtomobil ta’mirlovchi usta va samolyot mexaniklari. Bu yangi yo’nalish ham malakali mutaxassislarni o’ziga jalb qilishda yaqindagina hukumatdan imtiyoz oldi.
Yuqorida sizning kasbingiz yo’qmi? Demak sizda 3 ta yo’l bor Kanadaga immigratsiya qilish uchun.
Birinchi usul
fransuz tilini o’rganish. Kasbidan qat’iy nazar Kanadaga immigratsiya qilmoqchi bo’lganlar fransuz tilini o’rganishlariga to’g’ri keladi. Chunki aynan bu usulda istalgan kasb egasi (lekin malakali kasb bo’lishi shart) bo’lgan nomzod immigratsiya uchun harakat qila oladi talablarni bajarsa albatta.
Ikkinchi usul
chekkaroq provinsiyaga harakat qilish. Sizning kasbingiz Kanadaning qaysidir provinsiyasi uchun zarur bo’lishi mumkin. O’sha provinsiyadan taklif olish orqali immigratsiyaga urinib ko’rish ham mumkin albatta.
Uchinchi usul
o’qishga borish orqali immigratsiya qilib qolib ketish. To’g’ridan-to’g’ri immigratsiya qilishga sabri yetmaganlar, agarda ingliz tilini yaxshi bilsalar, Kanadaga ta’lim olish uchun kelib, o’qishni bitirgandan so’ng ishlab qolish orqali oxir oqibat doimiy yashash huquqini qo’lga kiritishi ham ko’p uchraydi.
Xulosa o'rnida
aytish kerakki, nafaqat 2026-yil uchun shuningdek kelasi 3-5 yillik immigratsiya rejasi ham shu yo'nalishlarda amalga oshirilishi kutilmoqda.
⚠️
This content is for informational purposes only and does not constitute immigration advice. Always refer to official sources for the latest information.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 06, 04:33
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🇨🇦
Kanada immigratsiya qoidalaridagi yangi o‘zgarishlar (Aprel 2026).
Kanadada 2026-yil aprel oyidan boshlab bir nechta muhim immigratsiya o‘zgarishlari kuchga kirdi. Eng asosiylari:
1. Fuqarolik uchun to‘lov oshdi va davlat hujjat tayyorlashda kechiksa pulni qaytarib beradi.
Pasportni yangilab berish uchun to‘lov $119 dollardan → $123 dollarga oshdi. Diqqatga sazovor joyi shundaki
13 yil deganda ilk marta
bu davlat bojlari oshirilmoqda. Kanada pasportini qanday olish mumkinligini
mana bu postda
yozgan edik.
Bundan tashqari, agarda
30 kun ichida
pasport tayyor qilib berilmasa davlat to’langan pulni qaytarib berish majburiyatini oldi. Aytgancha, biz ham qizimizga Kanada pasportini
10 kun ichida
olgan edik.
😎
2. PR – “doimiy yashovchi” huquqi uchun ham to‘lov oshmoqda.
Permanent resident statusi uchun to‘lov $950 dollardan → $990 dollarga oshdi.
3. Super Visa, ya’ni ota-onani Kanadaga olib kelish qoidalari yumshatildi
.
Endi ota-onani olib kelish uchun ularga homiylik qilishdagi daromadni so‘nggi 2 yilning istalgan biriga qarab isbotlash mumkin. Avvallari oxirgi 1 yillik daromad olinar edi. Shuningdek, kelayotgan ota-ona daromadini ham umumiy daromadga qo’shib ko’rsatishga imkon berildi.
Buni qanday qulayligi bor? Masala nota-onasini olib kelish harakatida yurgan nomzodning ishi o’zgarish, onalik ta’tili, biznesidagi pasayish ham endi daromadi kamayibdi deb arizani rad qilmaslikka imkon beradi.
4. LMIA (ish vizasi) qoidalari qattiqlashadi.
Kam ish haqi to’lanadigan ishlar uchun ish e’loni kamida 8 hafta berilishi shart (oldin 4 hafta edi). Shu 8 hafta ichida Kanadaliklar o'sha ishga murojaat qilmasa keyin ish beruvchi chet eldan ishchi olib kelishiga ruxsat beriladi.
5. Qishloq hududlar uchun yengilliklar
.
Chekkaroq (qishloq) ish beruvchilari chet ellik ishchilar ulushini umumiy ishlovchilar ulushi orasida 10% → 15% gacha oshira oladigan bo’lyapti. Avvallari bu miqdor cheklab qo'yilgan edi.
6. Yangi immigrantlar uchun bepul xizmatlarni olish muddati cheklanadi
.
Oldin davlat tomonidan ko’rsatiladigan bepul xizmatlardan fuqarolik olguncha foydalanish mumkin edi. Masalan bepul til o’rganish, ishga joylashishda ko’maklashish va boshqalar. Endilikda
maksimal 6 yil
bilan cheklanadi. Ya’ni ushbu bepul xizmatlardan vaqtida foydalanib qolish kerak kutib yurmasdan.
Xullas, Kanada immigratsiya sohasida doimiy o'zgarish va yangiliklar bo'lib turibdi. Bulardan xabarsiz qolib ketmaslik va yangi imkoniyatlar paydo bo'lishi bilan undan foydalanish uchun kanalimizni kuzatib borishni unutmang.
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 03, 06:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

500-800 dollargacha pul taklif qilish, bepul
"
Apple watch
"
yoki Jaxon chempionati uchun bepul chiptalar.
🇨🇦
Kanada banklari mijozni o’ziga jalb qilish uchun juda qattiq raqobatlashadi.
Ayniqsa bu davlatga yangi kelganlar uchun banklar “ayovsiz jang” olib borishadi. Shunchaki ushbu bank mijoziga aylanish yoki boshqa bankka o’tib ketish ham turli imtiyozlarni olishingizga sababchi bo’lishi mumkin.
Bankdan ma’lum miqdordagi sovg’a summasini “qurtday” sanab olishingiz uchun maxsus shartlar ham bor. Masalan, ushbu bankdagi hisob raqamingizni
6-12 oy
ichida yopmaslik yoki almashtirmaslik, ish haqingizni aynan shu hisob raqamga tushadigan qilish, kamida 2-3 ta xarajatingizni aynan shu bankdagi hisob raqamdan to’lash talab etiladi. Maqsad, bonusni olgandan keyin tezda boshqa bankka o’tvolib, undan ham bonus olib ayyorlik qilmaslik uchun.
Qanday imtiyozlar va bonuslar beriladi?
Misol uchun hozirda
Bank of Montreal
(BMO) yangi mijoz uchun 800 dollar, TD Canada Trust bank 750 dollar, Scotiabank 700 dollar, Royal Bank of Canada (RBC) esa yap-yangi “Apple watch” taklif qilmoqda. Undan tashqari RBC bankdan kredit kartasi borlarga futbol bo’yicha jaxon chempionatiga bepul chipta yutish imkoni ham berilgan.
Masalan men RBC bankdan foydalanaman. Ayolimda ham shu bank edi va "Apple watch" berishgandi ochgan paytimiz. Lekin hozir BMO bankka o'tib 800 dollarni olishni o'ylab turibmiz.
😄
Kanadaga yangi kelganlarni o’ziga mijoz qilib olishda ayniqsa qattiq harakat qilishadi banklar. Chunki yangi immigrantlar uzoq yillar bitta bankka sodiq bo’lishi amalda ko’p marta o’z tasdig’ini topgan. Shunday ekan, Kanadaga kelsangiz mana shunaqa imkoniyatlardan foydalanib qolishni unutmang!
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 02, 04:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

So'nggi bosqichga ham yetib kelishdi uzoq yo'lni bosib. Endi omadlarini bersin!
👏
🥳
Bir necha kun oldin
O'zbekistonlik
bir oilaga Kanada
🇨🇦
PR (permanet resident)
statusi uchun hujjat topshirdik. Ushbu mijozlarimizga
2024-yilda
ayoliga student viza va eriga ishchi viza usuli bilan Kanadaga kelishiga yordam bergan edik. Kanadada o'qishdi, ish tajriba qilishdi va oradan 2 yil o'tib
"doimiy yashash huquqi"
uchun hujjat topshirish bosqichiga ham yetib olishdi.
Endi omad tilaymiz, tezroq hujjatlari hal bo'lib, PR kartalarini olishsin va bu yo'nalishda harakat qilayotgan boshqalarga ham nasib qilsin shu bosqichlarga yetib borish. Aytgancha,
PNP - provincial nomination
dasturi orqali PR ga topshirildi.
New Brunswick
provinsiyasida 1yildan ko'p to'plagan ish tajribasi orqali.
Services are provided by a team led by licensed immigration consultant Reynaldo Concepcion (License
#R531671
). I work with this team as a contractual assistant, while all immigration matters are handled by the licensed consultant.
Bizga shaxsan bog'lanish uchun:
👉
@Mr_Ali_Canada
Amaliy-huquqiy yordam:
👉
www.canadali.net
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli

April 01, 04:01
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

"Mehribon va rahmdil" Kanada hukumati 2025-yil uchun to'lagan soliqlarimizni qaytaribdi.
😀
🇨🇦
Bugun hisob raqamimga 4200 dollardan ko'proq summa tushibdi. Nega?
Ma'lumki, rivojlangan g'arb davlatlarida daromadingizdan yaxshigina soliq to'lash zarur va mazkur soliq to'lovlari ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta'lim va boshqa infrastruktura xizmatlari uchun yo'naltiriladi.
Yil davomida to'lab borilgan soliqlar hisoblanib, kelasi yil boshida
"soliq deklaratsiyasi"
topshiriladi. Bolalar soni, daromadingiz miqdori, ta'lim xarajatlaringiz, tibbiy xarajatlar, nafaqa uchun qilingan jamg'armalar va boshqa omillardan kelib chiqib to'lagan soliqlaringiz qisman qaytarib beriladi yoki ko'p daromad qilib, kamroq soliq to'lagan bo'lsangiz, siz qo'shimcha soliq to'lashingiz ham mumkin. Bundan tashqari yashayotgan hududingizdan kelib chiqib ham turli soliq imtiyozlari beriladi.
Aslida soliqdan qaytarib berilgan summalar havodan olinmagan, siz yil davomida to'lagan soliqlaringiz, ya'ni o'zingizni pulingiz. Biroq, yil boshida hukumatdan sizning bank hisobingizga kelib tushadigan summa albatta xursand qiladi.
😉
Aytgancha,
Kanada davlatida yashaydiganlar
soliq deklaratsiyasini topshirishni har yili
30-aprelgacha
amalga oshirilishi zarur. Bu borada deklaratsiyani mustaqil topshirish (
Wealthsimple
,
Turbo Tax
kabi ilovalar yordamida) yoki mutaxassis xizmatidan foydalanish mumkin. Masalan soliq huquqi bo‘yicha mutaxassis va huquqshunos yurtdoshimiz
Vohid Urinov
(
https://t.me/uzbeklawyer
) bu sohada yuqori amaliy tajribaga ega.
Kanada
🇨🇦
hayoti va bu davlatga borish bo'yicha qiziq va foydali ma'lumotlarni kuzatib borish uchun:
👉
https://t.me/CanadAli