
DILSHOD MAXKAMOV | Kommunikatsiya va Muzokara
Музокара олиб бориш тажрибамиз ҳақида
Музокара олиб боришни мен ҳамкорим — Зафар ака Ҳошимовдан ўрганганман. У киши музокара пайтида ҳатто рўпарадаги инсоннинг кўз қараши ва ҳаракатларигача эътибор беради.
Энг катта ва энг мураккаб музокарамиз Яндекс билан бўлди. Бу жараён қарийб 10 ой давом этди. Ҳар ҳафта янги савол, янги нуқта, янги таҳрир қилинган “охирги версия” муҳокама қилинди.
“Шу билан тугадикми?” деган саволни саккиз марта бердик. Музокаралар давомида биз билан катта юридик компания ишлади, лекин ҳар сафар “ҳали битта гап бор эди” деб жараён қайта бошланди.
Катта компаниялар билан музокара осон эмас. Қайси нуқтада келишувдан воз кечиш ёки қайси жойда чегарадан ўтмаслик кераклигини билиш — энг муҳим жиҳатлардан бири. Шартномалар 20–30 бетдан иборат бўлиб, ҳар бир сатрда юзага келадиган келишмовчилик эҳтимоли юксак бўлади.
Бу жараёндан мен учун бир нечта муҳим сабоқлар бўлди:
• Сабр. У музокара давомида энг катта қуролингиз бўлади ва у тугагач ҳам керак бўлади.
• Музокарага шахматдек қараш. Олдиндан 3–4 қадамни симуляция қилиш ва эҳтимолий сценарийларни тасаввур қилиш муҳим.
• Мақсад – фақат ютиш эмас. Агар асосий мақсад ютуқ бўлса, бу жараённи ёмон тажрибага айлантириши мумкин. Аслида мақсад – икки томон учун ҳам мақбул ечим топиш.
• Қарши томонни тушуниш. Уларнинг манфаатлари, чегаралари ва қайси нуқталарда муросага тайёр эканлигини билиш шарт.
• Юмшоқ, лекин аниқ позиция. Айрим ҳолларда қаттиқ баҳслар ўрнига, савол бериш ва мантиқий ёндашув орқали яхши натижаларга етилади.
• Музокарани юристлар билан биргаликда бошлаш. Шартнома маблағлари муҳим бўлса, шартлар ундан ҳам муҳимроқ бўлиши мумкин.
• Энг асосийси: музокарага киришишдан аввал қарши томон ҳақида
максимум маълумот тўплаш
. Уларнинг олдинги келишувлари, қарор қабул қилиш жараёни, гаплашиш услуби ва ташкилот ичидаги таъсир соҳалари ҳақида қанча кўп маълумот бўлса, шунча яхши. Бу сизнинг позициянгизни мустаҳкамлайди ва нотўғри тахминлардан сақлайди.
Музокара — шунчаки шартнома тузиш эмас, бу икки томоннинг манфаатларини уйғунлаштириш жараёни. Унда сценарий бўлмаслиги мумкин, лекин режа ва тайёргарлик албатта бўлиши керак.
@paiziev24
Мана сизларга наъмуна !!
Networking qurishdagi 10 ta eng katta xato
Professional sohada muvaffaqiyatga erishish uchun kuchli aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish juda muhim.
Biroq, ko'plab odamlar networking jarayonida xatolarga yo'l qo'yadilar, bu esa ularning imkoniyatlarini cheklaydi.
Quyida networking qurishda eng keng tarqalgan xatolar va ularni qanday oldini olish mumkinligi haqida gaplashamiz:
1. Faol bo'lmaslik
Umumiy tadbirlarida ishtirok etmaslik yoki passiv bo'lish, yangi tanishuvlarni cheklaydi. Faol qatnashish orqali ko'proq odamlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Konferensiyalar, seminarlar va tadbirlariga qatnashing. Suhbatlarda faol ishtirok eting va o'z fikrlaringizni bildiring.
2. Faqat o'z manfaatlarini ko'zlash
Networking faqat o'z manfaatlaringizni ko'zlash uchun emas. Agar siz faqat o'zingizga foyda keltiradigan aloqalarni izlasangiz, boshqalar bilan ishonchli va samarali munosabat o'rnatolmaysiz.
Boshqalarga ham yordam berishga tayyor bo'ling. Ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga e'tibor qaratibgina, foydali aloqalar o'rnata olasiz.
3. Yaxshi tinglamaslik
Suhbatlarda faqat o'zingiz gapirish va boshqalarning fikrlarini to'liq eshitmaslik, ularning sizga bo'lgan qiziqishini kamaytiradi.
Boshqalarni ko'proq tinglang. Ularning gaplarini diqqat bilan tinglab, ularga savollar bering.
4. Aloqalarni saqlab qolmaslik
Yangi tanishuvlarni o'rnatgandan so'ng, aloqalarni davom ettirmaslik, ularning unutilishiga olib keladi.
Muntazam ravishda aloqada bo'ling. E-pochta, telefon qo'ng'iroqlari yoki uchrashuvlar orqali munosabatlarni mustahkamlang.
5. Faqat ijtimoiy tarmoqlarga tayanib qolish
Faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali networking qilish, sizga bo'lgan ishonch va hurmatni kamaytiradi.
Onlayn va offlayn networkingni birlashtiring. Shaxsiy uchrashuvlarsiz kuchli networking qura olmaysiz.
6. Tashqi ko'rinishga e'tibor bermaslik
Tashqi ko'rinish va xulq-atvor, boshqalar sizni qanday qabul qilishini belgilab beradi. Agarda kiyimlaringiz tartibsiz va ranglari nomutanosib bo'lsa tanishuv jarayonida sizni jiddiy qabul qilishmaydi.
7. O'zini noto'g'ri taqdim etish
O'zini tanishtirishda noaniqlik yoki haddan tashqari kamtar bo'lish, boshqalarda siz haqingizda salbiy taassurot qoldiradi.
Qisqa va aniq tarzda o'zingizni tanishtiring. Kasbingiz va tajribangiz haqida ishonch bilan gapirib, unga qanday foyda berishingiz mumkinligi tushuntiring.
9. Sabrsizlik
Networkingdan darhol foydalanish yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham Networking qurishga sabr qilgan holda asta-sekinlik bilan aloqalarni kuchaytirishga harakat qiling.
10. Muvaffaqiyatsizlikdan qo'rqish
Yangi odamlar bilan tanishishdan yoki rad etilishdan qo'rqish, networking imkoniyatlarini cheklaydi. Networking qurmoqchi bo'lgan insoningizga qandaydir foyda bera olsangiz, imkoniyat bo'lgan zahotiyoq u bilan bog'lanib yoki yoniga borib tanishing.
Bu xatolardan qochish orqali professional va shaxsiy hayotingizda rivojlanishga katta hissa qo'shishingiz mumkin.
Yodda tuting, networking bu faqat aloqalarni o'rnatish emas, balki ularni rivojlantirish, saqlab qolish va mustahkamlash demakdir.
Suhbatdoshingizdagi qo‘rquvni qanday aniqlash mumkin?
Og‘zaki bo‘lmagan signallar orqali.
Suhbatdoshingiz ko‘zlaringizga qancha payt qaraganiga eʼtibor bering.
Agarda qarash 7-10 soniya davom etsa, bu uning jiddiyligini va sizdan umuman qo‘rqmasligini bildiradi.
Lekin u bungacha yetib bora olmasdan ko‘zlarini olib qochsa, u o‘zini sizdan zaifroq his qiladi va qo‘rqadi.
🌐
@DilshodMaxkamov
Хитойликларда бир мақол бор:
Агарда сиз кимнидур кутишга мажбур қилаётган бўлсангиз, бу билан унга
Сизнинг барча камчиликларингизни эслашига вақт бераётган бўласиз !!
Ушбу мақолга қўшиласизми ?
Dialoglardagi manipulyatsiyalar
Boshqa insonlar bilan suhbat qilish jarayonimizda fikrlarimizga, hissiyotlarimizga va xatti - harakatlarimizga taʼsir qiladigan turli xil manipulyativ usullarga duch kelamiz.
Keling, bulardan bir nechtasini ko‘rib chiqamiz:
1⃣
Noto‘g‘ri tanlov.
Bu usulni sizga qarshi ishlatishganda qaysi tanlovni qilmang, nimanidir yo‘qotishi ehtimoli bo‘lgan tanlovlar orasida qolib ketasiz.
Masalan: "Yoki men bilan yoki menga qarshi."
2⃣
Shaxsiy hujum.
Sherigingiz mazmunli dalillar keltirish o‘rniga, bizning shaxsiyatingizga hujum qiladi.
Masalan: "Sen bu gapni menga hasad qilganing va o‘zingga ishonmaganliging tufayli menga aytyapsan."
3⃣
Avtoritetlarga murojaat qilish.
Siz uchun avtoritet bo‘lgan insonning gaplaridan, o‘zi fikrlarini izohlashda dalil sifatida foydalanishadi.
Masalan: "Meni gapim to‘g‘ri! Chunki, Eynshteyn ham shunday fikrda bo‘lgan."
Manipulyatsiyaga aldanib qolmaslikda sizga yordam bera oladigan yagona ko‘nikma bu - boshqalarni gaplarini to‘g‘ri tahlil qila olish.
🌐
@DilshodMaxkamov
Suhbat davomida sherigingiz sizga qiziqmaslligini qanday aniqlash mumkin?
1.
U sizga qarashdan qochadi va boshqa tomonga qaraydi.
2.
Qisqa va bir bo'g'inli javoblar beradi, savol bermaydi va suhbatni davom ettirmaydi.
3.
U qo'llarini o'zaro bog'lab yoki tanasiga yaqin tutib, sizning orangizda to'siq yaratadi
4.
U tez-tez tirnash xususiyati yoki charchoqni ifodalash uchun xo'rsinadi, yo'taladi yoki esnaydi
Suhbat davomida ushbu belgilarning bir yoki bir nechtasini sezsangiz, shu zahotiyoq suhbatni to'xtatganingiz ma'qul.
🌐
@DilshodMaxkamov