Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

UrDTI DAVOLASH FAKULTETI RASMIY

DavolashTTAUF
UrDTI Davolash fakultetining rasmiy kanaliga xush kelibsiz!
Подписчики
1 980
24 часа
30 дней
-49
Просмотры
1 175
ER
62,17%
Посты (30д)
22
Символов в посте
886
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
18-24
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Здравоохранение и медицина
Краткое описание
April 30, 10:51
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

📌
Urganch davlat tibbiyot instituti 1-Davolash fakulteti dekan o'rinbosari J.Jumaniyozov tashabbusi va tyutori M.Egamberganov rahbarligida 3-bosqich talabalari ishtirokida
“Jaholatga qarshi ma’rifat”
shiori ostida
“Giyohvandlik – asr vabosi”
mavzusida sahna chiqishlari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi yoshlar orasida giyohvandlikning zararli oqibatlari haqida tushuncha berish, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish hamda bu illatga qarshi immunitetni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
🟡
Talabalar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlarida giyohvandlikning inson hayotiga, oila muhitiga va jamiyatga yetkazadigan salbiy ta’siri chuqur va ta’sirchan tarzda yoritildi. Har bir chiqish tomoshabinlarga kuchli taassurot qoldirdi va muammoning dolzarbligini yana bir bor namoyon etdi.
🌀
Tadbir davomida 1-Davolash fakulteti dekan o'rinbosari J.Jumaniyozov so‘zga chiqib, sahna chiqishlariga yuqori baho berdi. U o‘z nutqida talabalarning ijodiy yondashuvi va mavzuni ochib berishdagi faolligini alohida ta’kidlab, giyohvandlikka qarshi kurashda bunday ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos ekanligini qayd etdi. Shuningdek, u yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga chaqirdi hamda kelgusida bu kabi tadbirlarni yanada ko‘proq tashkil etish yuzasidan tavsiyalar berdi.
😎
Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz:
V
eb-sayt
|
Telegram |
Instagram
|Facebook
|Youtube

April 28, 15:51
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

April 28, 09:13
Файлы недоступны
2
1
Открыть в Telegram

Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligi keng nishonlandi
1-Davolash fakulteti tyutori I. Tangriyeva tashabbusi bilan O‘zbekiston qahramoni, taniqli shoir va yozuvchi Erkin Vohidov tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tadbirda fakultet dekan o'rinbosari J.N.Jumaniyazov talabalarga shoir ijodi bo'yicha ma'lumotlar berdi. Tadbir davomida Erkin Vohidovning boy ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, Vatanga muhabbat, insoniylik va ma’naviyatni ulug‘lovchi asarlari haqida atroflicha fikr yuritildi.
Talabalar tomonidan shoirning she’rlari ifodali o‘qildi . Bu esa tadbirga yanada ko‘tarinki ruh va mazmun bag‘ishladi.
Tadbirning asosiy maqsadi — yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, adabiyotga mehr va buyuk ajdodlarimiz merosiga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

April 24, 03:36
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Urganch davlat tibbiyot instituti 1-Davolash fakulteti dekan o'rinbosari J.Jumaniyozov tashabbusi va tyutori M.Egamberganov rahbarligida 3-bosqich talabalari bilan
“Jaholatga qarshi ma’rifat”
shiori ostida
“Giyohvandlik – umr zavoli”
mavzusida sahna chiqishi bo‘lib o‘tdi.
Sahna chiqishi orqali giyohvandlikning inson hayotini qanday izdan chiqarishi, orzularni chilparchin qilishi va oilalarga og‘ir qayg‘u olib kelishi ta’sirchan tarzda namoyish etildi.
Tadbir davomida UrDTI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi
Jahongir Yuldoshev
ham so‘zga chiqib, yoshlarni hayotning qadriga yetishga, zararli illatlardan uzoq bo‘lishga va kelajakni ilm-ma’rifat bilan qurishga da’vat etdi.
🌱
Har bir yoshning to‘g‘ri tanlovi — uning kelajagi.
Giyohvandlikka qarshi kurash — barchamizning vazifamiz.
Bizni kuzating!
V
eb-sayt
|
Telegram |
Instagram
|Facebook
|Youtube

April 21, 19:22
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Kamera oldida erkin gapira oladigan, yangiliklar va reportajlarni jonli tarzda yetkazib bera oladigan
faol va iqtidorli yigit-qizlarni jamoamizga taklif qilamiz!
Agar siz:

Kamera oldida chiqish qilishni yoqtirsangiz

Yangiliklar, intervyu va reportajlarga qiziqsangiz

O‘zingizni media sohasida sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz

Nutqingiz ravon va o‘zingizga ishonchingiz bo‘lsa
— demak aynan sizni izlayapmiz!
🎬
Biz sizga:

O‘sish va rivojlanish imkoniyati

Qiziqarli loyiha va reportajlarda ishtirok

Iqtidoringizni munosib baholash

Kuchli jamoa bilan ishlash imkonini beramiz
📩
Qiziqqan bo‘lsangiz,
lichkamizga yozib qoldiring
📥
@elyor_radjabov
— imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Sizni jamoamizda kutamiz!
🚀

April 20, 12:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Urganch davlat tibbiyot instituti “
Pediastra
” jamoasi Buxoro viloyatida o‘tkazilgan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining “
Voha ligasi
” yarim final bosqichida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi hamda final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Jamoaning mazkur yutuqlarga erishish jarayoni va chiqishlari bilan batafsil videorolik orqali tanishishingiz mumkin.
Bizni kuzating!
V
eb-sayt
|
Telegram |
Instagram
|Facebook
|Youtube

April 16, 04:47
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

2-Davolash fakulteti tyutori G'.Kamolov tashabbusi bilan 1-Davolash fakulteti dekani o'rinbosari J.N.Jumaniyazov g'oyasi asosida 219-B guruh talabalari tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlari doirasida “Bir qizning achchiq qismati” nomli spektakl sahnalashtirilib, tomoshabinlarga havola etildi.
Ushbu sahna asarida otasidan erta ayrilgan va onasi og‘ir kasallikka chalingan qizning hayot yo‘li, uning ruhiy iztiroblari hamda og‘ir sinovlarga to‘la taqdiri chuqur badiiy talqin etildi.
Spektakl davomida qizning mehr va e’tiborga muhtoj holatda turli noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qolishi, xususan, diniy oqimlarga xos yot g‘oyalarga aldanib qo‘shilib ketishi natijasida hayoti izdan chiqishi ta’sirchan sahnalar orqali ochib berildi. Uning bu yo‘ldagi adashuvi, kechikib anglangan haqiqat va buning ayanchli oqibatlari tomoshabinlarda chuqur taassurot uyg‘otdi.
Talabalar o‘z obrazlarini yuksak mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlarni befarq qoldirmadi.

April 13, 05:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 10, 13:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

April 10, 07:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram