
Toshkent farmatsevtika instituti | RASMIY KANALI
#hashar
#obod_mahalla
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”
Toshkent farmatsevtika institutida umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi
✅
Joriy yilning 13–14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Toshkent farmatsevtika instituti hududida ham obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Unda institut talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari faol ishtirok etib, “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida amalga oshirilgan ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar.
Hashar davomida institut hududi tozalanib, daraxt va gul ko‘chatlari parvarish qilindi, yo‘laklar hamda yashil maydonlar tartibga keltirildi. Jarayon milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, professor-o‘qituvchilar va talabalarni yanada faol mehnat qilishga ruhlantirdi. Shuningdek, atrof-muhitni yanada obod va ozoda saqlashga qaratilgan bir qator obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
#Tanlov_G
‘oliblari
✅
Toshkent farmatsevtika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshi” mavzusida
“Eng yaxshi rasmlar”
va
“Eng yaxshi insholar”
tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov talabalarning giyohvandlik va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
“Eng yaxshi rasmlar” yo‘nalishi:
🥇
Utkirova Sevinch Hayotbek qizi — F1-kurs, 109A guruh, ilmiy rahbari Ne'matova Salomat Urinovna
🥈
Shavkatovna Sug‘diyona Sardor qizi — SF1-kurs, 101B guruh, ilmiy rahbari To'ychiyeva Maftuna Ma’rufjon qizi
🥉
Mirzakarimova Muxlisa Baxodir qizi — SF2-kurs, 207A guruh, ilmiy rahbari Tugalov Axmad Xatamovich.
“Eng yaxshi insholar” yo‘nalishi:
🥇
Ruziyeva Robiya Ravshan qizi — F1-kurs, 108A guruh, ilmiy rahbari Ne'matova Salomat Urinovna
🥈
Tursunova Jasmina Jo‘rabek qizi — F1-kurs, 106B guruh, ilmiy rahbari Ne'matova Salomat Urinovna
🥉
Abdurahmonova Marjonaxon Muzaffar qizi — F1-kurs, 107B guruh, ilmiy rahbari Ne'matova Salomat Urinovna.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
#ElektronTalim
✅
Zomin 2-son texnikumida elektron ta’lim tizimi joriy etilmoqda.
2026-yil 5–6-mart kunlari Toshkent farmatsevtika
institutida “Elektron ta’lim tizimini joriy etishning samarali usullari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda institutga biriktirilgan Zomin tuman 2-son texnikumi vakillari —
M.K. Holmatova, J. Botiraliyev, Z. Mamarasulov, T. Tuychiyeva
ishtirok etdi.
Seminar davomida texnikumda
Moodle, Google Classroom, EduPage
platformalarini joriy etish bo‘yicha ishlar boshlandi. Shuningdek, institut ma’lumotlar bazasi bo‘limi mudiri
A.S. Baydullayev
tomonidan o‘qituvchilar uchun amaliy trening tashkil etildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
#KasbTanlash
✅
Ta’lim va kasb” ta’lim ko‘rgazmasi
tashkil etildi
Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tashabbusi bilan 2026-yil 12-mart kuni 327-sonli umumta’lim maktabida bitiruvchi o‘quvchilar uchun
“Ta’lim va kasb” ta’lim ko‘rgazmasi
tashkil etildi.
Ko‘rgazmada
L.R. Gaynutdinova, S.M. Kirgizbayev, I.S. Yuldasheva, A.R. Saidaliyev, Ya.A. Abdurahmonov, Ya.X. Yuldashev
hamda Toshkent farmatsevtika institutidan
I.A. Choriyeva, M.E. Sagatova, I.I. Murtazaqulov, Sh.A. Ayozov
ishtirok etib, bitiruvchilarga ta’lim va kasb tanlash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Tadbirda o‘quvchilarga kasb tanlashda yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berish maqsadida 30 ga yaqin davlat va nodavlat OTMlar, kollej va texnikumlar ishtirok etdi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
↗️
Hurmatli respondent!
➡️
Ushbu so‘rovnoma Toshkent farmatsevtika institutida “60910600 — Oliy hamshiralik ishi” ta’lim yo‘nalishini 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab tashkil etish masalasi bo‘yicha fikrlarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda.
➡️
So‘rovnoma
anonim bo‘lib
, barcha ma’lumotlar faqat ilmiy tahlil uchun ishlatiladi.
➡️
So‘rovnomada qatnashish
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
✅
“Kelajakka qadam” dasturi doirasida ochiq muloqot oʻtkazildi
Oʻzmilliybank va Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent farmatsevtika instituti rektori Kamal Rizayev, Amaliyot ishlari boʻyicha prorektor Feruza Maksudova, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zuxridin Mamatqulov, Rektor maslahatchisi Doniyor Kirgizbayev, “Kelajakka qadam” markazi bo'lim boshlig'i Ilhomov Azimjon, “Kelajakka qadam” markazi loyiha menejeri Anvarov Asliddin, "Kelajakka qadam markazi menejeri Nodir Xamidov va Farmatsiya yoʻnalishining 5-bosqich talabalari ishtirok etdilar.
Ochiq muloqot davomida bank-moliya sohasi rivojlanish tendensiyalari, zamonaviy menejment yondashuvlari va yoshlar uchun ochilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Mutaxassislar ishtirokchilarga o‘z tajribalarini ulashib, amaliy maslahatlar berdilar.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
#xayriya
#mehr_oqibat
✅
Toksikologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari Mirobod tumani «Oltinko‘l» mahallasida istiqomat qiluvchi qariyalar hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalar holidan xabar oldi.
🔍
Tashrif davomida ularning holati o‘rganilib, zarur yordamlar ko‘rsatildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
😅
Endi “Kelajak muhandislari” xalqaro festivalida tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi ham mavjud
“Kelajak muhandislari” xalqaro festivali faqat muhandislik va texnik yo‘nalishlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu yildan boshlab festival doirasida
tibbiyot muhandisligi yo‘nalishi
bo‘yicha ham alohida tanlovlar tashkil etilmoqda.
Mazkur yo‘nalish festival tarixida ilk bor joriy etilib,
tibbiyot va muhandislik sohalari kesishgan innovatsion g‘oyalar
hamda
ishlanmalarni
qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Yangi yo‘nalish yosh tadqiqotchilar va iqtidorli talabalar uchun
tibbiyot texnologiyalari, biotibbiy qurilmalar
va
sog‘liqni saqlash
sohasidagi muhandislik yechimlarini namoyish etish imkonini yaratadi.
#KelajakMuhandislari
#TibbiyotMuhandisligi
#YoshMuhandislar
🚀
Telegram
|
📷
Instagram |
🗣
Web sahifa
Toshkent farmatsevtika instituti talabalari o‘rtasida
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
🤨
Toshkent farmatsevtika institutida talaba-yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri, professor M. Fatxullayeva, “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi mudiri, dotsent B. J. Azimova, professorlar X. R. Tuxtayev va K. A. Chulponov, Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam berish sektori bosh mutaxassisi I. A. Choriyeva, “Analitik kimyo” kafedrasi dotsenti B. I. Muxamedova, assistenti M. E. Sagatova, “Farmakognoziya” kafedrasi dotsenti F. Dusmuradova, “Noorganik, fizik va kolloid kimyo” kafedrasi dotsenti S. M. Xazratqulova hamda katta o‘qituvchi, texnikumlar va maktablar bo‘yicha mas’ul H. A. Alikulova ishtirok etdilar.
🔍
Jarayon davomida talabalar oʻrtasida turli tajribalar va laboratoriya mashg‘ulotlari olib borildi. Mashg‘ulotlar savol-javob asosida tashkil etilib, faol qatnashgan o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ularga institutda ta’lim olish imkoniyatlari, mavjud yo‘nalishlar hamda kelajakda yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook
#karyera_kuni
“NAVBAHOR HOLDING” ishtirokida karyera kuni oʻtkaziladi
✈️
13-mart
✈️
10:00
✈️
TFI, 3-bino faollar zali
Tadbirning maqsadi — farmatsevtika sohasida ishlashga tayyor, iqtidorli va motivatsiyali talabalarni aniqlash hamda ularni kompaniya faoliyati, ishga joylashish va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari bilan tanishtirish.
Dastur:
🔹
Kompaniya taqdimoti;
🔹
Missiya va qadriyatlar;
🔹
Rivojlanish tarixi;
🔹
Kasbiy o‘sish imkoniyatlari;
🔹
Vakansiyalar va ish sharoitlari.
Spikerlar:
▪️
Aida Shamsutdinova — NAVBAHOR HOLDING HR-menejeri;
▪️
Farrux Temirov — ROMPHARM COMPANY HR-menejeri;
▪️
Akromjon Abdulatipov — NAVBAHOR HOLDING treneri.
Toshkent farmatsevtika instituti
Axborot xizmati
Web-site |
Telegram
| Instagram
YouTube |
Facebook