Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Doctor Haus

Doctor_Haus_1

Founder:
@Muhammad_Amin

Подписчики
7 350
Просмотры
3 867
ER
53,13%
Посты
1 855
October 29, 14:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔬
Laboratoriyani o‘rganayotganlar diqqatiga!
🧪
Ilmiy sayohatingizni biz bilan boshlang!
‼️
Kiyingi haftadan boshlab "Med_Lab" platformasida laboratoriya faniga oid ONLAYN darslar start oladi!
📚
Darslarda siz quyidagilarni o‘rganasiz:

Klinik va biokimyoviy tahlillar asoslari

Asbob-uskunalar bilan ishlash texnikasi

Kalibrovka va sifat nazorati qoidalari

Real laboratoriya holatlari va amaliy misollar
🗓
Boshlanish sanasi: [Kelasi hafta]
🕖
Dars vaqtlari: Haftada 2 kun
📍
O‘qituvchilar – tajribali laborator vrachlar!
📲
Ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot uchun:
@medlabadmin1
🎓
Tibbiyot ilmining laborator asoslarini puxta egallang – kelajagingizga investitsiya qiling!
@med_lab1

October 27, 15:12

📘
2000ta kasalliklar
🔹
1290 bet. Moskva
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 26, 03:18
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bilasizmi nimaga O‘zbekistonda kitob magazinlari nihoyatda kam?
Chunki ularga bo‘lgan talab bizda uyatli darajada past. Xalqimiz ming afsuski, deyarli kitob mutoala qilmaydi. Xalqimiz orasida kitob va gazeta o‘qish madaniyati yo‘q. Kitob o‘qishga qiziqish xalqimiz orasida ommalashmagan.
Chet davlatlarda metro va avtobuslarda, park va jamoat joylarda odamlarning kitob va gazeta o‘qiyotganligini tez-tez uchratish mumkin.
Amerikada har bir kishi yiliga o‘rtacha 17 ta kitob o‘qir ekan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Amerika dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Hindistonda har bir kishi o‘rtacha 16 ta kitob (2-o‘rin), Britaniyada 15 ta kitob (3-o‘rin), Fransiyada 14 ta kitob (4-o‘rin), Rossiyada 11 ta kitob (7-o‘rin) o‘qir ekan.
O‘zbekistonda esa o‘rtacha har bir kishi yiliga 2 ta kitob ham o‘qimas ekan. Bu millatning fikrlash saviyasi va uning IQ darajasi pastligiga ishoradir. Bunday holat millatni zalolatga, jaholatga, qaramlikka, tanazzulga va kambag‘alikka olib kelishi mumkin.
©
alitoshkandi
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 24, 02:23


Ebola virusi
.
☑️
Taʼrif:
Ebola — filovirus oilasiga mansub orthoebolaviruslar sabab bo‘ladigan og‘ir va baʼzan o‘lim bilan tugaydigan yuqumli kasallik.
☑️
Qanday yuqadi.?
Asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasal odamning qon, qusindi, ichak chiqindilari, teri yaralari yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqada bo‘lish orqali yuqadi. Zararlangan buyumlardan (ignalar, kiyim-sochiq) va anʼanaviy dafn amaliyotlaridan ham tarqalishi mumkin. Virus ayrim tana suyuqliklar (masalan sperma)da uzoqroq saqlanishi mumkin.
☑️
Inkubatsiyasi va Klinikasi:
Inkubatsiya davri — 2 dan 21 kungacha, o‘rtacha 8–10 kun. Boshlang‘ich belgilar umumiy va notipik: isitma, bosh og‘rig‘i, charchoq, mushak og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i. Keyinchalik qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, teri toshma va og‘ir holatlarda ichki yoki tashqi qonashlar kuzatilishi mumkin.
☑️
Tashxis:
Ebola shubhasida laboratoriya testi (PCR — virus RNK sini aniqlash) kerak bo‘ladi. Bunday testlar faqat maxsus himoyalangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi.
☑️
Davolash
:
Asosiy yondashuv — qo‘llab-quvvatlovchi terapiya: suyuqlik va elektrolitlarni tiklash, simptomlarni boshqarish va asoratlarni oldini olish. So‘nggi yillarda virusga qarshi samarali monoklonal antitanacha (masalan, REGN-EB3/Inmazeb va ansuvimab/mAb114 — Ebanga) ko‘rsatkichlarda bemor o‘limini kamaytirgani klinik sinovlarda isbotlandi va baʼzilari maʼqullangan.
☑️
Vaksina:
rVSV-ZEBOV (Ervebo) — Zaire ebolavirusga qarshi bir doza bilan qo‘llaniluvchi vaksina; 2019 yilda maʼqullangan va EVD epidemiyalarida ring-vaksinatsiya strategiyasida ishlatiladi.
☑️
Ebola tarixidan:
Ebola epizodik ravishda asosan Afrika mamlakatlarida paydo bo‘ladi. Eng yirik epidemiya 2013–2016 yillarda Gvineya, Liberiya va Sierra-Leoneda bo‘lib, 28,000+ holat va ~11,000 o‘lim bilan tugagandi. Kasallikning o‘lim darajasi turlicha — 25% dan 90% gacha bo‘lishi mumkin (turlarga va sog‘liq tizimi javobiga bog‘liq).
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 16, 16:57

📘
Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollar
📆
Toshkent 2024
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 15, 15:45


QOQSHOL (TETANUS) — Tarifi, Sabablari, Klinikasi, Tashxisi, Davolash va Profilaktikasi.
🟢
Ta’rif
:
Qoqshol (tetanus) — Clostridium tetani bakteriyasi ishlab chiqaradigan toksin tufayli markaziy asab tizimini zararlovchi xavfli infeksion kasallik. O‘lim darajasi yuqori, lekin oldi olish mumkin.
🟢
Yuqushi va sabablari
:
- Bakteriya tuproqda, changda, hayvon najasida bo‘ladi.
Infeksiya odatda:
- Jarohat, kesilish, teshib o‘tuvchi yara
- Tishlash
- Kuyish
- Tug‘ruqdagi gigiyenasizlik (yangi tug‘ilganlarda) orqali organizmga kiradi. Bakteriya anaerob muhitda toksin ajratadi.
🟢
Inkubatsiya davri:
Odatda 3 kundan 21 kungacha, ko‘pincha 7–10 kun. Jarohat chuqur va iflos bo‘lsa — erta boshlanadi va og‘ir kechadi.
🟢
Klinikasi
:
Dastlabki belgilar:
- Bo‘yin va jag‘da taranglik
- Charchoq, subfebril isitma
- Bezovtalik
Keyingi bosqich (klasik tetanus):
- Trizm — og‘izni ocholmaslik
- Risus sardonicus — yuz muskullarining tirishishi
- Opistotonus — gavdaning orqaga qattiq taranglashuvi
- Mushak spazmlari (qo‘l-oyoqlarda, qorin, orqa)
- Nafas mushaklari falaji → o‘lim xavfi
🟢
Tashxis
:
Asosan klinik ko‘rinish asosida qo‘yiladi. Laborator tekshiruv har doim ham aniqlamaydi.
🟢
Davolash
:
- Shoshilinch statsionar yoki reanimatsiyada davolanadi!
- Toksinga qarshi zardob (Tetanus immunoglobulin)
- Antibiotiklar — metronidazol, penisillin
- Yaraning jarrohlik ishlov berilishi (debridement)
- Mushak spazmiga qarshi dori (diazepam va boshqalar)
- Nafasni qo‘llab-quvvatlash (zaruratga ko‘ra)
- Oziqlanish, parvarish, suyuqlik balansi
🟢
Profilaktikasi
:
- Eng muhim chora — emlash:
🔹
Bolalarda:
- 2, 3, 4 oy → asosiy 3 doza (DPT/ADS)
- 16–18 oy → revaksinatsiya
- 6–7 yosh
- 16 yosh
🔹
Kattalarda:
- Har 10 yilda 1 marta revaksina
🔹
Tug‘ruqdan oldin ayollar: homiladorlikda ham beriladi
🔹
Teri shikastlarida:
- Jarohat darajasiga qarab TT/Td vaktsina yoki immunoglobulin
Shaxsan o‘zim shu vaqtgacha qoqshol bilan og‘rigan bitta bemorni ko‘rganman, oyog‘iga mix kirishi oqibatida qoqshol bakteriyasini yuqtirib olgan edi.
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 15, 15:23

Mahorat - goʻzalni koʻra bilmoqdir,
Sevgining siriga yeta bilmoqdir,
Jahon, olam barcha bilsin-ki;
Eng buyuk ibodat seva bilmoqdir.
Yunus Emro
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 14, 15:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram


Yurak ishemik kasalligi.
©
Khan Academy
❇️
👉
@Doctor_Haus_1

October 14, 14:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💜
💜
💜
HAR BIR MEDIK TALABA VA TIBBIYOT HODIMI KUZATISHI KERAK BO'LGAN KANAL
👀
Oftalmolog | MUKSINJONOV kanali
OFTALMOLOGIYA
👁️
👁️

Foydali ma'lumotlar

Professional klinik maslahatlar

Klinik holatlar

Operatsiyalar

Kasalliklar

Davolash usullari va dori-darmonlar

Qiziqarli faktlar
YO'QOTIB
QO'YMASLIK
QO'SHILIB OLING JUDA FOYDALI KANAL
😎
💯
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
🔽
https://t.me/oftalmolog_muksinjonov

October 03, 02:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Fakt
☑️
Inson qulog‘idagi sariq suyuqlik juda achchiq bo‘ladi. Shuning uchun quloqning ichiga biror hasharot kirsa albatta u o‘ladi.
☑️
Ko‘z yoshi ta’mi esa sho‘rdir. Bu ko‘zning yog‘ bosishining oldini oladi.
☑️
Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak esa achchiq ham emas, sho‘r ham emas. Agar shunday bo‘lmasa edi, biz na taomning ta’mini va na mevaning mazasini sezardik.
🔹
Bu insonning naqadar mukammal yaratilganining kichik bir ko‘rinishi xolos...
🔹
Shubhasiz inson go‘zal va mukammal qilib yaratilgan.!
❇️
👉
@Doctor_Haus_1