
Чуст ва Дунё🇺🇿🌎
#Öquv_seminar
Chust tumanida mahalla yoshlar yetakchilari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
.
Chust tuman Yoshlar ishlari bo‘limi
— Siz qaysi telefonga birinchi javob berasiz?
Izohlarda yozib qoldiring!
Mutolaa ilovasini yuklab oling
#Online
#Mini_futbol
#Qizlar_jamoasi
🏆
“DXX kubogi”ning mini futbol musobaqasining qizlar o‘rtasida belashuvga start berildi
Keyingi yillarda yurtimizda sport musobaqalari va tadbirlari soni har qachongidan ham ortdi.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlilarni aniqlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX ning kubogi start olganini e’lon qilgan edik.
Biron-bir kun yo‘qki, tumanimizning qaysidir mahallasida musobaqlar o‘tkazilayotganiga guvoh bo‘lasiz.
Birgina DXX ning futbol va mini futbol turnir tufayli minglab yoshlar katta sport maydoniga kirib kelmoqda.
Yoshlar o‘rtasidagi “DXX kubogi” mini futbol musobaqasining 16-30 yosh toifasida qizlar o‘rtasida yoshlar qamrab olinib musobaqalar davom etmoqda.
❗
Bizni kuzatishda davom eting
Chust tumanida mahalla yoshlar yetakchilari uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi
.
Mazkur seminar bevosita joylarda yoshlar bilan ishlovchi yetakchilarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni yangi strategik yo‘nalishlar bilan tanishtirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Seminar davomida yoshlar yetakchilariga strategiyaning asosiy maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari va amaliy ahamiyati sodda va tushunarli tarzda yetkazildi. Ayniqsa, hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli yechimlar ishlab chiqishda yetakchilarning o‘rni alohida ta’kidlandi.
Seminar jarayonida yoshlar bandligi, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim sifati, xorijiy tillarni o‘rganish, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, volontyorlik hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish kabi yo‘nalishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, strategiyada belgilangan 8 ta ustuvor yo‘nalish, 32 ta tashabbus va 44 ta maqsadni joylarda samarali amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Shuningdek, seminar davomida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Ibrat academy”, “Mutolaa”, “Ustoz AI”, “UzChess” va “Qizlar akademiyasi” kabi loyihalar haqida ma’lumot berilib, ularning yoshlar qamrovini kengaytirish va natijadorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.
Chust tuman Yoshlar ishlari bo‘limi
❗️
Россияда мигрантлар учун тўловлар оширилиши кутилмоқда
Молия вазирлиги ташаббусига кўра, миграция ва фуқаролик билан боғлиқ бир қатор давлат божлари кескин оширилиши режалаштирилмоқда.
Таклиф этилган ўзгаришларга кўра:
➖
фуқаролик олиш/чиқиш: 4 200 → 50 000 рубл;
➖
кириш таклифномаси: 960 → 8 000 рубл;
➖
визалар: 1 200–2 000 рубл, кўп марталик — 6 000 рублгача;
➖
вақтинча яшаш рухсатномаси: 15 000 рублгача;
➖
доимий яшаш гувоҳномаси: 30 000 рублгача;
➖
хорижий ишчиларни жалб қилиш: 15 000 рублгача.
Бу ҳали таклиф бўлиб, расман тасдиқланиши кутилмоқда.
👉
🌍
@ChustvaDunyo
#live
Chust tuman Madaniyat markazida Besh tashabbus olimpiadasining "Yoshlar Ovozi" ko‘rik tanlovining tuman bosqichining tantanali ochilish marosimi boshlandi
Tanlovni ochib berishda Tuman yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i S. Axatjonov va madaniyat bo‘limi boshlig‘i G‘. Xilboyevlar "Yoshlar ovozi" tuman bosqichida ishtirok etayotgan barcha ishtirokchilarga omad va zafarlar bildirishdi.
Yoshlar ovozi tanlovining tuman bosqichi ko‘taringki ruhda davom etmoqda.
Bizni kuzatishda davom etish
Chust tuman Yoshlar ishlari bo‘limi
#live
Chust tuman Madaniyat markazida Besh tashabbus olimpiadasining "Yoshlar Ovozi" ko‘rik tanlovining tuman bosqichining tantanali ochilish marosimi boshlandi
Chust tuman Yoshlar ishlari bo‘limi