Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

π˜Ύπ™€π™’π˜½π™–π™©.π™ͺ𝙯

Com_bat_uz
Ushbu kanalda Qurolli Kuchlar xodimlari va harbiylari, shuningdek kelajakda harbiy bo'lishni istaganlar uchun foydali ma'lumotlar berib boriladi. πŸ§‘β€πŸ’» Murojaat uchun: @Bahtiyor_Admin ga yozing!
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
7 680
24 часа
-10
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
320
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
2 244
ER
72,47%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
124
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
545
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠŸΡ€ΠΎΡ‡Π°Ρ
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
БмСшанная аудитория
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
-
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘ΠΌΠ΅ΡˆΠ°Π½Π½Ρ‹ΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠŸΡ€ΠΎΡ‡ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
-
April 22, 15:02
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oilaga sadoqat β€” Vatanga sadoqat!
Sadoqat oiladan boshlanadi, Vatan bilan yuksaladi!
π˜Ύπ™€π™’π˜½π™–π™©.π™ͺ𝙯

April 22, 15:01
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Navoiy IIB ishga tanlov e'lon qilindi
✍️
Ariza
kb.iiv.uz
orqali onlayn yuboriladi.
@nomzodlar_vacancy

April 22, 04:58
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
2
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

AK-74 va PM qurolini tarkibiy qismlari va ularni yoyish (yig'ish) tartibi
π˜Ύπ™€π™’π˜½π™–π™©.π™ͺ𝙯

April 22, 04:37
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
3
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

DXX, IIV hamda Prokuratura organlarida ishlash uchun qayerda oΚ»qish kerak?
@nomzodlar_vacancy

April 21, 03:19
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Ichki ishlar vazirligi rahbariyati
Ma'lumot IIV rasmiy sayti asosida tayyorlandi.
π˜Ύπ™€π™’π˜½π™–π™©.π™ͺ𝙯

April 20, 13:27
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
4
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Oβ€˜zbekiston Qurolli kuchlari
πŸ—“
Tashkil etilgan sana -
1992 yil 14 yanvar
Xizmat koβ€˜rsatish boβ€˜linmalari:
βž–
Quruqlikdagi kuchlar;
βž–
havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari;
βž–
Milliy Gvardiya;
βž–
Daryo kuchlari;
βž–
DXX Chegara qoβ€˜shinlari;
Oliy Bosh Qoβ€˜mondon
– Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
Mudofaa vaziri
– General-leytenant XALMUXAMEDOV Shuxrat Gayratdjanovich
Bosh Shtab boshligβ€˜i
– General-mayor IMINOV Zaynobiddin Ruziyevich
βž–
dunyo reytingidagi oβ€˜rni – 53;
βž–
xizmatga borish yoshi – 18 yosh;
βž–
xizmat qilish vaqti – 12 oy;
βž–
harbiy okrug - 5 ta;
Faol xodimlar –155 550 nafar
,
shundan:
βž–
Oβ€˜zbekiston armiyasi - 100 000;
βž–
havo mudofaa kuchlari - 15 000;
βž–
Milliy Gvardiya - 30 000 nafar;
βž–
Daryo kuchlari - 550 nafar;
βž–
DXX Chegara qoβ€˜shinlari - 10 000;
πŸ’Έ
Mudofaa budjeti
– 6,21 mlrd dollar.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 20, 13:16
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Ichki ishlar vazirligi akademiyasiga masofaviy ta’limga qabul boshlandi.
Akademiyaning masofaviy ta'lim shakliga Ichki ishlar organlarida
3-yil
amaliy ish stajiga ega bo'lgan
400 nafar
xodimlar qabul qilinishi belgilangan.
@nomzodlar_vacancy

April 20, 03:09
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

1 yillik armiyaga borgan askarlarga tavsiyanoma berish tartibi
Tavsiyanoma olgan askarlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
βž–
oliy harbiy taΚΌlim muassasalariga oΚ»qishga kirishda oΚ»zlari toΚ»plagan ballning
50 foizi
miqdorida qoΚ»shimcha ball beriladi;
βž–
oliy taΚΌlim muassasalari bakalavriatiga oΚ»qishga kirishda alohida qabul koΚ»rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish huquqiga ega boΚ»ladilar. Tavsiyanoma amal qilish muddati berilgan sanadan boshlab
3 yil.
Tavsiyanoma berishda 3 yo'nalish ball ko'rsatkichlari jamlanadi:
1️⃣
βž–
Xizmat davrida jangovar va maΚΌnaviy-maΚΌrifiy tayyorgarlik oΚ»quv fanlaridan qoΚ»yilgan baholarning oΚ»rtacha koΚ»rsatkichini hisoblash orqali aniqlanadi.
Bunda, barcha oΚ»quv fanlaridan qoΚ»yilgan baholar yigΚ»indisi oΚ»tilgan oΚ»quv fanlarining soniga boΚ»linadi. Masalan, agar muddatli harbiy xizmatchi oy davomida otish tayyorgarligi mashgΚ»ulotlarida
4 baho,
taktik tayyorgarlik mashgΚ»ulotlarida
5 baho,
maΚΌnaviy-maΚΌrifiy tayyorgarlik mashgΚ»ulotlarida
4 baho
olgan boΚ»lsa, oΚ»rtacha koΚ»rsatkich quyidagicha hisoblanadi:
4+5+4=13; 13:3=4,3.
Bunda, oΚ»quv fanlaridan qoΚ»yilgan baholarning yakuniy oΚ»rtacha koΚ»rsatkichi
4,0 dan
yuqori boΚ»lgan muddatli harbiy xizmatchilarga quyidagi tartibda ball beriladi:
-4,0 dan 4,3 gacha β€” 10 ball;
-4,4 dan 4,7 gacha β€” 15 ball;
-4,8 dan 5,0 gacha β€” 20 ball.
2️⃣
βž–
Namunali harbiy intizom uchun beriladigan ballar:
Agar muddatli harbiy xizmatchilar xizmat davomida harbiy qism komandiri tomonidan ragΚ»batlantirilsa (necha marta ragΚ»batlantirilganidan qatΚΌi nazar), unga qoΚ»shimcha
10 ball
beriladi.
3️⃣
βž–
DTM natijalaridan olingan ballar
:
DTM tomonidan beriladigan test savollarining umumiy soni
100 ta
boΚ»lib, ulardan:
-40 ta - jangovar tayyorgarlik,
-20 ta - maΚΌnaviy-maΚΌrifiy tayyorgarlik,
-10 ta - matematika,
-10 ta - fizika fani,
-20 ta - mantiqiy savollar.
Har bir toΚ»gΚ»ri javob uchun:
-jangovar tayyorgarlik -1,2 ball;
-maΚΌnaviy-maΚΌrifiy tayyorgarlik -1,1 ball;
-matematika fanidan -1 ball;
-fizika fanidan -1 ball;
-mantiqiy savollar -1 balldan beriladi.
Test sinovlarini oΚ»tkazishning umumiy vaqti
3 soatni
tashkil etadi. Bunda, test sinovi uchun
2 soat 30
daqiqa
, javoblar varaqasini toΚ»ldirish uchun
30 daqiqa
ajratiladi.
Yakunda yuqoridagi 3 ta ko'rsatkich ballari
1️⃣
βž•
2️⃣
βž•
3️⃣
🟰
hisoblanib, harbiy qism shaxsiy tarkibi roΚ»yxatida boΚ»lgan, eng yuqori ball jamlagan askarlarning
40 foiziga
tavsiyanomalar beriladi.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 19, 15:08
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

#no_comment
Vatanga qasamyod – har bir yigitning tantanali va’dasi
Bugun DXX chegara qo'shinlarining barcha harbiy qismlarida
"Vatanga qasamyod"
tadbirlari o'tkazildi.
Telegram
|
Instagram
|
YouTube

April 19, 14:58
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ…°
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Qo'riqlash bo'linmalari safdor xodimi
lavozimlariga tanlov e'lon qilindi
Umumiy talablar
βž–
Harbiy xizmatga borgan;
βž–
Andijon viloyatida doimiy yashash joyi boβ€˜yicha roβ€˜yxatga olingan;
βž–
yosh chegarasi:
18 - 30 yosh orasi;
βž–
Jinsi:
Erkak / Ayol;
βž–
boβ€˜yi:
175 / 170 smdan yuqori;
βž–
MaΚΌlumoti:
Oliy (bakalavriat).
Imtiyozlar beriladi
:
βž–
OTMni imtiyozli diplom bilan tamomlaganlarga;
βž–
Prezident stipendiyasi sohiblariga;
βž–
Yakka kurash sport turlari boβ€˜yicha Olimpiya va Osiyo oβ€˜yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi 4 yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi 1 yilda sovrindorlar (1 β€” 3 oβ€˜rin);
βž–
Harbiylashtirilgan qoβ€˜riqlash boβ€˜linmalarida kamida 1 yil ish stajiga ega boβ€˜lgan ishchilarga;
βž–
Xizmat chogβ€˜ida halok boβ€˜lgan IIO xodimlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari;
βž–
β€œBir million dasturchi” sertifikatini olganlarga;
βž–
Πžβ€˜zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 yanvardagi 23-son qarori bΠΎβ€˜yicha sport sinovlarining maxsus talablarini muvaffaqiyatli bajarganlarga (1, 2 va 3-ΠΎβ€˜rin gβ€˜oliblari);
βž–
IIV Akademik litseylar va harbiy-akademik litseylar bitiruvchilariga.
πŸ‘₯
Lavozimlar soni - 100 nafar
βŒ›οΈ
E’lon tugash sanasi: 25.04.2026
✍️
Arizalar
kb.iiv.uz
orqali onlayn yuboriladi.
@nomzodlar_vacancy