Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg'ona/Zamonaviy ta'lim

FargonaZamonaviyTali
🏫 Ushbu kanalimizda Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumta'lim va xususiy maktablar hamda o'quv markazlari to'g'risida ma'lumotlar berib boriladi. ✅ Murojaat uchun: @Ferpm_bot @raximov_axrorjon_kimyo
Подписчики
1 380
24 часа
10
30 дней
-330
Просмотры
90
ER
7,17%
Посты (30д)
254
Символов в посте
707
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
April 29, 16:24

🏆
Xalqaro nufuzli IPhO olimpiadasi dunyodagi eng nufuzli 3 ta olimpiadadan biridir.
Mazkur olimpiada g'oliblariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
🥇
medal uchun 1030000000 so'm
🥈
medal uchun 618000000 so'm
🥉
medal uchun 412000000 so'm mufofot pullari topshiriladi.

Xasanjon omadingizni bersin. Ustozlar , ota-ona duosi hamrohingiz bo'lsin. Bu darajaga yetib kelish uchun Maftunaxon ustozingiz bilan ko'p mehnat sarf etdingiz. Mehnatlaringiz rohat bo'lsin.Biz sizga ishonamiz

https://t.me/QOQON1IM

Talim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

April 28, 11:10
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#FARGʻONA_TUMANI_IM
#TENGDOSHDAN_TENGDOSHGA
🏢
Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Tengdoshdan tengdoshga" loyihasi asosida maktabning sobiq bitiruvchisi, ayni vaqtda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiylar universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi, shuningdek, "Zamon" informatsion dasturi muharriri lavozimida faoliyat olib borayotgan Mo‘minov Saidakbar Kamoliddin o‘g‘li bilan muloqot o‘tkazildi.

Muloqot davomida o‘quvchilar OAV sohasining mashaqqatli va sharafli tomonlari, bilim va savodxonlikning bugungi globallashuv asridagi ahamiyati, shu bilan birga, kasbga fidoyilik,  izlanuvchanlik kabi fazilatlarni kamol toptirish bòyicha bilim, kònikmalarini yanada  yuksaltirdilar.
✍️
Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

April 28, 09:53
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#TASIMO_2026
#QOQON_1_IM
🏆
Qo'qon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 8-sinf o'quvchisi Shavkatov Muhammadsafo TASIMO 2026 olimpiadasi viloyat bosqichida 1-o'rinni egallab Respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
👏
👏
⚜️
Ma'lumot uchun: Muhammadsafo
🎖
TASIMO 2024 bronza medal;
🎖
SEAMO 2025 oltin medal
🎖
IRN 2025 Respublika 1-o'rin;
🎖
STEM 2024 viloyat 1-o'rin;
🎖
Al-Xorazmiy 2025 shahar 1-o'rin
🎖
Xalqaro Arximed olimpiadasi bronza medal sohibidir.
🏆
O'quvchimizning bu yutuqlari doimiy uzluksiz mehnatlar samarasidir. Bu olimpiadadagi yutuqlar Xalqaro IMO olimpiadasi uchun ustun bo'lishiga ishonamiz. Demak yuqori natijalar hali oldinda
☺️
🔊
🔊
🔊
Qo'qon 1-son ixtisoslashtirilgan maktab bu-"LIDERLAR MAKTABI" 2026-2027-o'quv yili uchun qabul e'lon qiladi

Qabul 5-7-8-9-10-sinfga

☎️
906280023; 912001575
Bizni kuzating
💻
web
🌐
Telegram
▶️
Farg'ona
🌐
Instagram
🌐
Facebook

Talim rivojiga biz bilan hissa qo'shing

April 27, 15:10
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#FARGʻONA_TUMANI_IM
🏢
Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida CYBER UNIVERSITY Davlat universiteti hodimlari va maktab bitiruvchilari ishtirokida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘quvchilarga ushbu oliy o‘quv yurtining imkoniyatlari, afzalliklari, ta'lim jarayoni hamda ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot berildi.
✍️
Fargʻona tumani IM matbuot xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing
!

April 27, 15:09
Файлы недоступны
8
Открыть в Telegram

#FARGʻONA_TUMANI_IM
#Mirzo_Ulug
‘bek_me'rosi
🏢
Fargʻona tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Sharqdagi ikkinchi renessans asoschilaridan biri- shoh va alloma  Mirzo Ulug‘betning buyuk ma'naviy me'rosini o‘rganish hamda "Xalqaro kosmonavtlar kuni" munosabati bilan 5-9 sinf o‘quvchilari ishtirokida tadbir o‘tkazildi. Unda fan rivojiga bemisl hissa qo‘shgan qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek siymosi, shuningdek, rasadxona faoliyatiga  doir  sahna ko‘rinishlari, qiziqarli viktorinalar hamda fazogirlar liboslarini tayyorlash yuzasidan o‘tkazilgan bellashuvlar tomoshabinlar jamoasi  tomonidan  katta qiziqishlar bilan qarshi olindi.

Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar qalbida buyuk bobokalonlardan faxr tuyg‘usi bilan birga ular oldidagi mas'uliyat  hissi  ham  yanada yuksaltirildi.
✍️
Fargʻona tumani IM matbuot
xizmati
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!

April 27, 15:09
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Uchrashuv
#Quvasoy_shahar_IM
📌
CYBER UNIVERSITY vakili maktabimizda!
Bugun maktabimizda 10–11-sinf o‘quvchilari uchun
Cyber University Davlat Universiteti
vakili tomonidan targ‘ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga universitetning:
🎓
ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv dasturlari;
🖥
kiberxavfsizlik sohasidagi imkoniyatlari;
📚
kunduzgi va masofaviy ta’lim shakllari;
🏠
talabalar turar joyi sharoitlari;
🚀
hackathon, pentesting, startup va qo‘shimcha kurslar kabi faoliyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, kelajak kasbi va ta’lim yo‘nalishini tanlash bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.

Bunday uchrashuvlar yoshlarimizning kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashida muhim ahamiyat kasb etadi.
📍
Cyber University — xavfsiz raqamli kelajak sari dadil qadam!
🏢
Quvasoy shahar ixtisoslashtirilgan maktabi

Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo'shing!

April 27, 10:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz Qo‘qondan Marg‘ilonga yangi elektropoyezdda bordi.

Президент нашей страны прибыл из Коканда в Маргилан на новом электропоезде.
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X

April 27, 10:36
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🌍
📚
Farg‘onada iqlim ta’limi bo‘yicha master-trenerlar tayyorlanmoqda
Bugun Farg‘ona viloyati pedagogik mahorat markazida BMTTD, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, EAA jamg‘armasi hamda “Zamin” fondi hamkorligida iqlim ta’limi bo‘yicha seminar-trening boshlandi.
🌱
Mazkur loyiha doirasida kelgusida 50 ming nafar o‘qituvchiga iqlim ta’limi va yashil ko‘nikmalar yetkazilishi rejalashtirilgan.
♻️
Bu esa yoshlarning ekologik savodxonligini oshirish va barqaror kelajakni shakllantirishga xizmat qiladi.
Tadbirni markaz rahbari Maftuna Xaknazarovna ochib berdi. Treningda ishtirokchilar iqlim mavzularini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda innovatsion metodlarni qo‘llash bo‘yicha malaka oshirmoqda.
🌿

⚜️
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

April 27, 10:35
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

TRENING

Bugun Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi, Islom taraqqiyot banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida muhtasham AZIA mehmonxonasida muhim o‘quv-trening mashg‘ulotlari boshlandi. Tadbirni Pedagogik mahorat markazi rahbari Maftuna Xaknazarovna ochib berdi.
🫥
13–15-aprel kunlari o‘tkazilayotgan mazkur treninglar “O‘zbekiston Respublikasida sifatli maktabgacha ta’limdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda viloyatdagi maktabgacha ta’lim mutaxassislari, metodistlar hamda mentorlar ishtirok etmoqda.
🫥
Trening davomida ishtirokchilar zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or tajribalar va samarali metodikalar bilan tanishib, o‘z kasbiy kompetensiyalarini yanada rivojlantirish imkoniga ega bo‘lmoqda.
⚜️
Ta'lim rivojiga biz bilan hissa qo‘shing!

April 27, 09:54
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Qoʻqon_1_IM
#Kelajak_soati
♻️
2026 yil 27-aprel kuni haftaning dushanba kuni ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qoʻqon shahar 1-son
ixtisoslashtirilgan maktabida
navbatdagi
“Kelajak soati”
dars mashg‘ulotlari milliy
tarbiya.uz
platformasi dars ishlanmalaridan foydalanib olib borildi.

32-mavzu:
Innovatsion fikrlash
mavzusida o'quvchilarga  kontetnlar  milliy
tarbiya.uz
platformasi orqali barcha video kontentlar namoyish etilib,o'quvchilarda barcha imkoniyatlarga mehnat orqali erishish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlari haqida ma'lumotlar berildi.
⚜️
Taʼlim rivojiga biz bilan hissa qoʻshing!
https://t.me/QOQON1IM
https://www.facebook.com/share/p/1BRwCjHLdT/