
FL Capital | Foydali bilimlar va savdo g'oyalari!
🎉
Bugun Samarqandda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yirik IT tadbirida ishtirok etdik.
💡
Fikrlar, loyihalar va tashabbuslar juda iliq kutib olindi — bu bizni yanada ilhomlantirdi.
🤝
Tadbir davomida ko‘plab foydali tanishuvlar, hamkorliklar uchun eshik ochuvchi kontaktlar o‘rnatdik.
🌱
Bunday innovatsion va startap ekotizimini rivojlantiruvchi tadbirlar O‘zbekistonimizda ko‘payib borayotganidan juda xursandmiz. Yurtimiz yoshlari uchun yangi imkoniyatlar, texnologik taraqqiyot yo‘lida yana bir qadam oldik.
🚀
Kelajak texnologiyalarda — birga rivojlanamiz!
#Samarqand
#TechEvent
#StartupUzbekistan
#Innovation
#Networking
#DigitalUzbekistan
https://www.youtube.com/watch?v=E_8SPYcMUDM
⚡️
Muvaffaqiyatli 10 yillik formatsevt kompaniyaga 17 yoshida xodim bo'lib kirgan arxitektor | Foyda
"Foyda Project" podkastining navbatdagi sonida startaplar bilan bog‘liq yana bir ilhomlantiruvchi hikoya bilan tanishing!
Bu safar bizning mehmonimiz – 17 yoshida arxitektura sohasidan farmatsevtikaga o‘tib, "DORA LINE" farmatsevtika kompaniyasiga akalari bilan asos solgan muvaffaqiyatli tadbirkor. U qanday qilib o‘z hayotini o‘zgartirgan bitta tabletka orqali motivatsiya topgani va investitsiyasiz 10 yil davomida barqaror o‘sishga erishgani haqida o‘z tajribasini biz bilan bo‘lishadi.
Podkast davomida quyidagi qiziqarli mavzularni yoritamiz:
- Startapdagi dastlabki qadamlarini qanday boshlash?;
- Investitsiyasiz loyihani yo‘lga qo‘yishning siri;
- Hissiyotlarni raqamlarga aylantirish va strategik maqsadni belgilash;
- Vaqtni samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar.
🎙
Mehmonimizning real tajribasi va tavsiyalari sizni o‘z startapingizni boshlashga ilhomlantiradi!
📹
Bugun soat 20:00 da YouTube dagi kanalimizda
Savollaringiz yoki fikrlaringiz bormi? Izohlarda qoldiring!
👉
Bizni kuzatib boring va startap olami bo‘yicha qiziqarli suhbatlarni o‘tkazib yubormang!
✈️
@Foyda_Project